Telegram Web Link
Eng mashhur ilova qaysi?

📲 Mobil ilovalar qulaylik va foydalilikning ajoyib uyg'unligidir. 2021-yilda yuklab olishlar soniga ko'ra eng mashhur ilova qaysi ekanligini bilasizmi? Play Market va App Store'da mavjud bo'lgan eng mashhur Top-10 ilovalar ro'yxati bilan tanishing.

📊 1-o'rinni 2 milliarddan ortiq yuklab olishlar soni bilan Tiktok egallagan bo'lsa, keyingi o'rinlarda Facebook va Instagram yetakchilik qilishmoqda. 4-pog'onada turgan WhatsApp, o'zidan keyinda turgan Telegramdan hamon yetakchi ekanligini isbotladi. Pandemiya sabab ancha ommalashgan Zoom 6-o'rinni egallagan. 7-o'rinni hayratlanarli tarzda Snapchat zabt etgan. Undan keyin Facebook Messenger va Duolingo turipti. Va nihoyat, oxirgi o'rin Amazon bilan yakunlangan.

⁉️ Bu ilovalarning deyarli hammasi yaqin o'n yillardan beri mashhur. Siz bu ilovalarning qaysi biridan ko'proq foydalanasiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Robotlar tarixi bilan tanishamiz

🧐 Ilk robotlar tarixi qadimgi dunyoga borib taqaladi. Sanoat inqilobi davriga kelib esa, insonlar kichik motorchalar bilan ishlaydigan robotlarni ixtiro qilishdi. Humanoid robot g'oyasi esa, 20-asrning boshida vujudga keldi.

🤖 Eng birinchi zamonaviy raqamli programmalashgan humanoid robot 1954-yilda Jorj Devol tomonidan Unimation kompaniyasida yaratilgan va General Motors'ga 1961-yilda sotilgan. Uning vazifasi mashina ishlab chiqarishda ishlatiladigan qaynoq metallarni joyidan siljitish va kerakli joyga olib borish edi. Shundan beri, robotlarning asosiy vazifasi, inson bajarishi qiyin bo'lgan, xatarli, og'ir ishlarni bajarishdan iborat bo'lmoqda. Masalan, samoga chiqish yoki dengiz ostiga tushish kabi ishlar. Ammo, robotlarning kengayayotgan imkoniyatlari insonlarning barcha ishlarini egallab olishi va ishsizlikni kuchaytirishi mumkin, degan tanqidlarga uchramoqda.

Siz nima deb o'ylaysiz, robotlar insoniyatga kerakmi?

Site| Telegram | Facebook | Instagram
Sizningcha, "Infoshop" jamoasining telegram kanali qay darajada faoliyat yuritmoqda?

(Baholash 1 balldan 5 ballgacha bo‘lgan tartibda)
Anonymous Poll
18%
1
9%
2
18%
3
20%
4
35%
5
Dunyoning eng rivojlangan, haqiqiy roboti sizni qo'rqitishga shay...

😱 Bu xabar 2021-yil 3-dekabrda e'lon qilingan, eng so'nggi humanoid robot haqida ma'lumot beruvchi maqolada keltirilgan sarlavha. Unga ko'ra, Britain-based tech company Engineered Arts tomonidan ishlab chiqarilgan, hayratlanarli tarzda inson yuz tuzilishiga ega bo'lgan so'nggi "rusumdagi" robot haqida bilib olishimiz mumkin.

🤖 Hozircha sotish yoki ijaraga berish narxi noma'lum bo'lgan robotga Ameca deb nom berishgan. U ajoyib yuz ko'rinishi va qimirlaydigan qo'llarga ega. U kuladi, ko'zlarini pirpiratadi, qo'rqqanda chuqur nafas oladi, hatto burnini qashiydi. Yaratuvchilari insonga o'xshash sun'iy aql mahsulotlariga insonnikidek tana kerak, deb hisoblashmoqda va hozirda shu ustida ish olib borishmoqda. Ushbu robot Meta olamda robotlar va insonlar o'rtasida vositachi bo'lishiga umid qilinyapti.

Sizga sizni tushunadigan robot do'st kerakmi?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Sichqonsiz ham eplaymiz

🧐 Kompyuterning yordamchi qurilmalaridan bo'lgan "sichqoncha" o'z nomi bilan bizga ishlarimizni bitirishda rosa yordam beradi. Ammo, bu texnika, istalgan payt buzilib qolishi mumkin. Shunda nima qilmoq darkor?

💡Buning yo'li oson. Windows operatsion tizimi klaviatura tugmalari orqali sichqoncha kursorini boshqarishga imkon beradi. Albatta, bu haqiqiy sichqonchani ishlatish kabi qulay emas, lekin boshqa tanlov bo'lmasa, bu usul albatta foyda beradi. Buning uchun, klaviaturaning chap Shift + Alt + NumLock tugmalari birga bosiladi va paydo bo'lgan oynada tasdiqlash uchun Enter tugmasi bosiladi. Qarabsizki, klaviturangiz sichqonchaning ham vazifasini bajara boshlaydi. Bunda kerakli kombinatsiyalar(ya'ni qaysi tugmalar birga bosilganda qanday vazifa bajarishi)ni bilishingiz muhim.

Siz qanday kombinatsiyalarni bilasiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Siz qaysi rusumdagi gadjetdan foydalanasiz?

@Infoshop_uz
Anonymous Poll
7%
Iphone
43%
Samsung
34%
Xiaomi (Redmi
3%
Realmi
3%
Vivo
5%
Huawei
1%
LG
2%
Poco
0%
Oneplus
1%
Artel
ASUS Shift tugmachasini kichik grafik karta modeliga aylantirdi

📲 Xitoy internet tarmoqlarida NVIDIA ROG Strix grafik kartasi sifatida zamonaviy ko'rinish berilgan ASUS ROG TouchStone klaviatura qopqog'i sotilishi haqida e'lon berildi. Qoplama o'ng Shift tugmasi uchun mo'ljallangan.

Klaviatura tugmachasi oldingilaridan farq qiladi, chunki GPU miniatyura nusxasining uchta barabani ham sharli podshipniklar hisobiga aylanadi. Qism qattiq alyuminiy qorishmasidan qilingan. So'nggi 10-15 yil ichida maxsus klaviatura tugmachalari bozori kengaygan. Bunga mexanik klaviaturalarning tarqalishi yordam berdi. Endi ASUS ROG ushbu yo'nalishga hissa qo'shishga qaror qildi. Yangi turdagi tugmacha uchun ZFrontier China veb-saytida tahminan 63$ narx belgilangan. Ammo, bu xizmat global do'konda hozircha mavjud emas.

Siz klaviaturangiz uchun yangi tugmacha sotib olarmidingiz?

Site | Telegram| Facebook | Instagram
Dizaynerlar bilan hayotimiz yana-da go'zal

Dizaynerlik kasbi deganda, avvallari, asosan, qizlar egallashni xohlaydigan, kiyimlarning yangi ko'rinish, fasonlarini yaratadiganlar tushunilardi. Keyinroq, soha kengayib, nafaqat kiyim-kechaklar, uy, ofis, umuman binolar, hatto, ishlatadigan har bir buyumimiz u yoki bu dizaynerlik ishi ekanligi ma'lum bo'ldi. Bu kasb kishidan kreativlik, nozik did va aniqlikni talab qiladi. Hozirda dizaynerlikning
– interyer;
– eksteryer;
– landshaft;
– oziq-ovqat;
– fitodizayner va hokazo yo'nalishlari mashhur.
Hayotimiz virtuallashishni boshlagach, tabiiyki, virtual dizaynerlarga ham talab ortmoqda. Bu olamda ushbu kasbning web va grafik dizaynerlik kabi yo'nalishlari mavjud. Bular haqida keyingi postlarimizda batafsil to'xtalamiz.

Siz dizaynerlikning qaysi yo'nalishiga qiziqasiz?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
8-mart bugun, Onajonlar bayrami...

Bog'chada yodlagan, shu misralar bilan boshlanadigan she'r esingizdami? Kichik yoshdaligimizdanoq, onajonlarimiz, ayollarni e'zozlashga o'rgatilamiz. Rostiyam-da, hayot Ayol bilan go'zal, har kunimiz Ayol bilan munavvar. Bir lahza yo'qki, Ayolsiz yashay olsak, erkin nafas olsak. Ayoldan tug'ilamiz, Ayol bilan yashaymiz, Ayolni sevamiz, u uchun yashaymiz. Onamiz erkalaganida, buvimiz yelkasiga opichganida, ayolimiz mehr ko'rsatganida, qizalog'imiz o'zini quchog'imizga otganida bizdan baxtli odam yo'qdek hislarni tuyishimiz rost-ku. Shunday ekan, bu nozik hilqat egalarini xursand qilish, ko'nglini olish, o'zlarini baxtli sezishlari uchun harakat qilish – eng katta burchimiz emasmi? Hech bo'lmasa, yilda bir keladigan bayramda ularni chiroyli tabriklab, shirin so'zlarimizni ayamasdan, ularni ro'zg'or yuklaridan oz bo'lsa-da ozod qilsak, ular uchun nimalardir tayyorlasak, bir kunimizni ularga baxshida etsak, mayli endi, bayram ramzi sifatida hech yo'q bir dona gul ham sovg'a qilsak, Ayol kishi uchun bundan ortiq baxt bormi? Suyunganidan, keyingi bayramgacha kulib yuradi ular. Agar hali uyingizdagi ayollarni tabriklashga ulgurmagan bo'lsangiz, buni hoziroq amalga oshiring. 8-mart muborak bo'lsin!

Site | Telegram| Facebook| Instagram
Grafik dizayner – virtual olam rassomi

Grafik dizayner
larning hozirgi kundagi vazifasi, asosan, logotip yasash, brending, SMM dizayn va vizual kontent yaratishdan iborat.

Avvaliga, kasbni o'rganish uchun ba'zi bilimlar talab qilinadi. Masalan,
– bir qator kompyuter dasturlarida (Adobe Photoshop, Corel Draw, Illustrator kabilar) ishlay olish;
– shriftlar bilan ishlash;
– grafika turlarini tushunish;
– mijozlarni jalb qila olish va hokazolar.
Bu kasbda ishlash uchun kerakli dasturiy ta'minotga ega bo'lgan kompyuteringiz bo'lsa bas, shu sababli ofisingizni har qanday joyda tashkil qila olasiz. Bu kasbning asosiy ijobiy tarafidir. Bundan tashqari, yaxshigina daromad olish imkoniyati ham sizni xursand qilishi aniq. Bugungi kunda ko'plab kompaniya va insonlar o'z mahsulotlari yoki hayotlarini reklama qilish uchun katta pul sarflashga tayyorlar.

Sizningcha, grafik dizaynerlarning o'rtacha maoshi qancha?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Endi navbat web-dizaynerlarga

Web-dizayner
(UX/UI dizayner)bu – veb-sahifa dizaynini yaratadigan va ularni veb-saytlarga birlashtiradigan, internet texnologiyalarini tushunadigan, badiiy did va bilimga ega bo'lgan shaxs. Uning asosiy vazifasi interner loyihaga imkon qadar ko'proq foydalanuvchilarni qiziqtirishdir.

Bu kasbdagilarning yana bir vazifasi – internetning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, loyihaning uslubiy dizaynini ishlab chiqishdir.
Ishni boshlash oddiy tuyulsa-da, yaxshi sayt dizaynini yaratish haqiqiy san'atdir. O'rganish kerak bo'lgan ko'plab ko'nikmalar mavjud:
– rang nazariyasi;
– elementlarning grafik ierarxiyasi;
– shriftlar va saytning umumiy tashkiloti haqida bilishingiz kerak bo'ladi. Adobe Photoshop, Dreamweaver, Corel Draw kabi dasturlarda ishlashni bilish kerak. Asosiy kodlash tillaridan xabardor bo'lish ham zarur. Sohada kuchli bilim va tajribaga ega bo'lganlar yaxshigina daromad topadi.

Siz web-dizayner bo'lishni istaysizmi?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Instagramdan yaxshi yangilik!

"Instagramshiklar" uchun haqiqiy bayram bo'ldi, desak adashmaymiz. Ushbu ijtimoiy tarmoq o'z foydalanuvchilari uchun uzoq vaqtdan beri kutilgan so'rovnoma-test shaklidagi stikerni taqdim etdi. Endi turli xil kontentlar yaratish ustida soatlab bosh qotirish shart emas. "Podpischiklaringizni" zeriktirmaslik uchun so'rovnoma o'tkazing. Chunki, deyarli hamma tugmachalarni bosishni va nimalarnidir tanlashni yaxshi ko'radi.

Stiker va uning vazifasi juda oson: shunchaki, savolingiz va javoblarning 3 ta variantini kiriting (to'g'ri javobni ko'rsatish shart emas), tayyor.

Masalan: "Infoshop" sizga yoqadimi?
A. Albatta
B. Bo'lmasam-chi
C. Judayam

Sizga bu yangilik yoqdimi?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Dasturlash olamiga ilk qadamlar biz bilan

Internetning www xizmati asosan, veb-sahifalarga bog'liq ekan, ular qanday yaratilishi haqida savol tug'ilishi tabiiy. Axir, dasturlashni o'rganish uchun, avvalo, ular yoziladigan kodlarni, tillarni o'rganish kerak-da.

Veb-sahifalar HTML (hypertext markup language – gipermatnli markerlash tili) da yoziladi. U dasturlash tili hisoblanmaydi. HTML brauzerimizga saytda matn, rasm, havola, video yoki boshqa elementlar mavjudligini tushuntiradigan tildir. Brauzer kodni tarjima qilib, keyin ekranda bizga tushunarli shaklda havola qiladi.

Saytni chiroyli qiladigan boshqa til CSS deb ataladi, bu "kaskadli uslublar jadvali" degan ma'noni anglatadi. CSS brauzerga matnda qanday shrift ko'rsatilganligini va qaysi ranglar ishlatilishini ko'rsatadi. CSS, sodda qilib aytganda, veb-saytning ko'rinishini (tugmalar, uslublar, ranglar, animatsiyalar) tashkil etadi.

Xo'sh, dasturlashni o'rganamizmi?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Nimadan boshlasam ekan?

"Kimdan nima kamim bor?" -deb, IT'ni o'rganishga qaror qildingizmi? Ammo, yuqoridagi savol sizni qiynayaptimi? Javobi bizda!

Avvalo, ingliz tilini o'rganishdan boshlang. Negaki, ko'p dasturlash tillari ingliz tiliga asoslangan. Deyarli hamma ma'lumot va texnikaviy hujjatlar ingliz tilida yoziladi. IT yo'nalishlari bo'yicha eng yangi kitoblar va sahifalar ingliz tilida bo'ladi. Kuchli IT'shnik uchun so'nggi yangiliklardan xabardor bo'lish muhim. Ish davomida duch keladigan qiyin masalalarga yechimni ingliz saytlaridan osongina topish mumkin. Siz o'z sohangizda professional bo'lganingiz sari sizga, hatto chet ellik mijozlar murojaat qilishni boshlashadi, ular bilan muloqotda til bilish juda ahamiyatli. Yana-da keng qamrovda qaraydigan bo'lsak, barcha gigant IT kompaniyalar AQSH'da joylashgan va bunday firmalarga har doim mutaxassislar kerak bo'ladi. Chet elda ishlashni istaysizmi? Ingliz tilini o'rganing!

Xo'sh, endi nima qilishni bilasizmi?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
7 kunda IELTS'dan 7+ olishni xohlaysizmi?

Har yerda shu kabi e'lonlar. Kim ham qisqa vaqtda katta natijaga erishishni xohlamaydi? Albatta, buning iloji bor, agarki siz, bungacha 6+ natijaga ega bo'lsangiz.

Biror yangi bilim, ayniqsa, xorijiy tilni o'rganish kishidan kuchli mehnat, tirishqoqlik, mas'uliyat va yetarlicha vaqtni talab qiladi. Qanday qilib, ingliz tilida ismini aytolmaydigan o'quvchiga bir haftada uncha-muncha "prof"lar ololmaydigan 7+ natijani va'da qilish mumkin? Bu ham marketingning kuchi, reklama ortidan o'quv markaziga borsangiz, "albatta, bir haftada yuqori natijani ta'minlaymiz, faqat ungacha bo'lgan yo'lni birga chiroyli bosib o'tamiz",- mazmunidagi gapni sizga ajoyib tarzda tushuntirishadi. "Tak shto", jimjimador reklamalarga uchmasdan, ishonchli o'qituvchi topib, shoshmasdan, tilni mukammal o'rganishga harakat qilavering.

Sizning IELTS'da natijangiz qanday?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
Gigant kompaniyalarda ishlash uchun ajoyib imkoniyat

Barchamiz hayotimiz davomida “Google” dan foydalanganmiz va foydalanib kelyapmiz. Dunyoga mashhur boʻlgan ushbu kompaniyada yoki shu kabi Gigant kompaniyalarda yuqori maosh bilan ishlashni xohlaysizmi?

❗️ “ Yoʻq buni imkoni yoʻq! Unday ishlar bizga emas!” — deysizmi?!

STOP! Shu joydan qarashlarimizni oʻzgartiramiz. Barchani “One million uzbek coders” loyihasidan xabari boʻlsa kerak. Aynan mana shu loyiha siz — Gigant kompaniyalarning bir boʻlagi boʻlishingiz uchun ulkan imkoniyat eshigidir.

Qanday qilib deysizmi? Hammasi oddiy: sizdan faqat xohish va maksimal harakat talab etiladi xolos. “Bir million oʻzbek dasturchilari “ Oʻzbekistonda mahalliy dasturchilarni tayyorlash boʻyicha loyiha boʻlib, toʻrtta yoʻnalishda onlayn kurslar tashkil etilgan. Loyiha doirasida kurslarni muvaffaqiyatli tugatganlar Nanodegree dasturida oʻqishni davom etishlari mumkin va eng baland ball toʻplagan 150 ta oʻquvchiga ushbu dastur uchun grant ajratilgan.

📌 Nanodegree diplomlari esa Dunyoning Gigant kompaniyalarida tan olinadi va bitiruvchilar bilimlariga qarab ishga olinishlari mumkin. Shunday ekan orzular sari qadam tashlash vaqti keldi, harakatni ertadan yoki dushanbadan emas, hozirdan hozirga soniyalardan boshlang!

⁉️ Siz qaysi Gigant kompaniyada ishlashni xohlaysiz?

Site | Telegram | Instagram | Facebook
Oddiy insonlarni hakker qiluvchi vosita

🔴 VPN Virtual Private Netvork (Virtual shaxsiy tarmoq) so‘zlarining qisqartmasi bo‘lib, cheklab qo‘yilgan saytlarga kirish imkoniyatini yaratuvchi vosita hisoblanadi.

📌 Biz VPN orqali istalgan saytga to‘siqlarni mumkin darajada oson yengib kira olamiz. Xususiy tarmoqni boshqarish imkonini beradi. VPN-lar korporativ bo‘lmagan va korporativ intranetlardan xavfsiz foydalanishni taʼminlaydi. Ular geografik jihatdan integratsiyalangan tarmoqlarni birlashtiradigan tarmoqni taʼminlash uchun ishlatiladi. Individual Internet foydalanuvchilari o‘zlarining proksi-serverlariga VPN bilan simsiz operatsiyalarni amalga oshirish, geografik cheklovlar va tsenzurani to‘xtatish yoki shaxsiy identifikatsiyani va joylashuvni himoya qilish uchun ulanishlari mumkin. Tanganing ikkinchi tarafi bo‘lganidek, afzalliklari bo‘lgan joyda albatta kamchiliklar ham yo‘q emas.

Demak VPN bizga qanday zarar keltiradi?

– VPN xorijdagi egasi nomaʼlum bo‘lgan shaxs va guruhlar tomonidan boshqariladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, biz o‘zimizga oid maʼlumotlar, yozishmalar, kontaktlarni qo‘sh-qo‘llab ularga topshiramiz.
– VPN tekin emas, O‘zbekistonning real valyutasi chet elga oqib ketyapti.
– VPN orqali pornografik saytlarga kirish cheklanmagan. Bu esa bolalarimiz tarbiyasiga chang solayotgan eng katta xavf hisoblanadi. Endi buyog'i o'zingizga havola.

⁉️ Siz ham VPN'dan foydalanasizmi?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
TikTok kuchaydi uje

TikTokerlar xursand bo'lishiga arziydigan yaxshi yangilik bor. Deyarli bir yildan beri sinovdan o'tkazilgan yangi funksiya ishga tushirildi: Stories joylashtirish. Bu imkoniyatdan foydalanish uchun siz, kamera tugmasini yoqishingiz va paydo bo'lgan bildirishnomlarda "istoriya yaratish" funksiyasini tanlashingiz kerak. Storymaker'lar uchun faoliyat va daromad manbalarini kengaytirishga yaxshi imkoniyat paydo bo'lmoqda.

Stories joylashtirishning Instagram funksiyasidan hech qanday farqi yo'q: bu qisqa muddatli postlar bo'lib, ular 24 soatdan keyin yo'qoladi.

Hozircha, bu funksiya hamma foydalanuvchilarda ishga tushmadi. Sizda-chi, yangi funksiya paydo bo'ldimi?

Site | Telegram | Facebook | Instagram
2025/07/04 15:51:48
Back to Top
HTML Embed Code: