Telegram Web Link
1💯32😎28👍19🤨7😢5🔥4
Agar seni hamisha yoqtirishlarini istasang, oʻzingga oʻzing xizmat qil.

Benjamin Franklin

@oriftolib
👍63💯20🤨4
Turkiy xalqlarning umumiy alifbosi tasdiqlandi

Oyina.uz yozishicha, Bokuda Turkiy dunyoning umumiy alifbosi boʻyicha komissiyaning 3-yigʻilishi yakuniga yetdi. Unda 34 harfdan iborat umumiy turkiy alifbo tasdiqlandi.

Yigʻilishda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo barcha mamlakat vakillari ishtirok etdi. Unda 1991-yili olimlar taklif qilgan, lotin yozuviga asoslangan alifbo boʻyicha dastlabki loyiha qayta koʻrib chiqildi.

Yangi alifboning har bir harfi turkiy tillarda mavjud turli fonemalarni aks ettiradi.

🟢 Bu harflarning hammasi oʻzbekchaga kerak boʻlmaydi-ku degan eʼtirozlar tugʻilyapti. Masalan, ü, ū, ı, ə kabi harflarni biz ishlatmaymiz. Menimcha, barcha turkiylarning alifbosini shu 34 ta harf asosida shakllantirish koʻzda tutilgan. Hammada bir xil 34 ta harfli alifbo boʻlsin degan talab yoʻq. Har kim oʻziga keragini oladi, lekin shu 34 ta harf ichidan tanlaydi, chetdan boshqa harf olmaydi.

Bu loyiha amalga oshishiga ishonasizmi?

– ha
– yoʻq

@oriftolib
👍73🤨18😱4😎3🔥1💯1
Attestatsiyadan oʻtkazishga doir sinov materiallari ishlab chiqildi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻiga asosan, vazirlik tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi umumtaʼlim tashkilotlari pedagoglarini attestatsiyadan oʻtkazishga doir sinov materiallarini ishlab chiqdi.

Quyidagi havolalarda qaysi fandan qanday mavzudagi testlar tushishi va adabiyotlar roʻyxati taqdim etilyapti.

Fanlar:

Ona tili va adabiyot
Oʻzbek tili
Boshlangʻich taʼlim (oʻzbek tili)
Tarix
Ingliz tili
Matematika
Tarbiya

Oʻqituvchilar pedagogik mahorat boʻyicha ham test topshirar ekan. Pedagogik mahoratni test yordamida aniqlash mumkinmi oʻzi degan savol ham tugʻiladi.

Shaxsiy tajribamdan: oʻqituvchilik mahoratini shakllantirishga rosmana yordam beradigan kitobni hozircha topolmadim. Koʻpi eskirgan adabiyotlarning yangi shakli xolos: pedagogika haqidagi tushunchalar, turkumlashgan maʼlumotlar, taʼrif-u izohlar va hokazo. Real foydasi juda kam.


Fanlar boʻyicha toʻliq roʻyxat mana bu yerda:
👉 uzedu.uz/uz/announces/1740

@oriftolib
👍18
Fikrlash qobiliyati skripka yoki royal chalishga oʻxshaydi. U bilan har kuni shugʻullanib turish kerak.

Charli Chaplin

@oriftolib
👍45🔥7💯4
​​Nima uchun Britaniya qirolligi merosxoʻrlariga ota-onasini oyi va dada deb atash taqiqlangan?

Hammasi belgilab qoʻyilgan. Vindzorlar sulolasidan boʻlgan bolalar oʻz ota-onalarini qanday atashlari kerakligi haqida maxsus talab bor. Saroy protokolining bunday talabi qirol Charlz III dan tortib shahzodalar Uilyam va Harrigacha, boshqa kichik avlod vakillariga ham taalluqli.

