Telegram Web Link
#Uchrashuv

Namangan davlat universitetida masofaviy ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Batafsil o‘qish


В Наманганском государственном университете прошла встреча с абитуриентами, рекомендованными для обучения по дистанционной форме

Подробнее

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Bizni rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:

Veb-sayt| Facebook | Instagram | YouTube
👍86👏1
📌 Rasman: Talabalar ijara puli toʻlab beriladi

📄 Ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan qoplab berilishi belgilab qo‘yilgan.

Ariza berish uchun nima qilish kerak?


kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi.
“Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

Bunda birinchi bosqich talabalari uchun joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi (ijara.soliq.uz) bo‘lishi talab etiladi.


🔗Talaba bo'lsangiz, ijara to'lovi uchun ariza yuboring, savollaringiz bo'lsa, kommentda qoldiring.



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👍4
📌 Super-kontrakt boʻyicha tushuntirish!

📱 Abituriyentlar tanlagan 5 ta yoʻnalishning 2-3-4 va beshinchisining biriga davlat granti yoki toʻlov-shartnoma asosida qabul qilingan boʻlsa, ular oʻzlari tanlangan, ammo birinchi tanlagan yoʻnalishiga bali yetmay qolgan boʻlsa ular birinchi yoʻnalishni super-kontraktini toʻlab oʻqishlari mumkin!

➡️ Bu degani, siz birinchi tanlagan OTM va yoʻnalishga balingiz yetmagan ammo ikkinchidan beshinchigacha boʻlgan OTM va yoʻnalishning biror biriga kirgansiz. Endi siz birinchi tanlagan OTM va yoʻnalishda oʻqimoqchisiz.

➡️ Bunday boʻlsa siz oʻsha birinchi tanlagan OTM va yoʻnalishga super-kontrakt asosida oʻqishni davom ettirasiz. Yaʼni, sizga 4.05 gacha yetmagan taqdirda ham siz 6, 7, 8, 8.5, 9, 10, 13 yoki 19 barobarini toʼlab oʻqishni davom ettirasiz!



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10👍9
Talaba qanday hollarda oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin?

JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabr 578-sonli qaroriga muvofiq, talabalar quyidagi holatlarda o‘qishdan chetlashtirilishi mumkin.

o‘z xohishiga ko‘ra;

o‘qishning boshqa ta’lim tashkilotiga ko‘chirilishi munosabati bilan;

oliy ta’lim tashkilotlarining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzgani uchun;

bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgani uchun (salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy ma’lumotnoma taqdim etilgan holat bundan mustasno);

o‘qish uchun belgilangan to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun (to‘lov-kontrakt bo‘yicha tahsil olayotganlar uchun taalluqli);

talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilganda;

sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);

talaba abituriyent sifatida oliy ta’lim tashkiloti qabul komissiyasiga taqdim etgan (topshirgan) hujjatlarining qalbakiligi yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlansa;

vafot etganligi sababli.

Ma’lumot o‘rnida, harbiy xizmatni o‘tash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari davrida hamda oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga belgilangan tartibda akademik ta’til berilishi mumkin.



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍8🔥2😍2🤝1
#Yangilik

NamDU va Krems universiteti hamkorligida qo‘shma fakultet ochiladi


Prezident raisligida Namanganda o‘tkazilgan yig‘ilishda kelgusi o‘quv yilidan Namangan davlat universiteti hamda Avstriyaning Krems universiteti hamkorligida qo‘shma fakultet tashkil etilishi ma’lum qilindi.

Ushbu fakultet turizm sohasidagi yirik loyihalar uchun malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

@namdu309
🔥16👍87💯4
#so'ragan_edingiz

Namangan davlat universiteti fakultetlarida o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosarlari haqida ma'lumot


Sirtqi ta'lim shakli uchun o'quv jarayoni hamda aloqa xati olish yuzasidan murojaat qilishingiz mumkin.

@namdu309
👍218🔥6👌1💯1
#bilasizmi?

📌Qanday hollarda davlat talabani 50 foiz kontrakt pulini to‘lab berishi mumkin?

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 11-mart kunidagi 132-sonli “Yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida (davlat, xususiy yoki xorijiy OTM filiali) tahsil olayotgan “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlarining, shuningdek, “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarning to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, ammo BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berish belgilangan.

❗️BHM – 412 ming so‘m (2025-yil 1-avgustdan). 50xBHM=20 600 000 so‘m. Demak shungacha bo‘lgan miqdorda pul to‘lab beriladi.

@namdu309
10👍4👏3🎉3
⚡️ Super-kontrakt chiqmagan bo‘lsa ham universitetga borib, darslarga qatnashish mumkinmi?

Javob: rasman yo‘q.

Qonunchilikka ko‘ra, super-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha buyruq chiqmaguncha abituriyent talaba hisoblanmaydi. Shuning uchun darslarga qatnashish huquqi ham faqat buyruq chiqqandan keyin beriladi.

Ammo ayrim oliy ta’lim muassasalari “kutilayotgan talaba” sifatida abituriyentlarga dars jarayonlarini kuzatishga sharoit yaratib berayotgani haqida ma’lumotlar kelmoqda.

❗️ Bunda muhim nozik jihat mavjud: agar keyinchalik “kutilayotgan talaba”ga super-kontrakt uchun ruxsat berilmasa, abituriyent va OTM o‘rtasida nizoli vaziyat paydo bo‘lishi ehtimoli bor. Chunki talaba darslarda qatnashgan davrida vaqt va moddiy xarajat qilgan bo‘ladi.

Shu sababli oliy ta’lim muassasalari “kutilayotgan talaba” bilan bunday masalalarni oldindan aniqlashtirib, barcha shartlarni kelishib olishlari zarur.

@namdu309
11🔥7👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toʼlov shartnomasiga onlayn ariza yuborish boʼyicha videoyoʼriqnoma

Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!

Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.

Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.

Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.

Ilovani yuklab olish:👇
📲 iOS uchun 📲 Android uchun



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👏2👍1🔥1
#GPA #Kreditmodul

GPA nima? U qanday hisoblanadi?

Hozirgi paytda Respublika oliy ta’lim muassasalarining deyarli barchasida ta'lim jarayonlari kredit-modul tizimi asosida olib borilayotganligi sababli talabalar GPA tushunchasining nima ekanligini juda yaxshi bilishi kerak.

GPA (Grade Point Average) — ta’lim oluvchining dastur bo‘yicha o‘zlashtirgan ballari o‘rtacha qiymati bo‘lib, u quyidagi formula yordamida hisoblanadi:

GPA = (K1*U1+K2*U2+K3*U3…+Kn*Un) / (K1+K2+K3…+Kn)

Bunda:
👇👇👇
K — har bir fan/modulga ajratilgan kreditlar miqdori;
U — har bir fan/modul bo‘yicha talaba to‘plagan baho.

❗️❗️❗️Eslatib o‘tamiz:

Ta’lim oluvchini kursdan kursga o‘tkazish uning GPA qiymatini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. OTM talabalarni kursdan kursga o‘tkazishda GPA ko‘rsatkichini mustaqil belgilash huquqiga ega. Bunda GPA ko‘rsatkichi 2,4 — 3,0 oralig‘ida bo‘lishi talab etiladi. GPA o‘tish ballini to‘play olmagan talaba qayta o‘qish uchun tegishli kursda qoldiriladi.

@namdu309
14👍7👏3
⚡️Talaba almashinuvi yoki akademik mobillik haqida

Akademik mobillik – talaba yoki o'qituvchilarning mamlakatidagi yoki xorijdagi OTMlarda kelishuv asosida ma'lum muddat o'qish yoki dars berishini anglatadi.

