Telegram Web Link
Xorazmda paxtachilikda samarali yondashuv

Xorazm viloyatiga ishchi tashrifim davomida Xonqa tumanidagi “Sotimbek O‘mirbek” fermer xo‘jaligi dala maydonida bo‘ldim.

Umumiy maydoni 84,5 gektar bo‘lgan ushbu xo‘jalikning 7,2 gektarlik takroriy maydonida mahalliy “Ravqan-2” paxta navi ekilgan. Hozirda dalada defoliatsiya jarayoni olib borilmoqda.

Ushbu jarayon yakunlangach, hosilning bir maromda pishib yetilishi uchun “Vezuvi” preparati bilan desikatsiya o‘tkazishni tavsiya qildim.

Mazkur daladan gektaridan o‘rtacha 45–50 sentner hosil olinishi kutilmoqda. Bu natija — paxta yetishtirishda ilmiy asoslangan yondashuv va agrotexnik tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilayotganidan dalolat beradi.

Ishonchim komilki, Xorazm dalalarida mahalliy navlarning keng qo‘llanayotgani, agrotexnik tadbirlarning izchil va tizimli tashkil etilayotgani nafaqat hosildorlikni oshirishga, balki qishloq xo‘jaligida barqaror natijalarga erishishga xizmat qilmoqda.
👍21
Mehnat va harakat — natijadorlikning asosidir

Xorazm viloyatiga ishchi tashrifim davomida Xonqa tumanidagi “Madrim-Tolibjon” fermer xo‘jaligi dala maydonida amalga oshirilayotgan agrotexnik jarayonlar bilan yaqindan tanishdim.

Qariyb 130 gektarni tashkil etuvchi mazkur maydonning 15 gektarida xorijdan keltirilgan paxta navi belgilangan agrotexnologiyalar asosida, 76x10 sxema bo‘yicha ekilgan. Ekinlar yakka qator usulida plyonka ostiga joylashtirilgani tufayli navlarning tez rivojlanishi va yuqori hosildorlikni ta’minlashga erishilmoqda.

Fermer xo‘jaligida barcha agrotexnik tadbirlar izchil bajarilgani quvonarli. Jumladan, defoliatsiya jarayoni belgilangan standartlarga muvofiq o‘tkazilgani sababli gektaridan 65–70 sentner hosil olinishi kutilmoqda. Hozirda hosili pishib yetilgan paxtani terib olish mavsumi boshlandi. Xomashyo yig‘ib olingach, ikkinchi terim uchun ham zarur agrotexnik tadbirlar joriy etilishi rejalashtirilgan. Kelgusi bosqichda esa qo‘shimcha 10–15 sentner hosil olinishi taxmin qilinmoqda.

Meni quvontirgan jihat shundaki, barcha jarayonlar zamonaviy texnika vositalari yordamida tashkil etilmoqda. Bu esa mehnat samaradorligini yanada oshirish, hosilni sifatli yig‘ib olish va yo‘qotishlarsiz topshirish imkonini beradi.

Shu bois men ushbu hududda olib borilayotgan ishlarni yuqori baholadim. Xorijiy paxta navlarini yetishtirishda tajribaga asoslangan tizimli yondashuvlar o‘zini to‘liq oqlayotganini ko‘rib, bunday samarali amaliyotni boshqa hududlarda ham keng joriy etish zarurligini ta’kidladim.
👍16👌2
2025/10/25 15:14:28
Back to Top
HTML Embed Code: