Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍71
Namangandagi ilmiy anjumanga yo'lga tushdik, yo'lda ham ustozdan yangi ma'lumotlar olib ketyapmizda
👍9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍81
Bepushtlikni tõğri tashxislash mavzusida...

Tõğri tashxis 50% davo degani, tashxisni tõğri qõymasdan, hech qanaqasiga davolashni imkoni yõq!
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Testosteronni tõğri hissoblash usuli
#фойдали_маълумотлар 🏥

PROSTATIT

Erkak kishining ikkinchi yuragi boʻlmish prostata bezining funksiyasi prostata suyuqligini ishlab chiqarishdan iborat boʻlib, bu suyuqlik tufayli erkak spermasi suyuq holatda boʻladi. Prostata suyuqligi bo'lmaganda sperma qattiq holatda bo'lardi va urugʻ yo'llarida qolib ketardi.

Prostata bezining yalligʻlanishi prostatit deb ataladi. Bu kasallik erkaklar orasida keng tarqalgan, hozirda 25 yoshdan oshgan erkaklarning 65 foizi ertami kechmi bu kasallikdan aziyat chekadi.

📌 SABABLARI:

- jinsiy yoʻl bilan yuquvchi infeksiyalar (Xlamidiya, Gonoreya);
- prostata suyuqligining bez ichida dimlanib qolib ketishi;
- sovuq qotish;
- tez-tez ich qotishi;
- kuchli stress;
- gipodinamiya (kamharakatlik).

📌 BELGILARI:

- jinsiy aʼzolar sohasida ogʻriq;
- tez-tez siyish;
- 40°C gacha isitma;
- urugʻ chiqarish paytida ogʻriq;
- ereksiyaning yoʻqligi;
- qorinning pastki qismida ogʻriqlar.
Koʻp hollarda kasallik simptomsiz kechadi, bu esa surunkali prostatitga olib keladi.

❗️Tekshiruv usullari vrach urolog-androlog tomonidan belgilanadi.

📌 DAVOLASH:

- antibiotiklar;
- prostata bezining massaji;
- vitamin va mikroelementlar;
- lazer terapiya;
- toʻgʻri ichak orqali ultratovush terapiyasi.
Ko'rib turganingizdek bu kasallikda davo kursining asosiy qismi fizioterapiyadan iborat. Surunkali prostatitda bulardan tashqari elektroforez va magnitoterapiya ham qo'shiladi.

📌 XAVF:

Oʻz vaqtida davolanmaslikning oqibatlari:
- Surunkali prostatitga oʻtish;
- Prostata bezining yiringli yalligʻlanishi, ya'ni absessi;
- Sistit;
- Piyelonefrit;
- urugʻ pufaklarining yalligʻlanishi.
Surunkali prostatit esa vaqtida davolanmasa bepushtlikkacha olib keladi.

📌 PROFILAKTIKASI esa organizmni chiniqtirish, sport bilan shugʻullanish, har qanday infeksion kasallikni oʻz vaqtida davolash, shuningdek, muntazam urolog ko'rigida boʻlib turishdan iborat.

Манбаа: Эркаклар ва аёллар саломатлиги канали

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
-FARZANDSIZLIK HOLATIDA QAYSI MUTAXASSISGA MUROJAAT QILISH KERAK?

-BEPUSHTLIKNI KIM DAVOLAYDI?

Bu savolga GOOGLE nima deb javob berdi?

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
👍3
#фойдали_маълумотлар 🏥

Tug‘ishdan keyin ko‘krak holati

Tuqqandan keyin ko‘krak gormonal o‘zgarishlar tufayli ancha o‘zgarishlarga duch keladi. Uning jismoniy holati ham o‘zgarib kattaroq bo‘lib qoladi. Emizish davrida bemalol jinsiy aloqaga kirishish mumkin. Iloji boricha, jinsiy aloqani emizishdan keyin yoki sutni soqqandan keyin amalga oshirmoq lozim. Shunda ko‘krakda sut miqdori kam bo‘lib, aloqa jarayonida to‘kilishi kuzatilmaydi. Shuni unutmang, sizning ayollik go‘zalligingiz ayni ona bo‘lganingizda ochiladi.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
👍8
Эркаклик қувватини ошириш учун нималарга эътибор бериш керак?

🔷 Эркаклик қувватини ошириш икки хил бўлиб, булар сунъий ва табиий. Эркаклик қувватини дорилар ва турли препаратлар воситасида ошириш бу сунъий усул ҳисобланади. Табиий усуллар бутун организмни чиниқтиришга қаратилган бўлиб, комплекс тарзда олиб борилади.

🔘 Улар қуйидагилар:
🔻Таркибида Э, Б, С витаминлари, рух ва селен каби элементларни сақлаган озиқ-овқат маҳсулотларини истеъмол қилиш;
🔻Уйқуни етарли ва самарали бўлиши;
🔻Стресс, руҳий босим ва тартибсиз жинсий ҳаётдан воз кечиш;
🔻Жинсий аъзолар ва кичик тос аъзоларида қон айланишни яхшилаш
🔻Семизлик, қандли диабет ва юрак-қон томир касалликларининг олдини олиш ва даволаш. Ушбу касалликлар тестостерон гормони миқдорини камайтиради;
🔻Зарарли одатлар(спиртли ичимлик, тамаки ва гиёҳванд моддалар)дан воз кечиш.

Агар сизда жинсий заифлик бўлса, сексопатолог, андролог ва психотерапевтга мурожаат қилинг.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
👍101
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 16.05.2025 sanasida Namangan shahrida urolog-androloglarning navbatdagi ilmiy anjumani bo'lib o'tdi, xalqaro toifadagi, oliy toifali urolog-androlog Zarifjon MURODOV ham ishtirok etib yangi standartlar bo'yicha ma'ruza qildilar. Ma'ruza juda ham qiziqarli o'tdi, 3 soatlik ma'ruzadan keyin tinglovchilardan ko'plab andrologik savollar berildi, tashkilotchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz shuningdek ilmga chanqoq, aktiv bo'lgan NAMANGAN UROLOGlariga ham.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
👍72🔥1
Jinsiy quvvatni oshirish sirlar

Bugungi kunda ahvol shundayki, ko’plab o’rta yoshli erkaklar, ba’zi yoshlar ham jinsiy quvvat (potentsiya) bilan bog’liq muammolarga duch kelishmoqda. Shifokorga borishdan qo’rqib, erkaklar jinsiy quvvatni oshirish uchun dorilarga, ya’ni sun’iy preparatlarga murojat qilishmoqda, tabiiy vositalarni esa eslaridan chiqarib qo’yishdi. Sintetik vositalar faqat bitta afzallikka ega: ular erlik quvvatini darhol oshiradi. Misol uchun, taniqli Viagra yarim soatdan keyin ta’sir qila boshlaydi va o’z ta’sirini 5 soat davomida saqlab qoladi.

To'g'ri ovqatlanish va soglom turmush tarzi orqali jinsiy quvvatni qanday oshirish mumkin?

1. Oziq-ovqat tabiiy bulishi kerak.

2. Ovqatlarda buyoq, kanserogenlar va boshqa qushimchalar bulishi kerak emas.

3. Sizning rasionizda A va E vitaminlari (sabzi, go'sht, tuxum, jigar) bilan boy bulgan taomlar mavjudligiga ishonch hosil qiling.

4. Bundan tashqari, B guruhi vitaminlari kerak (sut, loviya, don, go'sht, baliq).

5. Zararli odatlarni tashlang!

6. Kamroq shirinlik va shakar istemol qiling.

7. Barcha ogir ovqatlarni istisno qiling: qovurilgan, yogli.

8. Kuproq mashqlar qiling.

Ushbu oddiy tavsiyalarning barchasi jinsiy quvvatni oshirishga qaratilgan.


Ayol kishi jinsiy kuchini qanday oshirishi mumkin?

Ayollar -

1. Tanangizni kuzating, sport zalida mashq qiling, massajga qatnang.

2. Kupincha chiroyli va jozibali kurinishdagi ichki liboslarni kiying. Shunday qilib, siz nafaqat uzingizning yigitingizni hayratda qoldiribgina qolmay, balki jamiyatda uzingizda kuproq ishonch hosil qilasiz.

3. Soch olish, manikyur, terini parvarishlash jarayonini muntazam bajaring.

4. Uzaro munosabatlar va iltifotlarni tukhtatmang. Akhir, har bir ayol erkaklar uchun juda muhim, qiziqarli, yoqimli va jozibali bulishi kerak.

5. Uzingizning sogligingizni kuzating. Muntazam ravishda (yiliga kamida bir marta) ginekologga tashrif buyuring.

6. Uzingizni seving!


Jinsiy quvvatni «foydalanishdan» yoki «kamayishdan» so'ng qanday qilib to'plash kerak?

🔹Albatta, bu jinsiy aloqa.

🔹Autotrening – sevimli kishingiz bilan jinsiy yaqinlingizni tasavvur qiling.

🔹Maxsus mashqlarni bajaring.

🔹Yoga, tantra bilan shugullaning.


Erkak kishi jinsiy kuchni qanday kutarishi kerak?

🔹Banya va saunalarga qatnash. Va u erga uzingiz bilan pivo olishning mutlaqo keragi yuq!

🔹Sport zaliga yoziling, undan tashqari massaj yoki manual terapevtga borishingiz mumkin.

🔹Jinsiy aloqa qiling!

🔹O'zingizning sogligingizni, ayniqsa prostatangizni kuzating. Urolog kuzatuvida turing.

🔹Sochlaringizni, kiyimlaringizni, poyafzallaringizni toza holda tuting.

🔹Uzingizda ayol va bolalar hurmatini saqlang.

🔹Erkak khususiyatlarini rivojlantirishga harakat qiling (jasorat, hurmat, kuch).

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
👍53👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega mening jinsiy olatim pornoaktyorlarniki kabi katta emas?

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌍
👏1
ЭРЕКЦИЯ ХAКИДA
Жинсий мaйли нормaдa бўлгaн эркaк, одaтдa aёлни эркaлaб, силaб-сийпaб, ўпиб, эроген соҳaлaргa тегиб ҳaм ўзини, ҳaм aёлни қўзғaйди вa нaтижaдa эрекция пaйдо бўлaди.

Эрекция рефлектор aкт бўлиб, у туфaйли зaкaр қонгa тўлиб, ҳaрорaти кўтaрилиб, икки-уч бaрaвaр кaттaлaшиб, тaрaнг тортaди вa нaтижaдa жинсий aлоқa қилиш имконияти туғилaди. Шундaн сўнг зaкaр қин ичигa киргизилиб фрикцион ҳaрaкaтлaр бошлaнaди. Эркaк сексуaллигининг энг aсосий нaмоён бўлиши эрекция вa эякуляциядир.

Жимоъдaн кейин ёки aлоқaгa қулaйлик туғдирмaйдигaн шaроитлaрдa эрекция бaрҳaм топaди.
Эрекция икки хил мехaнизм орқaли бошқaрилaди. Биринчиси — бу рефлектор эрекция, у бевоситa зaкaргa тегилиш нaтижaсидa пaйдо бўлaди. Иккинчиси — бу психоген эрекция, у эротик стимуллaр (жинсий aлоқa ҳaқидa ўйлaш, эслaш, эротик рaсмлaрни, видеофильмлaрни ёки ялaнғоч aёлни кўриш вa ҳ. к. лaр) оқибaтидa пaйдо бўлaди.

Рефлектор эрекция периферик нервлaр вa орқa миянинг пaстки қисми бўлимлaри орқaли бошқaрилaди. Психоген эрекция эсa бош миянинг лимбик тизими ёрдaмидa бошқaрилaди. Ушбу реaкциялaрнинг неврологик бузилиши импотенциягa олиб келиши мумкин.

Эркaк жинсий aлоқa ҳaқидa ўйлaгaндa ёки aёл унинг зaкaригa тегилгaндa (ёки иккaлaси бир пaйтдa содир
бўлгaндa) бош вa орқa миядaн сигнaллaр aсaб толaлaри орқaли жинсий aъзолaргa етиб борaди. Ушбу сигнaллaр зaкaрнинг қон томирлaригa кенгaйиш керaклиги ҳaқидa “буйруқ берaди”.

Нaтижaдa улaр кенгaйиб, олaтнинг ғорсимон тaнaлaри қонгa тўлa бошлaйди вa у тaрaнглaшиб, эрекция пaйдо бўлaди.

Эрекция пaйдо бўлиши учун қондa тестостерон гормонининг миқдори етaрли дaрaжaдa бўлиши керaк. Aгaр гормонaл тизимдa бузилишлaр сaбaб ушбу гормоннинг миқдори кaмaйиб кетсa, ундa эрекциянинг пaйдо бўлиши ҳaм қийинлaшaди.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
👍13🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Erta bo'shanish alvido"
Nomli video olyapmiz, tez kunlarda kanalimizga yuklaymiz
👍18🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#фойдали_маълумотлар 🏥

Immunitetni oshirish uchun 5 talab

Sog’lom bo’lishni istasangiz, hayot tarzingizni o’zgartiring. Toza havo va jismoniy mashqlar hayotingizning ajralmas qismiga aylanishi kerak. Stress — immunitetning asosiy dushmani, o’zingizni tashvishlardan asrang va asabiylashmang. Imkon qadar ijobiy his-tuyg’ularga ega bo’lishga harakat qiling. Ammo immunitetni mustahkamlashni, albatta, oziq-ovqatdan boshlash kerak.

1. Vitaminlar va minerallar

Immun tizimi uchun eng muhim vitaminlar vitamin A, B5, C, D, F, PP vitaminlari hisoblanadi. Vitaminlar bolalar immunitetini oshirish uchun ayniqsa muhimdir. Deyarli barcha sabzavotlar, ayniqsa, sariq va qizil ranglilari (sabzi, qizil qalampir, qovun, pomidor, qovoq) tarkibida beta-karotin mavjud bo’lib, u organizmda A vitaminiga aylanadi. A vitamini va karotinlar antigen kirishiga qarshi immun reaktsiya kuchiga javob beradi. Bundan tashqari, ular ma’lum bir darajada saraton kasalligidan himoya qila olishadi.

C vitaminining asosiy manbai — qora smorodina, na’matak, sitrus, chakanda, petrushka, nordon karam, limon. Ushbu vitamin yetishmovchiligi antitanalar ishlab chiqarish tezligining pasayishiga sabab bo’ladi.

B guruh vitaminlari urug’lar, yirik maydalangan bug’doydan tayyorlangan non, yong’oqlar, grechixa, dukkaklilar, donlar, qo’ziqorinlar, pishloqlarda ko’p bo’ladi. Yong’oqlar, urug’ va donlarda E vitamini — hujayralarni shikastlanishdan himoyalovchi antioksidant ham mo’l. E vitaminining yana bir manbai — qayta ishlanmagan o’simlik moyi.

Minerallar. Selen, rux, magniy, kaltsiy, temir, yod, marganes. O’simlik mahsulotlari orasida tarkibida eng ko’p mineral moddalar saqlovchilari — yong’oq, dukkaklilar, urug’lar, butun donlilar, shuningdek kakao va achchiq shokolad.

2. Ovqatlanish

To’laqonli oqsillar: go’sht, baliq, dukkaklilar. Go’sht yoki baliqni har kuni iste’mol qilish kerak, lekin loviya, no’xat yoki yasmiqni haftasiga 1-2 marta iste’mol qilish mumkin;

Sabzavotlar, mevalar va rezavorlar. Sabzi, lavlagi, karam, loviya, turp, qizil qalampir, anor, mayiz, o’rik, turshak, olma, qizil uzum, klyukva, yong’oqlar, sarimsoq, piyoz, shuningdek yangi siqilgan sharbatlar (uzum, pomidor, lavlagi yoki anor);

Dengiz mahsulotlari. Baliq va dengiz mahsulotlarida mavjud bo’lgan to’yinmagan yog’ kislotalari organizming mudofaa qobiliyatini sezilarli darajada oshiradi. Ammo uzoq muddatli issiqlik bilan ishlov berish foydali moddalarni yo’q qiladi. Eng afzali dengiz karamidir;

Kaliy saqlovchi mahsulotlar. Kaliy ko’p miqdorda kartoshka, o’rik, yong’oq, grechixa va suli yormalarida, bananda mavjud;

Sut-achitqi mahsulotlari: ayniqsa, jonli bakteriyalar saqlaganlari. Turli bioqatiq va bioyogurtlar interferon ishlab chiqarilishini kuchaytiradi. Ularda mavjud bo’lgan metionin organizmdan radionuklidlarning chiqarilishiga yordam beradi;

Ko’k choy — organizmdan radionuklidlarni chiqarib tashlashning eng yaxshi usuli hisoblanadi.

Ovqatni ko’katlar bilan birga iste’mol qilish nafaqat uning ta’mini yaxshilaydi, balki foydali moddalar bilan boyitadi ham.

3. Immunitetni kuchaytirish uchun probiotiklar muhim

Organizmdagi foydali bakteriyalarni ko’paytiradigan ko’plab oziq-ovqatlarni iste’mol qilish foydalidir. Ular «probiotik» mahsulotlar deb nomlanadi va ular qatoriga piyoz va porey-piyoz, sarimsoq, artishok va banan kiradi.

4. Tabiat ne’matlari

Immunitetni oshiradigan tabiiy vositalar — exinatseya, jenshen, qizilmiya, eleuterokokklar, limonnik hisoblanadi. O’simlik damlamalari va tindirmalarini ham terapevtik, ham profilaktik maqsadlarda qabul qilish mumkin.

5. Immunitetni ko’tarish uchun chiniqish kerak

Suzish va kontrast dush kishini kuchliroq qilishga yordam beradi. Yuqori va past haroratlarning navbatma-navbat kelishi immun tizimi uchun yaxshi mashg’ulotdir. Hammom va sauna ajoyib chiniqtiruvchi ta’sirga ega. Hammom yoki saunaga borish imkoni bo’lmasa, oddiy kontrastli dush ham mos keladi. Dushdan so’ng, tanani nam mochalka yoki dag’al sochiq bilan energetik ravishda artib tashlashni unutmang.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
👍2
Соғлом жинсий алоқа
Тадқиқотлар натижасига кўра олимлар эркакларда жинсий алоқа лаззати оқибатида сабабли эркаклар умрини узайишини эякуляция ва оргазм вақтида қонга эндорфинлар, яъни рохат/лаззат гормонларининг кўп миқдорда чиқиши билан боғлиқ деб топишган.

Табиийки, жинсий алоқа хам жисмоний харакатнинг бир тури. Жинсий алоқа хам, бошқа актив жисмоний ҳаракатлар сингари организмдаги напряжение/таранглик/димликни йўқотади. Оқибатда эркакнинг асаб-руҳий тизими тинчланади, юрак қон томир ва бошқа аъзолар тизимлар фаолиятига яхши таъсир қилади. Қизиғи шундаки, баъзи илқор ғарб олимлари “уйланмаган эркаклар хар кеча ўзига аёл топиб, шу аёл билан лаззатланиб қолмишига ўз умрини узайтириб хам олиади, сўтаклари эса уйда ўтириб лаззат ва умр узайишидан мосуво бўлади” деган кулгили фикрларни хам билдиришади.

Лекин палапартиш ва нотаниш аёллар билан жинсий алоқа қилиш орқасидан бир кеча лаззатланиб минг кеча докторга югуришга хам тўғри келиб қолади. Асорат хатто бефарзандликкача олиб келиши хам мумкин.

Жинсий алоқа бирдек аёл ва эркак учун фойдали. Айниқса мунтазам равишда, маромли холатда, чирйли холд амалга ошиб эр ва хотиннинг лаззатланиши ва қониқиши билан якунланса жинсий алоқанинг фойдаси янада кучлироқ бўлади.

Барча эркаклар жинсий хаёт кечиришади. Унинг мунтазамлиги, қанча кўп ва тез тез бўлиши эркак организми хусусиятлари, мижози ва ёшига қараб турлича бўлади. Одамлар орасида жинсий алоқа фойда ва зарарлари хақида таги бор йўқ гаплар кўп айланади. Умид қиламизки бу маълумот кўпчилик учун хам манзур хам фойдали бўлади.

Лекин мақоламиздан мақсад қанча кўп жинсий алоқа қилса шунча яхши деган маъно тушунилмаслиги керак. Юқорида айтиб ўтилганидек хар бир эркак ўз мижози, ёши, салохияти, эхтиёжи, органимзи хусусиятларидан келиб чиққан холда организмни зўриқтирмайдиган холда жинсий хаёт кечиришлари лозим. Шакарни хам ози ширин дейилганидек хар жабхада, хаттоки жинсий алоқаларда хам, меёр деган мезон бўлиши мақсадга мувофиқ.

Қолаверса юқорида айтиб ўтганимиздек оилавий хаётнинг ОЛТИН ҚОИДАСИ шуки “Келган шахватни қайтарма, йўқ шахватни сунъий қўзғатма”. Шу қоидага амал қилган доим никох тўшагида “долгожитель” бўлади ва бахтли умргузаронлик қилади.

Қолаверса, мақолани ўқиб чиққандан кейин фойдаси борлигини билиб олган уйланмаган эркаклар жинсий алоқани пала партиш хар бурчакд нотаниш аёллар билн эмасу уйланган холатда ўз аёллари билан қилишади деган умид билдирамиз. Зероки хозир интернет тармоқларида ўзича “доно ва мутахассислар” кўп бўлиб улар “лафзи бор эркак уйида қамалиб ўтирмай кўчага чиқиб ўзига жинсий алоқа қилиш учун бир кечалик жуфт топиб олади, лафзи йўқ илашимсиз эркак эса уйида димланиб ўтиради” деган сафсата ташвиқот қилишади. Аслида никохдан ташқари жинсий алоқа қилганларда юрак қон томир касалликлари, масалан инфаркт ва инсульт, уйланиб никохда жинсий алоқа қиладиганларга қараганда бир неча баробар кўпроқ кузатилар экан.

@andrology_uz 🚑
www.andrology.uz 🌎
👏6👍32
2025/07/13 01:52:40
Back to Top
HTML Embed Code: