“Globe” drama klubining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti talabalari hamda Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari hamkorligida tashkil etilgan “Globe” drama klubining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Uilyam Shekspir ijodiga bag‘ishlanib, unda ulug‘ dramaturgning asarlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
Dastur doirasida Shekspir sonetlaridan namunalar oʻqildi, raqslar ijro etilib, “Hamlet”, “Romeo va Julyetta” pyesalaridan tanlangan parchalar sahnalashtirildi.
Talabalarning ijodiy chiqishlari tomoshabinlar tomonidan katta qiziqish bilan qarshi olindi. Tadbir nafaqat talabalarning badiiy mahoratlarini namoyon etdi, balki ularning ingliz tili va adabiyotiga bo‘lgan muhabbatini yanada mustahkamladi.
Yakunda “Globe” drama klubi universitetdagi madaniy hayotning muhim bir qismiga aylanayotgani va kelgusida ham ingliz teatri an’analarini rivojlantirishni maqsad qilgani ta’kidlandi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤16👍4🔥2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi Rohilabonu G‘o‘chchiyeva bergan “Oʻzbek tilida ertaklar korpusini yaratish” taklifi qoʻllab-quvvatlanishi bildirildi.
Bu boʻyicha Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev Facebook sahifasiga post joyladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤18🎉5👍2
Toshkentda ta’lim sifatini baholashga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi!
2025-yil 14-oktabr kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan “Bilim va malakalarni baholashda nazariy va amaliy yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, shuningdek, AQSH, Buyuk Britaniya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va boshqa davlatlardan taniqli ekspertlar ishtirok etishdi.
Xususan, Stephen Richard King (Cambridge University Press and Assessment), Michael Houlgate (Britaniya Kengashi), Darren Perret (Cambridge University Press) kabi xalqaro mutaxassislar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili amaliy fanlar 3-kafedrasi professor-o‘qituvchilari B. X. Isaqulova, Z. R. Bobojonova va S. M. Jumayeva ham anjumanda faol ishtirok etdilar.
Anjumanda ta’lim sifatini oshirish, baholash tizimini modernizatsiya qilish hamda xalqaro tajribalarni milliy amaliyotga tatbiq etish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Anjuman yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi, eng yaxshi ilmiy ishlanmalar esa Bilim va malakalarni baholash agentligining “Axborotnoma” ilmiy-uslubiy jurnalida chop etilishi belgilandi.
Telegram | Instagram | Facebook |
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6❤5👏3
Forwarded from Turizmni rivojlantirish instituti
#StudentsCup2025 #Yoshlar #TurizmKelajagi
Aziz talabalar!
🔸Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti yoshlar o‘rtasida "Yoshlar turizmi: yangi formatlar va tashabbuslar" mavzusida Students Cup 2025 Respublika ilmiy ishlar/loyihalar tanlovini e’lon qiladi. Tanlov “TURIZM, TA’LIM VA FAN: KELAJAKKA NAZAR” xalqaro forumi doirasida o‘tkaziladi!
🔸Students Cup 2025 tanlovining maqsadi: O‘zbekiston turizm sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan eng ilg‘or, ijodiy va amaliy g‘oyalarni saralab olish.
🔸Tanlovda talabalar va magistrantlar ishtirok etadi.
🔸Tanlov yo‘nalishlari:
▫️Turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish;
▫️Kreativ industriyalar va turizm;
▫️Turizmda marketing kampaniyalari;
▫️Turizmda kadrlar siyosati;
▫️Barqaror rivojlanish va turizmda ekologik yondashuv va boshqalar.
🔸Ishtirok etish shartlari:
▫️Loyiha arizasini taqdim eting (taqdimot bilan birga);
▫️Eng yaxshi g‘oyalar Respublika bosqichiga tanlab olinadi;
▫️G‘oliblar diplom va mukofotlarga ega bo‘ladilar.
🔸Tanlov sovrinlari:
1 o‘rin — 7 000 000 so‘m
2 o‘rin — 5 000 000 so‘m
3 o‘rin — 3 000 000 so‘m
• Sertifikatlar va diplomlar.
🔸Arizalarni qabul qilish muddati: 2025-yil 15-oktabrdan 15-noyabrigacha!
🔸Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/HQsMdeMDrXLNW8q46
🔸Batafsil ma’lumot: yuklab olish
🇺🇿 Yangiliklarimizni kuzatib boring:
Rasmiy | Facebook | Telegram |Youtube | Instagram
Aziz talabalar!
🔸Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti yoshlar o‘rtasida "Yoshlar turizmi: yangi formatlar va tashabbuslar" mavzusida Students Cup 2025 Respublika ilmiy ishlar/loyihalar tanlovini e’lon qiladi. Tanlov “TURIZM, TA’LIM VA FAN: KELAJAKKA NAZAR” xalqaro forumi doirasida o‘tkaziladi!
🔸Students Cup 2025 tanlovining maqsadi: O‘zbekiston turizm sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan eng ilg‘or, ijodiy va amaliy g‘oyalarni saralab olish.
🔸Tanlovda talabalar va magistrantlar ishtirok etadi.
🔸Tanlov yo‘nalishlari:
▫️Turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish;
▫️Kreativ industriyalar va turizm;
▫️Turizmda marketing kampaniyalari;
▫️Turizmda kadrlar siyosati;
▫️Barqaror rivojlanish va turizmda ekologik yondashuv va boshqalar.
🔸Ishtirok etish shartlari:
▫️Loyiha arizasini taqdim eting (taqdimot bilan birga);
▫️Eng yaxshi g‘oyalar Respublika bosqichiga tanlab olinadi;
▫️G‘oliblar diplom va mukofotlarga ega bo‘ladilar.
🔸Tanlov sovrinlari:
1 o‘rin — 7 000 000 so‘m
2 o‘rin — 5 000 000 so‘m
3 o‘rin — 3 000 000 so‘m
• Sertifikatlar va diplomlar.
🔸Arizalarni qabul qilish muddati: 2025-yil 15-oktabrdan 15-noyabrigacha!
🔸Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://forms.gle/HQsMdeMDrXLNW8q46
🔸Batafsil ma’lumot: yuklab olish
🇺🇿 Yangiliklarimizni kuzatib boring:
Rasmiy | Facebook | Telegram |Youtube | Instagram
❤3🤩2👍1
Forwarded from Ingliz filologiyasi fakulteti (Sherzodbek Zokirov)
Ingliz filologiyasi fakulteti tomonidan navbatdagi ingliz tili to'garak mashg‘uloti
🌐 Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o‘qituvchilari D.Isakova va Y.Rayimaliyeva tomonidan Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi 280-maktabda kafedra tomonidan tashkil etilgan ingliz tili to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.
🎯 Mavzu: “Technology and Humanity – Is technology making us smarter or lazier?” (Texnologiya va insoniyat – texnologiya bizni aqlliroq qilayaptimi yoki dangasa qilayaptimi?)
⏰ Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar zamonaviy texnologiyalar va ularning insoniyat o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik jihatlari haqida bilimga ega bo‘ldilar. Ular texnologiyaning kundalik hayotimizdagi roli, uning ijobiy va salbiy ta’sirlari, shuningdek, ular yordamida inson aqliy faoliyati va hayot tarzi qanday o‘zgarayotgani haqida fikr yuritdilar. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar mavzu bo‘yicha yangi so‘z va iboralarni o‘rgandilar.
🗓 Shuningdek, ular berilgan savollar asosida o‘z fikrlarini dalillar yordamida asoslashni, muloqotga kirishishni, guruhlarda ishlashni va munozara yuritishni mashq qildilar. Interaktiv mashqlar va rolli o‘yinlar orqali ularning nutq, muloqot hamda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalari rivojlantirildi.
↗️ Dars zamonaviy usullar asosida tashkil etilib, o‘quvchilarda ingliz tilida erkin so‘zlash qobilyatini oshirdi.
✅ Rasmiy sahifalarimiz:
📱 Telegram | 📱 Instagram
📱 Youtube | 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍2