To‘g‘ri va tizimli yondashuv – yuqori samaradorlik omili
Qashqadaryo viloyatidagi ishchi safarim doirasida G‘uzor tumanidagi “G‘uzor Jingu” qo‘shma korxonasiga qarashli paxta dalalarida amalga oshirilayotgan agrotexnik jarayonlar bilan tanishdim.
Umumiy maydoni qariyb 1800 gektarni tashkil etuvchi ushbu hududda xorijdan keltirilgan serhosil paxta navlari zamonaviy agrostandartlar asosida parvarish qilinmoqda. Ekinlar 76×10 sxemada qo‘shqator qilib, plyonka ostiga ekilgan.
Sug‘orish jarayonlarining barcha bosqichlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qo‘llanilmoqda. Yerni tekislash ishlari lazerli tekislash uskunalari yordamida bajarilgan. Qator oralariga ishlov berish, oziqlantirish va parvarishlash amaliyotlari belgilangan uslubiy qo‘llanmalar asosida olib borilmoqda.
E’tiborlisi shundaki, ilgari qarovsiz va foydalanilmay kelgan yerlar xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda qayta o‘zlashtirilib, bugun samarali ishlab chiqarish maydonlariga aylantirilgan.
Yerlarni ekinga tayyorlash agrotexnikasi ma’lum vaqt talab qilgani sababli, ekish ishlari biroz kech boshlangan. Shunga qaramay, mas’ullar bilan suhbat jarayonida mavsum yakuniga qadar paxta hosili to‘liq shakllanib, terimga tayyor bo‘lishi kutilayotgani ta’kidlandi.
Dalada ko‘rganlarim shuni ko‘rsatadiki, ilmiy asoslangan va tizimli yondashuv natijadorlikni ta’minlaydi. Shu bois, ekin maydonlarini yanada kengaytirish, hosilning to‘liq yetilishini ta’minlash hamda innovatsion agrotexnik yondashuvlarni izchil davom ettirish bo‘yicha mas’ullarga aniq tavsiyalar berdim.

👍10👌2
Paxta xomashyosini yetishtirganlar uchun yana bir qulaylik yaratildi
✅Xabaringiz bor, 2024-yildan boshlab paxta xomashyosini yetishtiruvchi xo‘jaliklar birja savdolari orqali o‘zlari yetishtirgan mahsulotlarni klasterlar va qayta ishlash korxonalariga sotish imkoniyatiga ega bo‘lishgan.
💼 Shu bilan birga, avval fyuchers va forvard shartnomalarini tuzgan va ular bo‘yicha rejani to‘liq bajargan xo‘jaliklar ortiqcha yetishtirilgan xomashyoni vaqtincha saqlashga qo‘yishlari hamda spоt shartnomalar asosida sotishlari mumkin edi. Bu esa, ayrim hollarda, qo‘shimcha moliyaviy va vaqt sarf-harajatlariga sabab bo‘lardi.
📝 Paxta xomashyosini yetishtiruvchilar va xaridorlar uchun qulaylik yaratish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PF-181-son Farmoniga muvofiq, yana bir muhim yangilik joriy etildi.
✅Endilikda fyuchers va forvard shartnomalarida belgilangan paxta xomashyo hajmidan ortiq qismi uchun ham shu shartnomalar asosida hisob-kitoblarni amalga oshirishga ruxsat berildi.
💬Ya’ni, avval tuzilgan fyuchers va forvard shartnomalarini bajargan xo‘jaliklar, agar ulardagi xaridor va narxlar sotuvchini qoniqtirsa, endi qo‘shimcha forvard yoki spоt shartnomalarini tuzish shart emas.
🖥️ Shu bilan birga, tegishli ma’lumotlar “Hosil qabul qilish” va “AgroTarozı” axborot tizimlarida aks ettiriladi, bu esa jarayonlarning shaffofligini va tezkorligini ta’minlaydi.
🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram

👍9👌1
Forwarded from Дилшодбек Боходирович Назиров
Paxtadan unumli va sifatli hosil olish agrotexnik tadbirlarning to‘g‘ri bajarilishiga bog‘liq
Qashqadaryo viloyatiga ishchi tashrifim davomida G‘uzor tumanidagi “G‘uzor Jingu” qo‘shma korxonasiga qarashli 5 gektarlik dala maydoni hamda unga tutash 400 gektar paxta konturida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdim.
Mazkur maydonlarda paxta to‘liq ochilish bosqichida, dalalarda yig‘im-terimga tayyorgarlik ishlari faol olib borilmoqda. Men yetishtirilayotgan paxta sifatini, agrotexnik tadbirlarning samaradorligini o‘rganib chiqdim va paxtani yanada yetiltirish uchun zarur tavsiyalar berdim.
Hosildorlikni oshirishda to‘g‘ri agrotexnik yondashuv, tuproq holatini kuzatish, oziqlantirish tartibini optimallashtirish hamda suvdan oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jarayonda xitoylik mutaxassislar bilan ham fikr almashdik. Ular bilan birgalikda O‘zbekiston sharoitiga moslashtirilgan ilg‘or usullarni tatbiq etish lozimligini qayd etdik.
Men o‘z nutqimda O‘zbekistonning iqlim sharoiti paxtachilikda muhim omil ekanini ta’kidladim. Mamlakatimizda o‘rtacha 110–120 kun quyoshli davr mavjud, aynan shu muddat davomida paxtani to‘liq parvarishlab, yetiltirish va yig‘ib olish bosqichlarini samarali tashkil etish zarurligini alohida urg‘uladim.
Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, mazkur maydonning har gektaridan kamida 70 sentner hosil olish kutilmoqda. Bu natija nafaqat korxona uchun, balki butun viloyat paxtachiligi tajribasi uchun ham muhim ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi.
“G‘uzor Jingu” qo‘shma korxonasida olib borilayotgan ishlar esa O‘zbekiston–Xitoy hamkorligi doirasida paxtachilik sohasida yangi texnologiyalarni tatbiq etishning amaliy namunasi bo‘lib, bu tajriba natijalari kelgusi yillarda Qashqadaryo viloyatida yuqori hosilli, samarador paxtachilik tizimini yaratish uchun asos bo‘lishiga ishonaman.

👍10👌1