Telegram Web Link
Iqtidorli maktab o‘quvchilari “Registon” maydonida jam bo‘lishdi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 17-19 iyun kunlari Samarqand shahrida “Turon” maktab teatri hamda “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlarining Respublika bosqich sinov jarayonlari tashkil etilmoqda.

17-iyun kuni Samarqand shahrida mazkur tanlovlarning Respublika bosqichi jarayonlariga tantanali ravishda start berildi.

Bunda har bir tanlov bo‘yicha hududlardan kelgan 14 ta jamoa (har bir hududdan 1 tadan) belgilangan shartlar asosida kuch sinashadi. Bahslar taniqli san’atkorlar va sohaning malakali mutaxassislari tomonidan baholanadi.

Shuningdek, ishtirokchi o‘quvchilar Samarqand shahridagi tarixiy va madaniy obidalarga sayohat qilishadi.

“Turon” maktab teatri tanlovi bahslari hududdagi Hamid Olimjon nomidagi viloyat musiqali drama teatrida, “Iqtidor” maktab ansambli tanlovi bahslari Nurafshon san’at saroyida tashkil etiladi. Tanlovlar g‘oliblarini taqdirlash marosimi “Boqiy shahar” majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib deb topilgan jamoa a’zolari xorijiy davlatlar (“Turon” maktab teatri tanlovi g‘oliblari — Turkiyaga, “Iqtidor” maktab ansambli tanlovi g‘oliblari — Ozarbayjonga) ta’lim sayohatiga yuboriladi.

Shuningdek, tanlovlarda 2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

@masofatalim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Labaratoriya ishlarini bajarishda oltin qoida bor — halat kiyish. Odatda, oq ranglisi.

AI xulosasi ham shunday.

Bu qoidani yozganlar vazirlar bundan mustasno ekanini aytishmagan.

@masofatalim
Pinkod.uz’ni nima uchun kuzatib borish kerak?

- Iqtisodiy yo‘nalishdagi xabarlarning barchaga tushunarli va sodda tildagi tahlili beriladi.

- Banklar, to‘lov tashkilotlari va boshqa tijoriy kompaniyalarga oid eng sara materiallar aynan shu yerda bor.

- Moliyaviy savodxonlik borasida original maqolalar e’lon qilinadi.

- Texnologiyalarga oid eng muhim yangiliklar chop etiladi.

Bular hammasi emas! Qolganini kuzatib borish davomida bilib borasiz. Aytgancha, ular obunachilarining ortiqcha vaqtini olmaydi — eng muhim va saralarini chop etadi.

Kuzatib boring: @pinkoduz
“Turon” maktab teatri va “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlarida g‘oliblar aniqlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 17-19-iyun kunlari Samarqand shahrida “Turon” maktab teatri hamda “Iqtidor” maktab ansambli tanlovlarining Respublika bosqich sinov jarayonlari tashkil etildi.

Davlat rahbarining tashabbusi bilan tashkil etilgan “Turon” maktab teatri tanlovi bahslarida maktablarning 6-11-sinf o‘quvchilaridan (8 nafar) iborat jamoalar ishtirok etdi. Jamoalar ikkita — “Bizning maktab” tanishtiruv va savol-javob hamda “Teatr – ibratxona” sahna spektaklini namoyish etish shartlari asosida bellashishdi.

O‘quvchi-yoshlarning milliy cholg‘u san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qiluvchi “Iqtidor” maktab ansambli tanlovida 6-10-sinf o‘quvchilari (8 nafar)dan iborat jamoalar ishtirok etdi.

“Turon” maktab teatri tanlovi bahslari hududdagi Hamid Olimjon nomidagi viloyat musiqali drama teatrida, “Iqtidor” maktab ansambli tanlovi bahslari Nurafshon san’at saroyida tashkil etildi.

Tanlovlar g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi 19-iyun kuni “Boqiy shahar” majmuasida bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ham ishtirok etdi.

@masofatalim
Toshkent kimyo-texnologiya institutida bugun Qabul 2025ga bag'ishlangan yirik matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

2025-yil 20-iyun kuni O’zbekiston Milliy matbuot markazida “Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini tashkil etish hamda Muhandislik sohalarida kadrlar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida Matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Ushbu matbuot anjumanida Ommaviy axborot vositalari xodimlari, jumladan jurnalistlar hamda blogerlar ham ishtirok etib o'zlarini qiziqtirgan savollarini mas'ullarga yo'llab, ularga atroflicha javob oldilar.

Matbuot anjumani so'ngida Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizni har tomonlama yanada rivojlantirish, xususan Toshkent kimyo-texnologiya institutida olib borilayotgan islohotlarni xalqimizga sifatli va tezkor yetkazishda jonbozlik ko‘rsatgan jurnalist va blogerlarni 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan institut rahbariyati tomonidan tashakkurnoma hamda esdalik sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Batafsil

@masofatalim
2025/06/28 02:54:53
Back to Top
HTML Embed Code: