Shu kitob estetikasi juda yoqdi. Tugatganman, miyamda yozmoqchi bo’lganlarim bir-biri bilan jang qilyapti.
@mahinsworld
@mahinsworld
❤68❤🔥23🔥11🌚8🍓5💘1
#book_review
O’ylab qoldim. Men dissertatsiyam ustida qizg’in ish olib yurgan bir paytda, men bilan tengdosh boshqa qiz/ayollar nima qilishyapti ekan? Ularning qiziqishlari, hayot tarzlari qanday? Ular kechqurun ovqat yeyilganidan keyin nima bilan mashg’ul bo’ladilar? Tikish, to’qish, yozish yo kitob o’qish?
Bundan bir asr muqaddam, ha qo’ying ellik yil avval hayot kechirgan aynan mening tengdoshimda qanday hayot tarzi bo’lgan? Yuz yil avval? Javob yo’q. Javobsiz o’ylar bari. Qiziq, aynan “Jeyn Eyr”, “Bovari xonim”, “Andisha va G’urur” kabi kitoblari – aynan ayollar tomonidan qoralaganlarni 50-100 yil avval yozilganlarni xayolan qidiraman. Yo’q, afsus yo’q. Nasrda ijod qilgan – o’tgan asrda – ayol ijodkor haqida o’ylayman. Bormi? Xabarim yo’qmi?
Ayol haqida – uning o’ylari, qiziqishlari haqida yozilganlarni o’ylay boshlayman. Avvalari ham ayollar haqida ko’p o’ylardim, ammo Virginia Woolf barcha o’ylarimga ko’zga tutgandek bo’ldi. Yana shu yurakda toshdek simillab yurgan o’ylovlarni sirtga chiqardi. Uning aytishicha ayollarga shaxsiy xona va pul kerak ekan. Ha, to’g’ri eshitdingiz – aynan AYOLga! Kulgim keldi, ayolga? Qizlarga hatto alohida xona yo’q, bu jamiyatdaya? (albatta barcha emas, biroq xonasiz qizlar minglab topiladi)
Bir oilani bilarkanman, qizning ikki aka va 1 ukasi bor, ikki aka uylangan, uy esa uch xona. Qizga xona yo’q. Muallif esa ayolga deydiya. To’g’ri, qiz/ayolga xona nima kerak, u nega rivojlanishi kerak, degan gaplar almisoqdan qolgandek sizga eshitilishi, atrofingizdagi o’qigan va o’qiyotganlarni menga bigiz qilib ko’rsatishingiz mumkin. Keling, siz bilan bir sirni bo’lishay – shu o’qiyotgan qizlaringizning nechtasi va qanchasi muvaffaqiyatli? O, yo’q siz bilan tabiat qoidasi borasida cheksiz baxslashmoqchi, ayollar tug’masin, turmush qurmasin demoqchi emasman. Aytayotganim muallifnikiga o’xshash – ayollarda rivojlanishi uchun sharoit bormi? Turli dardga yaramaydigan xo’jako’rsinga qilinadigan forum – ilmi nolu lekin pul bilan himoya qilganlarni tanishlari chaqiradigan, cheksiz muvaffaqiyat haqida quloqqa tambur tepadigan – raqamlar uchungina qiladiganlarni gapirmaylik. Hmmm, bor. Kam. Qishloqlarda bormi?
Kitobga qaytaylik. Muallif ushbu ijodida patriarxat tizimda ayol realizatsiyasini ta’lim, madaniy, iqtisodiy tomonlarini tahlil qiladi. Bundan tashqari, Virginia nafaqat ayollarning ijodini aytadi, balki ular yozganlarni ham tahlil qiladi. Ya’ni, agar ayolning yozganida g’azab bo’lsa demakki u bemalol yoza olmagan. Uning ijodida to’siq bo’lgan. U xotirjamlikda ijod qila olmagan. Yozuvchi ayollar, tenglik, erkinli, ruhiy erkinlik haqida bosh qotiradi, jon kuydiradi. Uning aytishicha moliyaviy tomondan erkin insonning ruhiyati erkin, ruhiyati erkin esa tabiiyki erkin ijod qila oladi, deydi. O’rtaga ayollarning erkin ijodi uchun alohida sharoitlar yaratilishi kerakligi, qizlar ham bolalikdan ruhan erkin o’stirilishi kerakligini aytadi. Eng qiziq misol, o’rta sinf oilasi qiziga nisbatan qulning bolasi erkin, degani bo’ldi.
U ayollarga o’zingizni kashf qiling, o’zingizni namoyon eting deydi. Bu narsalarni bajarish uchun ham tabiiyki erkinlik kerak. Hamma borada. Misollar hayotda ham bisyor. Masalan, bir vaqtda PhDga kirganlarda ham odatda erkak kishi oldinroq himoyaga chiqadi. Chunki uning ilmi, uyda dissertatsiya ustida ishlashi, izlanishi oilada, jamiyatda jiddiy qaraladi. Ayol esa uyiga qaytganda tabiiyki oilasi bilan, farzandlari bilan vaqt o’tkazadi. Sanoqli ayollargina (juda ham sanoqli) xona – shaxsiy ishxonasiga kirib, shaxsiy ish stolida ilmi yoki ijodi bilan mashg’ul bo’la oladi.
Qizlar - o’zingizni kashf eting, o’zingiz realizatsiyangiz bilan mashg’ul bo’ling. Eng muhimi esa o’z jinsingizdagilarga nisbatan solidarnost bo’lsin. Biz bir-birimizni qo’llab-quvvatlashimiz shart!

❤🔥74❤18💯17💋7🔥4☃2
#nimadir
Orzudagi O’zbekistonda ilm qilmoqchi bo’lgan, izlanmoqchi bo’lganlarga moliyaviy pul ajratiladi. Faqatgina ura-uralar, tadbiru festivallar qilinmaydi

🔥93💯24❤🔥14⚡6🤝4❤3
#nimadir
- Kitobizni o’qing. Keyin gapirib berasiz. Kitobni o’qishim emas, gapirib berishiz zavqli
@mahinsworld
- Kitobizni o’qing. Keyin gapirib berasiz. Kitobni o’qishim emas, gapirib berishiz zavqli
@mahinsworld
❤96🤩20💯14😍7❤🔥6🥰1
#tarjima
Eng muhimi xotira. Yaralar bitadi. Og’riqlar unut bo’ladi. Sevgi esa doim biz bilan.
Biz qolamiz.
“The Nightingale”

❤53🔥10🤗6🤝4❤🔥3💔1
#book_review
Hech yozuvchi bo’lish, kitob yozish, qo’yingki l, nimadir qoralash haqida o’ylab ko’rganmisiz? Javobingiz ijobiy bo’lsa, qachon? Bugungi bayonim sababchisi onasi rak kasalligiga chalinganda birgalikda qoralashdan o’z ijodini boshlagan. Qayg’uli. Yo’q, yozishni boshlagani emas, ijod yo’li boshlanishi qayg’uli bo’lgani.
Hech urush haqida o’ylaysizmi? Kimdir issiq o’rningizga bostirib keladiyu, sizdagi borlarni tortib oladi. O’ylamagan bo’lsangiz juda omadli inson ekansiz. Agar o’ylagan bo’lsangiz, sizga savol – agar shunday hol bo’lsa ularga qarshi chiqasizmi yoki uning hamkoriga aylanasizmi? Bu narsani men ko’p o’ylayman. Urush ayollarniki emas deyishadi. Insoniyatga qarshi urush – bildingiz qaysi ekanini – mobaynida ayollar, qariyalarning hissasi borasida kam gapiriladi. Masalan, o’zimizdan ham sanoqlilarnigina bilamiz. Aslida shundaymi? Juda uzun gapirdim. Aslida sizlarga Kristin Hannahning “The Nightingale” asari haqida aytib bermoqchi edim. Yaqinroq keling, agar reviewim sizni qiziqtirib qo’ysa dastro’molchani oldingizga olib kelish esdan chiqmasin.
Bilamizmi, Germaniya 1939-yilda Polshaga hujum qilganidan so’ng, Fransiya Buyuk Britaniya bilan birgalikda Germaniyaga qarshi urush e’lon qiladi. 1940-yilda esa Germaniya Fransiyaga kirib keladi. Ana shundan boshlab Fransiyaning okkupatsiya qilingan hududlarida (erkin hududida ham), fashizmga qarshi parda ortidan kurashuvchilar paydo bo’ladi. Ular gazeta, varaqa tarqatish, bosib chiqarish, yozish, turli yerlarga yopishtirish bilan shug’ullanishgan. Agar ular tutib olinsa, hayotlari qanday tus olinishini bilishsa-da, tutib olinganda turli yo’llar qo’llanilgan – osib o’ldirish, joyida otish (bu omadlilarda), mehnat lagerlariga surgun (aynan Ozodlik, Qarshilik ko’rsatish harakatichilar uchun maxsus) qilinganlar. Kitob aynan shu haqida.
Biz asarda 2 qiz va beva otadan tashkil topgan oilani ko’ramiz – eng qayg’ulisi bu oila bir-birini eshitmas, tinglamas va bir-birini ko’rishni ham istamasdi (o’smirligimizda yo’qolib qolish, xotirasini yo’qotish, oilani ko’rishni istamaslik ko’pchilikda bo’ladi a?). Ota birinchi Jahon urushi qatnashchisi, veteran – urush ruhiyatini sindirganlardan biri, nemislar Parijga kirib kelishganidan so’ng sarosimaga tushadi. U urush sovug’i qanday bo’lishi, boshlanishi tez-u yakunining oxiri ko’rinmasligidan xabari bor edi. Aynan shu sabab u qizlarini bir-birini yonida tirgak bo’lishini istardi. Ammo qizlar?
Qizlar – to’ng’ichi Vianna sipo, qonun-qoidalarga bo’ysunuvchi, turmush qurgan, bir nafar qiz farzandi bor. Kenjasi esa – Izabel sabotajchi, cho’rtkesar, dovyurak, qoidalarni tan olmaydigan olovning o’zginasi. Urush ularni bir tom ostiga olib kelib qo’ydi. Biri nemislarning qoidasiga indamay bo’yin tutsa, ikkinchisi ularga qarshi chiqish, qirib tashlash va vatanini ozod qilishni istardi. Qiziq, ikki murg’akning taqdirini Qarshilik ko’rsatishga nima aloqasi bo’lishi mumkin? (kitobda o’qiysiz, spoyler qilmay).
Asarda voqealar zanjirdek berilgan: parda ortidan kuzatuvchilar, maklar, mehnat lagerlari, uchuvchilarni erkin hududga olib o’tish operatsiyasi, nemis bilan bir tom ostida yashash hadigi, yahudiylarga tazyiq, talon bilan oziq-ovqat olish, mamlakatda mushuk/kuchuk va hatto sichqonlarni qirilib ketishini ko’rishimiz mumkin. Asar yozishda eng katta mavzu muhabbat hisoblanadi. Bu yerda ham shu mavzu aylanib o’tilmagan.
Muhabbat – Vianna va turmush o’rtog’i o’rtasidagi sevgi. Ota va ikki qiz, oila muhabbati. Viannaning qizi Sofiga bo’lgan onalik muhabbati. Izabelning vataniga bo’lgan muhabbati. Viannaning yahudiy do’stiga bo’lgan muhabbati. Va boshqalar.
Urush mavzusi (bu ham buyuk mavzulardan) – nemislarning kirib kelishi, ularga qarshi chiqish, maklar, ozod qilinish (44-yilda), ochlik, mehnat lagerlari...
Asar prototipi mavjud – Belgiyalik Mlle Andree de Jongh. Aynan nimalar qilganini esa kitobni o’qiganingizda bilasiz.
O’qing.

❤🔥31🍓9❤6🦄6🌚5🤝1
#nimadir
ideal munosabatlar - bosh-oyog'i ideallikdan iborati emas, aksincha eng ahmoqona vaziyatlarda kam bir-biridan voz kechilmaydiganidir.

💯79❤🔥27🍓10🎉7🤩5❤4
#nimadir
Tun. Issiq choy. Tutuni kuzgi tun salqinida dilni yayratadi. Iye limon solinganmi? Qayerdan bilding? Idishni to’ldirib ichishni yoqtirmasligimni bilib, yarimlatib solding. Ko’zingdagi mehrga qarab kunlik dilxiralik yoddan ko’tarildi. Yana bir hafta yakuniga yetdi. Aynan hafta yakunini kutishimni bilasan. Choyni yoqtirmasamda aynan sen bilan ichishimni ham bilasan. Gapiryapman. Lablar to’xtamay so’zlayapti. Gapiryapman. Noliyapman. Aytyapman. Deyapman. Tushuntiryapman. Gapirib beryapman.
Tinglayapsan. Jimgina quloq tutyapsan. Nolisam jiddiy qiyofada dardkashdek. Aytsam diqqating bilan. Gapirsam bor quloqni tutib. Tushuntirsam esa kipriklaringni pirpiratmapsan hatto. Mayin jilmayding. Jilmayishing yoqishini aytganmidim oldin? Yo’q? Aytgan bo’lishim kerak. Menimcha. Ehtimol, o’zimga. Menimga aytgandirman. Mayli, o’zinga ham deyay. Ko’zlaring haqida. Ko’zingdagi yiltillash haqida bilasanmi? Qiziq. Nega bilmaysan? Aytmabman. Aytaman. Hech qursa bugun.
Men. Sen.

❤🔥85❤16🤝5💔4😇2
https://www.instagram.com/reel/DBF-B-GoeiX/?igsh=MTZqaWo5cG90Nmtudg==
Kitob javonimga tilak so’z yozing🌚
Kitob javonimga tilak so’z yozing🌚
🔥16❤🔥2
#book_review
Asarning asosiy qahramonlari - ijtimoiy himoyalanmagan, qashshoq, mehnatkash ko’mir qazuvchilar.
“Hamal” (Germinal) ilk marotaba 1885-yilda chop etilgan bo’lib, yozuvchining qoralamalarida 20 dan ortiq turli nomlarda bo’lgan. “Hamal” to’g’ridan-to’g’ri bahor, uyg’onish oyi hisoblanib, asarda ham aynan shunga urg’u berilgan.
Asar sovuqda boshlanadi. Izg'irin, shamol hammani zir qaqshatar, shaxtaning jahhanam kabi issig’i va tashqi olamning izg’irini ishchilarni badtar holga keltirgan. Asar nomining uyg’onishni bildirganini bir belgi deb olsak, asar ham aynan ishchilarning aynan uyg’onishiga ishora beradi.
Asosiy mavzulardan – kapital va inson, burjua, sevgi deb qaraydigan bo’lsak biz kitobda 2 turdagi (eng yorqin) oilalarni ko’rishimiz mumkin. Albattaki: boy va kambag’al – 106 yildan beri tinim neligini bilmagan, oilada yoshu qari chumolidek qimirlaydigan, hatto 10 yashar bolakayi ham yer ostida ishlaydigan Maelar oilasi hamda sokinlik, to’kinlikda bir ish qilmay, bosh ham qotirmay to’q yashaydigan Greugarlar oilasi. Ha, aytish yoddan ko’tarilibdi Greguarlar aksiya egasi bo’lib, u o’z boyligi hatto nevarasini yotib yeyishiga ham yetadi, deya faxrlanadi.
Adolatsizliklar markaziga o’zga yerlik bo’lgan, savodli Etyen kelib qo’shiladi. U avvaliga ishda qiynaladi, zum o’tmay eng ilg’orga aylanadi. Ammo og’ir ish, sharoitlarning achinarli ekanligi, oylikning kamligi, qisqa qilib aytganda, adolatsizlik uni yemira boshlaydi. U tinimsiz kitob o’qib, jurnallarni topdirib yamlamay yuta boshlaydi va ichida g’alayon boshlanadi.
Muallifni kompozitsiya tasvirlari qiroli desak mubolag’a bo’lmaydi. Asar esa naturalizmning yorqin namunasi deya olamiz. Asardagi ikir-chikirlar, qahramonning qabul qilishi orqali uchinchi shaxs bilan tasvirlash o’quvchiga obyektiv fikrlashda yordam beradi. Kitob 7 qismdan iborat bo’lib, qismdan-qismga vaziyat og’irlashib boraveradi. Xuddiki siz havo bulutli payt sayrga chiqdingiz. Ozgina qadam tashlamay yomg’ir tomchilay boshladi. Yana ozgina qadam asfalt yo’qolib tuproq paydo bo’ldi. Yomg’ir jadallashdi. Endilikda yo’l loy, qadamlaringiz oyoq kiyimingizga yopishgan loyda og’irlashgan, borgan sari katta bir yuk bilan ildamlayapsiz. Ana shunday his qoldiradi. Ma’lum qism tugaganda yaxshilikka umid qilasiz, ko’mirchilar ahvoli yaxshilanar deysiz. Qiziq, yaxshilanarmikan?
O’qib ko’ring.

❤🔥26🔥4🤩4🍓3
#eslatma
Bugun kuzning naqd yarmi. Issiq kakao, pledga o’ralgancha kitob o’qishga ulgurdingmi?
@mahinsworld
Bugun kuzning naqd yarmi. Issiq kakao, pledga o’ralgancha kitob o’qishga ulgurdingmi?
@mahinsworld
❤🔥70❤23⚡16💔16🍓12🤩4
#book_review
Qarshimizda barcha standartlarimizga javob beradigan – bosiq, kamgap, bo’ysinuvchan farzand, rafiqa bo’lmish Yonhe. U oddiy ayol. Shu darajada oddiyki, hatto 3 qismdan iborat ushbu asarning biror qismi uning tilidan hikoya qilinmaydi. U erkaklar asosan uylanish uchun tanlaydigan rafiqa – yaxshi ovqatlar tayyorlaydi, kam gapiradi, ortiqcha hobbilari yo’q. Hech narsa talab ham qilmaydi, farishtaning o’zginasi. Orzudagi malika desak ham bo’ladi. Kitob o’qiydi.
Kunlardan bir kun eri uni muzlatgich oldida uchratadi. U jimgina muzlatgichdagi barcha go’shtlarni axlatga tashlab yuborayotgandi. Aynan shu joyi uning jamiyat standartlariga sekinlik bilan emas, keskinlik bilan qarshi chiqib boshlashini ko’rishimiz mumkin. U yuqori ich kiyim kiyishdan bosh tortadi. U go’sht, tuxum yemay qo’yadi. Bu hol haqiqiy patriarxal oilani boshiga gurzi bilan urgandek bo’ladi. Oila erkaklari undan hol so’rash, nimalar his qilayotganini bilish, uning qalbi/shuurida nima bor ekanini bilish o’rniga o’ziniki o’tkazishga, majburan ular istagandek bo’lishga majbur etishadi. Afsus.
Yonhening tushlari uning bolalikdagi abyuziv travmalari bilan bog’liq edi. U vegetarian bo’lib shuuridagi ana shu qonxo’rlik, abyuzliklarni chiqarib tashlashga urinadi. U avvaliga go’shtdan butkul voz kechgan bo’lsa, keyinchalik hatto kiyim ham kiygisi kelmay qoladi. Asarni o’qiganingizda xayolingizga ochko’zlikka qarshilik, ozodlikka intilish, oilada tushunilmaslik, izolatsiya holatiga qalban uchrash, erkaklar ayollarga o’z manfaati, qiziqishi obyekti sifatida qarashini ko’rishingiz mumkin. Yonhe yaqinlarining hayotida hech qachon eng bosh o’rinda bo’lmagan – ota-onasida ham, turmush o’rtog’ida ham.
Postmodernistik ushbu asar bizga adabiyot nega kerak ekanini ko’rsatib beradi. U bizga jamiyatdagi o’zgarishlar, o’lmas buyuk mavzulardan xabardor bo’lish, adabiyotning qanchalar rang-barang ekanini bildirish, birgina kichik kitob orqali ko’p narsalar deya olish mumkinligi isbotlash uchun zarur.

🔥42❤🔥14🍓7❤6🤝2
💔125💯14🔥8🕊7🍓7