Yaqinda AQSh Xitoydan keladigan tovarlarga 100 foizli qo‘shimcha bojlar joriy etishini e’lon qildi. Trampning Xitoyga qarshi savdo urushi uning o‘z lavozimiga kirishgan yanvar oyidan beri kichik pauzalar bilan davom etmoqda. Gazeta Reuters e’lon qilgan urushga oid teskari xronologiyaning tarjimasini keltirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/us-trade-war/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/us-trade-war/
Telegram | Instagram | YouTube
❤4👍1👎1
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 17-oktabr kuni Oq uyda AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi. Muzokaralar mavzularidan biri Amerikaning Tomahawk qanotli raketalarini Kiyevga ehtimoliy topshirish masalasi bo‘ladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/zelensky-trump/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/zelensky-trump/
Telegram | Instagram | YouTube
👍3👎3
O‘zbekistonda mahalla raisi va hokim yordamchisiga bo‘sh turgan 5 ming kvadrat metrgacha davlat mulkini auksionga chiqarish vakolati berildi. Sotuvdan tushgan mablag‘ning 70 foizi mahallaning o‘zida qolib, infratuzilmaga sarflanadi, dedi prezident.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/auction/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/auction/
Telegram | Instagram | YouTube
👍13👎12❤2
Ikkita aviakompaniya va logistika kompaniyasini o‘z ichiga olgan Centrum Holding 2026-yil oxirigacha aksiyalarini ommaviy joylashtirishni rejalashtirmoqda. Citigroup va Oppenheimer Holdings maslahatchi bo‘lib qatnashadi. Kapital aviapark, yo‘nalishlar va infratuzilmani kengaytirishga yo‘naltiriladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/centrum-holding-ipo/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/centrum-holding-ipo/
Telegram | Instagram | YouTube
👍3❤2
Rossiya hududida bo‘lgan O‘zbekiston va boshqa mamlakatlar mobil operatorlari abonentlari hozircha roumingda SMS va mobil internet xizmatlaridan foydalana olmayapti. Mazkur holat mamlakatda joriy etilgan cheklovlar bilan bog‘liq.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/roaming/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/roaming/
Telegram | Instagram | YouTube
Samarqanddagi maktabda o‘quvchini kaltaklagan kadrlar menejeri ishdan haydaldi. Ayol farzandi bilan janjallashgan o‘quvchining sinfiga borib unga qo‘l ko‘targan. Ayni paytda holat sud tartibida ko‘rib chiqilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/hr-manager/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/hr-manager/
Telegram | Instagram | YouTube
❤5👎3🤔2
Qambarota GES-1 qurilishi qiymati 4,2 mlrd dollarni tashkil etadi, shu bilan birga, xalqaro moliya institutlarining moliyalashtirish portfeli esa 5,6 mlrd dollarga yetgan. O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ta’kidlashicha, ularning loyihaga bo‘lgan qiziqishi yuqori.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/hydroelectric-power-station/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/14/hydroelectric-power-station/
Telegram | Instagram | YouTube
👎3🤔1
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi matematika fani bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiada savollariga javoblar tarqalib ketganini tasdiqladi. Agentlik olimpiada qayta o‘tkazilishini ma’lum qildi. Holatga sababchi shaxslar esa javobgarlikka tortiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/answers/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/answers/
Telegram | Instagram | YouTube
👍4👎1
OTB O‘zbekistonda institutsional islohotlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 500 mln dollar kredit ajratishni ma’qulladi. Mablag‘lar bankning O‘zbekistonda institutsional islohotlar, inklyuziv o‘sish va global integratsiyaga qaratilgan Iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish dasturi doirasida ajratiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/adb/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/adb/
Telegram | Instagram | YouTube
❤2👎2
Britaniyaning BAT Uzbekistan Investment kompaniyasi O‘zbekistonning UzBAT tamaki kompaniyasidagi 2,6 foiz ulushini 22,3 mln dollarga sotib oldi. Kompaniya aksiyalarni sotib olishda o‘zining imtiyozli huquqidan foydalangan.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/uzbat/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/uzbat/
Telegram | Instagram | YouTube
👎4🤔1
Poytaxtdagi “O‘zekspomarkaz"da “To‘y” nomli panno bor — bu mozaikalari Toshkent vizual xotirasining bir qismiga aylanib ulgurgan Dilmurod Yusupovning eng e’tiborga molik va ramziy asari. Gazeta rassom bilan uning ijod yo‘li, asarlari va shahar muhitida monumental san’atning o‘rni haqida suhbatlashdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/history-of-mosaics/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/history-of-mosaics/
Telegram | Instagram | YouTube
👍4
Mobiuz’ning Namangandagi yangilangan xizmat ko‘rsatish markazi viloyat aholisi va mehmonlariga raqamli yechimlardan maksimal darajada foydalanish imkoniyatini taqdim etmoqda (reklama).
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/mobiuz/
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/mobiuz/
👍5❤1
Raqobat qo‘mitasi o‘rganishlarida 10 ta xususiy klinikada litsenziyasiz xizmatlar ko‘rsatilayotgani ma’lum bo‘ldi. 7000 dan ortiq tibbiyot muassasasida o‘tkazilgan tekshiruvlarda peshlavhalar, davlat tilidagi ma’lumotlar va narxnomalarning yo‘qligi bilan bog‘liq qoidabuzarliklar ham aniqlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/license/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/license/
Telegram | Instagram | YouTube
👍4
Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida deyarli har uchinchi bola uyda jismoniy jazoga duchor bo‘ladi va bolalarning deyarli uchdan ikki qismi psixologik tajovuzga yo‘liqadi, deyiladi YUNISEFning yangi hisobotida. O‘zbekistonda jismoniy jazo 1 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 29 foiziga nisbatan qo‘llanadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/unicef/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/unicef/
Telegram | Instagram | YouTube
😢2👍1👎1
UzAuto Motors 3-noyabrdan boshlab Chevrolet dilerlik markazlarida Cobalt`ning yangilangan versiyalarini sotuvga chiqaradi. Kompaniyaga ko‘ra, yangi Cobalt Style MCM 156 mln 100 ming so‘m, Cobalt Midnight MCM 165 mln 200 ming so‘m narxda sotiladi. Avtomobilning mavjud komplektatsiyalari narxlari o‘zgarishsiz qoladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/new-cobalt/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/new-cobalt/
Telegram | Instagram | YouTube
👎7👍1
2026-yilda O‘zbekiston Italiyada ishga joylashtirish uchun 3500 nafar o‘rta tibbiyot xodimini tayyorlaydi. Pilot loyiha allaqachon boshlandi — Toshkent va Samarqanddan 10 nafar mutaxassis Italiya klinikalarida ish boshladi, ular tilni o‘rganadi va mahalliy sog‘liqni saqlash tizimiga moslashadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/italy/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/italy/
Telegram | Instagram | YouTube
❤7👍2
O‘zbekistonda 2025-yilning 9 oyida 155 nafar 15−17 yoshdagi qiz erta turmushga berilgani aniqlangan. Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov erta turmush bilan birga qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh holatlari davom etayotganini ta’kidladi. U shular bo‘yicha targ‘ibot ishlari o‘tkazilishini ma’lum qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/erta-nikoh/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/erta-nikoh/
Telegram | Instagram | YouTube
🤔4😢3👍2
O‘zbekiston prezidenti Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasida tashkil etilgan BRT tizimini ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, Toshkent shahrida alohida ajratilgan avtobus yo‘laklarini uzaytirish, shahar atrofida transport bog‘lamalari tashkil etish loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/brt/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/brt/
Telegram | Instagram | YouTube
👍56
Buyuk Britaniya “strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan sohada biznes yuritish orqali Rossiya hukumatini qo‘llab-quvvatlayotgani uchun” “Rosneft” va “Lukoyl”ga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Bu qora ro‘yxatga kiritilgan jismoniy va yuridik shaxslarning aktivlari Britaniyada muzlatib qo‘yilishini anglatadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/uk-sanctions/
Telegram | Instagram | YouTube
https://www.gazeta.uz/oz/2025/10/15/uk-sanctions/
Telegram | Instagram | YouTube
👍4❤1