Telegram Web Link
Ayni paytda “Hilton Tashkent City” mehmonxonasida Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) Aksilkorrupsiya tarmog‘i Istanbul harakatlar rejasi doirasidagi 5-raund Bazaviy hisoboti va O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi islohotlarini yana-da takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasi taqdimotiga bag'ishlangan tadbir bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, IHTT va xalqaro hamkor tashkilotlar hamkorligida tashkil etildi.

Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov, AQSHning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Jonatan Henik hamda IHTT Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi rahbari Yuliya Fromgols (onlayn), shuningdek, masʼul vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari ishtirok etmoqda.

Maʼlumot uchun: Istanbul Harakatlar rejasi Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa mamlakatlari uchun IHTT Aksilkorrupsiya tarmog‘ining mintaqaviy dasturi bo‘lib, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Ukraina hamda O‘zbekiston davlatlarini qamrab oladi.

Uning doirasida aʼzo davlatlar tomonidan BMTning korrupsiyaga qarshi konvensiyasi va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro standartlarning milliy amaliyotga joriy etilishi holati tahlil qilib boriladi. 


Tafsilotlar rasmiy sahifalarimiz orqali yoritib boriladi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Tadbirning ochilish marosimida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov quyidagi fikr-mulohazalarni bildirdi:

IHTT tomonidan taqdim etilgan Istanbul harakatlar rejasi bugungi kunda O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish islohotlarini amalga oshirishda muhim yo‘nalish sifatida xizmat qilmoqda. U faqat qo‘lga kiritilgan yutuqlarni baholabgina qolmasdan, balki eʼtibor berilishi lozim bo‘lgan ustuvor sohalarni aniqlab bermoqda.

Xususan, 5-raund Bazaviy hisoboti O‘zbekistondagi siyosat ishlab chiqish, institutsional qurilish va huquqiy tartibga solish sohalarida yetarlicha ilg‘or natijalarni tan oladi.

Bu muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning siyosiy irodasi hamda mamlakat parlamenti va ijro hokimiyati idoralarining saʼy-harakatlari samarasi,  xalqaro hamkorlarimizning yaqin ko‘magi va mustahkam hamkorligining amaliy natijasi deya baholanmoqda.


Biz uchun muhim maqsad
— 5-raund Bazaviy hisobotni muhokama qilish yoki “Yo‘l xaritasi”ni rasman tasdiqlash emas, amaliyotga yo‘naltirilgan, aniq va samarali fikr-mulohazalarni olishdir.
Bu hujjatlar faqat baholash natijasi bo‘lib qolmasligi, balki kundalik faoliyatimizda aniq yo‘naltiruvchi hujjatga aylanishi kerak.
Negaki, islohotlar faqat huquqiy hujjatlarni qabul qilish yoki yangi mexanizmlarni joriy etish bilan cheklanib qolmaydi.
Asosiy vazifa
— qabul qilingan va joriy etilayotgan yangi normalarni amalda samarali tatbiq etishdir.

———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
O‘zbekistonda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT)ning Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari Aksilkorrupsiya tarmog‘ining Istanbul harakatlar rejasi 5-bosqich monitoringi 2024 -yilda amalga oshirildi.

Monitoring va baholash tizimi to‘qqizta samaradorlik sohasi, yaʼni korrupsiyaga qarshi siyosat, manfaatlar to‘qnashuvi va mol-mulk deklaratsiyasi, xabar beruvchini himoya qilish, biznesning yaxlitligi, davlat xaridlarida halollik, sud hokimiyatining mustaqilligi, prokuraturaning mustaqilligi, korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ixtisoslashtirilgan muassasalar, korrupsiya jinoyatlari uchun taʼqib qilishni qamrab oldi.

Yakunda O‘zbekistonning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori baholanib, IHTT vakillari tomonidan mamlakatimizdagi so‘nggi islohotlar ijobiy tendensiyasi eʼtirof etildi.

Shu jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida fuqarolik jamiyati institutlarining roli oshganligi alohida taʼkidlandi. Shuningdek, davlat xaridlari va biznesda halollik yo‘nalishlarida O‘zbekiston ko‘rsatkichlari yaxshilangan.


Tadbirda monitoring natijalari bo‘yicha yuqorida qayd etilgan har bir yo‘nalish asosida IHTT tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar eʼtibor markazida bo‘lib, amaliyotga yo‘naltirilgan, aniq va samarali takliflar, ularni amalga oshirish choralari muhokama qilinmoqda.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
IHTTning Istanbul harakatlar rejasi doirasidagi 5-raund monitoringi asosida ishlab chiqilgan tavsiyalarda O‘zbekistonda kelgusida korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada takomillashtirish bo‘yicha bir qator masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.

Jumladan:

- korrupsiyaga qarshi kurashuvchi idoralarning mustaqilligi va samaradorligini oshirish;

- sudya va prokurorlarni tayinlash va hisobdorlik jarayonlarini oshkora qilish;

- xabar beruvchilarning himoyasi mexanizmlarini kuchaytirish;

- mol-mulk va manfaatlar to‘qnashuvini deklaratsiya qilish tizimini takomillashtirish;

- davlat xaridlari va xususiy sektorda halollikni oshirish;

- korrupsiyaviy jinoyatlar uchun jazo muqarrarligini taʼminlash.

Tadbir doirasida har bir yo‘nalish bo‘yicha mahalliy va xorijiy ekspertlar o‘rtasida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, IHTTning tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” taqdimot qilindi va uni samarali amalga oshirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 21-aprel kuni “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, endilikda oʻtkazilgan davlat xaridlarida tovar yoki xizmatlar oʻrtacha bozor narxlaridan ancha qimmat narxlarda xarid qilinganligi aniqlangan taqdirda, xarid uchun mas’ul boʻlgan mansabdor shaxs qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.


Qonunchilikdagi boshqa oʻzgarishlar haqida batafsil videoda tanishing!
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Davlat rahbarining 2022-yil 11-maydagi 240-son qaroriga muvofiq, bu yil 121 ta davlat tashkiloti tomonidan e-anticor.uz elektron platformasiga yuborilgan maʼlumotlar asosida ularning faoliyatidagi 6123 ta funksiyada korrupsiyaviy xavf-xatarlar baholandi.

Infografikada Sog‘liqni saqlash vazirligining korrupsiyaviy xavf-xatar darajasi yuqori funksiyalari aks etgan.

- dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

- sog‘liqni saqlash organlari xodimlariga yuklangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun ularning mas’uliyatini oshirish tadbirlarini amalga oshirish va nazorat qilish;

- belgilangan tartibda ilmiy, metodik adabiyotlar va ixtisosga oid axborotni chop etish va vazirlik bo‘linmalarini ta’minlash;

- qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarga axborot hamda maslahat ko‘magi berish kabi funksiyalar shular jumlasidandir.


Korrupsiyaviy xavf-xatar yuqori funksiyalari ko‘p bo‘lgan tashkilot "eng korrupsiyalashgan", korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan lavozimdagi shaxslar “korrupsioner” yoki aksincha korrupsiyaviy xavf-xatari asosan “past” bo‘lgan tashkilotlar "korrupsiyadan xoli" hisoblanmaydi.

Ushbu holatlar mazkur tashkilotlarda nazorat choralari yetarli yo‘lga qo‘yilganligi yoki aksincha qo‘shimcha nazorat choralari ko‘rilishi kerakligini, shu bilan birga, tashkilot rahbarlari korrupsiyaviy xavfi yuqori bo‘lgan jarayonlar (funksiyalar) va funksiyalarni bajaruvchi lavozimlarni alohida nazoratga olishiga signal beruvchi omil sanaladi.


Hozirda vazirlik tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha dastur asosida mavjud xavf-xatarlarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Buxoro viloyatida korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha “Yo‘l xarita”si doirasidagi dastlabki ishlar o’rganildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xarita”lari ijrosini monitoring qilish bo‘yicha tashkil etilgan Ishchi guruh hududiy ishchi guruhlar faoliyatini hamda har bir belgilangan vazifaning sifatli amalga oshirilishini nazorat qilish tadbirlarini davom ettirmoqda.

Xususan, Ishchi guruh rahbarlari— Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov va Bosh prokurorning birinchi o‘rinbosari Baxriddin Valiyev Buxoro viloyatida “Yo‘l xaritasi” doirasidagi dastlabki ishlar bilan tanishdi.

Ishchi guruh Buxoro shahridagi Markaziy dehqon bozorida savdo va avtoturargohlarni raqamlashtirish va yashirin iqtisodiyotga yo‘l qo‘ymaydigan tizim joriy etish orqali korrupsiyaga chek qo‘yish bo‘yicha qilingan ishlar bilan tanishdi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ma’sullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek Ishchi guruh viloyat ichki ishlar boshqarmasining Situatsion-tahliliy markazida bo‘ldi.

Markaz ichki ishlar organlarining kuch va vositalarini axborot texnologiyalari asosida boshqarishga ixtisoslashgan bo‘lib qoidabuzarliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatlashgan tarzda yig‘iladi va qayta ishlanadi.

Ishchi guruh tomonidan bu yerda barcha huquq-tartibot idoralari va shoshilinch xizmatlar ma’lumotlarini integratsiya qilish orqali viloyatda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish zarurligi ta’kidlandi.

O’rganish ishlari davom etmoqda.
———
Korrupsiyaga duch kelsangiz Agentlikning “Call-markazi” – 1253 orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
2025/07/09 15:35:20
Back to Top
HTML Embed Code: