Telegram Web Link
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Xitoy tili toʻgaragi

🇺🇿 Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti Xitoy filologiyasi kafedrasi tashabbusi bilan Xitoy tili toʻgaragi tashkil etildi.

Toʻgarak Chilonzor tumanidagi 79-maktabda G. Agzamova tomonidan toʻgarak darslari oʻtkazildi. Dars davomida oʻquvchilarga xitoy tiliga oid boshlangʻich zarur bilimlar berildi.

Shu kabi toʻgaraklar orqali chet tillarini yanada chuqquroq oʻrganib , Xitoy tili, madaniyati, tarixi hamda urf-odatlari haqida koʻnikmalarga ega boʻlishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇🏻
Telegram|Instagram|Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31👏1
4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣4️⃣

❗️ Attention Master’s Students!

📣 Hey everyone!

As Master’s students, let’s not only focus on our studies but also stay active and energetic!

If you’re interested in sports competitions — whether it’s football, volleyball, basketball, athletics, or any other sport — we’re inviting you to join our active sports community!


✔️Together, we’ll represent our university, participate in exciting events, and make great memories.

If you’re interested, please contact the account below.

✈️ @Sadoqatxon_Mirzajonova

Let’s show that Master’s students can be both smart and strong!

➡️ Magistratura bo'limi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
Davlat tili kuni va milliy qadriyatlar uyg‘unligida o‘tgan suhbat

Xalqaro jurnalistika fakulteti tyutorlari M. Abdullayeva va K. Mamadaliyeva ishtirokida talabalarning milliy qadriyatlarga bo‘lgan hurmatini oshirish maqsadida “Milliy liboslar va davlat tili — milliy o‘zligimiz ifodasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

🗣Suhbat davomida milliy liboslarning o‘zbek xalqining madaniy merosi, urf-odatlari hamda estetik didini ifoda etishi haqida fikrlar bildirildi.

Shuningdek, tadbir doirasida “Milliylik va tabiat uyg‘unligi” mavzusida sayohat hamda bahs-munozara o‘tkazilib, talabalar o‘z qarashlarini faol tarzda bayon etdilar.

🗣Shu bilan birga, 21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan suhbat o‘tkazilib, unda talabalar o‘zbek tilining tarixiy shakllanish jarayoni, rivojlanish bosqichlari va bugungi kunda davlat tili sifatidagi o‘rni haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Bu kabi tashabbuslar yoshlarning milliy o‘zligiga hurmat, estetik did va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
🕊Telegram |📸Instagram |📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Milan-Bikokka universiteti dotsenti Diana Perego ishtirokida onlayn seminarlar tashkil etildi

8–20-oktyabr kunlari O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetining Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi tashabbusi bilan Milan-Bikokka universiteti dotsenti Diana Perego ishtirokida 4-bosqich bakalavriat va magistratura talabalari uchun qiziqarli masofaviy seminarlar tashkil etildi.

Seminarlar “Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti” hamda “Madaniyatlararo muloqot nazariyasi” fanlari doirasida o‘tkazilib, unda asosan o‘rta asrlar adabiyoti, qadimgi Yunon va Rim teatr san’ati, shuningdek, zamonaviy adabiyotning madaniy munosabatlardagi o‘rni kabi mavzular muhokama qilindi.

Darslar davomida talabalar xalqaro tajriba asosida ko‘plab yangi bilim va tushunchalarga ega bo‘lishdi, shuningdek, italyan adabiyoti va madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
0️⃣0️⃣0️⃣

“One team - one family" shiori ostida 2-sonli talabalar turar joyida osh pishirildi

Talabalar oʻrtasida oʻzaro doʻstlik, mehr-oqibat tuygʻularini, qolaversa, birdamlik, ahillikni mustahkamlash, oʻzaro ishonch va hurmatni rivojlantirish maqsadida OʻzDJTU 2-sonli Talabalar turar joyida ma’naviy dastur tashkil etildi.

Bunda TTJ mas’ullari boshchiligida talabalar tomonidan dasturxon tuzaldi, milliy taomimiz boʻlgan palov damlandi, soʻng jamoat boʻlib, qizgʻin suhbat ustida tanovul qilindi.

Bu kabi dasturlar talabalarni ruhan birlashtiradi, jamoaviy ishlash koʻnikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Mazkur dastur ham talabalar uchun talabalik yillaridan unutilmas ajoyib xotira boʻlib qoldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
8👍3🔥2😢1
2025/10/21 13:10:59
Back to Top
HTML Embed Code: