#nimadir
Dunyo ikkiga bo’linadi: loser va loser ekanini tan olmaydigan o’ta ketgan loserlarga
@mahinsworld

❤64❤🔥25💔20💯12🍓11🤔7🔥2🎉2🌚2🤝2
#nimadir
Shoshmaslik
tabiatan juda qiziqqon, qoni qaynar odamman. Ya'ni adolatsizlik, nohaqlik, yolg'onlarga chidolmayman. Tez jaxlim chiqadi, haqiqatni yuzaga chiqargim, yoki adolatsizlik qilgan odamga qanchalar tuban harakat qilganini tushuntirgim keladi. Lekin
hozir shoshmaslikni tanladim. Shoshmayman, kuzataman yoki umuman unutaman. O'zimning dunyoyimga g'arq bo'laman. Avgust oxiriga yaqin o'zim uchun adolatsiz deb hisoblaydigan voqea bo'ldi. Qattiq ranjidim. Ko'nglim og'ridi. Avvaliga nega men bilan, degan savollar bo'ldi. Avvalgi Mahin bo'lganida yugurib kelib kanaliga yozar, hamma bilan bo'lishishga shoshgan bo'lardi. Ammo hozir. Bari o'zgargan. Shunchaki dunyoyimga sho'ng'idim, bu voqeani o'zimga bir dars, tajriba sifatida qabul qildim va qayta bu kabi takliflarga tezda rozi bo'lmaslik qarorini qabul qildim. Energiyamni dod-faryodu, adolatsizlikni isbotlashga, o'zimni haq ekanimni dunyoga ko'rsatib qo'yishga sarflamadim. Sababi deysizmi? Kimga qiziq?
Ishoning hech kimni siz-u men bilan ishi yo'q. Bir faktni sizga ham eslatay - dunyo bizni atrofimizda aylanmaydi. Biz dunyo markazida joylashmaganmiz. Sizning injiq ekaniz, ishlaringiz ko'p ekani, sizni mendan qaysidir ma'noda zo'rroq ekaningiz qanchalar og'ir bo'lsa ham aytay - hech kimni qiziqtirmaydi. Nari borsa 1-2 kun eslashar yoki sizning mavzuingiz ko'tarilsa g'isht qalashtirib, og'iz ko'pirtirib yomonlashar. Shunda ham siz dunyo markazi yo qiziqarli qahramon ekanizdan emas, shunchaki vaqt bo'lgani va gap kelgani uchun.
Shu sabab shoshmang, slow life yaxshi narsa. O'ylang, strategiyangiz bo'lsin. Strategiya kimdandir o'zish, kimgadir aslida qanchalar super odam-u, kuchli mutaxassis ekanizni ko'rsatish uchun emas, yo'q. Strategiya - sizni aynan o'zingizni rivojlantirish (birovga isbotlash maqsadida emas), ilm, kerak payt o'ziga g'amxo'rlik qilish, tin olish, dunyolardan uzilib oila bilan sifatli va ko'proq vaqt o'tkazish uchun. Hozir esa haftaning o'rtasi, oktabrning oxiri yaqin. Kuz tugamoqda, qish yaqin. GOTda aytilganidek "winter is coming". Yil tugashiga 2 oy qoldi. Shu yil o'zingiz uchun nimalar qildingiz? Kimsiz? Aynan hozir tin oling, ko'zlaringizni yuming va dunyo markazi sizdan iborat emasligini unutmang

❤🔥70💯25🔥13❤12🤝6💘5🌚2🍓2🤗2☃1
#dialog_review
🌹"Kirka"🔞
👀Madlen Miller
- Mahin, men Madlen Millerni ilk bor siz sababli kashf etgandim. O‘shanda uning qalamiga mansub "The Song of Achilles" asarini tuhfa etgan edingiz. Yozuvchining soha mutaxassisi ekanligi, mifologiya va badiiyat o‘rtasida ko‘prik yaratganligi meni hayratga solgan edi. Kirka menga shu taassurotlarni qayta jonlantirdi. Lekin bu safar ona tilida o‘qiganim sababli yanada zavqli bo‘ldi deb o‘ylayman. Balki bu tarjimonning mahoratidir, nima deysiz?
- Balki, lekin yozuvchi uslubi boshida quruqdek tuyulgani uchun qiziqqanimdan boshqa tildagisiga (rus tili) murojaat qildim. O‘zbekchasi rus tilidagiga qaraganda jonli, jo‘shqin ekan. Yozuvchi uslubiyati esa ko‘nglimga o‘tirmadi. Xayolimda afsonalar, iloh va qahramonlar boshqa tomondan gavdalanaverdi. Sizda uslubi bo‘yicha qanday taassurot qoldi?
- Uslub ajib, ayniqsa yunon mifologiyasi asosiy unsur bo‘lganligi sababli juda ham fusunkor. Menimcha eng katta yutuq, asrlar davomida yovuz sanalgan qahramonning ichki olamidan dunyoga nazar tashlay olishimizga yozuvchi imkon yaratib berganidir. Kirkani bilgan, tanigan hech bir tirik zot uni e'zozlamaydi asli, lekin kitobxon asarni o‘qib bo‘lgach, eng ko‘p Kirkaga muhabbat qo‘yadi. Kirkaning muhabbat tarixi ham g‘aroyib, Freyd nazariyalari bilan tahlil qilgulik, shunday emasmi?
- Tahlil qilsak bo‘ladi. Ammo aynan Kirkaga muhabbat qo‘ya olmadim. Asar qahramoni ekani rost. Biroq bu darajada jabrdiyda, qurbon rolida bo‘lishi ba’zi joylarda odamni zeriktiradi.
- Sizga qaysi qahramon ko‘proq yoqdi. Shaxsan menga Hermes. Siz Atwood'ni Penelopa haqidagi asarini o‘qigan edingiz, Kirkadagi Penelopa bilan Atwood'dagi Penelopa bir-biriga o‘xshaydimi, yoki qaysidir biri boshqachami?
- Kirka va Penelopani qiyoslaydigan bo‘lsak hayotiy yo‘li, kuchi, o‘z ustida tinmay ishlagani, hamda unga berilgan jazoda yer tishlab o‘tirmay oldinga qadam tashlagani uchun Kirka ustunlik qiladi. Asar tomonlama esa - ko‘pchilikni xabari bor Atwood uslubi yoqadi, shu sabab asar borasida Penelopiadni ustunlayman. Qahramonlarga keladigan bo‘lsak Odisseyning o‘g‘illari ko‘proq e’tiborimni tortdi. Ikkisi ham nima istashini yaxshi bilishadi, istaklari yo‘lidan qaytmaydi.
- Men Kirkani o‘qib turib, uni Margaret Mitchellning "Shamollarda qolgan hislarim" romani bosh qahramoni Skarlet O'haraga o‘xshatdim, siz aytganingizdek bu qahramon, ayol qahramon, juda irodali va maqsadiga albatta yetishadi biloxir. Telegon esa ko‘proq Drayzerning "Sarmoyador" asaridagi Frenkka, Telemax esa Turgenevning Bazaroviga mengziydi. Sizda ham shunday qiyoslashlar bo‘ldimi, qaysidir sizga qadrli qahramoningizni boshqa olamdagi nusxasini uchratgandek his qildingizmi, masalan Alini?
- Ali jaydari, qiziqqon edi. Qaysidir ma’noda Telegon deyishim mumkindir, lekin Telegon aqlli. Doimiy beriladigan savollari, yangi narsani o‘rganishga chanqoqligi, mehnatsevarligi bilan ancha ustun. Kirka qaysidir ma’noda - orolda bir o‘zi yashashi, shunchaki osmonga termulib yotmasdan harakat qilgani, hayotini yaxshilaganini Robinsonga o‘xshatgan joyim ham bo‘ldi. Biroq Kirkaning doimiy ravishda xayoli-yu fikrlarida dunyo markazi bo‘lish, nishlar maydoni timsol gapirishi qurbon rolidamasmikan, degan fikr ham uyg‘otdi.
- Bir so‘z bilan aytganda, asar juda ham yengil, undan qandaydir betakror uslub, yoki purviqor syujetni kutmaslik kerak, kitobxon do‘stlarimizga esa, agar oralarida yunon mifologiyasi va feministik adabiyotga qiziquvchilar bo‘lsa, albatta o‘qishni tavsiya qilamiz.
- Ha, asarni o‘qish mobaynida zerikish va varaqlash holati bo‘ldi. Oddiy va yengil yozilgani sababdir. Sodda gap qurilmalari, uslubiyati jo‘n, agar boshqa yozuvchi ijodlari bilan aralashtirilsa bittada ajratib olish qiyin.
Hurmat va ehtirom ila Mahin& S.N.K
P.s.s: yangi usuldagi revyu shakli yoqdimi sizgan o‘z munosabatingiz bildirishni unutmang❤️

❤40❤🔥11🔥11🕊3🌚3🤩2🍓2
#nimadir
Ulg’ayish
Ulg’ayish - bu yoshga yosh qo’shilishi emas, balki psixik/aqliy jihatdan yetilish. Yetuklikka yetishishdir. Muloqot qilishni boshlash. Avvaliga o’zing bilan, ma’lum muddatdan keyin boshqalar bilan. Odatda ko’pchilik muloqot qila olmaydi, muloqotni esa - qarshi chiqish, terslik, bosim o’tkazish, jaxl qilish, yomonlash yoki shunga o’xshash narsalarga tensitishadi.
Aslidachi?
Aslida muloqot insoniyat uchun berilgan eng go’zal tuhfalardan biri. Biz odammiz, hayvonlardan farqimiz ham shundaki - tilimiz bilan gapira, miyamiz bilan fikrlay olamiz. Shunchaki gaplashib olish mukammal bir vazifa emas. Og’iz ochiladi va siz miyangizda tarakandek olib yurilgan aytiladi. Tamom. Masala hal.
O’zingizcha miyangizda 1001 ssenariy tuzib, narigi tomondan dushman yashash, yoki sizga adashib qayerdadir nimadir izoh yozganini million yil yelkangizda ko’tarish, u yelkadagi yukni esa erinmay hayotga tadbiq qilish - c’mon kulguliku. Narigi tomon sababini bilolmay miyasi achiydi. Shu bir sabab qidirib men bechora tuni bilan uxlamay telefoninimni titdim. Huh, topdim. Va rosa kulibman. Jiddiyroq sabab deb o’ylab yurgan ekanman, shunchaki 2 ta gapdan iborat dialog bilan ochiqlanadigan narsalar ekan.
Xullas, kimgadir gapingiz bormi barakalar topgur - AYTING! O’ziga ayting. Orqasidan tuxmat, bo’xton qilmang. O’sha odamni karyerasi, kelajagiga boltani urmang. Siz kimnidir shunchaki yoqtirmasligingiz bemalol o’sha odamni shaxsiy hayotiga burningizni tiqish, sirlarini olamga yoyish, yoki o’sha odam aytmagan gapni butun dunyoga dod-faryod solib dedilash huquqini bermaydi. Muammo sizning miyangizdami, boring o’sha odamga ayting, terapiya oling, yoki jimgina yashang. Bori shu. Tamam.

❤🔥39🔥13❤6😇5💯4🍓4🕊2😍1
❤🔥71🤔30💔23🤩14💯10🤝4👏3🌚3🐳2🤗1💘1
#nimadir
Tun. Kitobim ochiq. O’qiyapman. Xayol qochdi. Rejalarim bo’lmasa. Maqsad ham. Borimni tiksam. Avtouy sotib olsam. Sayohat qilsam. Avtouyimda dunyo kezsam. Hech kimni tanimasam. Har kun notanishlarni ko’rsam. Jimjitliklar. Baland qad rostlagan tog’lar. Suvlar. Sharshara. Daryo. Dengiz. Hashorot-u tabiat bilan tanishsam.
Yo’qlik mazasin totsam. Shunchaki. Hayot kechirsam. Hech kim meni tanimasa. Mavjudligimdan ham xabardor bo’lmasa. Kitobimni kutubxonalarda almashtirsam. Biri olsam. Boshqasiga topshirsam. O’qisam. Sayohat qilsam. Yashasam. Nafas olsam. Tanam havodan to’ysa. Baridan uzoqlashsa. Hech kimni tanimasam. Meni-da hech kim tanimasa.

❤🔥120🍓23❤22🤩13🤔12🦄5🔥4🌚4🤝1
Assalomu alaykum barchaga. Hozir kitobxonlar uchun must have saytlar bilan tanishtirmoqchiman:
1. https://www.goodreads.com/ Bu sayt (platforma desa ham bo’ladi)da siz yangidan-yangi kitoblarni kashf etishingiz, turli reviewlar o’qishingiz mumkin. Bundan tashqari o’z profilingizni ochib kitobsevar do’stlar orttirib, o’zingizga turli shelf: Read, currently reading, want to read kabi yaratishingiz va jarayonni belgilab borishingiz mumkin. Bu platformada men (https://www.goodreads.com/user/show/90706649) profilidaman.
2. https://www.livelib.ru/ Bu sayt ruscha. Goodreadsga o’xshaydi, ammo ruscha analogi desa ham bo’ladi. Bu yerda ham siz turli “knijniy vizov” challengelar qilishingiz mumkin.
Ikkisidan yoqadigani menga: goodreads.

🤗23🔥9❤🔥6👏5❤2🌚2
#reading
Yevropa davlat boshqaruv nazariya va amaliyoti ming yillardan beri tartibga tenglik, o'zlikni esa universal qoida hamda normalarga qarshiliklar orqali erishganlar.

🔥26🤔5🤩5❤🔥4💘4
#specialty
Hozir bir monografiya o’qiyapman, tahlil qilyapman. 40 yil avval yozilgan ekan. Tasavvur qiling shu monografiyani yozish uchun 12 ta davlat, provinsiya, davlatlarning shahar-u viloyatlari arxivlarida ishlagan ekan. Ulkan ish. Mehnat. Uzoq yillik harakat.

❤🔥45🔥7❤6🍓5🎉4
#vaqtinchaxayr
Jigarlarim Mahin vaqtincha (noyabr oxiriga qadar) uzoqlashaman. Dissertatsiyam va sohamga doir muhim loyihalarni tugatishim zarur. Kimgadir vaqtida javob yoza olmasam yoki yetarli javob qaytara olmasam, oldindan uzr so’rayman. Dil so’zlaringizni @mahins_world ga yozib turishingiz mumkin. Qaytaman. Kuting
#staytuned

Bir partizanni topgandik. Avlodlarini uzoq izladim, ma'lumotlarda Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumani edi. Nuraliga iltimos qildim, Kattaqo'rg'onlik emasligini bilib berdi (rosa izladi). Va uning sharofati bilan avlodini telefon raqami topildi. Gaplashdim. Keling, deyishdi. Yugurdik...
Samarqand qaylardasan deya ketdik. Muzeylarga bordik, ma'lumot izladik, avlodlari bilan ko'rishdik. Uzoq suhbatlashdik. Juda kerakli va qimmatli ma'lumotlarni ololdim. Juda mehribon odamlar ekan. Eng ta'sir qilgani dadalari ruhi, xotirasini e'zozlashlari bo'ldi. Balki, aytarsiz hamma shunday, deb. Yo'q, afsus unday emas. Tashlab yuborganlarni ham guvohi bo'lganman. Aynan kuni kecha uchrashganimiz unday emas ekan. Ismlarini esa yaxshilab o'rganganimdan keyin aytaman). Lekin juda xursandman. Ish joyidan siljiganini his qilish odamga yoqimli his beradi. Ayniqsa uzoq yil izlagan ma'lumotlaringizdan ham ko'prog'ini topolsangiz - u hisni tasvirlab berolmayman. Ma'lumot uchun ilmiy ishim (PhD) mavzusini bilmaganlar uchun eslatib ketaman "Yevropadagi Qarshilik ko'rsatish harakatida O'zbekistonliklar (1941-1945)". Agar sizda shu mavzuga aloqador ma'lumot, kitob, partizan bobo yoki qo'shni bobongiz bo'lsa, menga xabar bering. Oilaviy rahmatimizni aytamiz).