Telegram Web Link
#Asosiy_olimpiada
#Tuman_bosqichi

🟢 XORAZMDA ASOSIY OLIMPIADANING IKKINCHI — TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI BOSHLANDI

💠 Bugun, 14-oktabr kuni, viloyatimizning barcha hududlarida Asosiy olimpiadaning ikkinchi bosqichi start oldi.

🔴 Xususan, Urganch tumanida olimpiada sinovlari onlayn tarzda tashkil etilib, hozirda 9-sinf o‘quvchilari matematika fani bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishmoqda.

⚖️ Olimpiadaning adolatli va shaffof o‘tishini ta’minlash maqsadida barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan.

🎯 Bellashuvlarda yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar keyingi — viloyat bosqichiga yo‘l oladilar.

Barcha ishtirokchilarga omad va zafar tilaymiz!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
#Asosiy_olimpiada
#Tuman_bosqichi
#Qoʻshkoʻpir_tumani

🟢 Qo‘shko‘pir tumanida Asosiy olimpiadaning ikkinchi — tuman bosqichi o‘tkazildi

📚 9-sinf o‘quvchilari matematika fani bo‘yicha bilimlarini onlayn tarzda sinovdan o‘tkazishdi.

⚖️ Olimpiadaning adolatli va shaffof o‘tishi uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

📸 Quyida olimpiada jarayonlaridan lavhalar bilan tanishing!

Ishtirokchilarga omad tilaymiz!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Asosiy_olimpiada
#Tuman_bosqichi

🎬 Asosiy olimpiada: Urganch tuman bosqichi yuzasidan mas’ul fikrlari.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
🏀 Hazorasp tumanida yana bir yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirildi

Hazorasp tumanining “Ovshar” mahallasida joylashgan 9-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida yangi sport maydonchasi foydalanishga topshirildi.

Loyiha “Open byudjet” dasturi doirasida jamoatchilik ovoz berishi natijasida amalga oshirildi. Natijada 1,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilib, maktab binosi ta’mirlandi hamda zamonaviy sport maydonchasi barpo etildi.

Tantanali ochilish marosimida Hazorasp tumani hokimi M. Abdullayev va tuman prokurori D. Madirimov ishtirok etib, ushbu tashabbusning ahamiyati haqida iliq fikrlar bildirdilar.

Yangi maydoncha mahalla aholisi, yoshlar va o‘quvchilar uchun sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, shuningdek, bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun keng imkoniyat yaratadi. 🌿⚽️

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
👍4
2025/10/27 06:47:26
Back to Top
HTML Embed Code: