Telegram Web Link
#yashil_makon

Dang‘ara tumanida “Yashil bog‘” va “Botanika bog‘i” loyihalari bo‘yicha o‘rganish ishlari amalga oshirildi

2025-yil 23-iyun kuni Dang‘ara tuman prokuraturasi hamda tuman ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat inspektorlari ishtirokida “Targ‘ova” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan “Yashil bog‘” va “Botanika bog‘i” loyihalari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur loyiha Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi buyurtmasiga binoan amalga oshirilmoqda. Ijrochi tashkilot sifatida Qo‘qon o‘rmon xo‘jaligi xodimlari jalb etilgan. Ushbu loyihaning umumiy qiymati 250 million so‘mni tashkil etadi.

Tegishli tashkilotlar o‘rtasidagi bunday hamkorlikdagi o‘rganish va nazorat tadbirlari kelgusida ham davom ettiriladi.

☝️ batafsil

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Beshariq tumani, “Bahmal” qishlog‘idagi chegara hududida noqonuniy ravishda shag‘al olib chiqilayotganligi haqida tarqalgan xabarga Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasining rasmiy munosabati.

Mazkur murojaat yuzasidan Beshariq tuman prokuraturasi, tuman Ekologiya bo‘limi, shuningdek, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mutasaddilari ishtirokida joyiga chiqib o‘rganildi.

Tekshiruv davomida murojaatda ko‘rsatilgan hudud “selxona” ekanligi va unda shag‘al tashish ishlari 2025 yil 15-fevralda tuman hokimining tashabbusi bilan viloyat hokimiga amaliy yordam so‘rab yo‘llangan aloqa xatiga asosan boshlanganligi aniqlandi.

2025-yil 21-fevralda viloyat hokimining farmoyishiga muvofiq, selxona devor qismini mustahkamlash va undagi shag‘al uyumlarini tashqariga olib chiqish ishlari uchun 446 mln so‘m mablag‘ ajratilgan. Shu asosda 2025 yil 20 martda tuman hokimining tegishli qarori qabul qilingan.

☝️ batafsil

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “O‘zbekiston tumanidagi sement zavodidan chiqayotgan chang” mavzusidagi xabar yuzasidan Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi quyidagicha rasmiy munosabat bildiradi.

Xabarda qayd etilgan holatni o‘rganish va korxonada tegishli tekshiruv ishlarini o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakolatli vakil (Biznes-ombudsman)ga murojaat yuborilgan.

Hozirda mazkur murojaat O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi “Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5490-son Farmonii va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining buyrug‘iga asosan ko‘rib chiqilib, korxona faoliyatida tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tekshiruv yakunlariga ko‘ra qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Margʻilon shahar, B.Margʻiloniy koʻchasi "Kombinat" bozor chorrahasida svetofor chiroqlari daraxt shoxlari orqali koʻrinmay qolgan" mavzusida tarqalgan xabarga Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabati.

Margʻilon shahar boʻlimi davlat inspektorlari tomonidan shu kunning oʻzida Margʻilon shahar Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi xodimlari bilan birgalikda xabarda koʻrsatilgan manzilda hamda shahardagi barcha markaziy koʻchalaridagi yol belgilari va svetoforlarni  toʻsib qoʻygan daraxt shoxlarini butash ishlarni olib borishib, yol belgilari hamda harakatni belgilovchi svetoforlarni toʻsib qoʻygan daraxtlarga shakl berildi. Hududlarda tozalov ishlari olib borildi.

Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#EcoExpo2025 #EcoExpoUzbekistan

✍️“Eco Expo-2025”da chiqindilarni boshqarish sohasi rivojiga doir 40 dan ortiq kelishuv imzolandi

Joriy yilning 19–21-iyun kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan “Eco Expo Central Asia 2025” ko‘rgazmasi doirasida chiqindilarni boshqarish sohasida bir qator shartnoma va kelishuvlarga erishildi.
➡️ Batafsil
💬

На Eco Expo-2025 подписано более 40 соглашений в сфере управления отходами

«В ходе международной выставки Eco Expo Central Asia 2025, состоявшейся 19–21 июня в Ташкенте, были достигнуты важные договорённости и подписан ряд соглашений, направленных на развитие сферы управления отходами.
➡️ Подробно
💬

Over 40 Waste Management Agreements Signed at Eco Expo 2025

The international exhibition Eco Expo Central Asia 2025, held from June 19 to 21 in Tashkent, served as a major platform for forging new partnerships in the field of waste management. A series of important agreements were signed, aimed at advancing environmentally sustainable development and circular economy practices.
➡️ More

Veb-sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/05 20:02:14
Back to Top
HTML Embed Code: