Dastlab Shota Rustaveli ko‘chasida joriy etilgan BRT avtobus tezkor tranziti tizimi Toshkentning yana taxminan 10 ta ko‘chasini qamrab oladi. 110 mln dollarlik loyihani 2030-yilgacha yakunlash rejalashtirilmoqda, tarmoq uzunligi esa 57,5 km ni tashkil qiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/brt-tashkent/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/brt-tashkent/
Telegram | Instagram | YouTube
❤3👍3
Click kompaniyasi o‘z brendini tashqi imijdan emas, ichki madaniyatdan boshlab qurgan. Xodimlar tajribasi, qadriyatlar va ochiq kommunikatsiyalarga asoslangan yondashuv natijasida kompaniya ishonchli ish beruvchi sifatida tan olindi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/click/
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/click/
👍3👎3❤1
Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad hukumati 2 yil davomida minglab jasadlarni ommaviy qabrlarning biridan uzoq cho‘ldagi maxfiy joyga ko‘chirish bo‘yicha yashirin operatsiya o‘tkazgan, deb yozdi Reuters. Operatsiya maqsadi Asad hukumatining jinoyatlarini yashirish va uning obro‘sini tiklashga yordam berish bo‘lgani aytildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/syria-mass-grave/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/syria-mass-grave/
Telegram | Instagram | YouTube
😢2👍1
Prezident 1300 gektar maydonda Toshkentning yangi xalqaro aeroporti qurilishini boshladi. Loyiha to‘rt bosqichdan iborat bo‘ladi. Qiymati $2,5 mlrd bo‘lgan birinchi bosqich aerovokzal kompleksi va aerodrom qurilishini o‘z ichiga oladi. Hamkorlar sifatida Saudiya Arabistoni, Yaponiya va Koreya kompaniyalari tanlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/new-airport-tashkent/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/new-airport-tashkent/
Telegram | Instagram | YouTube
👍42❤2🤔2
JSST Hindiston kompaniyalarining shamollash va yo‘talga qarshi uchta siropi xavfli ekani haqida ogohlantirdi. Ularda ruxsat etilgan me’yordan deyarli 500 baravar yuqori konsentratsiyada dietilenglikol aniqlandi. Hindistonda kamida 20 nafar bola vafot etdi. O‘zbekistonda bu preparatlar ro‘yxatdan o‘tkazilmagan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/cough-syrups/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/cough-syrups/
Telegram | Instagram | YouTube
👍9❤2
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida kirish/chiqishda yangi ro‘yxatga olish tizimi ishga tushirildi — Entry/Exit System. U blok a’zosi bo‘lmagan mamlakatlarning qisqa muddatga tashrif buyurgan fuqarolari biometrik ma’lumotlarini to‘playdi va xorijga chiqish pasportlaridagi shtamplar o‘rnini bosadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/border-system/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/border-system/
Telegram | Instagram | YouTube
❤2👍2
Samarqand viloyatida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Ozarbayjon harbiylari ishtirokida keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. Shu yerda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarbayjon mudofaa vazirlarining birinchi uchrashuvi ham bo‘lib o‘tadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/military/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/military/
Telegram | Instagram | YouTube
👍12
Uzbekistan Airports, Urganch aeroporti va Incheon International Airport Corporation Urganch aeroportini modernizatsiya qilish va boshqarish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Avval 223 mln dollarlik loyihani 2027-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilayotgani xabar qilingandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/urgench-airport/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/urgench-airport/
Telegram | Instagram | YouTube
👍3❤2👎1
15-oktabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
🛩 Prezident Toshkentning yangi xalqaro aeroporti qurilishiga start berdi. Birinchi bosqich 2,5 mlrd dollarga baholanmoqda.
🚍 Toshkentdagi avtobuslar uchun maxsus yo‘laklar (BRT) qaysi ko‘chalarni qamrab oladi? Ro‘yxat.
🚘 UzAuto Motors yangilangan Cobalt narxlarini e’lon qildi.
🎒 Matematika fani olimpiadasi javoblari tarqalib ketdi. Olimpiada qayta o‘tkazilishi ma’lum qilindi.
🏥 O‘zbekistonda 10 ta xususiy klinika litsenziyasiz xizmatlar ko‘rsatayotgani aniqlandi.
👧🏻 Yevropa va Markaziy Osiyoda bolalarning uchdan bir qismiga jismoniy jazolar qo‘llanmoqda — YUNISЕF.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/dayjest/

👍20❤3
Nogironligi bo‘lganlar uchun yaratilgan yechimlar barchaning hayotini qulaylashtiradi. Ko‘pchilikda vaqt o‘tishi bilan harakatchanlik, xotira, ko‘rish, eshitish qobiliyati pasayadi. “Inklyuziv dizayn fikrlash tarzi sifatida” yondashuvi aynan shuni hisobga oladi, bunda ommaboplik tamoyillari jarayonga boshidanoq singdiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/inclusive-design/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/inclusive-design/
Telegram | Instagram | YouTube
👍4
O‘zbekistonda 33 ta tuman va shaharni namunaviy shaharga aylantirish uchun 2,3 trln so‘m, 330 ta namunaviy mahalla uchun 1,7 trln so‘m ajratiladi. Hududlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlovchi drayver loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha 2 trln so‘m yo‘naltiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/exemplary-city/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/exemplary-city/
Telegram | Instagram | YouTube
👍10❤3
XVJga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish 6,8% darajasida bo‘lishi kutilmoqda, inflyatsiya esa Markaziy bank prognozi (8,7%)dan oshib, 9,1% ni tashkil etishi mumkin. 2026-yil uchun ham prognoz yaxshilangan: o‘sish ilgari taxmin qilingan 5,8% o‘rniga 6 foiz bo‘lishi kutilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/imf/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/imf/
Telegram | Instagram | YouTube
👍3❤2👎1
Rossiyada 2026−2030-yillarga mo‘ljallangan migratsiya siyosati konsepsiyasi tasdiqlandi. O‘zgarishlar orasida maktablarga bormaydigan chet ellik bolalar sonini kamaytirish, shuningdek, migrantlarning ishlamaydigan va o‘qimaydigan oila a’zolarining Rossiyada bo‘lishini cheklash bor.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/russia-migration/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/russia-migration/
Telegram | Instagram | YouTube
❤2👎2👍1
2026-yildan elektron hisobvaraq-fakturalar bo‘yicha risklarni baholash tizimi ishga tushadi, xabar qildi Soliq qo‘mitasi. U real vaqt rejimida operatsiyalarni tahlil qiladi va potensial soliq risklari haqida ogohlantiradi. Soliq budjetga to‘lanmaguncha, yuqori riskli EHF bo‘yicha QQS summasi hisobga olinmaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/tax-vat/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/tax-vat/
Telegram | Instagram | YouTube
👍4
Saudiya Arabistonining Vision Invest kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan prezident Shavkat Mirziyoyev bilan ishonchli hukumat va fidoyi jamoa ishlayotganini qayd etdi. U prezidentga “boshqaruv hamda shaffoflik asosida” oldingi og‘ir merosni orqada qoldirganini, yangi tarix yaratganini ta’kidladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/abunayyan/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/abunayyan/
Telegram | Instagram | YouTube
👍60❤3👎3🤔1
Toshkentning bo‘lajak yangi aeroporti O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlaridagi 1310 gektar maydonda quriladi. Gazeta xaritalarni o‘rganib chiqdi va quriladigan obyekt Yangiyo‘l shahridan taxminan 7 km sharqda joylashganini aniqladi. Yangi aeroport uchun barqaror aviayoqilg‘i ishlab chiqariladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/new-tashkent-airport/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/new-tashkent-airport/
Telegram | Instagram | YouTube
👍8❤3
Gabalada o‘tgan TDT sammiti hamkorlikning yangi bosqichi — “TDT+” formatining ishga tushirilishini belgilab berdi. Gazeta suhbatlashgan ekspertlarning fikricha, u mintaqaning iqtisodiy va siyosiy avtonomiyasini mustahkamlashi mumkin, ammo Anqara va boshqa hamkorlar o‘rtasida manfaatlar muvozanatini talab etadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/otg/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/otg/
Telegram | Instagram | YouTube
👍1
Oksford universitetining “Osiyo va Yaqin Sharq tadqiqotlari” fakultetida o‘zbek va eski o‘zbek (chigʻatoy) tillari o‘rganiladi. Bu Oksfordda o‘zbek tilini o‘rganish bo‘yicha O‘zbekiston tomonidan davlat darajasida qo‘llab-quvvatlangan birinchi dasturdir.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/oxford/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/oxford/
Telegram | Instagram | YouTube
👍56❤29
O‘zbekistonda haydovchilarini tayyorlash bo‘yicha ta’limni tugatib, imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarga o‘quv tashkiloti tomonidan ta’limni bitirganlik haqida yagona namunadagi elektron guvohnoma beriladi. Guvohnomalar uchun yig‘im undirilmaydi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/guvohnoma/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/guvohnoma/
Telegram | Instagram | YouTube
👍7❤3
22-24-oktabr kunlari zamonaviy CAEx ko‘rgazma markazida Markaziy Osiyodagi yirik avtomobil sanoati tadbiri — Automechanika Tashkent 2025 bo‘lib o‘tadi (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/automechanika-tashkent/
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/16/automechanika-tashkent/
❤1