Mobil talabalar, asosan, 2 guruhga bo‘linadi:

👉 erkin harakatlanuvchilar – bunday turdagi talabalar o'z xohish va tashabbuslari bilan ta'lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi;

👉 dastur doirasidagi talabalar – bunda OTMning o'zi yoki uning biror fakulteti boshqa OTM bilan kelishgan holda talabalar uchun o'zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar milliy va xalqaro darajada ham bo'lishi mumkin.

Talabalar ma'lum muddat boshqa bir OTMda o'qishi uchun eng katta imkoniyat – talaba almashinuv dasturlari hisoblanadi.

Bunda talaba o'zi o'qiyotgan OTM bilan hamkor bo'lgan xorij yoki boshqa viloyatdagi OTMlaridan birida ma'lum muddat o'qib qaytishi mumkin.

Almashinuv dasturlari qisqa – 1 haftadan 3 oygacha, uzogʼi 6 oydan bir yilgacha bo'lishi mumkin.

Talabalarni o'zaro almashtirish dasturi – bu turli ta'lim muassalari o'rtasida talabalarni o'zaro ma'lum muddatga almashtirish bo'yicha tuziladigan kelishuvdur. Bu kabi dasturlar oliygoh talabalarini 1 yoki 2 o'quv semestri davomida xorijda o'qish imkonini beradi. Talabalar almashinuvi oliygohlar orasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

Bu orqali talaba boshqa viloyat yoki xorijiy OTMda bilim almashish imkoniyatiga ega bo'ladi.



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
9❤‍🔥2👍2🎉1
📌Talabalarga ijara to‘lovlarining bir qismini qoplab berish tizimi haqida batafsil ma’lumot

1️⃣ Kimlarga qoplab beriladi?

yotoqxona bilan qamrab olinmagan bo‘lishi kerak. Agar yotoqxonada joy bo‘lsa-yu, lekin talaba yotoqxonada turmasdan, ijaraga chiqib ketgan bo‘lsa, unda kompensatsiya berilmaydi;
o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijarada turgan bo‘lishi kerak;
davlat oliygohi talabasi bo‘lishi kerak, xususiy oliygoh talabalariga qoplab berilmaydi;
O‘zbekiston fuqarosi yoki respublikada doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxs bo‘lishi kerak, xorijiy davlat fuqarosiga qoplab berilmaydi;
faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan bo‘lishi kerak. Kechki, masofaviy, sirtqi, shuningdek, qo‘shma ta’lim dasturlarida o‘qiyotgan talabalarga qoplab berilmaydi;
ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyidan boshqa joyda (tuman, shahar miqyosida) yashayotgan bo‘lishi kerak. Masalan, Namangan shahrida ro‘yxatda turgan talaba Namangan shahridagi oliygohda o‘qisa, unga ijara to‘lovida kompensatsiya berilmaydi, lekin Norin tumanida ro‘yxatda turuvchi talabaga to‘lab berilishi mumkin;
davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotganining farqi yo‘q, ikkalasiga ham qoplab beriladi.

2️⃣ Qancha kompensatsiya beriladi?

Har oy uchun:

Toshkent shahrida — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (412 ming so‘m);
Boshqa hududlarda — yarim baravar (206 ming so‘m).

3️⃣ Ijara shartnomasi bo‘lishi shart

Kompensatsiya olish uchun ijara.soliq.uz saytida hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomasi bo‘lishi kerak, yo‘qsa kompensatsiya berilmaydi.

Yagona istisno: 1-kurslarga dastlabki sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi so‘ralmasdan to‘lab beriladi. Noyabr oyidan esa 1-kurslarga ham ijara shartnomasi bo‘lishi kerak.

Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.

❗️BU MUHIM: uyiga talabalarni ijaraga qo‘ygan fuqarolar ijarasi uchun daromad solig‘idan ozod qilinadi (Soliq kodeksi, 378-modda, 19-1-bandi). Shuning uchun talabalarni ijaraga qo‘yganlar, shartnomani rasmiylashtirishdan xavotir olmasa ham bo‘ladi, ular buning uchun soliq to‘lamaydi.

4️⃣ Kimlarga birinchi navbatda beriladi?

— Ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lganlar;
— o‘rnak ko‘rsatgan va faol talabalar birinchi navbatda moliyalashtiriladi.

❗️Ma’lumot uchun: qoidaga ko‘ra, ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTM talabalarining 60 foiziga kompensatsiya beriladi. Ya’ni bu degani, agar limit to‘lib qolsa, hammaga byudjetdan to‘lab berilmasligi ham mumkin. Ammo yetmay qolgan talabalarga universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari orqali qo‘shimcha moliyalashtirish ham mumkin.

5️⃣ Ariza qanday beriladi?

Arizalar har oyning 7-sanasiga qadar onlayn topshirilishi kerak. Buning uchun:

kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;
“Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

6️⃣ Rad etish asoslari

Agar soxta hujjat topshirilgan bo‘lsa, manzil mos kelmasa yoki ariza muddatida berilmagan bo‘lsa — rad etiladi.

Komissiya tomonidan doimiy ravishda ijara shartnomasini qalbakilashtirgan va noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etgan talabalar ro‘yxati shakllantirilib boriladi. Ushbu talabalar ro‘yxatiga tushgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish to‘xtatilishi mumkin.

Rad etilgan taqdirda kamchilikni tuzatib, yana murojaat qilish mumkin.

7️⃣ Tugatilishi shartlari

Agar talaba akademik ta’tilga chiqqan, kursda qoldirilgan yoki safdan chetlashtirilsa — to‘lov to‘xtatiladi.

Ijara shartnomasi bekor qilinsa yoki manzil o‘zgarsa 3 ish kuni ichida xabar qilish kerak.

ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori. — Manba



@namdu309
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
13👍3🎉2
Super-kontrakt qachon e’lon qilinadi?

Hozircha aniq sanani hech kim ayta olmaydi. Chunki qonunchilikda super-kontraktni e’lon qilish muddati belgilanmagan. “Bugun”, “erta”, “hafta yakuni” kabi taxminlarning barchasi rasmiy emas. Davlat qabul komissiyasi bayoni tasdiqlanmasdan turib, hech kim aniq sanani aytolmaydi. Ishonch bilan aytish mumkinki, vazirlikdagilar ham jarayonni cho‘zib o‘tirishdan manfaatdor emas, ular topshiriqni imkon qadar tez bajarishga intilishmoqda.

Bundan tashqari, Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, hech bir yo‘nalishga kira olmagan abituriyentlarga vakant o‘rinlardan tanlash imkoniyati yaratiladi. Ko‘pchilik “6-yo‘nalish” deb atagan ushbu jarayon ham ochilishi kutilmoqda. Shu bois bu yana qo‘shimcha vaqt olishi tabiiy.

Qonunchilikda tartib qanday?

Super-kontrakt miqdori, qo‘llanishi va boshqa tartiblari alohida qonun yoki kodeksda emas, balki ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi bayoni bilan tasdiqlanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilinadi. Ammo qaysi muddatda e’lon qilinishi aniq ko‘rsatilmagan.

Abituriyent nima qilishi kerak?

Rasmiy manbalarni kuzatish –Oliy ta’lim vazirligining @eduuz va Bilimni baholash agentligining @BaholashUz rasmiy sahifalaridan ma’lumot olish.
Asossiz gaplarga ishonmaslik – ijtimoiy tarmoqlardagi taxminlar emas, faqat rasmiy xabar asosli hisoblanadi.
Hujjat va mablag‘ni tayyorlab qo‘yish – muddat qisqa bo‘lishi mumkin, shuning uchun oldindan tayyorgarlik muhim.

@namdu309
14👍13👏3
2025/10/23 17:28:28
Back to Top
HTML Embed Code: