Telegram Web Link
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maqsadli indikatorlar bo‘yicha hisoboti eshitildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi tomonidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablag‘laridan foydalanish, shuningdek rivojlantirish dasturi maqsadli indikatorlarining bajarilish holati to‘g‘risida”gi axboroti eshitildi.


📊 Ta’kidlanganidek, 2025-yilning birinchi yarim yilligi holatiga ko‘ra, mamlakatda 38 mingdan ortiq maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

Maktabgacha ta’lim bilan umumiy qamrov darajasi 77 foizga, 6 yoshli bolalarni qamrab olish ko‘rsatkichi esa 96 foizga yetgan.

Hisobot davrida 54 ta yangi bog‘cha qurilib, 6 820 ta qo‘shimcha o‘rin yaratilgan.

🔰 Davlat xususiy sherikchilik asosida 51 ta, oilaviy nodavlat sektorda esa 505 ta yangi muassasa tashkil etilib, jami 26 331 nafar bola uchun yangi o‘rinlar yaratilgan.

🌐 Olis va chekka hududlardagi bolalarni qamrab olish maqsadida 30 ta “Aqlvoy” avtobusi asosida 60 ta o‘yin maydonchasi tashkil etilib, 142 ta mobil guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.


Ta’lim sifatini oshirish maqsadida 325 ta tayanch bog‘cha ochilib, ular planshet va elektron doskalar bilan jihozlangan.

BATAFSIL

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
RASMIY MUNOSABAT

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Xonqa tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari tomonidan maktabgacha ta’lim tashkilotiga o‘zboshimchalik bilan kirib, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilmagan holda tekshiruv o‘tkazganliklari haqida videolavha tarqatildi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Mazkur holat 2024-yil 2-iyul kuni sodir bo‘lgan bo‘lib, boshqarma tomonidan o‘rganish ishlari o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, bo‘lim xodimlari o‘rganishni qonuniy hujjatlar asosida, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarga taomnoma bo‘yicha belgilangan miqdorda oziq-ovqat mahsulotlari berilishini, ularning vazni va sifati me’yorlarga muvofiq ta’minlanayotganini o‘rganish maqsadida amalga oshirganlar.

O‘rganishlar davomida 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori hamda hamshirasi ish joyida bo‘lmagani, shuningdek, qozondagi mahsulot miqdori belgilangan me’yordan kamligi aniqlangan. Ushbu holat yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtirilib, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha Xonqa tuman prokuraturasiga yozma ravishda ma’lumot kiritilgan.

Shu bilan birga, mazkur masalada 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori tomonidan yozma shikoyat asosida Xonqa tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlariga nisbatan Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan tushuntirish ishlari olib borilgan.

Bo‘lim xodimlariga nisbatan Xonqa tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi hamda boshqa tegishli tashkilotlar tomonidan qonuniy tartibda choralar ko‘rilgan.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi bunday holatlarning kelgusida takrorlanmasligi, shuningdek, barcha ta’lim tashkilotlarida qonuniylik, sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya etilishi ustidan nazorat yanada kuchaytirilishini ma’lum qiladi.

Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Matbuot xizmati

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
👍15
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Bolalarni maktabgacha taʼlim tashkiloti yoki umumtaʼlim maktablarining birinchi sinfiga joylashtirish, oʻquvchilarni bir maktabdan boshqa maktabga oʻtkazish kabi jarayonlarni:

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn tarzda yoki davlat xizmatlari markazlariga borgan holda amalga oshirishingiz mumkin.

👉 Agar mazkur davlat xizmatlaridan foydalanish davomida korrupsion hamda firibgarlik holatlariga duch kelsangiz, vazirlikning Ishonch telefoni (71-202-09-09) orqali xabar berishingizni soʻraymiz.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
🟢Urganch tumanida yana bir zamonaviy bog‘cha foydalanishga topshirildi

🔹Xorazm viloyati Urganch tumani Miroblar mahallasida barcha qulayliklarga ega, shinam va zamonaviy 29-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

🔹Endilikda ushbu mahalladagi 3–7 yoshli 246 nafar boladan 120 nafari yangi tashkil etilgan bog‘chada zamonaviy sharoitlarda ta’lim-tarbiya olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

🔹Mazkur maskan Urganch tumani hokimligi tashabbusi bilan, tumandagi 48-son maktabning bo‘sh turgan binosida qayta ta’mirlanib, bolajonlar uchun quvonchli maskanga aylantirildi.

Yangi bog‘cha – bolajonlar uchun mehr, ezgulik va kelajak sari yo‘l!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
#Gurlan_tumani
#Kelajak_soati

🏫 Gurlan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Y. Babajanov 1-son umumiy o‘rta ta’lim maktabining 11-sinf o‘quvchilari bilan “Kelajak soati” darsida “Boqiy shahar" mavzusida mashg‘ulot o‘tkazdi.

💻 Mashg‘ulot davomida milliy.tarbiya.uz platformasiga joylangan ma’lumotlar va videolardan foydalanilgan holda  batafsil ma’lumot berildi.

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
👍3

#Digital_Generation_Girls

📣 "Raqamli avlod qizlari" tanlovining kuzgi mavsumi BOSHLANISH ARAFASIDA!

Mazkur tanlovning tuman (shahar) bosqichi quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:


Yashil iqtisodiyot;
Sun‘iy intellekt;
Iqlim o‘zgarishi;
Ta‘lim.

🗓Jarayonlar maktab o‘quvchilarning kuzgi ta’til kunlarida o‘tkaziladi.

✈️Tanlovda g‘olib bo‘lgan ishtirokchilar chet elga ta‘lim sayohatini qo‘lga kiritishadi.


👉 Tanlovda qatnashish uchun
qizlar.raqamliavlod.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.

#Raqamli_avlod_qizlari #Kuzgi_mavsum

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 DIQQAT, E’LON!

🟢 Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi sayyor qabuli Gurlan tumanida o‘tkaziladi.

Hurmatli fuqarolar!

Maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga oid murojaat, taklif va shikoyatlarni bevosita tinglash, ularni joyida o‘rganish va hal etish maqsadida boshqarma boshlig‘i tomonidan sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.

🔔 Navbatdagi sayyor qabul:
📅 Sana: 2025-yil 15-oktabr
🕚 Vaqt: soat 11:00
📍 Gurlan tumani, 32-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosi
🏠 Manzil: Navbir yop mahallasi, Kumush tola ko‘chasi, 23-uy

Kelib, o‘z murojaatlaringizni bevosita boshqarma rahbariyati e’tiboriga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lasiz!

Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram I Youtube I Facebook I Instagram
📌ASOSIY FAN OLIMPIADASINING IKKINCHI — TUMAN (SHAHAR) BOSQICHI BO‘LIB O‘TADI

🔴 Joriy o‘quv yili uchun Asosiy fan olimpiadasining ikkinchi bosqichi start olmoqda!

🧠 Unda maktab bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar ishtirok etadilar.

📍 Olimpiada quyidagi manzillarda o‘tkaziladi:
Urganch sh. — 13-maktab
Xiva sh. — 5-maktab
Bog‘ot — 3-son ixtisoslashgan maktab
Gurlan — 3-maktab
Qo‘shko‘pir — 54-maktab
Urganch t. — 36-maktab
Hazorasp — 21-maktab
Xonqa — 26-maktab
Xiva t. — 42-maktab
Shovot — 49-maktab
Yangiariq — 31-maktab
Yangibozor — 15-maktab
Tuproqqal’a — 18-maktab

❗️ Belgilangan vaqtda qatnashmaganlar uchun qayta olimpiada o‘tkazilmaydi.

🔵 Ishtirokchilarning bilim va salohiyatini adolatli baholash kafolatlanadi.

Barcha o‘quvchilarga omad tilaymiz!
2025/10/27 13:29:15
Back to Top
HTML Embed Code: