"O'g'ilvozlik" sindromi
Yangi yil kunlari "Tundan tonggacha" filmini 5 martadan ortiq berdi tvda. Mana hozir zo'rg'a asabim chidab oxirini ko'rdim. Oxirida kelin tug'adi, ikki tomon qudalari va er sevinib yer tepishi uchun nima tug'ishi kerak - ALBATTA O'G'IL! Baxtli yakun uchun rejissyor shunday "topilma" qilishi aniq edi. Hamshira "qiz tug'ildi" desa buncha sevinch, yer tepish qayda - mayli, eson-omon qutilibdiku, hali yana tug'adi, bu birinchisi" deyilardi, hayotda bo'ladigani kabi.
Xay, shu "o'g'il" hayqirig'i, yer tepishlar bilan tugasa mayli, ikki erkak quda kerilyapti: men bilardim, o'g'il bo"lishini bilardim, menikiyam birinchisi o'g'il bo'lgan deb qichqirishyapti. Bunisi endi slishkom.
Qizig'i, shu kinoni 6 yoshli qiz jiyanim 5 martayam maza qilib ko'rdi. Chunki hozircha kino miyasiga qanday messej yuborayotganini bilmaydi. Balki biladi, shuning uchun ham qizlar ongsiz tarzda ikkinchi rolga o'tishga o"zini sozlab boradi.
Dekonstruksiya qilish kerak bunaqa kinolarni! Qadriyatlar va miyani inchunin.
P.s.: "Mahallada duv-duv gap" dan keyin birorta ayol-qizlar kuchli, mard, jamiyatda ta'sirli, erkin qilib tasvirlangan o'zbek kinosi ko'rmabman. Hammasida ayollar qanaqadir ahmoq, cho'zilib, inqillab gapiradi yoki o'ta shallaqilik qiladi. O'zbek ayollariga o'ta xunuk imij chizilyapti - yomoni miyagayam shu imij singdirilyapti. Dovdir, ahmoq, shallaqi ayollar siymosi...

Yilning ilk nashri - Turkiya jurnalida Ruxsora Nur o'girmasida she'rim bosilibdi
Sen buni qil
Sevganing seni sevmasa ham
Sevishda et davom.
Boshqa yasholmaganing uchun qil buni.
Hayot o'yinida allaqachon yutqazding
Ammo o'ynashda et davom.
Mudom sovqotasan
Lekin hech kimga gapirmaysan
Nur va sovuq haqida
Sovuqda et davom
Yerda qolgan loshingni
Ko'tarmaslikda
Qaqroq yersan
Unmaslikda, o'smaslikda
Yulduzlarga qo'ling yetmasligida
Hammasini
Sevishda et davom.
Boshqacha yashashni bilmaysan.
Kuydirmaydi seni quyoshning tafti
So'zlar ham zarracha o'yib olmaydi.
Yiqilishda et davom.
Bir zum boshqa narsani keltirma xayolingga
Bir zum mavh bo'lmoqni o'ylama , aslo,
Ishon, biz o'lmaymiz
Biz shunchaki osmonga ketamiz uchib
Ungacha bularni yashash deb ata
Va sevgi deb ata yashashni
Sevishda et davom.
Sevganing seni sevmasa ham.
Boshqacha yashashni bilmaysan.
****
Tayyorgarlik
Hech qachon tayyor bo'lmaysan
Sevgiga, qayg'uga, buyuk hislarga -
To'satdan va birdan o'psang -sevasan.
Ko'rganingda to'satdan o'p,
To'satdan ur yuzimga,
To'satdan qo'yningga tort,
To'satdan Selga itar
Itar to'fon tubiga -
O'lsam yig'laturman,
Mangulik bo'laman
O'lmasam.

Joriy hukumat arzimagan gap uchun qamalib sudda qulab tushgan erkakdek ko'z oldimizda quladi. Essiz, yovuzlikning bu darajada siyqaligini ko'ramiz deb o'ylamagandim.
Mana shu siyqalik orqali odamlar hissiyotlari bilan o'ynashilyapti. Aynan shunisi xavfli. Oxiri baxayr bo'lsin.
Mana shu siyqalik orqali odamlar hissiyotlari bilan o'ynashilyapti. Aynan shunisi xavfli. Oxiri baxayr bo'lsin.
YO'L QISSASI
(Epifaniya)
Ori Rustamjonovaga
Yilim, xush qol endi,
biz ketayapmiz.
Qaytmas bo'lib ketamiz.
Yil nima o'zi?
Zamon nima?
Yashadikmi zamoningda, yilim?
Bir oyog'imiz osmonda mudom
Birisi go'rda
Bu oraliqda qadam tashlolmaymiz
Ayrilar putimiz
Yorilar chotimiz.
Ilohlar kabi zamon ustida
Oyoq yozib turibmiz
Bir oyog'imiz osmonda
Birisi go'rda
Ayrilgan putimiz,
Yorilgan chotimiz.
Biz seniki emasdik, yilim
Yo o'tmishniki, yo kelajaknigi
Yo bir nafratniki.
Seniki bo'lmadik, yilim
Yashamadik sen bilan
Va lekin yashamoq nima degani?
Odamlar har ko'yli yashar
Kimdir odam so'yadi,
kimdir o'zini
Kimdir esa muallaq qotgan zamon ustida
Unutgan u borlig'ini ham
Yilim, zamonga to'r yozgan senmiding
Yig'ib oladirsan o'sha to'rlarni -
Loqayd va befarq seni o'zdan uloqtiramiz
Yulib otamiz seni.
Yilim,bugun sevganim xotini bilan urishdi
O'zi ko'tarolmagan og'irlik sezdim so'zida
Uni doim urishgan bu olam,
hayot
Qay burchakka qochmasin
Mudom tund, mag'lub
Nigohlari muztar, og'irva mag'rur
O'zi ko'tarolmagan dardlari bilan quchadi meni
Lekin qayga olib boray
Qayga olib borib adashtiray dardlarni
Ertakdagi o'rmonga olib bordim adashtirgani
Biroq o'zim adashdim qismatning o'rmonida.
Qaytib kelmadim.
Suvga oqizoq qildim
Baribir ketmadi oqib
U dunyoga xabarchi emas suvlar ham
Faqat hozir bor
Ha, faqat hozir
U dunyo ham,
Bu dunyo ham "hozir"da qovushgan
Biz esa hozirdan hatlab o'tmoqchi bo'lamiz mudom
Ikki oyog'imiz hozir ustida kerilgan
Biroq hatlolmaymiz,
Zero, sakramoqqa tomon yo'q.
Bir oyog'imiz osmonda,
Birisi go'rda
Ayrilgan putimiz,
Yorilgan chotimiz.
U dunyodan ham, bu dunyodan ham sakrab o'tmoq bo'lamiz
Ammo tomon yo'q.
Sening sharafingga qadah ko'tardik
Xayrlashdik sen bilan, yilim
Bir do'stim keldi oldimga
"Ular mudom oqlaydi o'zni
(Do'stlarni ko'rsatdi nuqib)
Men qoraladim.
Xiyonatni ko'rdim. Ko'rdim bevaqt ayriliqlarni".
Oqladi o'zni. Bu telba, xoksor odamlar qalbida
Uyg'ongan shafqat va mehr
Ovutarmi alamlarini?
Alam yirtqich bo'ri
Panalarda turib ovladi bizni.
Ovlanmagan bir zog' qolmadi.
Hammamiz endi uning qulimiz.
Ovutmaydi bizni
sevgimiz,
kulgimizi,
yong'in, kulimiz.
Bu dunyoda odam o'zini oqlagan emas.
Oqlagan zamon,
Oqlagan qismat,
Oqlagan olam.
Odam qora.
Oqlolmagan odam o'zini.
Oqlamagan odam o'zini.
Yilim, senda oq eding.
Sen odam emassanku, yilim.
"Koshki yiqilsa dilim
Qaltirab turar qo'lim
Jigarimni yulmasdan."
Sen odam emassan, yilim.
Dugonam yozdi : uzoq turing filmlardan, mahzun kuydan, qo'shiqdan.
Lekin kuysiz, qo'shiqsiz yashash mumkinmi, Dilim?
Mumkinmi, Yilim?
Olamning har qatida kuy sizib kelsa
Ko'z yoshimda kuy suzib kelsa
Mumkinmi, Dilim?
Mumkinmi, Yilim?
Yo mahzunlik yashash emasmi?
Yashash nima o'zi?
Mahzunlik nima?
Qismat bo'lgan narsa yashalgan
Yashalgan har narsa mahzunlik!!!
Har kim har ko'yli yashar
Qismatini yashar har odam
Qismat esa oqlangan. Qismat mudom oq.
Doim cho'chib tushadi
Nigohimdagi nafratdan
Menga xona bergan uyning egasi.
O'z taftimdan sovqotaman o'zim.
Nafratimdan ketaman cho'chib.
Men bu haqda yozishni istamayman.
Ha, istamayman. Na nafrat, na uy egasi haqda.
Bilaman, yanagi yilda ham
Ko'chib ketolmayman uyidan
Shunga mahkumman.
Men odamman. Mahkumman o'z ojizligiga.
Bir dunyo qulamoqda
Dardlar, sevgi, Aqllar
Bir dunyo qulamoqda.
Bir dunyo qolmoqda.
Men aytolmayman qanday dunyo bu
Ortiq odam emasman axir
Men bir Yodman, Hammasidan qolgan Telbalik
Men hech qachon bo'lmagan yo'lman endi
Na kelishim, na ketishim bordir.
Yilim, sen zamonning uzun yo'li
Senga ketish,
Menga Yodlar,
Qolgan Gardlar,
Mangulik Yordir!
2019, 24-dekabr
P.S: yangi yilning kechikkan she'ri

"Aks" turkumi kitoblari tez orada qo'lingizda bo'larkan.
https://www.tg-me.com/perezagruzka_2021/1007
https://www.tg-me.com/perezagruzka_2021/1007
Telegram
Перезагрузка
акс китоблари январда сотувга чиқиши кутиляпти, бари ишлаб чиқаришда қайсидир даражада. бу менинг деярли бир йил давомида кутган проектим. таътилни ва янги йилни ўткизиб ишга чиққандим, биринчи қизиққан нарсам шу бўлди. муқоваси матн қоғозига ёпиштирилаётган…
O'lik shahar
1.
Shahar o'lgan,
Tuyg'ular jim-jit
Zaminidan uchgan baraka
"Bepusht za- miin."
Go'ringizda tinch yoting, shoir
Shahar o'lgan,
Uyqusi o'lik.
Qachondir bosh olib ketarak
O'ylardim uchta to'lqin qoladi menda-
Shahardagi uch odam-
Borliqning borlik to'lqini edi.
Keyin to'lqinlarini olib ketishdi
O'zlari bilan
Men ketmadim. Shahar ketdi mendan.
Yagona to'lqin o'zim edim.
Yolg'izlik to'lqini.
Yovuzlikdir- yolg'izlik ham.
Nafrat ekdim bepusht zaminga
Qayg'u, Kin ekdim.
G'azabimni qadadim ulkan.
Ur-sur, qotillik ekdim-
Tuyg'umni ekdim.
Ishoning tuyg'ular qo'rqinchli emas,
Qo'rqinchlisi qo'rquvingizdir.
Koinot to'lqinlari chiriyotir.
Zamin hosilsiz.
Odamlar xasta, o'lar kunba-kun
Tovushlar esa hamon muallaq
"Sufeee, suf"
"Uffffffff!"
Tushunmayman sizni demang
O'sha chirik to'lqinni ushlang.
Qayg'ular ranglidir,
Ranglar qorishiq.
Ochlikdan qusayotir chaqaloq-
O'qchish!
O'qchish!
Ochlikdan qusdim.
O'qchish va chirik to'lqin o'lik shaharda.
O'qchishdan to'kiladi -
Suv ham - zardobdir!
Va lekin ovqat istamas odam.
Zardobiga qorishiq. Qayg'ular rangli.
Odam xudo bo'lmoq istar.
Gohida lahzaga xudo deb sig'inadi.
Lekin lahzalar ham ochlik.
O'qchish lahzalar.
Qayt qilib tashlang,
Tuyg'ungizni,
Sevgingizni,
Umidingizni.
Qayt qiling!!!
Odam istamay turib ham istar
Istaklar - ochlik
Istaklar o'qchish!
Odam xudo bo'lmoq istar
Va lekin xudo bo'lmagani xudolik.
Gohida lahzaga xudo deb sig'inadi.
Lahzalar - o'qchish,
Ochlik - lahzalar.
Istaklar - xudodir,
Ochlik - xudolik.
®Tillaniso

Pitersonning Hayot uchun 12 qoidasi o'zbek tiliga o'girilayotganidan xabardor edim. Naq 3 yil kutdim. Hozir qarasam, allaqachon chop etilgan ekan. Yarim tunda o'qishni boshladim.
MAYSA
(Epifaniya)
Azizim,
Tog'larga tushdi qor.
Kel qo'lingdan tutay.
Qo'llaring taftini ber menga.
Oq oydin yo'lda
Qo'lingdan tutib
Huv o'sha cho'qqiga yetay.
Azizim, lahzani ushlab ol
U hozir bolalar yasaganu
Qorbo'ronda otgan qortosh kabi
Yog'ar qo'lingga,
yo'lingga.
Azizim, dunyoni kez,
Chirpirak qil dunyoni
Qayda moviy qushlar bor
Qayda oydin bug'ular,
Yotganmikan kaltakesak inida?
Xaslarning ostida nima bor
His qilib ko'r, azizim.
Xaslarning ostidagi o'sha moviy his bo'lgim kelar
Gizli, parqu va yoyiq
Azizim, qor ostidagi maysani yupat,
Silab qo'y yuzimni silagan kabi
Asosiysi, maysa yupatmoq
Shekspir aytgandi
"Eng muhimi toptab o'tmaslik maysani" -
Dunyo chirpirak bo'lib aylanadi shu so'z ichida
Kel tavof qilaylik uni,
dunyoni,
so'zni.
Eng go'zal ishq gizli va nozik
Eng go'zal his inja va parqu
Eng nozik ishq va his - maysa.
Azizim, kaltakesakni o'pganingdagi o'sha nozik lahzani keltir
Lablarim qonsinlar lahza ta'midan
Cho'qqi yuksakligin sezayin
Azizim, ko'z ilg'amas narsani
Masalan, qushlar sayrog'in keltir qalbimga
Dugonam aytgandi:
Odamlarning o'ylari xalaqit beradi qush sayrog'iga.
Azizim, maysa, maysa...
Darvoqe o'simlik va maysa ismi Matilda
O'simlik va hisning ismi Matilda -
Nerudaning dilbar sevgisi.
Ishqimizning ko'z ilg'amas hisidir maysa.
Ko'z ilg'amas lek
Dunyo oqib yotar bu hisda
Va ishqimiz bir ummon kabi.
Azizim, kaltakesakni o'pganingdagi lahzani keltir.
Yuragim qonsin.
Eng nozik hislarni toptap o'tmasin dunyo
Qo'llaring taftidan qo'llarim yonsin.
Maysa toptamoq - taftni o'ldirmoqlik va
Manguga muz qotgan qo'llarimizdir.
Munosabatlar eng nozik hisda yashirin
Ko'z ko'rgan narsani avaylash mumkin
(O'ylash mumkin dunyoni tutib turibdi ular
Tog'larni yerning ustuni deb bilgan kabi odamlar.)
Lek ko'z ilg'amas narsani,
hisni
Toptashdan vayron bo'ladi dunyo
Vayron bo'ladi inson
So'nadi taftlar,
Ungan sevgilar.
Bir do'stim bor, Ruhimning do'sti
Garchi ko'rmoqqa ko'zim yo'q
Nafratlanmoq istab
Qalb va aql-la
Ruhim bilan intildim unga.
Nafrat istab qalb va aql-la
Ruhim bilan sevaman, sevgum.
Azizim,
Biz u bilan maysani toptab o'tdik,
Azizim,
Bilmagandek, munosabatda
Muhimi maysa.
Azizim,
azizim,
maysani yupat,
Azizim,
azizim,
maysa...
Maysa...

Juda tez ulg'ayibman
Sochlarimga tushmay bitta oq -
Akamning oppoq sochlarida ko'rdim yoshimni-
Ulg'agibman o'zim ham sezmay.
Yoniga ulg'ayibman,
Eniga ulg'ayibman,
Qirovlarga umrim,
O'kinchlarga ruhim,
Xotirlarga o'yim,
Vaqtgachi - bo'yim -
Bo'yiga ulg'ayibman.
Ulg'ayibman olti o'lchamda -
Sochlarimning oqini sezmay

Forwarded from Sukut Saqlama (NeMolchi.uz o'zbek tilida)
2025 йилдаги @SukutSaqlama'нинг илк тадбирига таклиф қиламиз!
Ҳурматли обуначилар, янги йилни ўзбек тилидаги феминистик адабиётнинг келажаги ҳақида суҳбат билан бошлаймиз. Ўзбекистонга бундай адабиёт зарурми? Бу китобларга талаб қанчалик катта? Муаллифлар ва нашриётлар қандай муаммоларга дуч келади? Улар мавзулар ёки асарларни қандай танлайди?
Муҳокама ўзбек тилида ўтади, шунингдек, айрим китобларнинг нусхаларини сотиб олишингиз мумкин. Сизни бу мавзуда иш олиб бораётган маҳаллий муаллифлар, нашриёт раҳбарлари ва таржимонлар билан қизиқарли учрашув кутади:
🔸 Соҳибжамол Каттаева — @factor_books нашриёти раҳбари, бир қатор китобхонлик лойиҳалари асосчиси. Нашриётда 40 дан ортиқ китоб чоп этилган бўлиб, бадиий адабиёт билан бирга илмий-оммабоп китоблар ҳам нашр этилмоқда. Бу йўналишдаги китоблар орасида Кэролайн Криадо Переснинг “Кўринмас аёллар” асари ўзининг долзарблиги ва мазмунан бойлиги билан ажралиб туради.
🔸 Нодирабегим Иброҳимова (@mittihaqiqatlar) — ёзувчи ва таржимон, “Ёнингдаги бахт”, “Жодугар ёхуд минг йиллик ҳаёт” каби асарлар муаллифи. У Мопассан, О Генри, Чехов, Ҳерберт Уэлс, Роалд Дал ва Виржиния Вульф каби ёзувчиларнинг асарларини ўзбек тилига таржима қилган. 2017 йилда Ёшлар иттифоқининг “Йилнинг энг яхши ёш ижодкори” мукофотига ва 2018 йилда таржима танловида 1-ўринни қўлга киритган. 2021 йилда Ёзувчилар уюшмасининг рағбатлантирувчи мукофоти билан тақдирланган. Ҳозирда у Ёзувчилар уюшмаси аъзоси ва докторант ҳисобланади.
🔸 Тилланисо Нурёғди (@TillanisoEN) — 3 та шеърий ва 2 та насрий асар муаллифи. Унинг “Дилхат”, “Оловранг туғён”, “Қон” каби шеърий, ҳамда “Сунбула” ва “Шакл” номли насрий асарлари чоп этилган. 2021 йилда “Таҳсин” ёшлар мукофоти билан тақдирланган. 59-Венеция Биенналесида Ўзбекистон Миллий павильонининг очилиш маросимида шеърий чиқиш, шунингдек, Германиянинг Кассел шаҳрида ўтказилган “Documenta 15” кўргазмасида Марказий Осиё аёл руҳиятининг турли жиҳатларини ифода этувчи шеърий перформанс, эссе ва Марказий Осиё мифологияси ҳақидаги маърузаси билан қатнашган.
Қачон: 2025 йил 11 январь, соат 17:00
Қаерда: 139 Documentary Center галереяси, Тарас Шевченко кўчаси, 8 (мўлжал — Патрики қаҳвахонаси)
Кириш: 50 000 сўм. Амалдаги талабалик ёки нафақахўрлик гувоҳномаси тақдим этилса — 25 000 сўм. Ногиронлиги бўлган шахслар учун амалдаги гувоҳнома тақдим этилса — бепул. ОАВ вакил(а)лари учун гувоҳнома тақдим этилганда кириш — бепул.
18+
#SukutSaqlama

Forwarded from “Аkademnashr” nashriyoti
Kelmasangiz nimalardan bebahra qolishingizni bilasizmi?
— ijodkorlarning o‘zlari tomonidan o‘qiladigan she’r va monologlarni tinglash;
— mualliflardan maxsus dasxatlar olish;
— "Izlam" kitoblarini xarid qilish;
Demak, 11-yanvar (shanba) 11:00 da ko‘rishamiz!
Manzil: Alisher Navoiy ko‘chasi, Qashg‘ar mavzesi 9A
👉 Joylashuv | Mo‘ljal: Hyatt Regency mehmonxonasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun o'qituvchilar bilan bo'lgan bir seminarga bordim. Bir o'qituvchi opa haqiqiy pedagog 45 yoshdan keyin shakllanadi, chunki asablar joyiga kelgan bo'ladi, bolalarni bemalol seva oladi, ungacha o'ziga qilgan talabini bolaga qo'llab, ikki tomonniyam qiynaydi dedi.
Orirost, men bu gaplarga qo'shilaman. O'zi haqiqiy sokinlik, garmoniya pallasi 45-50 da kelsa kerak. Arxetip tomonlama qarasak, shu davrda aynan O'zlik arxetipi o'z tajribalarni yig"ib bo'lgan bo'ladi va xotirjamlik va garmoniya boshlanadi. Markesning "Mening g'amgin fohishlarim" ida ham chol 90 yoshida chindan sevib qoladi. Ungacha unda vaqt bo'lmagan, doimiy betoqatlik, nimadir qilish istagi...
Sizlarga aytsam, yoshlik bola tarbiyalash (sevib tarbiyalash) va sevgi uchun umuman qulay pallamas. Bu yugur-yugur, chop-chop, top-top pallasi. Asabiylik, toriqish, xavotir davri! Shunaqa odam tinchgina mazza qilib seva oladi yo shundan baxtiyor yashay oladimi? Albatta yo'q. Yoshlik har narsaning muvaqqatligi, muvaqqatlik bor joyda ko'ngil iliq tuyg'ulardan barqaror yashnolmaydi!

Forwarded from Oyina.uz | Tafakkur
Шоир ўзини даволаш учун ҳам ёзиладиган шеърлар – конфессионал шеърият «Оқдан қизилга» тўплами мисолида
Йўналишнинг асосчиларидан саналган Роберт Лоуэлл ҳам ўз биполяр бузилишидан халос бўлиш учун ёзган, у ҳатто руҳий касалхонада ўтган кунлари, ўша дамдаги кечинмаларини ҳам шеър қилади.
Oʻz: https://oyina.uz/kiril/article/3382
Ўз: https://oyina.uz/kiril/article/3383
Расмий саҳифаларимиз👇
Telegram | Facebook | X | Instagram

Hid Gallyutsinatsiyasi
Шоир ўзини даволаш учун ҳам ёзиладиган шеърлар – конфессионал шеърият «Оқдан қизилга» тўплами мисолида Йўналишнинг асосчиларидан саналган Роберт Лоуэлл ҳам ўз биполяр бузилишидан халос бўлиш учун ёзган, у ҳатто руҳий касалхонада ўтган кунлари, ўша дамдаги…
Yangi va yaxshi maqolam. O'qib tashash joiz.
Forwarded from Sukut Saqlama (NeMolchi.uz o'zbek tilida)
Тилланисо Нурёғди билан Виржиния Вулфнинг "Шахсий хона" асари муҳокамасига таклиф этамиз!
Виржиния Вулфнинг "Шахсий хона" эсселар тўплами 1928-йилда чоп этилиб, инглиз аёлларига нисбатан жамиятда муносабатни ўзгартирган асар саналади. Китоб нашр этилганидан бери дунёдаги феминистик ҳаракат учун энг катта турткилардан бирига сабаб бўлиб келади. Дунёнинг ўнлаб тилларига таржима қилинган. 2024-йилда асар ўзбек тилида ҳам нашр этилди. Сукут Сақлама лойиҳасининг Китоб клуби доирасида 20-январ куни мазкур асар муҳокамасини ўтказамиз. Муҳокамада 👇👇
⚡️Аёлларнинг ижодий соҳадаги ўрнини
⚡️ Молиявий ва шахсий мустақилликнинг аёл потенсиалини очишга таъсирини
⚡️ Вулфнинг назарий қарашлари бугунги кун учун қанчалик долзарб эканини гаплашамиз.
Китобни олдиндан ўқиб келишингиз тавсия этилади!
📅 Сана: 20 январь
⏰ Вақти: 18:30
📍 Жойи: кейинроқ эълон қилинади
Иштирок этиш учун рўйхатдан ўтиш зарур. Жойлар сони чекланган, шунинг учун имкониятни қўлдан бой берманг! Қуйидаги ҳавола орқали рўйхатдан ўтинг.
#СукутСақлама

Тилланисо Нурёғди билан Виржиния Вулфнинг "Шахсий хона" асари муҳокамасига таклиф этамиз! Виржиния Вулфнинг "Шахсий хона" эсселар тўплами 1928-йилда чоп этилиб, инглиз аёлларига нисбатан жамиятда муносабатни ўзгартирган асар саналади. Китоб нашр этилганидан…
Esingizda bo'lsa, "Shaxsiy xona" o'qishlari" qilamiz deb va'da bergandim. Shu tashabbus endi SukutSaqlama loyihasining Kitob klubi doirasida amalga oshirilmoqda.
Endi oyiga 2 marta shunday feministik adabiyot va maqolalar o'qishlari bo'ladi bizda. Hozir turing, keling, qatnashing, oldinda sizni "Shaxsiy xona" dan ham dolzarb va zamonaviy feministik adabiyot namunalari tarjimasi va muhokamalari kutib turibdi.
Endi oyiga 2 marta shunday feministik adabiyot va maqolalar o'qishlari bo'ladi bizda. Hozir turing, keling, qatnashing, oldinda sizni "Shaxsiy xona" dan ham dolzarb va zamonaviy feministik adabiyot namunalari tarjimasi va muhokamalari kutib turibdi.
Hid Gallyutsinatsiyasi
Шоир ўзини даволаш учун ҳам ёзиладиган шеърлар – конфессионал шеърият «Оқдан қизилга» тўплами мисолида Йўналишнинг асосчиларидан саналган Роберт Лоуэлл ҳам ўз биполяр бузилишидан халос бўлиш учун ёзган, у ҳатто руҳий касалхонада ўтган кунлари, ўша дамдаги…
Mana shunaqa maqolalardan keyin katta avlod vakillaridan ancha-muncha qo'ng'iroqlar bo'ladi. Kechayam bir qanchasini qabul qildim. Doim shu kabi maqolalarni ko'paytirishni, ularga hozirgi jarayonni tushinishda foydali bo'lganini ta'kidlashadi. Faqat kattalarmas, yoshlar ham shu kabi fikrlarni o'zimga tez-tez yozishadi. Tushinamanki, o'zimizni, hozirgi jarayonni faqat o'zimiz tushintirib berishga ehtiyoj bor. Hamma talmovsirab, qanday qarashni bilmayotganda "hoy, buyoqqa qaravoring" deyish muhim. Toki umuman oqim yana teskari tomonga burilib ketmasidan, asossiz munosabatlar jarayonni pufakdek shishirmasidan. Shunday ekan, biz o'zimiz va yonimizdagilarni o'zimiz anglatishimiz lozim. Bo'lmasa, o'quvchi ko"p hollarda angsharmay qolyapti.