Telegram Web Link
#eco_expo

“ECO EXPO CENTRAL ASIA – 2025” xalqaro ekologik ko‘rgazmasi doirasida muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

"Yashil loyiha" loyihalar instituti  rahbarlari bilan Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Xurshidjon Axmedov hamda Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi boshlig'i Baxromjon Jumanov ishtirokida natijali uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvlar davomida ekologik va turizm yoʻnalishdagi oʻzaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida memorandumlar imzolanib, atrof-muhit oʻzgarishlari, iqlim ifloslanishini oldini olish choralarini hamkorlikda muhokama qilish, shuningdek, boshqa dolzarb ekologik masalalar yuzasidan ham fikrlar  almashinildi.

Mazkur uchrashuvlar, tomonlarda ekologik yangi loyihalarni amalga oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish yoʻlida muhim qadam boʻlib xizmat qiladi.


Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
#eco_expo

🌱 “ECO EXPO CENTRAL ASIA – 2025” xalqaro ekologik ko‘rgazmasi doirasida muhim uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.

"ECO EXPO CENTRAL ASIA – 2025" xalqaro ekologik ko‘rgazmasi doirasida bir qator samarali uchrashuvlar tashkil etildi.

Jumladan, Qozog‘istonning chiqindilarni qayta ishlashga ixtisoslashgan korxonasi vakili Diyana Zefir va Farg‘ona viloyati Ekologiya boshqarmasi boshlig‘i Baxromjon Jumanov o‘rtasida natijali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuv davomida ekologik  yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida memorandumlar imzolandi.

Tomonlar atrof-muhitdagi o‘zgarishlar, chiqindilarni zamonaviy texnologiyalar asosida qayta ishlash yo‘llari borasida fikr almashdilar.

Bu uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikda ekologik loyihalarni amalga oshirish, chiqindilardan samarali foydalanish texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

#ecofarghana
🟢 EKOLOGIK XAVFSIZLIK YO‘LIDA MUHIM QADAM 🟢

📍 Uchko‘prik tumani, So‘x soyi bo‘yida

Bugun Uchko‘prik tuman prokuraturasi hamda tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi xodimlari hamkorligida So‘x soyi o‘zanida muhim profilaktik tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 17-yanvardagi PF-14-sonli farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan aholiga tushuntirish ishlari olib borildi. Jumladan, soy o‘zanida noqonuniy qum va shag‘al qazib olish holatlarining oldini olish, tabiatga yetkaziladigan salbiy ta’sirlarning oldini olish muhimligi haqida keng ma’lumotlar berildi.

🔍 Mutasaddi tashkilotlar tomonidan bunday noqonuniy faoliyat nafaqat ekologik muvozanatga zarar yetkazishi, balki qonun oldida javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligi alohida ta’kidlandi.

Tadbirning asosiy maqsadi — fuqarolarni atrof-muhitni muhofaza qilishga jalb etish, qonuniy me’yorlarga amal qilishga undash va ekologik barqarorlikni ta’minlashdan iborat bo‘ldi.
#jarayon

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-16-sonli Farmoni – “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida, Uchkoʻprik tuman prokuraturasi hamda Uchkoʻprik tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi va “Yashil belbogʻ” loyihasi doirasida ekilgan manzarali hamda mevali daraxt koʻchatlari doimiy monitoring va nazoratga olingan.

Nazorat ishlari davomida, amalga oshirilayotgan tadbirlarning samaradorligi koʻproq daraxt koʻchatlarini toʻgʻri parvarishlash, ularni belgilangan agrotexnik talablar asosida sifatli va oʻz vaqtida ekish hamda xizmat koʻrsatishga bevosita bogʻliq ekanligi alohida taʼkidlandi.

Shuningdek, sohadagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida tegishli tavsiya va amaliy maslahatlar berildi.

Farg'ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
"Eco Expo Central Asia 2025" xalqaro ekologik ko‘rgazmasi doirasida “Ekologik kommunikatsiya va jamoatchilik ongini shakllantirish: eshitilishi uchun qanday gapirish kerak?” mavzusida parallel sessiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Milliy iqlim markazi tomonidan tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — kommunikatsiya, ommaviy axborot vositalari, blogosfera va ekologik faollar o‘rtasida tajriba almashish, ekomadaniyatni oshirish va ekologik jihatdan mas’uliyatli xulq-atvorni shakllantirishda samarali yondashuvlarni aniqlashdir. Asosiy masala ekologik xabarlar jamoatchilikka yetib borishi, tushunilishi va javobgarlik hissini uyg‘otishi uchun qanday muloqot qilish kerakligiga qaratildi.
2025/07/05 11:39:35
Back to Top
HTML Embed Code: