Men ayni kunlarda o'qiyotgan kitob!
Har bir kitobim nashr qilinguncha va nashr qilingandan keyin qayta-qayta o'qiyman. Bu kitobim hali nashr qilinmadi. Bu nashrdan oldingi o'qishim.
Kitob 192 betdan iborat. Farzand tarbiyasiga doir qisqa tavsiyalardan iborat — "Tarbiya-chi?" uslubida.
Unda 4 ta bo'lim bor:
— tavsiyalar;
— ulug'lardan tarbiyaga doir saboqlar;
— tarjimalar;
— savol-javoblar.
Uchinchi bo'limni o'qiyapman. Kitob nashr qilinsa, siz ham o'qiysizmi?
#Ijod
@GiyosiddinYusuf

O'smirlarga munosabat.pdf
131.2 KB
O'smir farzandlar bilan munosabatlarni qayta tiklash bo'yicha tavsiyalar!
Bemalol ulashishingiz, chop qilib o'qishingiz mumkin.
#tarbiya
@GiyosiddinYusuf
Bemalol ulashishingiz, chop qilib o'qishingiz mumkin.
#tarbiya
@GiyosiddinYusuf
“Katta shahzoda”
Mikoil Adiguzelning “Katta shahzoda” asari Anton de Sent-Ekzyuperining mashhur “Kichik shahzoda” asariga o‘ziga xos davom sifatida yozilgan. Ushbu kitobda kichik shahzodaning ulg‘ayib, kattalar olamiga qadam qo‘yishi va o‘zgarib qolishi, odamlarni tanish, so‘ngra o‘zini tanish yo‘lidagi harakatlari tasvirlangan.
Muallif asar "Kichkina shahzoda"ning davomi bo‘lishiga qattiq harakat qilgan va maqsadiga bir miqdorda erishgan. Xususan, u bolalar samimiy, sodda, bug‘ubor bo‘lib, ulg‘ayganda o‘zgarib qolishi, katta odam bo‘ldim deb ko‘p narsalar uchun o‘ziga cheklov qo‘yishi, so‘ngra yana biroz ulg‘ayganda yana yosh bolaga o‘xshab qolishini ko‘rsatib bermoqchi bo‘ladi.
"Kichkina shahzoda" katta-yu kichik barchaga birdek qiziqarli, tushunarli, yoqimli edi, ammo "Katta shahzoda" asarida falsafiy gap va voqealarning ko‘pligi bois yosh bolalar tushunmasligi, zerikib qolishi mumkin.
#mutolaa2025
Kirill | Lotin

Men tartib-intizomga odatlangan, vaqtga e’tiborli kishiman. Bu narsaga odatlanishimda hech qanday mashaqqat sezmaganman. Chunki kichkinaligimdan shunga o‘rgatishgan: uyqu vaqti, ovqat vaqti qat’iy edi. Kattaroq bo‘lishim bilan yana boshqa odatlar ham qo‘shib borilgan. Shu shaklda tartib-intizomga o‘rganganman.
Otam o‘ta tartib-intizomli kishi edilar. Badantarbiya, tish yuvish kabi amallarni qishin-yozin kanda qilmas edilar. Uyda ishlaganlari sababli ish vaqti, dam olish vaqti, ovqat vaqtlari ham qat’iy edi. Onam bu narsalarning doim rioyasini qilganlar. Ovqat vaqtida tayyor bo‘lishiga daqiqalarda ham xato qilmas edilar.
Bunday tartib-intizom odatlanmagan kishi uchun robotlardek yashash kabi ko‘rinishi mumkin, lekin men bundan sira aziyat chekmaganman. Yillar davomida hammasi refleksga aylanib ketgan. Tartib-intizom menga yoqadi, yaqinlarimdan ham shuni istayman va bolalarni ham tartib-intizomga odatlantirish kerak deb hisoblayman.
Siz tartib-intizomni yo‘lga qo‘yishda nimalarga qiynalgansiz yoki qiynalasiz?
#Hayotiy

"Kundalik odoblar" qirg'iz tiliga tarjima qilindi va Qirg'izistonda nashr qilinadi, inshaalloh!
#Ijod
@GiyosiddinYusuf
#Ijod
@GiyosiddinYusuf
Farzandlarimizga ingliz tilini o‘rgataylik!
Bugungi dunyoda ingliz tilini bilish nafaqat qo‘shimcha ko‘nikma, balki muhim ehtiyojga aylangan. Farzandlarimiz bu tilni o‘rgansa, oldilarida katta imkoniyatlar ochiladi:
📚 Ko‘proq bilim olishadi.
Ingliz tilida yozilgan kitoblar nihoyatda ko‘p. Afsuski, bizda bolalar uchun kitoblar yetarli emas. Agar farzandlarimiz ingliz tilini bilsa, ular juda ko'p mavzudagi kitoblarni asl holida o‘qiy olishadi. Xususan, diniy, tarbiyaviy, axloqiy kitoblarni ham.
🎓 Dunyo ilmini o‘rganishadi. Ko‘plab ilmiy maqolalar, darsliklar va o‘quv materiallari aynan ingliz tilida yoziladi. Bu tilni bilgan bola zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan bevosita xabardor bo‘ladi.
🌏 Kengroq dunyoqarashga ega bo‘lishadi. Ingliz tili orqali turli xalqlar madaniyati bilan tanishish, xorijlik tengdoshlari bilan muloqot qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bu esa ularning dunyoqarashini kengaytiradi va fikrlash doirasini oshiradi.
💼 Kelajakda yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lishadi. Ingliz tilini bilgan yoshlar xorijda o‘qish, xalqaro kompaniyalarda ishlash yoki dunyoga chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bolalarimizga ingliz tilini o'rgatishning yana qanday foydalari bor deb o'ylaysiz?

HUSAYNXON QORI AKANING O‘GITLARI
2015-yillarda Husaynxon qori akamizning uylariga borib turardim. Shunday kunlarning birida ustoz bilan qo‘ng‘iroqlashdik. "Qachon kela olasiz?" — dedilar. Haybatlari bosdimi, yoshlik qildimmi, "Hozir", — deb javob berdim.
Bu mening katta xatom edi. Turgan joyimdan qori akamizning uylarigacha bo‘lgan masofani hisobga olib, qancha vaqt ketishini mo‘ljallab, shuni aytishim kerak edi. Qori akam: "Xo‘p, kelavering", — dedilar.
Men Chilonzorda edim. Ko‘chaga chiqib taksi yoki avtobusda metrogacha bordim. So‘ng Hasanboyga eng yaqin metroda tushdim. Chiqib, taksi to‘xtatdim. Taksi qori akamning mahallarining boshida qoldirdi. Piyoda kirib, bir eshik oldiga borib, ustozga qo‘ng‘iroq qilib, kelganimni aytdim. Ichkaridan kamera orqali ko‘rib turar ekanlar, "Eshik oldida yo‘qsiz-ku?" — dedilar.
Shu tariqa mahallani kezib, uylarini topdim. Kirib borganimda qori akam biroz diqqat bo‘lib qolgan ekanlar. Men "hozir" deb bir soatdan oshiqda bordim, qori akam menga ajratgan vaqtlari tugab, bir joyga ketishga tayyorlanib turgan ekanlar. Meni o‘zlari bilan olvoldilar. Mashinaga chiqqanimizda biroz nasihat qildilar.
Shulardan eng zaruri "Kishi yetti xonali sonlarni bittada eslab qolishi kerak! Birov telefon raqam aytsa, qayta so‘rashga hojat qolmasin. Nega oldin kelgan joyingizni eslab qolmadingiz?!" deganlari edi.
Xatomni tushundim, bu menga bir umrlik saboq bo‘ldi. Garchi ustozning o‘gitlari faqat telefon raqamni eslab qolish haqida bo‘lmasa-da, o‘sha kundan buyon telefon raqamlarni bir marta eshitganimdan eslab qolaman, alhamdulillah.

Farzandingizni mustaqillikka o‘rgating
Bolalar kichikligidanoq o‘z vazifalarini bajarishga odatlansa, ulg‘aygach, mas’uliyatli bo‘lishadi. Ularni mustaqillikka o'rgatish uchun maxsus chek-list tuzing. Unda farzandingizning ertalabki, kunduzgi va kechki vazifalari yozilgan bo‘lsin.
✅ Bola har safar topshiriqni bajarganida ro‘yxatdagi tegishli joyga yulduzcha yoki sevimli qahramonining stikeri yopishtiriladi. Agar bir hafta davomida belgilangan miqdordagi nakleyka to‘plansa, kichik mukofot beriladi.
Kundalik vazifalar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
🔹 yotoqni yig‘ishtirish;
🔹 tishlarni yuvish;
🔹 sochni tarash;
🔹 o‘z vaqtida uxlash;
🔹 sabzavot yeyish;
🔹 o‘yinchoqlarni yig‘ish.
Bu oddiy usul bolada foydali odatlarni shakllantiradi va uni mustaqil bo‘lishga o‘rgatadi. Eng muhimi, jarayon qiziqarli kechsa, bola mas’uliyatni zavq bilan o‘z zimmasiga oladi!
#tarbiya
@GiyosiddinYusuf
Bolalar kichikligidanoq o‘z vazifalarini bajarishga odatlansa, ulg‘aygach, mas’uliyatli bo‘lishadi. Ularni mustaqillikka o'rgatish uchun maxsus chek-list tuzing. Unda farzandingizning ertalabki, kunduzgi va kechki vazifalari yozilgan bo‘lsin.
Kundalik vazifalar quyidagicha bo‘lishi mumkin:
Bu oddiy usul bolada foydali odatlarni shakllantiradi va uni mustaqil bo‘lishga o‘rgatadi. Eng muhimi, jarayon qiziqarli kechsa, bola mas’uliyatni zavq bilan o‘z zimmasiga oladi!
#tarbiya
@GiyosiddinYusuf
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ANSORLARDAN BO‘LGAN YIGIT
Sanjarbek Sayfulloh bilan 2020-yilda — pandemiya davrida yaqindan tanishganmiz. O‘shanda u kishi menga "100 hadis" nomli tarjima kitoblarining tahririni bergan edi.
Shunda mening aybim bilan oramizda biroz tushunmovchilik bo‘lgan va kamiga o‘zim Sanjarni aybdor deb koyiganman. U kishi og‘ir-bosiqlik bilan vaziyatni tushuntirib, muloyim muomala qilgan — shu xulqiga havas qilaman.
Shundan so‘ng do‘stlashib qolganmiz. Besh yil ichida ehhe qancha xotiralar bo‘lmadi deysiz! Hammasidan ham Sanjarning o‘zgani o‘zidan muqaddam qo‘ya olishi, yordamparvarligi, fidoyi ekani va, albatta, kamtarligi alohida e’tirof etishga loyiq.
Tijoriy biror ish qilsak ham "Aka, avval sizga foyda chiqaramiz, ortsa, bizga bo‘laveradi", — deydi. O‘qishim sababli uch yildan beri qishda va yozda Qirg‘izistonga borganimda hamma ishini qo‘yib meni olib yuradi, mehmon qiladi, darslarimga yordam beradi va hokazo. Shuning uchun ham Sanjarning bu sifati menga ansoriylarni eslatadi.
Postdan maqsadim yoshlarga o‘rnak shaxslar va xulqlarni ko‘rsatish. O‘zim havas qilgan Sanjarbekning ba’zi xulqlarini yozib, bugungi kunimizda ham shunday insonlar bor deb shukrona qilmoqdir.
#Shaxsiyat

"Onam sakkiz marta aldagandan keyin yolg‘on gapirishini bilib qoldim", — deydi hikoya qahramoni. Onasining sakkizinchi yolg‘oni vafotidan oldin "Og‘rimayapti" deb aytgan gapi edi...
Bu kitobda kishini ezgulikka undovchi, ibratli, tarbiyaviy hikoyalar keltirilgan ekan. Kitobning eng ta’sirli hikoyasi "Onalar doim aldaydi" hikoyasi ekan.
Yana kitob boshidagi gap ham qattiq ta’sir qildi: "Onamga bag‘ishlanadi... Onam xudbinlikni yoqtirmaydi, ayniqsa, butun boshli kitobni ulargagina bag‘ishlab qo‘yishimni... Onamga va dunyodagi barcha onalarga bag‘ishlanadi!"
Kitobni @Taskinkitob dan so‘rash mumkin.

1. «Kundalik odoblar»
2. «Bolamni yaxshi koʻraman»
3. «Mahbub Paygʻambar»
4. «Asal oyi emas, asal hayot»
5. «Men ham kitob oʻqiyman»
6. «Moʻminlarning onalari haqida savol-javoblar»
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Tan olish kerakki, hamma kitob ham yaxshilikni o‘rgatavermaydi, yomonlikni ko‘zlab chiqarilgan kitoblar, behuda narsalar bilan chalg‘ituvchi yoki fahshga targ‘ib qiluvchi, to‘g‘ri e’tiqoddan adishishga sabab bo‘luvchi kitoblar ham bor. Lekin bunday kitoblar kam, albatta – guruch kurmaksiz bo‘lmaydi. Lekin telefon va kompyuterdagi o‘yinlarga nazar tashlasak, behuda, fahsh aralashgan, ur-o‘ldirni o‘rgatadigan o‘yinlar juda ko‘p. Shuning uchun bolalarimizga tarbiyaviy, foydali, ilm o‘rgatadigan o‘yinlar ko‘payguncha ular o‘ynaydigan o‘yinlarni nazorat qilishimiz, ko‘proq kitob o‘qishga targ‘ib qilishimiz yanada dolzarbdir.
Ps: Yaqinda inglizcha kitoblar haqida yozganimda ishonchli kitoblar so'rashdi. Tavsiya qilaymi? — 🔥
#tarbiya #kitob
@GiyosiddinYusuf
Ps: Yaqinda inglizcha kitoblar haqida yozganimda ishonchli kitoblar so'rashdi. Tavsiya qilaymi? — 🔥
#tarbiya #kitob
@GiyosiddinYusuf
Bolalar uchun har xil mavzularda ingliz tilidagi ishonchli kitoblarni Booknook kanalidan topishingiz mumkin.
Agar kichik yoshli farzandingizga ingliz tilini o'rgatmoqchi bo'lsangiz, unda quyidagi kursni tavsiya qilaman!
READ WITH MOM – bolalarga 4 yoshdan ingliz tilida intensiv o'qishni o'rgatish kursi!
📢 Aprel oyidan start! Farzandingizni ingliz tilida o‘qishga o‘rgatmoqchimisiz? Bor-yo‘g‘i kuniga 10-15 daqiqa ajratsangiz kifoya!
✅ Kimlar uchun?
🔹 4-8 yoshli bolalar
🔹 9-10 yoshli, hali o‘qishni bilmaydigan bolalar
🔹 Farzandiga samarali o‘qitishni o‘rgatmoqchi bo‘lgan ota-onalar
📚 Kurs davomiyligi: 2 oy
👩🏫 O‘qituvchi: 12 yillik tajribaga ega xalqaro ingliz tili o‘qituvchisi, AMI Montessori 3-6 yosh talabasi Mahliyo Toshtemirova
📍 Batafsil: @readwithmom2months
📍 Natijalarni esa shu yerda o'qishingiz mumkin
📍 Kanalga ulanish uchun ⤵️
@englishmontessori_withmykids

Bolalar haqida qiziqarli ma'lumotlar
👶 Pichir-pichir tili
Kichik yoshdagi bolalar uchun yig‘lash – muloqot usuli. Agar chaqaloq yig‘lasa, unga javob berib, quchoqlab, tinchlantirsangiz, u o‘zini xavfsiz va ishonchli his qiladi.
🧒👧 O‘g‘il va qizning ehtiyojlari bir xil
Bolalar – qiz yoki o‘g‘il bo‘lishidan qat’i nazar – bir xil jismoniy, aqliy va hissiy ehtiyojlarga ega. Ularning hammasi mehr, e’tibor va qo‘llab-quvvatlashga muhtoj.
🎓 Muhit va o‘rganish tezligi
Farzandlar eng yaxshi sharoitda – o‘zlarini sevib, qadrlab, himoya qilinayotganini his qilganlarida o‘rganishadi. Oila muhiti, o‘yin va muloqot ularning rivojlanishida katta rol o‘ynaydi.
💪 Kelajakdagi muvaffaqiyatning siri
O‘zini sevib o‘sgan bola o‘ziga ishonchi baland, qiyinchiliklarga bardoshli va mustaqil bo‘ladi. Dunyoni quvonch va ishonch bilan kashf qilishi uchun unga mehr va qo‘llab-quvvatlashni ayamang!
#tarjima #tarbiya

Ikki yoshli bolalar
Bir kuni ertalab uyg‘onasiz va farzandingiz xuddi kecha tun bo‘yi lug‘at o‘rganib chiqqandek gapira boshlaganini sezib qolasiz. U asta-sekin yangi so‘zlarni qo‘shib, ikki so‘zdan iborat jumlalar tuza boshlaydi. Tez orada esa u boshqalar bilan muloqot qilishda sizning “tarjimonligingiz”ga ehtiyoj sezmaydi. Ammo shu bilan birga, uning oldingi “teliing” kabi yoqimli so‘zlarini eslab, ularni sog‘inishingiz ham mumkin.
Savollar, savollar va yana savollar…
“Bu nima?”, “Nega?” kabi savollar ikki yoshli bolaning eng sevimli iboralaridan biri bo‘lib qoladi. U atrofdagi har bir narsani tushunishni xohlaydi va sizga tinimsiz savollar yog‘diradi. Ba’zan ularga javob berish juda oson – masalan, u hayvonot bog‘ida jirafani ko‘rganida. Lekin ba’zida esa savol murakkabroq bo‘lishi mumkin, masalan: “Nega oy osmondan tushmaydi?”
Boshqalar bilan o‘ynash hali oson emas
Ikki yoshli bolalar uchun o‘yinlar ham o‘ziga xos tarzda kechadi. Siz mehmon bolalar bilan do‘stona o‘yinlarni kutayotgan bo‘lishingiz mumkin, ammo kichkintoyingiz o‘zining sevimli poyezdi yoki yumshoq o‘yinchog‘idan ko‘proq qiziqish bildirishi ehtimoldan holi emas. Bu yoshda bolalar ko‘proq “parallel o‘yin” bilan shug‘ullanishadi – ya’ni har biri o‘z o‘yinchoqlari bilan band bo‘ladi va bir-birini deyarli payqamaydi. Ammo bu mutlaqo normal holat, chunki hozircha ular shunchaki dunyoni o‘z uslublarida o‘rganishmoqda.
Ikki yosh bolalar uchun qizg‘in va sermazmun davr. Ular yangi so‘zlarni o‘rganib, savollar bilan to‘lib-toshadi, dunyoni o‘zlari uchun kashf etishda davom etishadi. Sizning vazifangiz – ularga bu jarayonda sabr bilan hamrohlik qilish.
#parvarish

KITOBNI QANDAY YOZAMAN?
1. Gʻoya — kitob o‘qish, atrofni kuzatish va kishilardan beriladigan savollardan kelib chiqib qandaydir kitob yozish g‘oyasi tug‘iladi.
2. O‘rganish — so‘ng shu mavzuni o‘rganish uchun turli manbalarga murojaat qilaman. Bular asosan kitob va internet ma’lumotlari bo‘ladi. Kitoblardan asosan o‘zbek tilidagi kitoblarni o‘qiyman, zarur bo‘lsa, arab, ingliz, turk va rus tilidagi manbalardan ham foydalanaman.
3. Yozish — menga yozish uchun tinchlik, xotirjamlik kerak. Ya’ni miyamda turli xil o‘y-tashvishlar bo‘lgan, qaysidir ishni qilish zarur bo‘lib turgan bo‘lsa, yoza olmayman. Shuningdek, kimdir qarab turganda ham yoza olmayman. Umuman olganda, yozish haqida gap ko‘p, sizga qiziq bo‘lsa, bu haqida alohida yozaman, inshaalloh.
4. Tashlab qo‘yish — odatda ko‘p kitoblarni oxirigacha yozib bo‘lmay to‘xtab qolaman yoki deyarli tayyor holga keltirganda olib qo‘yib, boshqa ish bilan band bo‘laman. Shu holda kitob oylab, ba’zan yillab qolib ketadi. Hozir ham o‘nga yaqin yangi kitoblarim tugatilmagan holda turibdi.
5. Mutaxassis maslahati — zarur bo'lsa, kitob ko'rsatilib, mavzu bo'yicha mutaxassis maslahati olinadi. Ba'zan ustozlar, hamkasblardan ham tavsiyalar olishga harakat qilaman.
6. Tugatish — ba’zi kitoblarni 2-3 marta tashlab qo‘yganimdan so‘ng tugataman, ba’zilarini esa ikkinchi marta ko‘rganimda. Qayta ko‘ra boshlaganimda boshidan o‘qib to‘ldirish va qo‘shimchalar, tuzatishlar qilib boraman va oxirida tugataman.
7. Qayta o‘qib chiqish — so‘ng yana bir bora o‘qib chiqaman. Agar ishimdan qoniqsam, kitob nihoyasiga yetadi. Ya’ni mening qo‘limdan chiqadi, undan keyin nashrga tayyorlash ishlari boshlanadi. Bu alohida jarayon, bu haqida ham alohida yozaman, inshaalloh.
Shu tariqa o‘ndan oshiq kitoblar yozish nasib qildi, alhamdulillah. Ularning ba’zilari oylab, yillab vaqt talab qiladi. Eng uzog‘i 9 yilda yozilgan.
#ijod

Alloh taolo tutgan ro‘zalarimizni, qilgan ibodatlarimizni, ezgu amallarimizni qabul aylasin!
Bilib-bilmay qilgan gunohlarimiz, yo‘l qo‘ygan xatolarimizni mag‘firat qilsin.
Barchamizni ramazonni munosib o‘tkazadigan va yil davomida ham ushbu shijoat, ibodatda sobit turadigan bandalardan qilsin!
Ramazon hayiti muborak bo‘lsin!

Asosiysi, iqtidorni kashf etish
Oilalarning asosiy burchi farzandlarining iqtidorini kashf etish, ularning bolalik davrida yashashiga imkon berish, ularning axloqiy va aqliy rivojlanishiga rahbarlik qilishdir.
Bola tarbiyasining asosiy maqsadi bolani individual xususiyatlariga ko‘ra tarbiyalash va uning o‘ziga o‘xshashligini ta’minlashdir.
Maqsad bolalarning bolaligini o‘g‘irlash emas, balki ruhi erkin va muayyan qoidalar doirasida o‘zini bemalol ko‘rsata oladigan bolalarni yetishtirishdir.
📚Gʻiyosiddin Yusufning «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos
Kitobni xarid qilish
Yanada ko'proq iqtiboslar

SOTUVCHI VA MIJOZLARGA
Reklamada balandparvoz gaplardan tiyilib, aniq ma’lumotlar bilan mijozning ishonchini qozonishga harakat qilish kerak. Masalan, "Ko‘p yillik tajribaga ega shifokor" deb emas, "O‘n yillik tajribaga ega shifokor" deyish kerak.
Diqqat! Reklamada aniqlik o‘rniga balandparvoz gap ishlatilayotgan bo‘lsa, sizni aldashga urinayotgan bo‘lishlari mumkin. Chunki yuqoridagi misolda aslida shifokorning tajribasi oz bo‘lib, uni ochiq aytish bilan mijoz jalb qila olmasliklaridan xavotir olib, "Ko‘p yillik tajribaga ega" deb qo‘yishadi. "2-3 yil ham ko‘p yil-ku" deb vijdonlarining oldida o‘zlarini oqlashga harakat qilishadi.