Mutolaa | mart
1. G'iyosiddin Yusuf. "Bolamni yaxshi ko'raman".
2. G'iyosiddin Yusuf. "Go'zal xulqlar".
3. G'iyosiddin Yusuf. "Sevdirib tarbiyalang.
4. Mikoil Adiguzel. “Katta shahzoda”.
5. "Onalar ham aldaydi".
Siz qaysi kitoblarni o'qidingiz?
@GiyosiddinYusuf

SUHBAT HAM SADAQA
Hayit kuni ertalab taksiga chiqdim. Haydovchi yoshi katta amaki ekan, salom berib, telefonim bilan band bo‘laverdim: tabriklarga javob yozayotgan edim. Amaki kinoyali qilib alik olgach:
— Telefon o‘lsin! — dedi.
Bu men uchun yaxshi dakki bo‘ldi, xijolat bo‘lib tabriklarga javob berayotganimni aytdim va telefonni olib qo‘ydim.
Shu bilan suhbat boshlandi. Ancha gaplashganimizdan keyin amaki yayrab ketayotganini zohir qilib:
— Sizlar bizga o‘zlaringiz bilmagan holda katta kuch berasizlar. Mana, men hozir sen bilan gaplashib energiya olyapman. Berayotgan pullaringiz uchun chiqmayman, zerikaman, bomdoddan keyin peshingacha ishga chiqib, mijozlar bilan suhbatlashaman, — dedi.
Bundan juda xursand bo‘ldim. Bir ko‘ngilga shodlik kiritmoq gulga suv quymoqdan ham muhimroqdir!
Suhbat bilan ham kimgadir yaxshilik qilish mumkin ekan, suhbat ham sadaqadir!
Sadaqaning afzali yaqinlarga qilinganidir. Siz bugun yaqinlaringiz bilan suhbat qildingizmi? Ayniqsa, uydagi yoshi kattalar, jufti halol va farzandlarni unutmaylik.
#Hayotiy

Bolalarning ko‘nglini olishning oddiy, lekin muhim yo‘li
Bolalar bilan samimiy muloqot qiling. Ularni tinglash, fikrlariga qiziqish bildirish va his-tuyg‘ularini e’tiborsiz qoldirmaslik – bolaning ko'nglini olishning eng yaxshi yo‘li.
Ko‘pincha kattalar bolalarga nasihat qilish yoki yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish bilan cheklanadi, lekin bolalar uchun eng muhim narsa – ularni tushunish va ularga mehr bilan quloq solishdir.
Uning gaplarini jiddiy qabul qiling, fikrlariga hurmat bilan yondashing. Shunda bola sizga yanada ishonchli va yaqin bo‘ladi.
Bola bilan suhbatlashayotganda uning ko‘ziga qarang, e’tiboringizni butunlay unga qarating. Telefonga yoki boshqa narsalarga chalg‘imasdan, bir diqqatingiz bilan tinglang. Bu unga muhim va qadrlanganligini his qildiradi.
Suhbatni kengroq davom ettirish uchun “Ha” yoki “Yo‘q” bilan cheklanmaydigan savollar bering. Masalan, “Bugun qanday qiziq narsalar bo‘ldi?” yoki “Bu haqda qanday fikrdasan?” kabi savollar bolani o‘z fikrlarini batafsil ifodalashga undaydi.
Shuningdek, bola bergan savollarga ham e’tibor bilan, sabr bilan javob bering. Chunki uning dunyoni o‘rganishi va sizga bo‘lgan ishonchi aynan shu kichik, lekin muhim lahzalarda shakllanadi.
#tarbiya

Nega 2-aprel xalqaro bolalar kitoblari kuni?
Chunki bu kunda dunyoga mashhur bolalar yozuvchisi Hans Kristian Andersen tavallud topgan. Bu kun 1967-yildan boshlab Xalqaro Yoshlar Kitoblari Kengashi (IBBY) tomonidan tashkil etilib, bolalar adabiyotini rivojlantirish, o‘qishga muhabbat uyg‘otish va kitoblar orqali yosh avlodni tarbiyalash maqsadida o‘tkaziladi.
Mening bolalar uchun kitoblarim:
• Kundalik odoblar
• Muzqaymoq
• Arab alifbosi
• Ko'zlar quvonchi
• Odobingiz — obro'yingiz (2)
• Ota-onamni yaxshi ko'raman
• Go'zal xulqlar
Sizda bu kitoblardan qaysilari bor?
#Kitob

NEGA AYNAN BOLALAR UCHUN KITOBLAR?
Hozirgi kunda o‘ndan oshiq kitoblarim nashr qilingan bo‘lib, ularning yarmidan ko‘pi bolalar uchun bo‘lgan kitoblar va bundan keyin ham aynan shu yo‘nalishda ko‘proq ijod qilmoqchiman. Ba’zidan "Nega aynan bolalar uchun kitoblar yozasiz?" deb so‘rashadi. Quyida shu haqida to‘xtalmoqchiman.
1. Bolalar uchun tarbiyaviy, qo‘rqmay ishonib topshirishimiz mumkin bo‘lgan kitoblar juda kam. Shuning uchun bu bo‘shliqni biroz bo‘lsa ham to‘ldirish uchun shu yo‘nalishni tanlaganman.
2. Kattalar uchun kitob yozish mas’uliyati og‘ir, bolalar kitoblari juda ko‘p ilm talab qilmaydi har holda. Imkoniyatdan kelib chiqib shu yo‘nalishni tanlaganman.
3. Bugun odob-axloq, tarbiyaviy kitoblarni o‘qigan bolalar 20-30 yildan keyin jamiyatimizga turli sohalarda xizmat qiluvchi shaxslar bo‘lib yetishadi, inshaalloh. O‘shanda katta islohotlar bo‘lishini umid qilgan holda bu yo‘nalishni tanlaganman.
4. Shu mavzuda kitob yozish qobiliyatimiz, imkoniyatimiz boshqa mavzularga nisbatan yaxshiroq shakllandi, alhamdulillah. Yozgan kitoblarimni bolajonlar juda yaxshi qabul qilib kelmoqda. Bolalar uchun tushunarli, sodda tilda, asosiysi, yaxshilikka chaqiruvchi, dinimiz ta’limotlariga muvofiq bo‘lgan ko‘rsatmalarni bolalar tilida yozish ilhomi berildi. Shuning uchun vaqtimni tijorat yoki boshqa sohaga sarflasam, gavharni qo‘yib tezakni olgandek — Alloh bergan qobiliyatni zoye qilgandek his qilganim uchun shu yo‘nalishni tanlaganman.
#Kitob
Kirill | Lotin

BOLA VA PUL
Bola va pul mavzusida kitob yozyapman. Ya’ni bolalarga dastlabki moliyaviy savodxonlik, pul bilan to‘g‘ri muomala qilish haqidagi kitob.
Avvalo o‘zim mavzuga doir manbalar bilan tanishib chiqdim, yana davom etaman. Kitobni tugatganimda soha mutaxassisiga ilmiy tahrir qildiramiz, inshaalloh.
Kitob bolalar tushunadigan sodda tilda, rasmlari bilan, rangli, har bir mavzuga mos hikoyalari va savol hamda topshiriqlari bo‘ladi.
Ba’zi mavzular:
• Pul nima uchun kerak?
• Hamma narsa pul bilan o‘lchanadimi?
• Pulning turlari
• Ish haqi va daromad manbalari
• Pulni tejash
• Kirim-chiqimlar
• Investitsiya
• Boylik, saxiylik, baxillik
• Halol yo‘l bilan pul topish
• Qarz haqida
Bu kitob "Bola va ..." turkum kitoblarimizning birinchisi, ikkinchi va uchinchi kitoblarni ham yozib, uchalasini kuz faslida nashr qildirish niyatidaman.
#Ijod

Farzandingiz o‘zini qadrli his qilishi uchun qilishingiz mumkin bo‘lgan 30 amal
1. Diqqat bilan tinglang, gapini bo‘lmang.
2. Uning fikriga hurmat bilan munosabatda bo‘ling.
3. Har kuni uni quchoqlang, mehr ko‘rsating.
4. Ko‘ziga qarab suhbatlashing.
5. Yolg‘iz qolganida yonida bo‘ling.
6. Yordam so‘rasa, rad etmay, imkon qadar ko‘mak bering.
7. Uning sa’y-harakatlarini qadrlang.
8. Orzu-niyatlari uchun uni kamsitmang.
9. “Men seni yaxshi ko‘raman” degan so‘zni aytishdan tortinmang.
10. Unga ishonayotganingizni ayting.
11. Uning uchun alohida vaqt ajrating.
12. U qiziqadigan mavzularda suhbatlashing.
13. Har kuni kamida bir bor uni maqtang.
14. Rostgo'yligi uchun uni mukofotlang.
15. Darsidan tashqari qiziqishlarini ham e’tiborsiz qoldirmang.
16. Yangi narsalarni o‘rganishga qiziqtiring.
17. Qilolmagan ishi uchun koyimang, sabr bilan o‘rgating.
18. Uni boshqalar bilan qiyoslamang.
19. “Shunaqa bo‘lishing kerak” degan bosim o‘rniga, o‘rnak bo‘ling.
20. Xatolarini eslatib emas, yechim topishda yonida bo‘ling.
21. Uni sababsiz yaxshi ko'rishingizni his qildiring.
22. Unga vazifa berganingizda ishonch bilan topshiring.
23. Xushchaqchaq va quvnoq bo‘ling — kayfiyat yuqumli.
24. O‘zi haqida gapirib bersa, xursandchilik bilan tinglang.
25. Suhbatingiz faqat va'z-nasihatdan iborat bo'lmasin.
26. U bilan birga o'ynang.
27. Yutuqlari kichik bo‘lsa ham ulkan deb qabul qiling.
28. Ba’zida hech nima demay, faqat quchog‘ingiz bilan tasalli bering.
29. Hammaning oldida emas, yolg'iz gaplashib tushuntiring.
30. U haqida boshqalarga ijobiy so‘zlar ayting — u buni eshitib quvonadi.
#Tarbiya

Forwarded from Ikrom Sharif
"Farog‘at qasri" – Oilasida sakinat, qalbida farog‘at istaganlar uchun!
Endilikda esa siz uydan chiqmasdan, hayotingizni o‘zgartiruvchi bilim va tajribaga ega bo‘lishingiz mumkin!
Darslar Ustoz Ikrom Sharif — oila munosabatlari va farzand tarbiyasi bo‘yicha tajribali mutaxassis, tarbiyachi va "INSIGHT" Psixologiya va trening markazi hamkorligida tashkil etilmoqda.
Kurs oilaviy muammolarni hal qilish, to‘g‘ri tarbiya berish va sog‘lom oila muhitini yaratishga qaratilgan.
Ro‘yxatdan o‘tish va savollar uchun:
Telegram:
@Insayt_admin
@Insayt_sotuv
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
IJODIY JARAYON
Ayni kunlarda kitoblarim:
1. "Go'zal xulqlar" qayta nashr qilindi.
2. "Siz ham bola bo'lganmisiz?" nashrga berilgan (yangi kitob).
3. "Bolamni yaxshi ko'raman" endi qayta nashr qilishga beriladi.
4. "Sevdirib tarbiyalang" nashr qilishga beriladi (yangi kitob).
5. "Bola va pul" kitobi yozilyapti.
6. "Odobingiz — obro'yingiz" 3 dizaynerda (yangi kitob).
7. "Kundalik odoblar"ning qirg'iz tilidagi shakli sahifalovchida.
#ijod

FIRIBGARLAR
Firibgarlik har yerda va har zamonda bo‘lgan. Har bir zamonning o‘ziga xos firibgarlari ham bo‘ladi. Ular katta va kichikni birdek aldashi mumkin. Shuning uchun ular haqida bolalarni ham ogohlantirish zarur deb bildim va bugun "Bola va pul" nomli kitobimda ayni shu mavzuni yozdim.
Bu mavzuda gapiradigan gaplarim yig‘ilib qolgan ekan: soatlab yozdim, o‘tiraverib bellarim toldi. Shunda ham bolalarga kerakli jihatlariga to‘xtalib, batafsil yozmadim. Aslida, bu mavzuda alohida kitob yozish mumkin ekan.
Bugungi mavzuda quyidalar yoritildi:
• firibgarlar kim?
• ularning belgilari;
• firibgarlardan saqlanish uchun nimalar qilish kerak?
• chegirma, aksiya, bonuslar;
• yutuqli o‘yinlar;
• tilanchilikni odat qilib olganlar.
Bularning barchasi bolalar tushunadigan tilda yozildi. Hayotiy misollar va hikoyalar bilan boyitildi. Mavzudan so‘ng o‘nta savol berildi. Kitob holiga keltirilganda mavzuga mos rasmlar ham qo‘shiladi.

2013-yillarga qadar quyosh chiqmasdan internetga kirmas, kompyuter, telefondan foydalanmas edim. Chunki tongning barakasini bu kabi ishlarga sarflashni istamas edim.
O'zim imkon qadar tartib-intizomga amal qiluvchi kishi bo'lsam-da, kamchiliklarim, ixtiyordan tashqari ishlar bisyor bo'lgani uchun to'liq intizomga o'ta olganim yo'q. Lekin oxirgi oylarda bunga qattiq harakat qilyapman. Inshaalloh, buni ham qayta yo'lga qo'yaman.
Siz bu odat haqida nima deysiz? Birgalikda sinab ko'ramizmi?
#Intizom

Ijod, kitoblar haqida soatlab og‘zim tinmay gapirishim mumkin. Shu mavzuda fikr alisha oladigan kishi bo‘lsa, maza qilaman.
Bugun bir necha marta shunday baxt nasib qildi, alhamdulillah. Sizga qaysi mavzuda suhbatlashish yoqadi?
#kun_mulohazasi
@GiyosiddinYusuf
Bugun bir necha marta shunday baxt nasib qildi, alhamdulillah. Sizga qaysi mavzuda suhbatlashish yoqadi?
#kun_mulohazasi
@GiyosiddinYusuf
ILM BOYLIKDAN AFZAL, CHUNKI
Boylik ko‘p hollarda kibrga ketkazishi mumkin, ilm esa tavozeni ziyoda qiladi.
Boylar va ahli ilmlar bilan muloqot qilishda ayrim boylarning xabarlarga, qo‘ng‘iroqlarga javob bermasligiga (javob bera olmaganini tushunaman, lekin qayta aloqaga ham chiqmagan, hatto birga ish qilib turilganda ham) guvoh bo‘lganman. Ahli ilmlarda bunday hol kam uchraydi: yuzlab odamlarga javob berishadi. Xususan, qanchalik band bo‘lishiga qaramay, Mubashshir domla, Alisher Sultonxo‘jayev domla, Sayfulloh Nosir domla, Muqim Mahmud domla, Hasanxon qori aka kabi ahli ilmlar shaxsiyda ham, izohlarda ham oddiy kishilardek muloqot qilib turishadi.
#Ilm

Farzandlar o‘rniga nima qilish mumkin emas?
Xohlash!
Biz yaxshi bilamizki, olma konfetdan foydaliroq, yangi krossovka esa qo‘g‘irchoqdan zarurroq. Shu sababli bolalarga ochiq yoki yashirin tarzda nima xohlashlari kerakligini aytamiz.
Bu esa xuddi quyidagi latifadagi holatga o‘xshaydi:
— O‘g‘lim!
— Labbay, oyi, ovqat yeyishni xohlayapmanmi?
— Yo‘q, o‘g‘lim, sen sovqotding va isinishni xohlayapsan.
Bunday harakatlar nimaga olib keladi?
Shaxsiy “men”ning, o‘z istak va maqsadlarining bostirilishiga. Bola o‘zini irodasiz qurbon deb his qilishga odatlanadi. Agar u “xarakterli” bola bo‘lsa — sizga va butun dunyoga qarshi isyon qiladi.
Nima qilish kerak?
Farzandingizning ehtiyoj va istaklarini o'rganing. Foydali ishlarga odatlantirish kerak bo‘lsa, buni “kerak” vositasida majburlash orqali emas, “bu yaxshi” deb o‘rgatish orqali amalga oshiring.
#tarjima #tarbiya

Ehsonning mukofoti faqat ehsondir!
Mavzumizdan kelib chiqib haqdor oilalarga yordam qilishga chaqiramiz. Ya'ni kimgadir ro'zg'or qilishda, kimgadir ust-bosh olishga yoki bemorlarni davolatishga va hokazo.
Batafsil ma'lumot
Karta raqam: 9860160605493933

O‘g‘lingiz soch o‘stirmoqchimi?
Bolalar va kattalarning qiziqishlari, tushunchalari turli xil bo'ladi, albatta. Ayniqsa, o'smir yoshdagi bolalar kutilmagan narsalarni qilmoqchi bo'ladi. Masalan, o'g'lingiz sochini o'stirmoqchi bo'lib qoladi.
Ha, bu sizga yoqmasligi mumkin. Darhol cheklashga shoshilmang. Avvalo uning shaxsiy qiziqishlarini hurmat qilgan holda me'yorida soch o'stirishiga qarshilik qilmaslik kerak.
Soch-soqol kabi ixtiyoriy narsalarda kishilar me'yorni saqlagan holda o'z qiziqishidan kelib chiqib harakat qila olishi kerak. Ya'ni soqolini butunlay qirib yuborishidan yoki qizlarnikiga o'xshatib soch o'stirishidan qaytarasiz.
Ikkinchidan, sochining ba'zi joyini oldirib, ba'zisini qoldirish yoki bir tomonini boshqa tomonlaridan ko'p o'stirish kabi beo'xshov turmaklarni qilmoqchi bo'lsa, yaxshi gap bilan tushuntirasiz. Masalan, sochining oldini juda o'stirsa, ko'zini to'sib qo'yishi va buning oqibatlari tushuntiriladi.
Uchinchidan, soch turmagi bilan kimlarga o'xshashga harakat qilayotganiga e'tibor qilasiz. Shunga ko'ra tushuntirish ishlari olib borish yoki qo'llab-quvvatlash mumkin.

QIZ TOPISH
Ko'pchilik bo'ydoqlar uylanish uchun qanday qilib qiz topish mumkinligi haqida so'rashadi. Buning uchun yon-atrof, mahalla-ko'y, qo'ni-qo'shni, qarindosh-urug', tanish-bilishlardan surishtirish kerak deyman.
Ba'zida shunda ham topilmaydi. Hatto biz ham bir yaqinimizga topa olmayapmiz: mening ishlarimga yaqindan yordam berib yuradigan ukamiz. Yoshi 23 da, Navoiy shahrida yashaydi, ta’lim sohasida ishlaydi.
Anchadan beri munosib nomzod izlab topa olmayapti. Talablari yuqori emas: dindor qiz bo‘lsa bo‘ldi.
Ukamiz o‘zi kitobxon, ilmga muhabbatli, teran fikrli yigit. Kimningdir qo'shnisi bordir yoki qarindoshi, balki tanishining tanishi bordir. Xullas, munosib nomzodlar bo‘lsa, @Hubbuna_admin orqali bizga aloqaga chiqsangiz, iltimos.
#Oila_qurish

Kun davomida bajariladigan amallarning odobini o'rgatish uchun dastlab "Kundalik odoblar"ni yozdim.
Odobli bola ota-onasini hurmat qilishi, e'zozlashi kerak deb "Ota-onamni yaxshi ko'raman" kitobini yozdim.
"Kundalik odoblar" kichik yoshli bolalarga qiyinlik qilsa deb, odobga doir qisqa tavsiyalardan iborat "Odobingiz — obro‘yingiz" kitobini yozdim.
Keyin bolalarda bo'lishi zarur bo'lgan yaxshi sifatlardan iborat "Go'zal xulqlar" kitobini yozdim.
"Odob bo'ldi, xulq bo'ldi, ota-onamizni e'zozlayapmiz. Yana nima qoldi?" desam, bor ekan — mustaqil fikrga ega bo'lish, mas'uliyat, maqsad qo'yish, qobiliyat kabi tushunchalarni "Lider bola" kitobimda yozdim.
Endi ba'zi mavzularni batafsilroq yoritish vaqti keldi — "Bola va pul" bolalarga pul bilan qanday to'g'ri muomala qilishni o'rgatadi. Shunga o'xshash vaqt, zamonaviy texnologiyalarga doir kitoblar ham yozaman, inshaalloh.
Kitoblarimni Qamar kitoblar do'konidan topish mumkin.

12-aprelda Yuksalish maktabining Navoiy filialida "Yosh kitobxon" musobaqasi o'tkazildi. Unda Yuksalish maktablarining barcha maktablaridan 5-sinfdan 9-sinfgacha bo'lgan har bir sinfdan bir nafardan o'quvchi ishtirok etdi.
Musobaqa uchta shart bo'yicha bo'lib o'tdi: kitob bo'yicha gapirib berish, adib hayoti va ijodini aytish, she'rni ifodali o'qib, sharhlash. Kamina ustozlardan biri bilan birga 9-sinf o'quvchilariga hakamlik qildi.
Bolalarning javoblari meni juda xursand qildi. Bizning sinfda qizlar doimgidek faollik, ishtiyoq bo'yicha ustuvor bo'ldi. Uchta o'rinni ham qizlar egalladi: Solihanur, Ma'suma va Xonzoda.
G'oliblarga esdalik sovg'alari va pul mukofotlari berildi. Ishtirokchilar va hakamlarga ham tashakkurnoma, sertifikat va sovg'alar berildi.
Bolalarni kitob o'qishga bo'lgan bunday rag'batlantirishi uchun @Yuksalish_maktablari ga tashakkur aytaman! Ajoyib musobaqaga guvoh bo'lishga imkon berganlari uchun alohida rahmat!
#Hayotiy #kitob