"Infoshop" sizni Navro'z bilan tabriklaydi
🌺 Suluv kelinchakdek noz-u go'zallikka boy Bahor javlon urib, o'z tarovat-u latofatini atrofga yoymoqda. Hamma yerda ko'zni quvnatguvchi manzara hukmron. Bahor erkasi, bayramlar malikasi Navro'z esa insonlarni xushnud etay deb, eshik qoqmoqda. Yasharish, yangilanish, go'zallik, baxt bayrami bo'lmish Navro'z barcha-barchangizga muborak bo'lsin! Hayotingiz bahordek jo'shqin, zavqli va yaxshi kunlarga boy bo'lsin. Tinmay yog'gan yomg'irlar hayotingizga, turmushingizga xayr, baraka, yengillik, yaxshi daromad, xursandchilik olib kelsin. Doim bahor quyoshidek samimiy, beg'ubor va yoqimli bo'ling-u, hech qanday yomonlik qora bulut kabi umringizga rahna solmasin.
🎉 Navro'z muborak bo'lsin!
Site | Telegram | Facebook | Instagram

Do'stingizning tug'ilgan kunini bilasizmi?
Qaysi do'stim ekan, deb hayratdamisiz? Shu, o'zimizning Telegramjon-da. Rosa foydalansag-u, bechoraning hatto tug'ilgan kunini bilmasak, Pavel aka alamidan bloklab qo'ymasin tag'in.
Hazil o'z yo'liga-yu, ushbu ijtimoiy tarmoq qachon ishga tushirilgani haqida ko'pchilik aniq ma'lumotga ega emas. Wikipedia'ga ko'ra, Telegram ilk bor 2013-yil 14-Avgustda faqat iOS foydalanuvchilari uchun ishga tushgan bo'lsa, Android'chilar bu tarmoqdan Oktyabr oyiga kelib bahramand bo'lishdi.
Yosh bo'lishiga qaramay, Telegram ko'pchilikning "ko'nglidan joy olib" ulgurgan. Deyarli hamma platformalar (Android, iOS, Windows, macOS, Linux, Web platforma) orqali foydalanish imkoniga ega bo'lgan tarmoq 58 tilda xizmat ko'rsatadi.
Siz Telegram'dan qachondan beri foydalanasiz?

Yangi ijtimoiy tarmoq yaratamiz
Instagram Rossiyada bloklangach, vaziyatdan oqilona foydalangan tadbirkor ijtimoiy tarmoqning o'zlarida ishlaydigan, Rossgram deb nomlangan analogini ishlab chiqdi.
Endi agar shu vaziyat Telegram'da vujudga kelsa, uning analogini ishlab chiqish uchun nima qilish kerakligini bilasizmi? Albatta, uni yaratish uchun foydalanilgan dasturlash tillaridan xabardor bo'lish lozim. C++, C, Java dasturlash tillari yordamida asos solingan ijtimoiy tarmoq o'z foydalanuvchilarining sevimlisiga aylanib ulgurgan. Yuqoridagi dasturlash tillarining ustalari bilimlaridan foydalangan holda yangi dastur yaratish imkonlari bor.
Siz yuqoridagi dasturlash tillarining qaysi biridan xabardorsiz?

5G nega kerak?
Bugungi 4G aloqa tarmog'ining rivojlangan versiyasi, ya'ni 5G hozirning haqiqatini o'zgartirish va kelajakka yo'l olish maqsadida, o'sib borayotgan katta miqdordagi ma'lumotlar va aloqalarni qarshi olish uchun yaratilgan.
Milliardlab qurilmalarni o'zaro bog'lash, aloqa sifati, hajmi, tezligini kuchaytirish yo'lida 5G tarmog'i hayratlanarli tarzda yangi mahsulotlar va xizmatlarni amalga oshirmoqda. 5G quyidagi yo'nalishlarda ishlatilmoqda: IoT (internet of things – qurilmalar o'rtasidagi o'zaro aloqa), real-time control ( real vaqt nazorati – ya'ni mijozlar orasidagi muloqotda kechikishlarni oldini olish) va enhanced mobile broadband ( rivojlangan internet – ya'ni uyda va sayohatda foydalanish mumkin bo'lgan simsiz internet imkoniyatlarini kuchaytirish, tezlikni oshirish).
Sizning qurilmangiz 5G tugul 3G'da ishlaydimi?

Jiddiy ishga kirishish vaqti keldi
Oxirgi paytlarda "dasturlash" yoki "dasturlash tili" degan yangi atamalar deyarli hammaning qulog'iga chalinmoqda. Dasturlash tili deganda odamlar tomonidan kompyuterlarga ma'lum vazifalarni bajarishga ko'rsatma berish uchun foydalaniladigan aloqa vositalari tushuniladi. Bu tillar maxsus vazifalarni bajarish uchun dasturlar yaratishda maxsus kodlash usullaridan foydalanadi.
So'nggi tadqiqotlarga ko'ra, dasturchilik kasblari 2028-yilgacha 21%ga o'sadi. Wikipedia ma'lumot berishicha, tahminan 700dan ortiq dasturlash tillari mavjud ekan. Demak, qaysi birini o'rganish kerak, degan savol haqiqiy muammoga aylanishi shubhasiz. Kamiga, har yili yana-da yangi va yaxshiroq tillar bu ro'yxatga qo'shilib boradi. Ammo, havotirga o'rin yo'q. Bizda bu muammoning yechimi bor.
"Qanday?"- deysizmi? Bizni kuzatishda davom eting.

Asli foydali bo'lgan "foydasiz" tizim
So'nggi 2-3 yilda yangi telefon olayotganlar sotuvchidan "UZIMEI'dan o'tganmi?"- degan savolni so'rashi odatiy holga aylandi. Axir, kim ham ortiqcha "rasxod"ni xohlaydi? O'zi aslida UZIMEI nima va bizga nega kerak?
Aslida, ushbu ro'yxatga olish tizimi
— mobil qurilmalardagi o'ziga xos identifikatsiya kodlari to'g'riligini tekshirish orqali ularning egalari huquqlarining himoya qilinishini ta'minlash;
—mobil qurilmalardan ularning egasini ogohlantirmasdan noqonuniy va ruxsatsiz foydalanishga yo'l qo'ymaslik;
—xalqaro standartlarga mos kelmaydigan sifatsiz mobil qurilmalar sotilishining oldini olish kabi maqsadlarda joriy etilgan. Ammo, negadir, ro'yxatdan o'tish pulli va qiyin jarayon. Kamiga, kontrabanda mahsulotlarni ham ro'yxatdan o'tkazib beradigan "uchar"lar mavjud. Bunday vaziyatda pulga sotib olgan "xavfsizligimiz" o'z ahamiyatini yo'qotishi turgan gap.
Xullas, nima deb o'ylaysiz, bu tizim bizga kerakmi?

Bu sizga qiziqmi?
Turli dasturlash tillarining kasbiy rivojlanish, kelajak va biznes talablari hamda xususiyatlarini inobatga olgandan so'ng, biz Top 10 ta dasturlash tillari ro'yxati bilan sizni tanishtirishga tayyormiz. Demak, kutib oling:
1. Pyhton
2. Java
3. JavaScript
4. Kotlin
5. R
6. PHP
7. Go
8. C
9. Swift
10. C#
Bu ro'yxatdagi tillarning nafaqat, nomlari, balki ularning xususiyatlari, qayerlarda qanday ishlatish mumkinligi, "obro'si", imkoniyatlari kabi ma'lumotlarni ham birma-bir keltirib o'tamiz.
Demak, 2022-yilda o'rganish lozim bo'lgan eng talabgir dasturlash tillari bilan tanishishga tayyormisiz?
Bizni kuzatishda davom eting va biz sizni xursand qilishdan mamnunmiz.

So'zlar jilosiga magnitday tortilamiz!
Shunday insonlar bo'ladiki, so'zlaganda boshqalarni o'ziga rom qilish qobiliyatiga ega bo'lishadi. Shunchalar maftun bo'lasizki, ular aytgan har bir gap haqiqatdek tuyuladi. Bundaylarni "orator" yoki "yaxshi notiq" deb ataymiz.
Notiqlik hayotning ko'p jabhalarida kerak bo'ladigan xususiyat. Chiroyli va ishonchli nutq, odamlarni ergashtira olish, so'zingizni o'tkazish kabi jihatlar bilan uncha-muncha bitmaydigan ishlar hal bo'ladi. Ammo, har kim ham yaxshi notiq bo'la oladimi? Buning uchun nimalar qilish kerak? Avvalo, inson ko'p kitob o'qigan bo'lishi, gapga chechan bo'lishi, adabiy til normalariga amal qilishi, qayerda, qanday gapirishni bilishi lozim. Eng muhimi, omma oldida gapirishdan qo'rqmaslik, hayajonni sezdirmaslik kerak.
Siz qaysi mashhur oratorlarni taniysiz?

Ma'lumotlar yomg'iri boshlanmoqda
Demak, va'da berganimizdek, 2022-yilda o'rganish lozim bo'lgan dasturlash tillari haqida ma'lumotlar berishni boshlaymiz. Shunday qilib, Top10 tillarning birinchi ikkitasi haqida mana bu yerda o'rganamiz. Va albatta, o'rganishni boshlaymiz ☺️.
Site | Telegram | Facebook | Instagram
Demak, va'da berganimizdek, 2022-yilda o'rganish lozim bo'lgan dasturlash tillari haqida ma'lumotlar berishni boshlaymiz. Shunday qilib, Top10 tillarning birinchi ikkitasi haqida mana bu yerda o'rganamiz. Va albatta, o'rganishni boshlaymiz ☺️.
Site | Telegram | Facebook | Instagram
Bizni yuksak tog'lar kutmoqda!
Har bir inson hayotida yaxshi narsalarga, orzulariga erishishni, go'zal hayotda yashashni xohlaydi. Qilgan har ishida muvaffaqiyat qozonishni istaydi. Muvaffaqiyat o'zi nima ekanligini bilamizmi?
Muvaffaqiyat, deganda – qo'yilgan maqsad (yoki maqsadlar)ga erishish, biror harakatning ijobiy natijasi, jamiyat tomonidan nimadir yoki kimningdir keng e'tirof etilishi tushuniladi. Unga erishish yo'llari turlicha. Kimdir buning uchun omad kerak deb hisoblasa, boshqalar tinimsiz mehnat insonni cho'qqiga yetaklaydi, deb hisoblaydi. Ba'zilar uchun esa, bu shunchaki, taqdiri azal, peshonaga bitilgani. Bizningcha esa, muhimi harakatdan to'xtamaslik, maqsadga erishish yo'lida sobitqadam bo'lish, atrofimizda pozitivlikni ko'paytirish, motivatsiyani yo'qotmaslik va muvaffaqiyatga erishishga qat'iy ishonch kerak.
Sizning muvaffaqiyat formulangiz qanday?

Davom etamiz!
Demak, oldingi postlarimizda 2022-yilda o'rganish lozim bo'lgan Top10 dasturlash tillari haqida gaplashdik, va ulardan ikkitasi (Pyhton, Java) to'g'risida ma'lumotlar berib o'tdik. Bugun esa, yana keyingi ikkitasining o'ziga xos xususiyatlari, qayerlarda ishlatilishini o'rganamiz. To'liq ma'lumotlar bu yerda.

Musulmon ahliga oylarning go'zali Ramazon muborak bo'lsin! ☺️
Ushbu oyni chiroyli sabrda munosib kutib olish, o'tkazish barchamizga nasib qilsin. Avvali rahmat, o'rtasi mag'firat, oxiri mukofot bo'lgan ushbu oyning barcha yaxshiliklari siz-u bizga bo'lsin. Ushbu oy barchamizga xayrli va barokatli bo'lsin.
Site | Telegram | Facebook | Instagram
Ushbu oyni chiroyli sabrda munosib kutib olish, o'tkazish barchamizga nasib qilsin. Avvali rahmat, o'rtasi mag'firat, oxiri mukofot bo'lgan ushbu oyning barcha yaxshiliklari siz-u bizga bo'lsin. Ushbu oy barchamizga xayrli va barokatli bo'lsin.
Site | Telegram | Facebook | Instagram
Har yomonning bir yaxshisi bor
Jahon maydonida sodir bo'layotgan so'nggi voqealar fonida nafaqat, dunyo siyosatida, balki iqtisod, ijtimoiy hayot, hatto, Internet olamida ham tub o'zgarishlar amalga oshmoqda.
Birgina O'zbekistonda IT sohasini oladigan bo'lsak, qo'shnilarimizdagi cheklovlar hisobiga bizda bu sohada katta o'zgarishlar bo'lishi kutilmoqda. Xususan, ko'plab IT mutaxassislar karyeralarini rivojlantirish, ishlarini davom ettirish maqsadida O'zbekistonga kelishdi hamda o'z faoliyatlarini boshlashdi. Bu esa, O'zbekiston IT bozori uchun yaxshigina o'sish, desak bo'ladi. Investitsiya borasida ham "ishlar besh". Negaki, bunday vaziyatda biz investorlar uchun yaxshi, yangi va ishonchli bozor vazifasini o'taymiz. Xullas, "echkiga jon qayg'usi, qassobga mol qayg'usi" deganlaridek, urushli vaziyatda ham foydali ishlar qilsa bo'lar ekan.
Siz yana qaysi sohalarda o'sishni sezdingiz?

Ish quroling soz bo'lsa, mashaqqating oz bo'lur
Demaaaak, Top10 dasturlash tillari bilan tanishtirishda davom etamiz. Xo'sh, nechtasini o'tdig-u, bugun qaysilarini o'tamiz, bilasizmi? Shunday qilib, bugun beshinchi va oltinchi tillar haqida mana bu yerda ma'lumot olamiz. Axir, dasturlashni o'rganish uchun ish qurolimiz bo'lgan kodlash tillarini yaxshi bilishimiz kerak-ku.
Qani, ketdik.

Foydali bilim ulashish navbati
Biz sizni kuchli dasturchi bo'lishingizni xohlaymiz. Hech bo'lmaganda, bu kasb va unga kerakli narsalar haqida bilimga ega bo'lishingizni. Juda ko'pchilik dasturchilikni o'rganishni xohlaydi-yu, ishni nimadan, qaysi dasturlash tilini o'rganishdan boshlashni bilmaydi. Biz berayotgan ma'lumotlar sizga bu borada ko'makchi bo'lishi shubhasiz. Shunday qilib, bugun Top10'talikning 7- va 8- dasturlash tillari haqida ma'lumotlarni o'rganamiz.
Yangi bilimlarni yaxshi o'zlashtiryapsizmi?

Nihoyat, manzilga yetib keldik!
Shunday qilib, bugun so'nggi 2ta dasturlash tillari haqida ma'lumotlarni berib o'tamiz va shu bilan bu mavzuda abadul-abad gaplashmaymiz (albatta, hazil). Demak, bizga karyerada yuqori o'sish va talabgirlikni va'da qilayotgan dasturlash tillari haqida ma'lumotlar bu yerda. Ko'ring, o'qing va zavq oling.
Sizga bu ma'lumotlar yoqdimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda nima gap?
Sanksiyalar, bloklanishlar natijasida ko'plab ijtimoiy tarmoqlar va ularning foydalanuvchilari ham ko'p narsa yo'qotishdi. Masalan, Instagram bloklandi. Endi rossiyaliklar faqatgina Rossgram'dan foydalanishsa kerak. TikTok va Facebook ham juda ko'p kontentlar uchun cheklovlar o'rnatdi.
Shunday vaziyatda, kimga mazza bo'ldi? Albatta, Telegram'ga. Blogerlar, oddiy foydalanuvchilar katta miqdorda Telegram'ga yurish qilishdi. Bir-ikki hafta ichida Telegram akkountlari bir necha barobarga ko'paydi. Tabiiyki, blogerlarning muxlislari ham "kumir"lari ortidan Telegram yangi kanallariga "buyuk ko'chish"ni amalga oshirishdi. Yangi formatdagi tanlovlar, qilinayotgan ishlar Telegram'ning "dovrug'ini olamga yoymoqda".
Sizningcha, bu yangiliklar yaxshimi yoki yomon?

Kompyuterni "suv qilib ichganlar" bormi?
Agar siz o'zingizni "kompyuterlarni yaxshi tushunaman", deb hisoblasangiz, unda GTX va RTX videokartalari haqida, albatta ma'lumotga ega bo'lsangiz kerak? Xo'sh, ularning farqlarini bilasizmi?
Ularning ikkisi ham Amerika texnologiya kompaniyasi bo'lgan Nvidia tomonidan o'yin ishqibozlari uchun eng yaxshi grafikani ta'minlash maqsadida yaratilgan. GTX videokartalar seriyasi 2008-yilda yaratilgan bo'lib, ultra tez GDDR6 xotiraga ega. U PUBG, Fortnight, League of legends, StarCraft va boshqa ko'plab kibersport o'yinlarida namoyon bo'ladi.
RTX videokartasi esa, GTX'ning ko'rinish va quvvat jihatidan yaxshilangan versiyasidir. 2018-yilda bozorga chiqqan ushbu mahsulot real vaqtdagi o'yin tajribalarini o'yinchilarga yetkazadi. U Fortnite, Battlefield, COD, Control, Cyberpunk 2077, Minecraft kabi ko'plab kompyuter o'yinlarini qo'llab-quvvatlaydi.
Sizning kompyuteringiz videokartasi qanday?

Ish bor joyda xato bor
Hech kim mukammal emas. Hatto, o'z ishining ustalari ham qayerdadir xato qilishlari tabiiy. Jumladan, dizaynerlar ham. Biz sizga mijozlar yoki muxlislar ko'p hollarda sezmaydigan (bilmaydigan) grafik dizaynerlarning Top xatolari haqida ma'lumot bermoqchimiz.
Sohani endi o'rganayotganlar ko'pincha bir qatorda juda ko'p so'zlarni yozishadi. Aslida, bir qatorda maksimum 50-60 ta belgi bo'lishi kerak. Yana, xilma-xil shriftlar va noto'g'ri rang kombinatsiyalaridan foydalanishadi. Bu esa, yaratilayotgan dizaynga noprofessionallik "bag'ishlaydi".
Yana bir mashhur xatolardan biri, qaysi shriftlar bir-biriga mos kelishini bilmaslikdir. Rasmiy stildagi shriftga uning sherigini noto'g'ri joylashtirish siz yetkazmoqchi bo'lgan xabarning ishonchliligini yo'qqa chiqaradi. Kontrastni to'g'ri ishlatmaslik ham shu jumladan.
Ko'pchilik dizaynda mukammal simmetriyani yaratishga harakat qiladi va bu uning zerikarli bo'lib qolishiga zamin yaratadi. Dizaynerlar qochishi kerak bo'lgan asosiy xatolardan yana biri bu – barqarorlikning yo'qligidir. Bir loyiha ustida ishlarkansiz, bir xil vizual elementlardan foydalanishga harakat qiling, juda oshirib yubormagan holda, albatta.
Siz dizaynerlarning yana qanday xato-kamchiliklarini bilasiz?