2018-yili chop etilgan Readerʼs Digest maʼlumotlariga koʻra, Vindzorlar hech qachon ota-onalarini oyi va dada (mom and dad) deb atashmaydi. Buning oʻrniga ular oyijon va dadajon (mummy and daddy) degan muloyim soʻzlarni ishlatishlari kerak. Sobiq Uels shahzodasi va ayni damdagi qirol marhum onasiga xuddi shunday murojaat qilgan. (“Daryo”)

Toshkentga ilk bor kelganimda 18–20 yoshlardagi toshkentlik tengdoshlarimning ota-onasini oyijon, adajon deb atashi sal gʻalati tuyulgan. Bunday erkalashli atash faqat yosh bolalarga xos deb hisoblardim-da. Keyinchalik qulogʻim oʻrgandi va bu holni tabiiy qabul qiladigan boʻldim. Hozir oʻzimning farzandlarim ham meni koʻpincha shunaqa erkalab chaqiradi.


@oriftolib
👍27🔥9😎4😢2🤨1
😎49😱21👍16💯8🔥1
​​2025-yildan boshlab doktoranturaga qabul tartibi oʻzgarishi mumkin

“Ilmiy va innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularni qoʻllab-quvvatlashning tubdan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi farmon loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Unga koʻra, 2025-yildan boshlab oliy taʼlimdan keyingi taʼlim institutlariga qabul talabgorlarning ilmiy faoliyat natijalari boʻyicha Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtirishning yagona elektron tizimida toʻplangan tegishli maʼlumotlar asosida jamlanadigan ballar yigʻindisiga koʻra amalga oshiradi.

Yagona elektron tizimda toʻplanadigan maʼlumotlar:

🔹 mutaxassislik fanlari boʻyicha ballar – bakalavriat va magistratura taʼlim bosqichlarida tegishli fanlar boʻyicha toʻplangan ballar (baholari);

🔹 xorijiy tillarni bilish darajasi boʻyicha ballar – taʼlimning tegishli sohalari va yoʻnalishlari boʻyicha xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlishiga qarab belgilangan tartibda tabaqalashtirilgan holda.

Yagona elektron tizimda tadqiqot taklifi (research proposal), tadqiqot ishining maqsadi va kutilayotgan natija, tavsiyanomalar va sohaga oid chop etilgan ilmiy maqolalar va boshqalar ham jamlanadi.

@oriftolib
👍17🤨8😱6😢4
​​Avtobiografiya va memuar: farqi nimada?

Bu ikki soʻz koʻpincha sinonim sifatida qoʻllanadi. Har ikkisi ham hujjatli asar, muallifning hayoti haqida birinchi shaxs tilidan hikoya qiladi. Biroq farqlari ham bor.

Memuar – muallif maʼlum davrdagi voqealar haqida hikoya qiladigan, hayoti davomida yuz bergan maʼlum mavzuga oid voqealar ketmaketligi haqida fikr yuritadigan hujatli qissa. Bunday qissada muallif kechinma va hissiyotlarini eslaydi, fikrlarini tuygʻu bilan yetkazishga harakat qiladi. Memuar muallifning esdaliklari, shaxsiy hayoti haqidagi esselar toʻplamidir.

Avtobiografiya esa kishining butun hayoti yoki hayotining katta bir davri haqida hikoya qiladigan faktik yoki tarixiy asardir. Bir soʻz bilan aytganda, muallifning qissa koʻrinishidagi tarjimayi holidir. U koʻpincha muallif hayotining boshidan to asar yozilayotgan paytgacha boʻlgan davrini qamrab oladi, xronologik tartibda boʻladi.

Bunday asarlarga odatda maʼlum bir natijaga erishgan, shuhrat qozongan kishilar qoʻl uradi. Aslida avtobiografiyani har kim yozishi mumkin. Avtobiografiyaga xos yana bir jihat – ular aksariyat holatlarda muallif hayotining soʻngida qogʻozga tushiriladi.

@oriftolib
👍40😱1
​​Ijtimoiy tarmoqlarning foydalari

7-sinf “Ona tili” darsligida bir maqolamga QR kodli havola berilgan. Ayni payda oriftolib.uz sayti texnik sabablar bilan vaqtincha ishlamayapti. Tabiiyki, havola manzilida maqola ham yoʻq. Shu sababli maqola matnini soʻraganlar, QR kod rasmini joʻnatganlar koʻp boʻldi. Shu masalaga yechim boʻlsin deb maqolani Telegraphga joyladim. Quyida maqolaning anonsi va toʻliq shakliga havola berilyapti.


Axborot asrida zamonaviy texnologiyalar hayotimizga tobora koʻproq kirib boryapti. Bugun hatto bogʻcha tarbiyalanuvchisi ham mobil telefondan, undagi ilovalar va internetdan foydalanishni oʻrganib olyapti. Katta-yu kichik orasida internetdan foydalanuvchilar, vaqtini koʻproq u bilan oʻtkazuvchilar ortyapti. Kelajak hayotni internet va hali kashf etilmagan yuqori texnologiyalarsiz tasavvur etib boʻlmaydi. Toʻgʻri, ular ijobiy va salbiy xususiyatlarga ega. Biroq yuksak texnologiyalardan unumli foydalanmaslik yoki yoshlarga olaboʻji qilib koʻrsatish faqat va faqat zarar keltiradi xolos

Yuqoridagi fikrlar ijtimoiy tarmoqlarga ham tegishli. Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda ham oltin qoidaga – meʼyorni unutmaslik shartiga amal qilish zarur. Keling, ularning ijobiy jihatlari haqida mushohada yuritamiz:

1️⃣ Izlash va muloqotdagi qulaylik.

2️⃣ Axborot topish va almashishdagi yengillik.

3️⃣ Shaxsiy tarbiya, oʻz-oʻzini rivojlantirish vositasi.

4️⃣ Biznes yuritishda beminnat yordamchi.

5️⃣ Turli ijtimoiy aksiyalar va yordamlar.

6️⃣ Ijodkorlar va boshqa soha vakillari uchun keng maydon.

👉 Toʻliq oʻqish

🟢 Maqolani ona tili va adabiyot oʻqituvchilariga yuborib qoʻying.

@oriftolib
👍25
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
92%
Davom ettirmoq
8%
Davom etdirmoq
😎41👍27💯4🤨2
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
11%
Davom etti
89%
Davom etdi
😎40👍32💯4🤨4
Nuqsonni yoqlash bilan fazilatlar haqorat qilinadi.

Tomas Mann

@oriftolib
🔥32💯17👍7
Fuqaro viloyat yoki shaharga tegishli emas

Savol:

Bir davlat tashkilotining telegram kanalida “Samarqand fuqarolari diqqatiga” yoki “Toshkent fuqarolari eʼtiboriga” kabi iboralarga koʻzim tushdi. Shu ifoda toʻgʻrimi?

Javob:

Fuqarolar biror mamlakatning muayyan yuridik huquqlarga ega boʻlgan doimiy aholisidir. Milliy ensiklopediya fuqarolik soʻziga “shaxsning muayyan davlat bilan doimiy siyosiy-huquqiy aloqasi” deya izoh bergan.

Demak, fuqaro faqat davlat darajasida boʻladi. Viloyat yoki shaharning fuqarosi boʻlmaydi.

Fuqaroning huquq va majburiyatlari mamlakat miqyosida belgilanadi. Qaysidir viloyat yoki shahar fuqarolik joriy qila olmaydi. Yurtdoshlarimiz qaysi hududda tugʻilganidan qatʼi nazar, pasportida “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi” deb koʻrsatiladi.

🟢 Xulosa. Agar maʼlum bir hudud aholisini taʼkidlab koʻrsatish zarur boʻlsa, boshqa soʻzlardan foydalanish mumkin:

Fargʻona viloyati vakillari
Xorazm viloyati aholisi
Toshkentliklar, samarqandliklar, qashqadaryoliklar

@oriftolib
👍65💯19🤨6
Bekorchi odamlar hamisha ezma boʻladi. Qancha kam oʻylasang, shuncha koʻp gapirasan.

Sharl Monteskye

@oriftolib
👍70💯17🔥6😢4😎2
​​Qoʻshimchalar oʻlcham birliklari belgilaridan ajratib yoziladi

Savol:
Foizdan, foizli, foizni
soʻzlari qoʻshib yoziladi. Lekin matnda foiz % belgisi bilan ifodalansa, qoʻshimchalar qanday yoziladi: ajratibmi yoki qoʻshibmi? Misol uchun, % ni yoki %ni?

Javob:

Oʻlcham birligining sonli qiymati va belgisi oʻrtasida boʻsh joy qoldirilishi haqida oldinroq yozgan edim. Lekin foiz belgisi matematikada son bilan birga yoziladi: 12%, 20%, 100% kabi. Bu amaliyot boshqa sohalarga ham koʻchib oʻtgan. Matnlar ichida ham shu shaklda yozish urf boʻlgan. Yaʼni son va % belgisi oʻrtasiga boʻsh joy tashlanmaydi.

🟢 Qoʻshimchalar esa boshqa oʻlcham belgilari kabi % belgisidan ajratib yoziladi:

10 kg li qutilar jami
qutilarning 70% ini tashkil etadi.

Chizgʻichlarning 80% i saralab chiqildi, koʻpi 30 cm dan kichik ekan.

Ota-onalar majlisiga kelganlarning 90% dan ortigʻi onalar ekan.


🟢 Nega bunday? Chunki oʻlcham birligi qisqartma holatida maxsus belgi sanaladi. Birlik toʻliq ifodalanganda soʻzga teng va bunda qoʻshimchalar qoʻshib yoziladi:

10 kilogrammli qutilar jami qutilarning 70 foizini tashkil etadi.

Chizgʻichlarning 80 foizi saralab chiqildi, koʻpi 30 santimetrdan kichik ekan.

Ota-onalar majlisiga kelganlarning 90 foizdan ortigʻi onalar ekan.


@oriftolib
👍42
Besh milliard soʻmga arziydigan duo

Ilmga xayrixoh, uning rivoji uchun moddiy koʻmak beradigan odamlar yuz yil oldin ham anqoning urugʻi boʻlgan ekan:

Choʻlpon, Qodiriylar el orasida yurib, tashabbus bilan chiqdilar: “Yoshlardan xayriyangizni ayamang!”, “Ilm uchun saxovat koʻrsating!” Tashabbuskorlar oʻzlaridagi maʼrifatparvarlik, ilmga intilish, yoshlar iqbolini oʻylaganlari sababli ibrat koʻrsatishdi. Qodiriydek mehridaryo, hojatbaror inson oʻz bogʻida yetishtirgan mevalarni sotib, “Koʻmak”ka xayriya qildi. Choʻlpon esa qiynalib yurganiga qaramay, qalam haqlarini toʻplab, kiyim-bosh olaman deb yigʻgan pulini yoshlarga bagʻishladi. Bu borada ular “mening jiyanim, ammamning farzandi bor, toʻplangan xalq puliga Germaniyaga shu borib oʻqiy qolsin” deb harakat qilishmadi. Millat manfaati, yoshlar kelajagi ular uchun mahalliychilik, tanish-bilishchilikdan ustun edi.


Boylarning eʼtiborsizligi, xudbinligi, uzoqni koʻra bilmasligidan zada boʻlgan Abdulla Qodiriy “Mushtum” jurnalining 1923-yil toʻrtinchi sonida “Koʻmak” uyushmasiga ionalar” nomli hajviyasini eʼlon qiladi:

Keyingi kunlarda “Koʻmak” uyushmasiga berilgan ionalarning hisobi juda ham koʻpayib ketdi. Tushgan ionalarni uyushmaning bitta kassasi eplay olmaganlikdan ikkinchi kassa olmoqqa majbur boʻlindi. Keyingi oyda iona bergan saxiylarning roʻyxati mundaydur:

1️⃣ Valihoji – besh milliard soʻmga arziydigan duo.
2️⃣ Gʻulom shayx boybachcha – “Oʻqishga ketkan yigitlar mullo boʻlsunlar” degan yaxshi tilak (baho qoʻyish komissiyasining soʻziga qaraganda, bu iona ham besh milliardga arzir ekan).
3️⃣ Azim boyvachcha, koʻmirchi – sakkiz pud toshkoʻmir.
4️⃣ Tujjor shirkati – ikkita sopol tovoq bilan bitta xurmacha.


Ushbulardan Berlin oʻquguvchilarimizga yuborildi:

Berlindagi talabalarimiz ortuqcha muhtoj boʻlgʻonliklaridan birinchi galda toʻrt put toshkoʻmir, ikkita sopol tovoq, bir posilka duo yuborildi.


Hajviyadan keyin vaziyat biroz oʻnglanadi, baʼzilar uyalib qolmaslik uchun ham xayriya qiladi. Shunday saʼy-harakatlar ortidan bir nechta talaba Germaniyaga oʻqishga yuboriladi…

Umid Bekmuhammadning maqolasini toʻliq oʻqing, mushohada qiling:
👉 xabar.uz/p3j2

@oriftolib
🔥21😢11👍10
​​Oʻgʻirlangan soat va Charli Chaplin

Charli Chaplin shunday eslaydi:

Bir marta men Nyu York metrosida ketayotgan edim. Uyga kelib, choʻntagimdan tilla soat topib oldim. Qancha oʻylamay, bu qimmatbaho soat mening choʻntagimga qanday kelib qolganini tushunolmadim. Soatni politsiyaga olib borishga qaror qildim.

Ertasi kuni menga xat olib kelishdi: “Hurmatli janob Chaplin! Sizga professional choʻntakkesar oʻgʻri xat yozmoqda. Kecha men metroda bir janobning qimmatbaho tilla soatini oʻgʻirlab oldim, lekin sizni koʻrib qolib, soatni sizga sovgʻa qilishga qaror qildim va sezdirmasdan choʻntagingizga solib qoʻydim”.

Oradan bir yil oʻtdi. Politsiya oʻgʻrini ham, soat egasini ham topolmadi, shuning uchun soatni menga qaytarib berib yuborishdi. Bu haqda yozmagan gazeta qolmadi hisob.

Koʻp oʻtmay, menga ikkinchi xat keldi va maktubda shunday yozilgandi: “Hurmatli janob Chaplin! Bir yil oldin men metroda ketayotgan edim, soatimni oʻgʻirlab ketishdi. Gazetalarda oʻqidim, qandaydir choʻntakkesar oʻgʻri soatni sizga berib yuboribdi. Soatim sizda qolsin, janob Chaplin. Men sizning gʻayrioddiy isteʼdodingizga oʻsha choʻntakkesar oʻgʻridan kam muxlis emasman. Shuning uchun soatga qoʻshib sizga oltin zanjir ham berib yuboraman”.

Manba: @xurshidabdurashid

@oriftolib
👍74
Ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari diqqatiga: tanlovda qatnashing, gʻolib boʻling, mukofotlar oling

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovini eʼlon qilibdi.

Tanlovda umumiy o‘rta taʼlim maktablarining ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari “Men tavsiya etaman…” nomli video taqdimotlari bilan qatnashishlari mumkin.

Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar vazirlikning hududiy boshqarmalari tashkil etgan maxsus botlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va taqdimotlarini video formatda joʻnatishlari kerak.

Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari o‘zbek tili bayrami arafasida quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadilar:

🥇 1-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 20 mln so‘m pul mukofoti;

🥈 2-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, monoblok;

🥉 3-o‘ringa “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, noutbuk.

Tanlov 2 bosqichda tashkil etiladi va shu yilning 20-oktyabriga qadar davom etadi.

👉 Videotaqdimotga qoʻyiladigan talablar

Aytishlaricha, hujjat topshirish 20-sentyabr soat 18:00 da yopilibdi. 18-sentyabrda eʼlon qilib, ikki kunda yopish nimasi? Oʻqituvchilar taqdimot tayyorlashga qanday ulguradi bunda? Sifatli taqdimotni nazarda tutyapman, albatta. Yo oʻqituvchilarga oldindan xabar berib qoʻyilgan, shu sababli qabulga ikki kun vaqt ajratishdimikan? Bu haqda eʼlonda lom-mim deyilmagan lekin.


Tashkilotchilar muddat masalasini yana bir oʻylab koʻrishi kerak.

@oriftolib
👍22💯9🔥5😢3
2025/07/13 06:14:12
Back to Top
HTML Embed Code: