#savolimbor Ассалому алайкум, саволим бориди. Ички мехнат тартиб коидаларига мехнат таътили берилмайди, кассаллик варакалари хам туланилмайди деб езса буладими

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:

Bu mutlaqo ga’yriqonuniy hisoblanadi. Siz aytgan qoidalar ichki mehnat tartibi qoidalariga kiritilgan taqdirda ham, sariq chaqalik ahamiyatga ega bo’lmaydi, hattoki barcha xodimlar rozi bo’lgan taqdirda ham.

MK 8-moddasiga ko’ra, har qanday normativ-huquqiy hujjat xodimning huquqiy holatini yuqoriroq yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatga nisbatan yomonlashtirmasligi kerak.

Hech bir ichki hujjat, ish beruvchining yakka tartibdagi huquqiy hujjati xodimning huquqiy holatini normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan yomonlashtirishi mumkin emas.

Bundan tashqari, MK 13-moddasi 2-qismiga ko’ra, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga xodimning holatini mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka nisbatan yomonlashtiruvchi qoidalarni kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, MK 214-moddasiga ko’ra, ish beruvchi:

xodimlarga qonunchilikda kafolatlangan ta’tillar berishi;
xodimlarga davomiyligi qonunchilikda kafolatlanganidan kam bo‘lmagan ta’tillar berilishini ta’minlashi;
ta’tillar berish tartibiga rioya etishi;
xodimlarga jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida nazarda tutilgan ta’tillar sohasidagi qo‘shimcha huquq va kafolatlarni berishi shart.

Bundan tashqari, MK 281-moddasiga ko’ra, ish beruvchi quyidagi kafolatli qo‘shimcha to‘lovlarni amalga oshirishi shart:

qonunchilikda belgilangan tartibda o‘rtacha ish haqi yoki uning bir qismi miqdorida vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqa to‘lashi.


💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#test Xodimning mehnat taʼtili davomiyligi - 24 kalendar kun. 10 kalendar kunidan keyin ish beruvchi xodimni uning roziligi bilan mehnat taʼtilidan chaqirib oldi, qolgan 14 kalendar kunini esa joriy yil davomida boshqa vaqtda berdi. Bu holatda ...
Anonymous Quiz
42%
mehnat qonunchiligi buzilgan.
58%
mehnat qonunchiligi buzilmagan.
Bugun, 17-may kuni Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi professor-o'qituvchilari
Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti (Абай атындағы Қазақ ұлттық педагогикалық университеті) "Tarix va huquq" fakulteti talabalariga mehnat huquqining dolzarb mavzulari bo'yicha seminar-treninglar olib bordilar.
#test II guruh nogironligi bo‘lgan xodimning mehnat taʼtili davomiyligi - 30 kalendar kun. 14 kundan keyin ish beruvchi xodimni roziligi bilan mehnat taʼtilidan chaqirib oldi, qolgan 16 kunini esa joriy yil davomida boshqa vaqtda berdi. Bu holatda ...
Anonymous Quiz
46%
mehnat qonunchiligi buzilgan.
54%
mehnat qonunchiligi buzilmagan.
#savolimbor Assalomu alaykum, xususiy tashkilotlar yangi kodeks bo’yicha dekret ta’tili bermaslikka haqlimi?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi

❗️Xususiy tashkilotlar ham "dekret ta'tili" berishga majbur. Mehnat kodeksinining 237-moddasiga ko’ra, ushbu Kodeksga muvofiq xodimlar quyidagi ijtimoiy ta’tillarni olish huquqidan foydalanadi:

homiladorlik va tug‘ish ta’tillari (ushbu Kodeksning 404-moddasi);

bola parvarishlash ta’tili (ushbu Kodeksning 405-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari);

o‘quv ta’tili (ushbu Kodeksning 385-moddasining birinchi qismi);

ijodiy ta’tillar (ushbu Kodeksning 387-moddasining birinchi qismi).

❗️Xodimlarga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijtimoiy ta’tillarni berish xodimning mehnat stajiga, u bajaradigan ishning joyi va xususiyatiga, ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga bog‘liq emas.

⚠️ E’tibor bering! homiladorlik va tug‘ish ta’tili va boshqa ijtimoiy ta’tillar ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar ya’ni xususiymi, budjet tashkilotimi taqdim qilinadi va “dekret puli” to’lab beriladi.

Ish beruvchi xodimga “dekret puli”ni to’lab bermasachi?

⚠️ Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 49-3-moddasiga ko‘ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlarda to‘lash bo‘yicha majburiyatdan bo‘yin tovlash, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha (5 million 100 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 30 baravarigacha (10 million 200 ming so'mgacha) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

⚠️Agar mehnat huquqlaringiz buzilsa, hududingizdagi mehnat inspeksiyasiga, prokuratura yoki adliya organlariga murojaat qiling. Yoki quyidagi ishonch raqamlariga telefon qiling:

Prezident virtual qabulxonasi +99871 210 00 00

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi +99871 200 06 00

Bosh prokuratura – 1007;

Adliya vazirligi – 1008.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
Forwarded from Mehnat huquqi (Miryoqub Raximov)
Kichik so'rovnomada ishtirok etib fikringizni baham ko'ring.
Siz ish haqingizni qanday shaklda olasiz?
Anonymous Poll
93%
Plastika tushadi oyligim
9%
Naqd pul shaklda olaman oylikni
#savolimbor? O’rindoshlarga “dekret puli” berilmaydimi? Shunday qaror chiqqan deyishyapti?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:

O’rindoshlarga ham “dekret puli” beriladi. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga ilova “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida” Nizomning 18-bandiga ko’ra, o‘rindoshlar o‘rindoshlik asosidagi ish joyi bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik nafaqasi olish, ayollar esa, bundan tashqari, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari olish huquqiga egadir. Nizomning 19-bandiga ko’ra, sog‘liqni saqlash muassasasi tomonidan berilgan mehnatga layoqatsizlik varaqasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan o‘rindoshlik asosidagi ish joyidan nafaqa olish uchun asos hisoblanadi.

Unda o’rindoshlarga “dekret puli” berilmaydi degan asossiz gaplar qayerdan chiqdi?

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 515-son qaroriga 1-ilova “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 3-bandiga ko’ra, ushbu nizom budjet tashkilotlarida, shu jumladan, o‘rindoshlik asosida ishlaydigan ayollarga tatbiq etilmaydi. Mana shu normani ko’pchilik xato tushunib, endi o’rindoshlarga “dekret puli” berilmas ekan deb noto'g'ri talqin qilmoqda.

❗️Aslida esa o’rindoshlik asosida budjetdan tashqari tashkilotda ishlovchi ayollarga minimal iste’mol xarajatlarining 4⃣ baravari miqdori ya'ni 2 million 592 ming “dekret puli” davlat tomonidan kompensatsiya qilinmaydi, lekin bu holatda bu toifa ayollarga dekret puli to'liq ish beruvchilarning shaxsiy mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Agar Sizga o’rindoshlik joyingizdan dekret pullaringiz to’lab berilmasa, hududingizdagi mehnat inspeksiyasiga, prokuratura yoki adliya organlariga murojaat qiling. Yoki quyidagi ishonch raqamlariga telefon qiling: 1000 yoki +99871 210 00 00 (Prezident virtual qabulxonasi), +99871 200 06 00 (Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi) 1007 (Bosh prokuratura) , 1008 (Adliya vazirligi).

Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksi 49-3-moddasiga koʼra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tugʼish nafaqalarini qonunchilikda belgilangan miqdorlarda toʼlash boʼyicha majburiyatdan boʼyin tovlash, bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʼllanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilgan boʼlsa, bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravaridan 30 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#savolimbor Ассалому алайкум устоз. Яхшимисиз. Саволим бор эди. Ходимизнинг ногиронлик гурухини III га туширишибди.  III гурух ногиронлиги бор ходимларга кандай имтиезлар борлигини топмадим. Ердам берсангиз. Сизга олдиндан рахмат.

Asos: MK 12, 13, 223, 423-431-moddalari.

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi audio javobi
  📤:

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#test Taʼtildan chaqirib olishda taʼtilning foydalanilmay qolgan qismini pulli kompensatsiya bilan almashtirish mumkinmi?
Anonymous Quiz
25%
Yo'q, mumkin emas.
38%
Ha, 21 kundan oshiq qismiga pulli kompensatsiya to‘lanishi mumkin.
38%
Ha, 14 kundan oshiq qismiga pulli kompensatsiya to‘lanishi mumkin.
#savolimbor Ассалому алайкум яхшимисиз мен муддатли мехнат шартномаси хақида сурамоқчи эдим
Бизда МТТ да тарбиячини йиллик мехнат таьтилига чиқардик Энди уша ходимнинг урнига у таьтилдан қайтгунга қадар муддатли мехнат шартномаси тузиб янги ходим олсак буладими?
Биз янги Узасбо тизимида ишлаяпмиз юқоридаги йиллик мехнат таьтилига чиққан ходим урнига ишга янги олинган ходимни(муддатли мехнат шартномаси асосида) тизимга кирита олмаяпман. Бухгалтер 100% хато қилгансиз МК да мехнат таьтилига чиққан ходим урнига ишга олиш мумкин деган жойини курсатиб беринг деяпти.

Asos: MK 111, 112-moddalari.

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi audio javobi
  📤:

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
Мақола 231.docx
19.3 KB
#maqola Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi Muhammadamin Karimjonovning mazkur maqolasida har yilgi mehnat taʼtilini qismlarga boʼlish va rasmiylashtirish tartibi tushuntirilgan, shuningdek ariza va buyruqdan namunalar keltirilgan.

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
Mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash prinsipi haqida bilishni xohlaysizmi, unda quyidagi videoni tomosha qiling.
https://www.youtube.com/watch?v=On4s0-_gHJk&t=980s
Mehnat kodeksi 5-moddasi
Tahlilning boshlanish vaqti: 23:57

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#savolimbor Ассалому алайкум. Устоз ходим таьтилдан чакириб олинса,  таьтил пули кайтариб бериладими?

https://www.tg-me.com/mehnathuquqi javobi 📤:
 
"Yillik mehnat ta’tili vaqtida saqlanib qolinadigan o‘rtacha ish haqi miqdorini aniqlash tartibi to‘g‘risida"gi 2985 Yo'riqnoma
21-bandiga ko'ra, xodim ta’tildan chaqirib olinsa va ta’tilning qolgan qismi boshqa muddatga ko‘chirilsa, ta’tilning ko‘chirilgan kunlariga to‘g‘ri keladigan to‘langan o‘rtacha ish haqi summasi bajarilgan ish yoki ishlangan vaqt uchun oylik ish haqi hisobiga yoziladi. Ta’tilning foydalanilmagan qismi kunlariga haq to‘lash uchun o‘rtacha ish haqi belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi.

Asos: https://lex.uz/docs/-3590278 2985 Yo'riqnoma 21-bandi.

⚠️ Ushbu Yo‘riqnomaning talablari budjet tashkilotlari xodimlariga nisbatan qo‘llanilishi majburiy hisoblanadi, harbiy xizmatchilar bundan mustasno.
Budjet tashkilotlari hisoblanmagan tashkilotlarning xodimlari uchun ushbu Yo‘riqnomaning talablari tavsiyaviy xususiyatga ega.

❗️Ushbu Yo‘riqnomada belgilangan tartibga rioya etilmaganda O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka tortilishiga asos bo‘ladi .

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
#test Xodim 21-may kuni muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini o'z tashabbusi bilan bekor qilish haqida 14 kun oldin ish beruvchini yozma shaklda ogohlantirdi.Taraflar ogohlantirish muddatini qisqartirishga kelishmagan. Bu holatda...
Anonymous Quiz
12%
mehnat shartnomasi 3-iyunda bekor qilinadi.
29%
mehnat shartnomasi 4-iyunda bekor qilinadi.
18%
mehnat shartnomasi 5-iyunda bekor qilinadi.
41%
Bu holatda shartnoma bekor qilinmaydi. Xodim mehnat shartnoma muddati tugagunga qadar ishlashi shart
🚘 Ertaga, 22-may kuni “Avtomobilsiz kun” tadbiri o‘tkaziladi. Dunyoda “Avtomobilsiz kun” tadbiri 1995-yildan buyon o‘tkaziladi. Bu tadbirning ahamiyati beqiyos – bir tomondan insonlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish bo‘lsa, ikkinchi tomondan atrof-muhitda barqarorlikni saqlash, tabiatga zaharli gazlar chiqishini imkon qadar kamaytirishdir.

Hukumat topshirig’iga binoan, har oyning to’rtinchi chorshanba kuni “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasi o’tkaziladi.

Ertaga, 22-may kuni oyning to’rtinchi chorshanbasi hisoblanadi.

Bosh vazir imzolagan hujjatga ko’ra, “Avtomobilsiz kun” jamoatchilik loyihasida vazirlik va idoralar, hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rahbar va mas’ul xodimlari ish joyiga jamoat transportida kelib, namuna ko’rsatib borishi belgilangan.

#shaxsiynamunakursat https://www.tg-me.com/mehnathuquqi/3603

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tg-me.com/mehnathuquqi
2024/05/21 04:54:41
Back to Top
HTML Embed Code: