Telegram Web Link
#savolimbor? Assalomu alaykum, arafa kuni barcha xodimlar kamida 1 soat vaqtli ketadi. Buxgalter ana shu 1 soatga haq to’lanmaydi deyapti? Shu to’g’rimi?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:

Bu yerda buxgalter nohaq. Ana shu qisqartirilgan kamida 1 soat uchun ham haq to’lanadi.

Bugun barcha xodimlar, hattoki 0.5 yoki 0.25 stavkadagilar ham ish (smena)dan kamida 1 soat vaqtli ketadilar va ish haqi kamaytirilmaydi. Bu qoida mulkchilik shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarga birdek taalluqli ya’ni xususiy sektorga ham.

MK 258-moddasi 1-qismiga ko’ra, qisqartirilgan ish vaqti sharoitlarida band bo‘lgan xodimlarning ish haqi normal ish vaqti uchun belgilangan to‘liq hajmda to‘lanadi.

MK 187-moddasiga ko’ra, ishlanmaydigan bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida bir soatga qisqartiriladi.

Bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.

⚠️ MK 187-moddasi 2-qismiga ham e’tibor bering. Agar bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan holatda, yuqoridagi kamida 1 soatlik qisqartirilgan vaqti ish vaqtidan tashqari ish deb baholanadi hamda MK 262-moddasiga ko’ra, ish vaqtidan tashqari ish uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi yoki xodimning xohishiga ko‘ra ish vaqtidan tashqari ish uchun oshirilgan haq to‘lash o‘rniga ish vaqtidan tashqari ishlab berilgan vaqtning davomiyligiga muvofiq keladigan qo‘shimcha dam olish vaqtini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#savolimbor
Assaloma aleykum! Nogironligi bor trener-o‘qituvchi xodimlarga mehnat ta’tili necha kun beriladi?

Javob

Mehnat kodeksining 218-moddasiga asosan, yoshi va sog‘lig‘ining holati hisobga olingan holda I va II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga — o‘ttiz kalendar kun har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til beriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 26-iyundagi 263-son qaroriga ilova bilan tasdiqlangan “Pedagog xodimlar uchun yillik uzaytirilgan mehnat ta’tili davomiyligi me’yorlari”ga asosan, kasb-hunar maktablari, kollejlar, texnikumlar trener-o‘qituvchisi 56 kalendar kun kalendar kun ta’til beriladi.

Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari, bolalar-o‘smirlar olimpiya zaxirasi sport maktablari, ixtisoslashtirilgan sport maktablari, sport maktablari treneri (trener-o‘qituvchi) 42 kalendar kun ta’til oladi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, nogironligi bo‘lgan trener-o‘qituvchi ishlayotgan joyiga qarab 56 yoki 42 kalendar kun ta’til oladi.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
Tarix yozildi...

Mustaqil Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi 1992-yilda tashkil etilgan.

Oradan 33 yil o'tib (1994, 1998, 2002, 2006, 2010, 2014, 2018, 2022) terma jamoa 2025-yilda FIFA Jahon chempionati final bosqichiga chiqdi.

Barchani chin ko'ngildan tabriklaymiz. O'zbekiston Jahon chempioni bo'lsin!
#test Dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun kamida ... hissa miqdorida haq to‘lanadi.

P.S. Qurbon hayiti muborak bo'lsin!
Anonymous Quiz
22%
1,5
70%
2
6%
2,5
2%
3
#qonunbilan Hurmatli ish beruvchilar, bayram bayramdek o’tsin! Sizlarga Mehnat kodeksi 209-212, 263, 396, 417,428-moddalarini va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 49-moddasini diqqat bilan o’qib chiqishni tavsiya qilamiz! Ushbu moddalarning ayrim qismlaridan misollar keltiramiz.

Hurmatli xodimlar, haq olinur berilmas!

MK 209-moddasiga ko’ra, dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlash taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollar mustasno…

❗️MK 210-moddasiga ko’ra, dam olish kunlari va ishlanmaydigan bayram kunlari xodimning roziligisiz ishga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan alohida hollar mustasno…

❗️MK 211-moddasiga ko’ra, xodimlar ishga jalb etiladigan dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarining sonini cheklash, bundan ushbu Kodeks 210-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno, jamoa shartnomasida yoxud ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra belgilanishi mumkin…

❗️MK 212-moddasiga ko’ra, xodimlarni dam olish kuni yoki ishlanmaydigan bayram kuni ishga jalb etish ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi…

❗️MK 263-moddasiga ko’ra, dam olish kunlaridagi yoki ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ish uchun kamida ikki hissa miqdorida haq to‘lanadi…

❗️MK 396-moddasiga ko’ra, homilador ayollar, 14 yoshga to‘lmagan bolaning (16 yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning) ota-onasidan biri (ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxs) faqat o‘z yozma roziligi bilan tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilinishi, shuningdek xizmat safariga yuborilishi mumkin…

MK 417-moddasiga ko’ra, 18 yoshgacha bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborish, tungi ishlarga, dam olish kunlaridagi va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.

❗️MK 428-moddasiga ko’ra, nogironligi bo‘lgan xodimlarni xizmat safariga yuborishga, tungi ishlarga, ish vaqtidan tashqari ishlarga hamda dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlaridagi ishlarga jalb qilishga faqat ularning roziligi bilan, agar ushbu xodimlar uchun bunday ishlar tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tavsiyalarida taqiqlanmagan bo‘lsa, yo‘l qo‘yiladi.

⚠️ MJTK 49-moddasiga ko’ra, mansabdor shaxs tomonidan mehnat va mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan o‘n baravarigacha (3 million 750 ming so’mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi…

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#test Tungi vaqtdagi mehnat uchun haq to‘lash kamida ... baravar miqdorida amalga oshiriladi.
Anonymous Quiz
47%
1,5
41%
2
9%
2,5
3%
3
Qorovullarga tungi ish uchun 1,5 barobar haq to'lanishi shartmi?

#savolimbor? Assalomu alaykum, men bog'chada qorovul bo’lib ishlayman. Tungi vaqt uchun menga 1,5 barobar emas, 1 barobar to’lashyapti. Qonunda shunday deyilgan ekan kunduzgi bilan bir xil to'lanar ekan. Bu qanchalik asosli?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:
Avvalo, savolingiz uchun katta rahmat. Negaki, mehnatga haq to’lash bilan bog’liq bugungi kundagi juda katta muammoni ko’tarib chiqibsiz. Biz bu masalani avval ham yoritgan edik https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/4220. Yana takrorlashdan charchamaymiz. Endi yangi Mehnat kodeksi bo’yicha ham fikrimizni huquqiy asoslantirib beramiz.

Chunki amaliyotda aksariyat tashkilotlar MK 188-moddasi 4-qismidagi quyidagi normani noto’g’ri talqin qilishmoqda. Mehnat sharoitlariga ko‘ra zarur bo‘lgan hollarda, shuningdek olti kunlik ish haftasidagi smenali ishlarda tungi vaqtdagi ishning davomiyligi kunduzgi vaqtdagi ishning davomiyligi bilan tenglashtiriladi . Mazkur ishlar ro‘yxati jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra belgilanishi mumkin.

⚠️ MK 188-moddasi 4-qismida mehnatga haq to’lash haqida hech qanday gap yo’q. Unda nima haqida gap ketmoqda? Gap shundaki, agar xodim uchun belgilangan kundalik ish (smena) muddatining kamida yarmi tungi vaqtga to‘g‘ri kelsa, tungi ish vaqti muddati bir soatga, ish haftasi muddati ham shunga muvofiq ravishda qisqartirilishi lozim. Masalan, xodimning ish vaqti 8 soat. Shuni yarmi tungi vaqtga to’g’ri kelsa, uning ish vaqti 1 soatga qisqaradi. Ya’ni 8 soat emas 7 soat ishlaydi. Biroq, mehnat sharoitlariga ko‘ra zarur bo‘lgan hollarda, shuningdek olti kunlik ish haftasidagi smenali ishlarda tungi ish muddati kunduzgi ish muddatiga tenglashtiriladi ya’ni 1 soatga qisqarmaydi: 7 soat emas 8 soat ishlanadi. Lekin tungi vaqt uchun kamida 1.5 hissa haq to'lanishi shart.

MK 264-moddasiga ko’ra, tungi vaqtdagi (soat 22-00 dan to soat 6-00 gacha bo‘lgan vaqt) quyidagi hollarda tungi vaqtdagi mehnat uchun haq to‘lash kamida bir yarim baravar miqdorida amalga oshiriladi:

mehnatga haq to‘lashning vaqtbay tizimida — tungi vaqtdagi ishning har bir soati uchun 1,5 yoki undan ortiq koeffitsiyentni qo‘llagan holda;
mehnatga haq to‘lashning ishbay tizimida — tegishli razryadga (malakaga) ega bo‘lgan vaqtbay ishlovchining soatlik tarif stavkasining (maoshining) ellik foizi yoki undan ortiq miqdorida ishbay ish haqi va qo‘shimcha to‘lov to‘liq to‘lanadi.

Chunki tungi vaqtdagi ishning kunduzgidan farqli ravishda inson organizmiga zarari va yuklamasi ko'p. Shuning uchun ham tungi vaqt uchun oshirilgan miqdorda haq to'lanadi.

❗️Demak, Sizga tungi vaqtdagi ishingizing har bir soati uchun kamida bir yarim baravar miqdorda haq to‘lanishi shart.

⚠️Agar mehnat huquqlaringiz buzilsa, hududingizdagi mehnat inspeksiyasiga, prokuratura yoki adliya organlariga murojaat qiling. Yoki quyidagi ishonch raqamlariga telefon qiling: 1000 yoki +99871 210 00 00 (Prezident virtual qabulxonasi), +99871 200 06 00 (Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi ) 1007 (Bosh prokuratura) , 1008 (Adliya vazirligi).

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#test Ish vaqtidan tashqari ish uchun kamida ... hissa miqdorida haq to‘lanadi.
Anonymous Quiz
10%
1
38%
1,5
50%
2
2%
2,5
#savolimbor Ассалому алайкум Мухаммадамин ака бир саволим бор эди ходим 10 ойдан бери бальничныйда ходим уз хохиши билан бушамокчи кампенсация ту'ланадими 10 ой бальничныйда бу'лган

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi :

MK 234-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.

Endi savol tug’iladi, xodim 10 oy bolnichniyda bo’lganku 10 oy ham bolnichniy da bo’lish mumkinmi “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2667 ) 22-bandiga ko’ra, quyidagi hollarda bemor tegishli tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga (TIEK) yuboriladi:

aynan bir kasallik bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri uzluksiz 4️⃣ oyni tashkil qilsa, sil kasalligi bundan mustasno;
aynan bir kasallik bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri tanaffus bilan o‘n ikki oy mobaynida jami 6️⃣ oyni tashkil qilsa, sil kasalligi bundan mustasno;
sil kasalligi birinchi marta aniqlanganda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri kasallik aniqlangan kundan boshlab kamida 1️⃣0️⃣ oyni tashkil qilsa;
silga qarshi kurashish muassasasida hisobda turgan bemorda asosiy kasallik kuchaygan — vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangandan keyin mehnatga layoqatsizlik davri kamida olti oyni tashkil qilsa.

Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan shaxslar, shuningdek noxush klinik prognozli bemorlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muddatlar o‘tmasdan turib ham tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga yuborilishi mumkin. Ushbu shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga qabul qilish to‘g‘risidagi qaror TIEK raisi tomonidan qabul qilinadi.
Yo'riqnomaning 24-bandiga ko'ra, bemor TIEKga yuborilganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasining muddati bemor TIEKga yuborilgan kundan boshlab to‘xtatiladi. Mazkur bemorlar hujjatlari TIEKda qabul qilingan kundan boshlab ikki hafta muddatda tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi.

TIEK tomonidan nogironlik belgilanmagan, lekin vaqtincha mehnatga layoqatsiz deb topilgan shaxslarning mehnatga layoqatsizlik varaqasi davolash-profilaktika muassasasi tomonidan bemorning hujjatlari TIEKda qabul qilingan kundan boshlab uning mehnat qobiliyati tiklangunga qadar, ammo ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytiriladi.

MK 226-moddasiga ko’ra, xodim haqiqatda ishlamagan, lekin mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq uning ish o‘rni (lavozimi) saqlangan vaqt har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga kiradi.

❗️Demak, xodimning bolnichniyda bo’lgan davri ham har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga kiradi hamda shartnoma bekor qilinsa pulli kompensatsiya to‘lanadi.

❗️MK 172-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.
Hisob-kitob xodimga:
oxirigacha olinmagan ish haqini;
xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni;
agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi.

Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.

Batafsil:https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/9329

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
Mehnat kodeksida rotatsiya bormi?

#savolimbor Assalomu alaykum. Hozirda dolzarb muammo bo'lgan rotatsiya haqida to'liq kanalda tushuncha bersangiz. Rotatsiya uchun xodimning roziligi olinishi yoki xodim oldindan xabardor qilinishi shartmi? Adliyadagi tartibi bilan ham tanishtirib o'tsangiz. RAHMAT.

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:

Mehnat kodeksida “rotatsiya” tushunchasi mavjud emas. Mehnat kodeksida “xodimni boshqa ishga o‘tkazish” tushunchasi ishlatiladi. MK 138-moddasiga ko’ra, xodim aynan o‘sha ish beruvchida ishni davom ettirganda uning mehnat vazifalarini o‘zgartirish xodimni boshqa ishga o‘tkazish hisoblanadi.

❗️ MK 139-moddasiga ko’ra, xodimni boshqa ishga o‘tkazish qaysi muddatga amalga oshirilayotganligiga qarab boshqa ishga o‘tkazish turlari doimiy va vaqtinchaga ajratiladi.

MK 140-moddasiga ko’ra, xodimni boshqa ishga doimiy o‘tkazishga faqat uning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Xodimni vaqtincha boshqa ishga o‘tkazish uning roziligi bilan amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeksning 145-moddasiga muvofiq ishlab chiqarish zaruriyati yoki bekor turib qolinishi hollari mustasno.

❗️“Rotatsiya” tushunchasi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan https://lex.uz/uz/docs/-6145972

Qonunning 39-moddasiga (Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi) ko’ra, davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi uning shaxsiy va kasbga oid sifatlarini rivojlantirish, faoliyatining samaradorligini oshirish, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.

Davlat fuqarolik xizmatchisining rotatsiyasi uni egallab turgan davlat fuqarolik xizmati lavozimiga teng bo‘lgan boshqa lavozimga o‘z roziligi bilan o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Davlat fuqarolik xizmatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida majburiy ravishda rotatsiya qilinishi lozim bo‘lgan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining ro‘yxati belgilanadi. Ushbu lavozimlarni egallab turgan davlat fuqarolik xizmatchilarining rotatsiyasi ularning roziligisiz amalga oshiriladi.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#savolimbor? Ассалому алайкум устоз яхшимисиз саволим бор эди. мехнат таьтили буйича мехнат таьтилига календарь куни хислблаганман хозир вактда прокуратура томонидан менга нима учун воскресенье хисобладинг деб чора куряпти шу тугрими дам олиш куни хисоблама деяпти

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi audio javobi 📤:

Batafsil: https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#test Ish beruvchiga va xodimga bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor turib qolingan vaqt uchun bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda hisoblangan tarif stavkasining (maoshining) kamida ... miqdorida haq to‘lanadi.
Anonymous Quiz
33%
uchdan ikki qismi
14%
to'rtdan ikki qismi
25%
uchdan bir qismi
29%
yarmi
#sudishi Juda qiziq ish! MK 568-moddasini xato qo’llayotgan sudyalarimizga yuborib qo’yamiz…

Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 2025-yil 02-aprel kunida MK 160-moddasiga asosan g‘ayriqonuniy ravishda bekor qilingan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudiga mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risidagi buyruqni g’ayriqonuniy deb topish hamda ishga tiklash bo’yicha da’vo arizasi kiritilgan edi.
Ammo, lekin, biroq sud nima qildi deysizmi Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudining 2025-yil 3-iyun kungi hal qiluv qarorining aynan o’sha qismini keltiraman:

... Sud aniqlangan ish holatlariga ko‘ra ushbu nizoli holatda ish beruvchi tomonidan da’vogar bilan tuzilgan muddatli mehnat shartnomasini bekor qilishda amaldagi mehnat kodeksining 158-moddasi bo‘yicha tartibga solinishini, ushbu holatda xodimdan ariza olinishi talab etilmasligini inobatga olib, ish beruvchining mehnat shartnomasini MKning 158-moddasi o‘rniga 160-moddasi 8-qismini qo‘llab bekor qilinganligi sababli yuqoridagi rahbariy ko‘rsatma talablariga ko‘ra ish beruvchining 2025-yil 02-apreldagi raqamsiz buyrug‘ining ta’rifini MKning 160-moddasi 8-qismidan 158-moddasiga o‘zgartirishni lozim topadi...

⚠️ E’tibor bering, sud bu yerda MK 568-moddasini umuman xato talqin qilgan. Ya’ni mehnat shartnomasini bekor qilish asoslarining ta’rifini emas, balki butun bir asosni o’zgartirib yubormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 20.11.2023 yildagi “Sudlar tomonidan mehnat shartnomasini bekor qilishni tartibga soluvchi qonunchilikni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi 26-son qarori 65-bandiga ko’ra, sudlar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishining qonuniyligini BUYRUQDA KO‘RSATILGAN ASOSLAR BO‘YICHA TEKSHIRISHI LOZIM. MEHNAT MUNOSABATINING BEKOR QILINISHINI SUD BOSHQA ASOSDA KO‘RISHGA HAQLI EMAS.

Oxirigacha boramiz😊 Fuqarolik ishlari bo‘yicha Sariosiyo tumanlararo sudining 2025-yil 3-iyun kungi hal qiluv qarori ustidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyati sudlov hay’atiga appеlyatsiya shikoyati kiritamiz!

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#savolimbor
Assalomu alaykum Sinov muddati bilan ishga olingan lekin sinovdan o‘tomagan xodimni bir tomonlama bo‘shatib yuborsa bo‘ladimi, o‘zi kelmayabdi ishga agar kodeksni qaysi moddasi bilan bo‘shatiladi. Rahmat oldindan.


Javob
Bu yerda vaziyatdan kelib chiqib, ikkita moddadan biri bo‘yicha ishdan bo‘shatishga asos bor.

1. Mehnat kodeksining 132-moddasiga asosan, ish beruvchi xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini sinov natijasi qoniqarsiz bo‘lganda, xodimni sinovdan o‘tmagan deb e’tirof etish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan sabablarni ko‘rsatgan holda o‘z tashabbusiga ko‘ra, dastlabki sinov davrida bekor qilishga haqli.
Ushbu vaziyatda siz O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 20.11.2023 yildagi 26-son qarorining 11-12-bandlarini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqishi kerak.

2. Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismining 5-bandiga asosan, ish beruvchi xodimni o‘z majburiyatlarini bir marta qo‘pol ravishda buzganligi uchun ham ishdan bo‘shatish mumkin.
Mazkur holatda siz O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 20.11.2023 yildagi 26-son qarorining 36-40-bandlari talablariga rioya qilishingiz kerak.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism
📕Hujjatlar to'plami 2-qism
📔Hujjatlar to'plami 3-qism
📚 Paket hujjatlar (ishdan bo'shatish haqida)

🛒 Hujjatlar, konsultatsiya uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#savolimbor Ассалому алайкум, ходимнинг ташкилотдаги умумий иш стажи 6 йил. Лекин шундан 3 йили болани парваришлаш таътили даврига тўғри келади. Бу ходимга МК 220-моддасига кўра 2 кун қўшимча таътил берсак бўладими?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:

MK 405-moddasi 6-qismiga ko‘ra, kelgusidagi yillik mehnat ta’tilini olish huquqini beruvchi ish stajiga, agar jamoa shartnomasida, shuningdek tashkilotning ichki hujjatida yoxud mehnat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, bolani parvarishlash ta’tillari vaqti kiritilmaydi.

MK 216-moddasiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining turlari quyidagilardan iborat:

asosiy mehnat ta’tili (har yilgi asosiy eng kam yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan);
ushbu Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan tartibda asosiy eng kam yoki asosiy uzaytirilgan ta’til bilan jamlab hisoblanadigan qo‘shimcha mehnat ta’tili.

Ya’ni MK 220-moddasida nazarda tutilgan bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tili ham yillik mehnat ta’tilining bir turi hisoblanadi!

Demak, agar jamoa shartnomasida, shuningdek tashkilotning ichki hujjatida yoxud mehnat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, bolani parvarishlash ta’tillari vaqti bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga kirmaydi.

Ya’ni savoldagi xodimga agar jamoa shartnomasida, shuningdek tashkilotning ichki hujjatida yoxud mehnat shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, garchi xodim 6 yil stajga ega bo‘lsada, bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun 2 kun qo‘shimcha ta’til berilmaydi.

⚠️ MK 405-moddasi 5-qismiga chalg'imanglar! Ya'ni bolani parvarishlash ta’tillari davrida xodimning ish joyi (lavozimi) saqlanadi. Bu ta’tillarning ko‘pi bilan 6 yili mehnat stajiga qo‘shiladi, shu jumladan mutaxassisligi bo‘yicha ish stajiga ham qo‘shib hisoblanadi. "Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonun 37-modda 1-qismining “j” kichik bandiga ko'ra, bola 3 yoshga to‘lguncha bolani parvarishlash ta’tillarida bo‘lish vaqti, lekin hammasini jamlaganda ko‘pi bilan 6 yil umumiy ish staji kamida 7 yil bo‘lgan taqdirda ish stajiga qo‘shib hisoblanadi. Ya'ni sodda qilib aytganda, 6 yil staj pensiyaga chiqilyotganda ish stajiga qo‘shiladi!

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Batafsil: https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/8470


Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#test Vaqtincha masofadan turib ishlashga o‘tishning eng ko‘p muddati ... oshmasligi kerak.
Anonymous Quiz
39%
3 oydan
34%
6 oydan
6%
9 oydan
21%
1 yildan
#savolimbor? Ассалому алайкум устоз яхшимисиз
Ходимни МК 146-модда билан ишдан бушатмокчимиз, яъни ходим иш берувчи билан бирга бошка жойга кучиб утишни рад этди, бу хакда ариза хам йозиб берган. Бирок, аризани йоздию, больничныйга кочиб кетди. Уни кайтишини кутмасдан бушатиб юборсак буладими?
https://www.tg-me.com/mehnathuquqi audio javobi 📤:

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
2025/07/05 22:35:30
Back to Top
HTML Embed Code: