“O‘tgan kunlar” — abadiy qadriyatlar aks etgan asar!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti 2514-guruhi talabalari bilan tyutor Mavluda Allamova tashabbusi bilan kitobxonlik kechasi doirasida Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” asari yuzasidan debat tashkil etildi.
Debat davomida talabalar asardagi obrazlar, fidoyilik, milliy o‘zlik va erk g‘oyalari haqida o‘z fikrlarini erkin ifoda etdilar. Bahslar jarayonida har bir ishtirokchi o‘z nuqtayi nazarini asosli dalillar bilan himoya qilib, asarning badiiy hamda ma’naviy qimmati yuzasidan tahliliy mulohazalar bildirdi.
Mazkur tadbir talabalarda badiiy asarlarga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni erkin fikrlashga, shuningdek, o‘z qarashlarini ishonch bilan ifoda etishga undashga xizmat qildi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7👍1
Forwarded from Ingliz tili 2-fakulteti | O’zDJTU (Azimjonov Azizbek)
O‘zbeksiton davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti tyutori S.B.Muxitdinova o’ziga biriktirilgan 2415-guruh talabalari bilan “Davlat tili — millat faxri ” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazdi.
Tadbir davomida Ingliz tili 2-fakulteti dekani Z.M.Bazarov talabalarni o’zbek tilining 36 yilligi bilan tabrikladi va ona tilimizning milliy qadri, go‘zalligi va bebaho merosi haqida so‘z yuritdilar.
Talabalar she’rlar, sahna ko‘rinishlari hamda musiqiy chiqishlar orqali tilning xalq hayotidagi o‘rni yuksak darajada ekanligini ifoda etdilar.
Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar ongida ona tiliga hurmat, e’tibor va milliy g‘ururni mustahkamlash, uni asrab-avaylashga da’vat etishdan iborat bo‘ldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Sun’iy intellektni rivojlantirish faqat zamonaviy infratuzilma va algoritmlarga emas, balki malakali kadrlarga ham bog‘liq. Bu sohaning asosi – matematika va informatika. Shu bois, kadrlar tayyorlashni, eng avvalo, maktabdan boshlash kerak”,
– dedi Prezident.
Keyingi o‘quv yilidan “Informatika” fani o‘quv dasturlariga sun’iy intellektga oid mavzular kiritiladi. Buning uchun Massachusets texnologiyalar instituti bilan hamkorlikda maxsus darslik ishlab chiqiladi.
“Yangi O‘zbekiston” universitetida sun’iy intellekt bo‘yicha bu yil 100 nafar, keyingi yil 1 ming 300 nafar trener-o‘qituvchi tayyorlanadi. Ular esa kaskad tartibida maktab va oliygohlardagi informatika o‘qituvchilarini o‘qitadi. Har yili eng yaxshi 100 nafar informatika o‘qituvchisi xuddi vazirlik va hokimliklarning salohiyatli mutaxassislari kabi sun’iy intellekt rivojlangan davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.
“Bir million o‘zbek dasturchisi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Bir million sun’iy intellekt yetakchisi” loyihasi ham boshlandi. Bu yil 100 ming, kelasi yil kamida 500 ming yoshlar o‘qitiladi.
Loyiha bilan maktab o‘quvchilarini ham qamrab olish muhimligi ta’kidlandi. Bundan buyon har yili sun’iy intellekt bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazilib, eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar, ularning ustozlari va ta’lim tashkilotlari munosib rag‘batlantiriladi.
Bunda 500 nafar yoshlar – noutbuk, 100 nafar o‘qituvchi – 1 ming dollardan mukofot, 2 ta ta’lim tashkiloti – elektromobil bilan taqdirlanadi.
Facebook|Instagram|X
👍3❤2
Ijara xonadonlariga tashrif
17-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti profilaktika inspektori S. Sherboyev, universitet xotin-qizlar psixologi Sh. Bo‘stonova hamda Sharq filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi G. Odilova hamkorligida talaba-qizlar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlariga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida ijara xonadonlaridagi qizlarning yashash sharoitlari, xavfsizlik holati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi o‘rganildi. Shuningdek, ular bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ijtimoiy va ma’naviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Bunday tashriflar talabalarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ularning ijtimoiy muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishga xizmat qiladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
17-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti profilaktika inspektori S. Sherboyev, universitet xotin-qizlar psixologi Sh. Bo‘stonova hamda Sharq filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi G. Odilova hamkorligida talaba-qizlar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlariga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida ijara xonadonlaridagi qizlarning yashash sharoitlari, xavfsizlik holati va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik darajasi o‘rganildi. Shuningdek, ular bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ijtimoiy va ma’naviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Bunday tashriflar talabalarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ularning ijtimoiy muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishga xizmat qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Talabalar bilan psixologik suhbat tashkil etildi
20-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi Z.T. Xayrullayeva hamda Ingliz tili birinchi fakulteti tyutori hamkorligida 2-bosqich talabalari bilan psixologik suhbat tashkil etildi.
Suhbat davomida talabalar ruhiy holati, ularning o‘qish jarayonida duch kelayotgan psixologik qiyinchiliklari muhokama qilindi. Shuningdek, talabalarga stressni boshqarish, motivatsiyani oshirish va samarali o‘qish usullari bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.
Psixolog va tyutor talabalar bilan ochiq muloqot o‘rnatib, ularning savollariga javob berishdi hamda yordam zarur bo‘lgan masalalarda psixologik qo‘llab-quvvatlashni ta’minladilar.
Mazkur suhbat talabalarning psixologik salomatligini mustahkamlash, ularni ijobiy ruhda o‘qish jarayoniga jalb etish va sog‘lom muhitni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, bu kabi tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish rejalashtirilgan.