Telegram Web Link
#new_books

Yaqin tanishlarim yangi chiqqan kitoblarni "issig'ida" olishni yaxshi ko'rishimni bilishadi. Bugun ham doimgidek @factor_books'ning yangi nashri Irving Stoun qalamiga mansub rassom Van Gog hayoti haqidagi "Hayotga tashnalik" kitobini oldim.
Aytgancha, ikkinchi kitob esa sovg'aga. Kitob judayam chiroyli chiqibdi.
Qolganiga esa o'qib chiqib baho beraman.

@doctorsmindπŸ“–
❀17πŸ”₯3
Bayramimiz bilanπŸŽ‰πŸŽ‰πŸŒΊπŸŒΊ

@doctorsmindπŸ“–
❀27πŸ₯°5πŸ‘2πŸ‘2πŸŽ‰1
VN20230310_171107.mp4
6.3 MB
Kim kitoblarni ko'rganda shunaqa xursand bo'lib ketadiπŸ₯°πŸ₯°πŸ₯°

@doctorsmindπŸ“–
πŸ₯°8❀3πŸ‘2πŸ‘1
Nashriyot nomi yozilmagan kitoblarni koβ€˜rganmisiz?)

Yoki qalbaki kitobmikan?
Tushuna olmadim.

@doctorsmindπŸ“–
πŸ€”8πŸ”₯4πŸ‘1
#new_books

Kecha dugonam bilan @bookuzbekistan'ga bordik. Kitoblar atmosferasidan dam olib qaytdik.

Rasmdagi kitoblarni taxminan tanlab oldim. Bu kitoblar haqida eshitgan yoki o'qiganlar qanday fikr bildira olasiz?

@doctorsmindπŸ“–
πŸ‘8❀2
#mutolaa

Vinset Van Gog hayoti va ijodi asosida yozilgan "Hayotga tashnalik" asari mutolaasi hozirgina o'z nihoyasiga yetdi. Butun mutolaa davomida ijodkor insonlarning boshdan o'tkazadigan qiyinchiliklarini his qildim.

Menimcha, turli xil motivatsion yoki shaxsiy rivojlanish haqidagi kitoblardan ko'ra ushbu asar foydaliroq.

Har kungi ishlaringizga qiziqishingiz susayib borayotgan bo'lsa yoki qandaydir ishni boshlashga ikkilanayotgan bo'lsangiz yoki bir so'z bilan harakatlanishingiz uchun kuch topa olmayotgan bo'lsangiz shu kitobni mutolaa qiling.

Kitob haqida fikrlarim juda ham ko'p, jamlab taqrizda yozaman.

@doctorsmindπŸ“–
πŸ₯°14❀1πŸ‘1πŸ”₯1
​​#taqriz
✍Irvin Stoun
πŸ“–"Hayotga tashnalik" asari


Iste'dod haqida so'z borganda ko'pchiligimizning hayolimizga odatda, uning tug'ma bo'lishi haqidagi hayollar keladi. Buyuk iste'dod egalari Motsart, Betxovin, Bill Geyts, Stiv Jobs va hattoki Vinset Van Gogni ham o'z tug'ma iste'dodini yoshlikdan rivojlantirgan deb o'ylashadi, lekin yuqoridagi fikrlarning barchasini ham mutlaq to'g'ri deb bo'lmaydi. Malkolm Gladuellning "Zukkolar va landovurlar" asarida biror faoliyatning haqiqiy ustasi bo'lish uchun shu sohada 10 ming soat mehnat qilish kerakligi haqida aytiladi. Ya'ni siz buyuk tug'ma iste'dod egasi deb hisoblaydigan insonlaringiz Motsart yoki Van Gog ham o'z sohalarida uyqu, ovqat va boshqa hayotiy ehtiyojlarni ham esdan chiqarib kun-u tun tinmay izlanganlar. O'zgalar sendan rassom yoki kompozitor chiqmaydi deganida ham e'tibor bermasdan faqat va faqat mehnat qilganlar.

Biz biror yangi faoliyat yoki tilni o'rganishimiz oldidan albatta atrofdagilarimiz tomonidam qandaydir to'siqlarga uchraymiz. "Buni boshlashga kech" yoki "Eplay olmaysan, tug'ma iste'doding yo'q" kabi doimiy gaplar qulog'imiz ostida jaranglaydi. Kimlardir bu gaplarga e'tibor qilmay oldinga siljishda davom etsa, yana kimlardir "Kech qoldim, buyuklardek yoshlikdan boshlashim kerak edi yoki iste'dodim yo'q"- deya chekinadilar.

Bugun gapirmoqchi bo'lganim, Vinset Van Gog ham rassom bo'lib dunyoga kelmagan yoki yoshlik yillaridan o'z faoliyatini boshlamagan. Tasviriy san'atga kirib kelgunga qadar juda ko'plab sohalarda o'zini sinab ko'rgan va albatta bu sohaga ham tasodifan kirib kelgan. Van Gog ijodga 26 yoshida kirib keladi, dastlab chalg'ish uchun oddiygina ko'mir koni ishchisining suratini chizadi va bu uning ilk ijod mahsuliga aylanadi.

Van Gog o'z faoliyatini boshlagan davrda barchasi silliq ketgan deb o'ylasangiz adashasiz. Avvaliga har yangi sohaga kirganda ketma-ket mag'lubiyat-u qarshiliklarga uchraydi, hech bir sohada yutuqqa erisha olmaydi, tasviriy san'atga ham o'ziga ishonmagan bir omadsiz inson sifatida kirib keladi. Unga juda ko'p martta rassomlik u uchun emasligini yana boshqa soha haqida o'ylab ko'rishi kerakligini aytishadi, lekin Van Gog rassomlikdan voz kechmaydi. Albatta bu uning uchun oson bo'lmaydi, doimiy pulga ehtiyoj, surunkali ochlik uni tark etmaydi. Xuddi shu vaziyatda yozuvchi ijodkor insonlarning muommolaridan birini ochib bera olgan. Faqat ijod bilan shug'ullanuvchi(boshqa ish faoliyati bo'lmagan) ko'pgina ijodkorlar o'z ijod mahsulini tamomlaguncha doimiy pulga zor bo'lib yashaydilar. Van Gog ham ijodi uchun bularning bariga rozi bo'ladi, lekin suratlari savdosi kutilganidek bo'lmaydi. Ijodkor uchun esa bundan ayanchli jazo bo'lmasa kerak. Shunday bo'lsada Van Gog o'z ehtiyoji uchun chizadi, bir kun kelib natijaga erishishiga ishonadi.

Bilasizmi, Van Gog qayerga bormasin omadsizlik uning ortidan ergashib yurgan. Chunki u haddan tashqari haqiqatgay, sabrli, vijdonli, odamlarga ishonchi baland inson bo'ladi. Masalan, uning yengiltabiat ayol bilan bo'lgan munosabati tufayli boshqa rossomlar munosabatlarini to'xtatishadi, buyurtmalarni bekor qilishadi, aslida esa bu ayolga u shunchaki yordam berishni xohlaydi. Shunchaki qiynalayotga odamlar soni kam bo'lishini istaydi.

Van Gog ijodini kech boshlaydi va har doim o'zidan ko'ngli to'lmaydi. Uning Parijga sayohati esa o'ziga va suratlariga bo'lgan bahosini yanada pasaytirib yuboradi. Yana o'z yo'nalishini topishi uchun anchagina ter to'kadi. Mana shunday vaziyatlarda, uni ham moliyaviy, ham ruhiy tomondan ukasi Teo qo'llab -quvvatlaydi, suratlari bir kun kelib sotilishiga faqat Teogina ishonadi.

Ushbu avtobiografik asarni o'qirkansiz hozirgi kundalik muommolarimiz aslida muommo emasligini, aslida to'g'ri maqsad qo'yib olg'a intilsak biz erisha olmaydigan to'siqlar yo'q ekanligini tushunasiz. Chunki Van Gog sizdan og'ir vaziyatlarda ham kasbini tashlamagan, mana shu og'ir vaziyat va g'azabi uning yanada ishtiyoq bilan ishlashiga, shoh asarlarining yaratilishiga sabab
bo'lgan.
Tasviriy san'atga qiziqmaydigan insonlar ham o'qisa o'zi uchun nimadir olishi mumkin.
@doctorsmind
❀11πŸ‘4πŸ“4πŸ₯°1πŸ‘1😍1
Barchaga bayram muborakπŸŽ‰πŸŽ‰πŸŽ‰

Aytgancha, bayram bahona Asaxiy books o'z kitoblariga 21% lik chegirma e'lon qilibdi. Men ham bundan foydalanib qolay deb 2 ta kitobga buyurtma berib qo'ydim.

Bayramni yaxshi kayfiyatda o'tkazing!

@doctorsmindπŸ“–
πŸ”₯13πŸ‘4❀3
#new_books

Bugun @asaxiybooks'ga zakaz qilgan kitoblarimni oldim.

Biri badiiy kitob bo'lsa, ikkinchisi moliyaviy savodxonlik haqida.

Birinchi kitobning nomi, muqovasi yoqqani uchun, ikkinchisini esa juda ko'p aytilgan iliq fikrlar uchun xarid qildim.

Birinchisi tez va yengil o'qiladigan, kayfiyat beradigan kitob bo'lsa, ikkinchisi biroz o'ylantiradigan ilmiy-ommabop asar.

@doctorsmindπŸ“–
πŸ‘16πŸ₯°2❀1
#new_books

Bu esa @factorbooks'dan olingan qo'sh kitob. Ikkita asar bir kitobda jamlangan. Juda chiroyli va bejirim chiqibdi.

@doctorsmindπŸ“–
❀14πŸ”₯3πŸ‘1πŸŽ‰1
#new_books

Sovg'a olish yaxshi, ayniqsa u kitob bo'lsa yanada yaxshi.
@goldenbooks_uz'dan sovg'a.
Rahmat kattakon!

@doctorsmindπŸ“–
❀12πŸ”₯4πŸ₯°2
2025/07/13 11:56:12
Back to Top
HTML Embed Code: