Shu kunlarda bo‘layotgan ijodiy yangiliklar:
1. "Kundalik odoblar" to‘ldirilgan holda qayta nashr qilindi.
2. "Kundalik odoblar"ning rus tilidagi tarjimasining tahriri tugadi.
3. "Go‘zal xulqlar" rus tiliga tarjima qilindi. Ushbu rus tilidagi ikki kitob O‘zbekiston, Qirg‘iziston hamda Rossiyada nashr qilinishi kutilmoqda. Boshqa hamkorlik takliflariga ham ochiqmiz.
Kirill | Lotin

👍37🔥13❤9
Bugun Abdulaziz ismli 8 yoshli bolaning xarakteri, qobiliyati va qiziqishlarini aniqlash uchun onlayn suhbat qildik.
Suhbat davomida kamina Abdulazizga 30 ta savol berdim. Bola o'zini erkin tutib, xayoliga kelgan gapni gapirishga chaqirib, muloyim muomala qildim.
Suhbatdan so'ng Abdulazizning ota-onasiga 7 daqiqadan oshiq ovozli xabarda tavsiyalar berdim. Ular barcha fikrlarim, xulosalarim to'g'ri chiqqanini aytishdi.
Xususan, ularga Abdulazizning qobiliyatiga mos bo'lgan kasbga yo'naltirish, qanday to'garaklarga berish, tarbiyada yana nimalarga e'tibor qilish, eng muhimi, Abdulaziz va ota-onasining orasini yaqinlashtiruvchi muhim tavsiyalar berildi.
Abdulaziz bilan suhbatimiz 130 nafar bola orasidan tanlab olingan edi. Undan boshqa nomzodlar ham bo'ldi. Demak, ko'pchilik shunday suhbat qilishimizni istaydi. Tez orada bolalar bilan kitob o'qish loyihamizni qayta yo'lga qo'yib, unda shunday suhbatlar ham tashkil qilishni o'ylayapman.
Farzandingiz bu loyihada ishtirok etgan bo'lar edimi?

👍114🔥25💯5⚡4
Muazzin
Alloh ulug' desang, titrar to'rt tomon,
Qalblar zavqqa to'lib, mavjlanar iymon.
Ortiga qaramay qochadi shayton,
Azonni baralla aytgin, muazzin.
Eshitilsin deyman g‘arb-u sharqqa,
Musulmon yurti deb borsinlar farqqa.
Hojat qolmasin so‘ng boshqa hech sharhga,
Azonni baralla aytgin, muazzin.
Namozga ham sekin chorlaydilarmi?!
Najotga ham sekin chorlaydilarmi?!
Mo‘minlar azondan orlaydilarmi?!
Azonni baralla aytgin, muazzin.
G‘iyosiddin Yusuf

👍63🔥17⚡9❤9😢7🕊2❤🔥1
GO‘ZAL XULQLI BOLALAR
Shu kunlarda "Buxoro maktabi"ning Yangiyo‘l filialida o‘quvchilar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazdik. Tadbir asosan savol-javob tarzidagi erkin suhbat shaklida bo‘ldi. Qiziquvchan bolajonlar ijodga oid, shaxsiy va boshqa mavzularda savollar berishdi.
Ularning savollaridan ilmga intiluvchan, qiziquvchan, go‘zal xulqli ekanlari namoyon bo‘ldi. Tadbir so‘ngida kitoblarimga dastxat qo‘yildi va esdalik suratlari tushildi.
Maktab va o‘quv markazlarni shu kabi tadbirlar tashkil qilishga chorlab qolaman.

❤25👍22🔥9👏2
Ota va qiz o‘rtasidagi
munosabatlar
Qiz farzand bilan nima ham qilish mumkin? Agar u o‘g‘il bo‘lganda edi, baliq ovlashga olib borardim, futbolga olib borardim demang. Jinsiga ko‘ra kamsitmang. Uyda o‘tirib qizlarga xos o‘yinlar o‘ynang demoqchi emasman. Ammo hech bo‘lmaganda uning o‘yiniga tomoshabin bo‘ling.
Ularga e’tiborli bo‘ling, shunda ulg‘aygach, o‘zgalarga o‘zini ko‘rsatish, boshqalarning e’tiborini jalb qilish uchun g‘ayrioddiy harakatlar qilmaydi. Agar sizning qiz farzandingiz bo‘lsa, bilingki, uning hayotidagi eng muhim shaxs – otasi, ya’ni siz. Ota va qiz o‘rtasidagi munosabatlarning sifati qizning butun hayoti davomidagi munosabatlar sifatini belgilaydi.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar

👍47🔥15😢10❤🔥2⚡1
Kitobxonlik_Hisobi.pdf
1.6 KB
Har bir kitob o'qiganingizda foydalanish uchun sodda jadval. Bemalol ulashib, chiqarib olavering.
#Kitob
@GiyosiddinYusuf
#Kitob
@GiyosiddinYusuf
👍42❤🔥8❤7🕊2🔥1
Bolalarni kitobga oshno qilish – qadriyatlarni saqlab qolish yo‘lidagi muhim qadam
Bugungi texnologiyalar asri bolalar hayotini tubdan o‘zgartirdi. Telefon, planshet va internet – bularning barchasi axborot olishni osonlashtirdi, ammo shu bilan birga, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni ham pasaytirdi. Vaholanki, kitob faqat bilim manbayi emas, balki milliy qadriyatlarimiz, axloqiy tushunchalarimizni saqlash va avlodlarga yetkazish vositasi hamdir.
Farzandlarimizning ong-u tafakkurini mustahkamlash, ularni teran fikrlashga o‘rgatish uchun kitobga bo‘lgan mehrni erta yoshdan shakllantirishimiz kerak. Buning uchun nima qilish mumkin?
✅ Ota-onaning o‘rnak bo‘lishi – bolalar kitob o‘qish odatini kattalardan o‘rganadi. Agar ota-ona qo‘lida kitob tutib, zavq bilan mutolaa qilsa, bola ham buni tabiiy holat sifatida qabul qiladi.
✅ Qiziqarli kitoblarni tanlash – bolaga uning yoshi va qiziqishlariga mos keladigan kitoblarni tanlab berish lozim. Agar kitob bolaning dunyoqarashiga yaqin bo‘lsa, u mutolaadan zavqlana boshlaydi.
✅ Texnologiyadan unumli foydalanish – internet va gadjetlarni mutlaqo cheklashning iloji yo‘q, ammo ularni to‘g‘ri yo‘naltirish mumkin. Masalan, audiokitoblar tinglash, elektron kitoblar yoki bolalar uchun qiziqarli interaktiv o‘quv dasturlaridan foydalanish tavsiya etiladi.
✅ Kitob o‘qishni zavqli jarayonga aylantirish – har kuni ma’lum vaqtni kitob o‘qishga ajratish, iloji bo'lsa, birgalikda kitob o‘qish yaxshi natija beradi. Shuningdek, kitoblarni muhokama qilish, bir-biriga gapirib berish, savol-javoblar qilish ham bolalar uchun qiziqarli bo‘ladi.
✅ Kutubxonalarga tashrif buyurish – bolalarni kitobxon qilish uchun atrof-muhitning o‘rni muhim. Xususan, kitobxon o‘rtoqlarining bo‘lishi va ular bilan yoki ota-onasi bilan kutubxonalarga borish, yangi kitoblar tanlash bolalarning kitobga muhabbatini oshiradi.
Kitob o‘qishga bo‘lgan mehr bolalarda hayotiy qadriyatlarni shakllantiradi, ularga to‘g‘ri va noto‘g‘rini ajrata bilish, mustaqil fikrlash, nutqini rivojlantirish va, eng muhimi, odamiylikni saqlab qolish imkonini beradi. Texnologiya qanchalik rivojlansa ham kitob hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Shuning uchun bolalarni bu bebaho xazinaga oshno etishimiz lozim.
#Bolalar #kitob
Kirill | Lotin
Bugungi texnologiyalar asri bolalar hayotini tubdan o‘zgartirdi. Telefon, planshet va internet – bularning barchasi axborot olishni osonlashtirdi, ammo shu bilan birga, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni ham pasaytirdi. Vaholanki, kitob faqat bilim manbayi emas, balki milliy qadriyatlarimiz, axloqiy tushunchalarimizni saqlash va avlodlarga yetkazish vositasi hamdir.
Farzandlarimizning ong-u tafakkurini mustahkamlash, ularni teran fikrlashga o‘rgatish uchun kitobga bo‘lgan mehrni erta yoshdan shakllantirishimiz kerak. Buning uchun nima qilish mumkin?
Kitob o‘qishga bo‘lgan mehr bolalarda hayotiy qadriyatlarni shakllantiradi, ularga to‘g‘ri va noto‘g‘rini ajrata bilish, mustaqil fikrlash, nutqini rivojlantirish va, eng muhimi, odamiylikni saqlab qolish imkonini beradi. Texnologiya qanchalik rivojlansa ham kitob hech qachon o‘z ahamiyatini yo‘qotmaydi. Shuning uchun bolalarni bu bebaho xazinaga oshno etishimiz lozim.
#Bolalar #kitob
Kirill | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22🔥8❤🔥6🎉3🤩2⚡1❤1😢1
Sizningcha, men ayni kunlarda o'zimning qaysi kitobimni o'qiyapman? 😊
👍13🤔5🔥2
Har kun bir betdan bo'lsa ham doimiy kitob o'qishni yo'lga qo'yishimiz kerak. Kitob o'qish bilan biz ertaga bugundan yaxshiroq bo'la olamiz.
#Kitob
@GiyosiddinYusuf
#Kitob
@GiyosiddinYusuf
👍65🔥15💯11🕊5❤4❤🔥1
Men ayni kunlarda o'qiyotgan kitob!
Har bir kitobim nashr qilinguncha va nashr qilingandan keyin qayta-qayta o'qiyman. Bu kitobim hali nashr qilinmadi. Bu nashrdan oldingi o'qishim.
Kitob 192 betdan iborat. Farzand tarbiyasiga doir qisqa tavsiyalardan iborat — "Tarbiya-chi?" uslubida.
Unda 4 ta bo'lim bor:
— tavsiyalar;
— ulug'lardan tarbiyaga doir saboqlar;
— tarjimalar;
— savol-javoblar.
Uchinchi bo'limni o'qiyapman. Kitob nashr qilinsa, siz ham o'qiysizmi?
#Ijod

👍105🔥26❤10💯7⚡3❤🔥2🤩1
O'smirlarga munosabat.pdf
131.2 KB
O'smir farzandlar bilan munosabatlarni qayta tiklash bo'yicha tavsiyalar!
Bemalol ulashishingiz, chop qilib o'qishingiz mumkin.
#tarbiya
@GiyosiddinYusuf
Bemalol ulashishingiz, chop qilib o'qishingiz mumkin.
#tarbiya
@GiyosiddinYusuf
🔥24🎉12👍8❤🔥6❤6👏1🤩1💯1
“Katta shahzoda”
Mikoil Adiguzelning “Katta shahzoda” asari Anton de Sent-Ekzyuperining mashhur “Kichik shahzoda” asariga o‘ziga xos davom sifatida yozilgan. Ushbu kitobda kichik shahzodaning ulg‘ayib, kattalar olamiga qadam qo‘yishi va o‘zgarib qolishi, odamlarni tanish, so‘ngra o‘zini tanish yo‘lidagi harakatlari tasvirlangan.
Muallif asar "Kichkina shahzoda"ning davomi bo‘lishiga qattiq harakat qilgan va maqsadiga bir miqdorda erishgan. Xususan, u bolalar samimiy, sodda, bug‘ubor bo‘lib, ulg‘ayganda o‘zgarib qolishi, katta odam bo‘ldim deb ko‘p narsalar uchun o‘ziga cheklov qo‘yishi, so‘ngra yana biroz ulg‘ayganda yana yosh bolaga o‘xshab qolishini ko‘rsatib bermoqchi bo‘ladi.
"Kichkina shahzoda" katta-yu kichik barchaga birdek qiziqarli, tushunarli, yoqimli edi, ammo "Katta shahzoda" asarida falsafiy gap va voqealarning ko‘pligi bois yosh bolalar tushunmasligi, zerikib qolishi mumkin.
#mutolaa2025

👍37🔥14⚡2❤1❤🔥1
Men tartib-intizomga odatlangan, vaqtga e’tiborli kishiman. Bu narsaga odatlanishimda hech qanday mashaqqat sezmaganman. Chunki kichkinaligimdan shunga o‘rgatishgan: uyqu vaqti, ovqat vaqti qat’iy edi. Kattaroq bo‘lishim bilan yana boshqa odatlar ham qo‘shib borilgan. Shu shaklda tartib-intizomga o‘rganganman.
Otam o‘ta tartib-intizomli kishi edilar. Badantarbiya, tish yuvish kabi amallarni qishin-yozin kanda qilmas edilar. Uyda ishlaganlari sababli ish vaqti, dam olish vaqti, ovqat vaqtlari ham qat’iy edi. Onam bu narsalarning doim rioyasini qilganlar. Ovqat vaqtida tayyor bo‘lishiga daqiqalarda ham xato qilmas edilar.
Bunday tartib-intizom odatlanmagan kishi uchun robotlardek yashash kabi ko‘rinishi mumkin, lekin men bundan sira aziyat chekmaganman. Yillar davomida hammasi refleksga aylanib ketgan. Tartib-intizom menga yoqadi, yaqinlarimdan ham shuni istayman va bolalarni ham tartib-intizomga odatlantirish kerak deb hisoblayman.
Siz tartib-intizomni yo‘lga qo‘yishda nimalarga qiynalgansiz yoki qiynalasiz?
#Hayotiy

👍58❤🔥9❤8🔥8⚡3
"Kundalik odoblar" qirg'iz tiliga tarjima qilindi va Qirg'izistonda nashr qilinadi, inshaalloh!
#Ijod
@GiyosiddinYusuf
#Ijod
@GiyosiddinYusuf
❤🔥33👍28❤20🔥7🎉4
Farzandlarimizga ingliz tilini o‘rgataylik!
Bugungi dunyoda ingliz tilini bilish nafaqat qo‘shimcha ko‘nikma, balki muhim ehtiyojga aylangan. Farzandlarimiz bu tilni o‘rgansa, oldilarida katta imkoniyatlar ochiladi:
📚 Ko‘proq bilim olishadi.
Ingliz tilida yozilgan kitoblar nihoyatda ko‘p. Afsuski, bizda bolalar uchun kitoblar yetarli emas. Agar farzandlarimiz ingliz tilini bilsa, ular juda ko'p mavzudagi kitoblarni asl holida o‘qiy olishadi. Xususan, diniy, tarbiyaviy, axloqiy kitoblarni ham.
🎓 Dunyo ilmini o‘rganishadi. Ko‘plab ilmiy maqolalar, darsliklar va o‘quv materiallari aynan ingliz tilida yoziladi. Bu tilni bilgan bola zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan bevosita xabardor bo‘ladi.
🌏 Kengroq dunyoqarashga ega bo‘lishadi. Ingliz tili orqali turli xalqlar madaniyati bilan tanishish, xorijlik tengdoshlari bilan muloqot qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu esa ularning dunyoqarashini kengaytiradi va fikrlash doirasini oshiradi.
💼 Kelajakda yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lishadi. Ingliz tilini bilgan yoshlar xorijda o‘qish, xalqaro kompaniyalarda ishlash yoki dunyoga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bolalarimizga ingliz tilini o'rgatishning yana qanday foydalari bor deb o'ylaysiz?

👍31❤9🔥7💯6🎉4
HUSAYNXON QORI AKANING O‘GITLARI
2015-yillarda Husaynxon qori akamizning uylariga borib turardim. Shunday kunlarning birida ustoz bilan qo‘ng‘iroqlashdik. "Qachon kela olasiz?" — dedilar. Haybatlari bosdimi, yoshlik qildimmi, "Hozir", — deb javob berdim.
Bu mening katta xatom edi. Turgan joyimdan qori akamizning uylarigacha bo‘lgan masofani hisobga olib, qancha vaqt ketishini mo‘ljallab, shuni aytishim kerak edi. Qori akam: "Xo‘p, kelavering", — dedilar.
Men Chilonzorda edim. Ko‘chaga chiqib taksi yoki avtobusda metrogacha bordim. So‘ng Hasanboyga eng yaqin metroda tushdim. Chiqib, taksi to‘xtatdim. Taksi qori akamning mahallarining boshida qoldirdi. Piyoda kirib, bir eshik oldiga borib, ustozga qo‘ng‘iroq qilib, kelganimni aytdim. Ichkaridan kamera orqali ko‘rib turar ekanlar, "Eshik oldida yo‘qsiz-ku?" — dedilar.
Shu tariqa mahallani kezib, uylarini topdim. Kirib borganimda qori akam biroz diqqat bo‘lib qolgan ekanlar. Men "hozir" deb bir soatdan oshiqda bordim, qori akam menga ajratgan vaqtlari tugab, bir joyga ketishga tayyorlanib turgan ekanlar. Meni o‘zlari bilan olvoldilar. Mashinaga chiqqanimizda biroz nasihat qildilar.
Shulardan eng zaruri "Kishi yetti xonali sonlarni bittada eslab qolishi kerak! Birov telefon raqam aytsa, qayta so‘rashga hojat qolmasin. Nega oldin kelgan joyingizni eslab qolmadingiz?!" deganlari edi.
Xatomni tushundim, bu menga bir umrlik saboq bo‘ldi. Garchi ustozning o‘gitlari faqat telefon raqamni eslab qolish haqida bo‘lmasa-da, o‘sha kundan buyon telefon raqamlarni bir marta eshitganimdan eslab qolaman, alhamdulillah.

⚡80👍58❤19❤🔥14🔥12🎉2🕊2