#new_books
"Mamlakatlar tanazzuli sabablari" kitobining yangi nashri Turkiyada tayyorlanishini eshitganimdan so'ng shu kitobni albatta olaman deb niyat qilgandim. Chunki @Asaxiybooks'ning bundan oldingi Turkiyada chiqargan kitoblari ham judayam sifatli tayyorlangandi.
Bu kitob ham avvalgi nashrlaridan anchagina ustun. Maza qilib ushlab o'qiladigan kitob bo'libdi. Har tomonlama qulay🥰
@doctorsmind📖

🥰10👍4❤3🎉2🔥1
Bugun ishda o'tirsam Asaxiybooks tarjimon va muharriri Ziyodaxon G'ulomova bugungi barcha xaridlarga 30% lik chegirma bo'layotganligi haqidagi xabarni yuborib qoldilar. Borsammikan yoki yo'qmi deb o'ylab dugonamga aytdim.
Xullas, ishdan chiqib tezginaga boradigan bo'ldik. Asaxiyni Alisher Navoiy ko'chasidagi bu filialiga va yonidagi bookcafe'ga hali kirmagandim. Atmosfera judayam zo'r. Yana kelishni rejalashtirib qo'ydik.
"Qora oqqush" kitobini esa anchadan beri olaman deb yurgandim. Oxiri katta skidkada olish nasib qildi.

🔥9👍7🥰3
#new_books
Oila a‘zolarimdan sovg‘aga kitob olmaganimga ancha bo‘lib ketgan. Bu yil ham hayitlikka doimgidek oshxona, uy-ro‘zg'or buyumlarini qabul qilib oldim)
Hayit bayramidan bir kun oldin bir do‘stim bilan Dostoyevskiy haqida gaplashgandik. Men unga "Jinoyat va jazo" asarini o‘qimaganimni aytgandim. Keyin 2 soat vaqt o‘tib @asaxiybooks'dan jo‘natma kelib qoldi. Ochib qarasam "Jinoyat va jazo") Bu asarni o‘qishimni o‘zimdan ham ko‘proq xohlagan do‘stimga katta rahmat. Endi bu kitobni o‘qishim shart)
Xullas, bu kitobning kelish tarixi shunday yakunlandi.

❤13👍5🎉4🔥1
#mutolaa
Ba'zi paytlar eski nashrlarda chiqqan kitoblarni o'qishni xohlab qolaman. Bu safar "Orziqib kutaman ertani" asari orqali o'zbek kitobxonlariga tanish bo'lgan yozuvchi Sidni Sheldonning "Taqdir tegirmoni" asarini o'qishni boshladim. Oson o'qiladigan asar sifatida tanlagandim, biroq dastlabki betlaridan qahramonlar sonining ko'pligi, voqealar rivojining turli xil joy va makonlarda bo'lishi biroz chalg'itishi mumkin ekan. Shunga qaramay hozircha asar yoqyapti.
Ushbu kitobni o'qiganlar bormi?
Ha aytgancha, Sidni Sheldon ayol kishi emas, ko'pchilik uni shunday deb o'ylarkan)

👍12❤5🥰3
Forwarded from The Bookfather
#yangilik #эълон
KITOBXONLAR DAVRASIGA MARHAMAT
Hurmatli Xorazmlik va Qoraqalpog‘istonlik kitobxonlar!
Sizlar uchun ajoyib bir yangilikni e’lon qilmoqchiman. Ko‘pchilik Facebookdagi “Kitobxonlar davrasi”ni yaxshi bilsa kerak. Bilmasangiz, endi tanib olishingiz mumkin. Ushbu guruhning eng faol a’zolari bo‘lmish kitobxonlar Xorazmga tashrif buyurish arafasida.
Ikki haftadan so‘ng – 20-21-may kunlari Urganch shahrida Kitobxonlar davrasining uzoq kutilgan yangi uchrashuvi tashkil qilinadi. Vohamizga guruhning mashhur kitobxonlari, noshirlari va ijodkorlari kelishi munosabati bilan sizlarni ham ana shu unutilmas tadbirlarga taklif qilamiz.
20-may – shanba kuni Xivaga sayohat rejalashtirilgan.
21-may kuni esa ertalab 10-00 da Viloyat axborot kutubxonasida Kitobxonlar davrasi tadbirlari boshlanadi.
Sizni ajoyib tanlovlar, viktorinalar, kitob muhokamalari va boshqa syurprizlar kutmoqda.
Ishtirok etish mutlaqo tekin!
Kelmoqchi bo‘lsangiz kaminaga 995523511 murojaat qiling!
@timur_books

❤5👍5🥰1
❤11🍓4👍3
✍Grigoriy Fyodorovich Kvitka-Osnovyanenko
📖"Zirapcha qiz"
Shunday katta hajmli asarlar borki, kichik bir hikoyaning yukini bera olmaydi, yana shunday mitti asarlar ham borki, bemalol 1000+ betlik asarning o'rnini bosa oladi. Ukrain xalqi klassik asarlariga kiruvchi
"Zirapcha qiz" ham bor yog'i 110 betlik kitob bo'lsada, o'z davri holati va odamlarining hayotini birgina voqea orqali juda yaxshi tasvirlab bera olgan.
Asar bosh qahramoni "Zirapcha qiz"-Ivga bo'lib, uning dovyurakligi, maqsadi yo'lida oxirigacha harakat qilishi, haqiqat uchun kurashlarini ko'rib hayratda qolasiz.
Asar Ivganing sevgilisi Levkoga qo'yilgan tuhmat voqealari asosiga qurilgan bo'lib, Ivga uning begunohligini isbotlash uchun oxirgi daqiqalargacha taslim bo'lmaydi, harakatdan to'xtamaydi. O'z sevgilisini qutqarish uchun kichik bir umid, ishonch uyg'ongan tomonga qarab harakatlanadi. Albatta bu oson bo'lmaydi, Ivgaga bu yo'ldan yurishiga ko'plab insonlar halaqit berishga harakat qilishadi, lekin haqiqat egiladi, bukiladi aslo sinmaydi deganlaridek, Ivga ham oorqaga qaytmaydi.
Asarda hokimiyat tepasida turgan amaldorlarning ishlari, xatti-harakatlari shunchalik ochiq ko'rsatib berilganki, ulardan ham jahlingiz chiqadi, ham labingizga kulgu keladi. Ularning oddiy narsalarni ham murakkablashtirishlari, birgina aniq harakat bilan amalga oshishi mumkin bo'lgan ishni ham bajara olmasligi nafratingizni qo'zg'atadi.
Ivga Levkoni qutqarish, oqlash uchun yordam so'ramagan, murojaat qilmagan odami qolmaydi. Mansabdorlarning birortasi ham uni na eshitishni xohlaydi va na yordam beradi. Oxiri chorasiz qolgan qiz gubernatorga murojaat qiladi. Xo'sh, gubernatorchi u yordam bera oladimi? Hayotda ham xuddi shunday, biror ishimizni bitirish uchun kattasiga murojaat qilamiz, undan ish chiqmasa yanayam kattasiga chiqamiz. Kimlardir shu kurashda yarim yo'lda qolib ketadi.
Ivgachi o'z maqsadiga yeta oladimi? Uni ham kimdir eshitadimi?
Kitob yangicha qo'sh kitob holatida nashr qilingan, sifati yaxshi.
Asarni esa bir o'tirishda ham tugatib qo'ya olasiz. Vaqti ziq insonlar uchun yaxshi variant.

🥰6👍3❤1👏1🎉1
Forwarded from Zabarjad Mediа
#kutib_oling #yangi_nashr
📘 Alberto Moravia — “Rimlik ayol”
XX asr jahon adabiyotining nomdor vakili Alberto Moravia (1908—1990) oʻz asarlarida zamonaviy dunyo kishilarining harisliklari, ijtimoiy begonalashuv va ekzistensializmni tasvirlaydi. Adibning “Ishtiyoqsiz”, “Rimlik ayol”, “Nafrat” kabi romanlari va hikoyalar toʻplamlari mashhur.
“Rimlik ayol” (1947) romanida yozuvchi kishini lol qoldiradigan goʻzalligi sabab orzulari sarobga aylangan, hayoti tamomila izdan chiqqan ojiza taqdirini qalamga oladi. Asar qahramoni Andriana barcha qizlar singari oʻz oilasi, suyukli yori, farzandlari, oilaviy baxti boʻlishini istar edi xolos. Ammo qizining qomatini pullashni istaydigan onasi, ishonch va muhabbatini suiisteʼmol qilgan sevgilisi va palid kimsalardan iborat jamiyat Andriananing hayoti fohishalik koʻchasi tomon burilishiga sababchi boʻladi. Asarda yaqqol ajratib koʻrsatgulik ijobiy qahramon yoʻq, hatto avvaliga begʻubor orzular ogʻushida yashagan Andriananing oʻzi ham bora-bora oʻz taqdiriga sovuqqonlik bilan qaraydi. Hayoti harchand axloqsizlik botqogʻiga botgan boʻlmasin, qalbida afsus tuymasligi kitobxonga taajjubli tuyilishi mumkin.
Romandagi asosiy syujet chizigʻi soyasida oʻsha davrdagi Italiyani, diktatura oʻchogʻiga aylangan mamlakat va kishilarning tuzumga nisbatan qarashlarini ham ilgʻash mumkin. Shu sababli ham muallifning “Rimlik ayol” va boshqa asarlari Mussolini hokimiyati tomonidan taqiqlab qoʻyiladi. Asarni oʻqib yo bir ayolning havas qilib boʻlmas qismatiga achinishingiz, yoki fashist Italiyasiga nisbatan nafrat hissini tuyishingiz mumkin.
Dunyo yuzini koʻrganidan buyon oʻquvchilar eʼtiboridan tushmay kelayotgan mazkur asar salkam qirq yil oʻtib oʻzbek kitobxonlariga yangi koʻrinishda taqdim etilmoqda. “Zabarjad Media” nashriyotining bu galgi betakror tuhfasi ham sevimli asarlaringiz qatoridan oʻrin olishiga aminmiz.
@zabarjadmedia

👍8❤1🥰1
#new_books
O'tgan haftada shaxsiy ishlarim sababli @bookuzbekistan'ga borgandim. Ham yangi o'zgarishlarni ko'rdim, ham yangi kitoblarni xarid qildim.
Yangi o'zgarishlar esa man uchun foydali bo'ldi)

❤9🔥4👏4👍2🎉1🤩1
Siz ham 1-iyun kuni @factor_books jamoasi tomonidan o'tkazilayotgan ushbu tadbirga borishga albatta vaqt toping!
Taklif uchun katta rahmat.
@doctorsmind📖
Taklif uchun katta rahmat.
@doctorsmind📖
❤4🥰2🎉1