#hisobot
Yil Sarhisobi
Shunaqa statistikalarni yaxshi koʻraman. Qanday yil oʻtganini bilib oladi odam. Plyus-minuslarimni.
Marhamat, ilmiy-fantastika va fenteziga atalgan 2024-yil sarhisobi.
@panda_books

👍6🔥2⚡1
#muqova
Bu xuddi o'sha lahzaki, shunchaki glasiologiya (qor va muzshunoslik) haqidagi kitobchaning muqovasi, uncha-muncha she'riy to'plamnikidan go'zalroq chiqqan.

🤩22❤5🔥4🏆2⚡1👍1
#reading
Hozir oʻqiyotgan kitobim «Как почти честно выиграть выборы»da qiziq misol keltirilgan ekan.
1998-yil Sankt-Peterburg Shahar kengashiga saylov boʻlib oʻtadi. Gubernator V. Yakovlevga Oleg Sergeev ismli deputat raqobat qila boshlaydi. Yakovlev esa bu sogʻlom raqobatchini yanchib tashlashga astoydil bel bogʻlaydi.
Saylov vaqtida nomzodlar orasida yana ikkita Oleg Sergeev paydo boʻladi - pensioner va ishsiz. Odamlarning siyosiy madaniyati va qonunlarni yaxshi oʻrganmasligidan foydalanib, gubernator shunday yoʻl tutadi. Natijada byulletenni olgan saylovchilar haqiqiy Oleg Sergeev kimligini aniqlashga qiynalishadi.
Gubernator shu yoʻl bilan raqibidan qonunni buzmasdan ustun keladi.

😁10👏6🤣5👍3🤔3🔥1
#haqida
Santa
Santa Klaus kelib chiqish tarixi qiziq. U sizni xuddi Alisa Mo'jizalar mamlakati darvozasiga kiraverishadagi quyon o'rasi kabi tubsizlikka itqitib yuboradi. Demak, boshladik.
Avvalo, IV asrda hozirgi Turkiya hududida yashagan Avliyo Nikolay (Santaning prototipi deb aytiladi) qizil kamzulli Rojdestvo bayramidagi soqolli bobo bilan hech qanday aloqasi yo'q.
Bir kuni avliyo Nikolay uchta opa-singilni fohishalikdan (otasining ularni turmushga berish uchun sepiga puli bo'lmagan) qutqarib qoladi. Avliyo ular uyining chordoq derazasidan tilla tanga tashlab ketadi. Aftidan, uyga mo'ri orqali tushib qoldirib ketiladigan Rojdestvo sovg'alari an'anasi shu yerdan kelib chiqqan. Shuningdek, xristian cherkovi Avliyo Nikolay kunini 6-dekabr kuni nishonlaydi.
Qadimgi yevropaliklar orasida 24-dan 25-dekabrga o'tar kechasida esa butparastlik bayrami bo'lib, ularning hammasi olov atrofida aylanib, mast bo'lib raqsga tushishgan va o'zaro qovushishgan.
Skandinavlar bu kechada g'azablangan Odin osmonda qo'rqinchli ruhlar, Valkiriyalar va boshqa jinlar hamrohligida uchib yurganiga ishongan. Demak, Rojdestvo chanasiga qo'shiladigan bug'ular va oy fonidagi tungi parvozlar shundan paydo bo'lgan bo'lishi mumkin. Yordamchi elflar ham shular jumlasidan.
Bir paytlar Yevropada xristianlar kichik va e'tiborga loyiq bo'lmagan diniy sekta bo'lgan xolos. Lekin ular kutilmaganda Yevropada keng tarqalib ketishadi, asosiy din sifatida xristianlik butparastlikni siqib chiqaradi. Endi ularga yangi bayram kerak edi, shunda rohiblar butparastlar bayramini shafqatsizlarcha o'zlashtirib, uni Rojdestvo bayramiga aylantiradilar. Xuddi, bugungi kunda "anaqalar" beg'ubor kamalakni bezbetlarcha o'zlashtirib olganidek (ularga kim huquq bergan o'zi?!).
Butparastcha gulxan borib-borib oxir-oqibat qulay uy kaminiga aylanadi. Avliyo Nikolay (Gollandlar uni qizil yepiskop liboslarida tasvirlashgan) esa asta-sekin Rojdestvo ota bo'lib qoladi.
Aytgancha, oppoq soqolli, qorin qo'ygan quvnoq bobo obrazini ilk bor bundan 200 yil oldin yozuvchi Charlz Dikkens "Rojdestvo qo'shig'i" asarida yaratgan. Dikkensgacha Father Christmas obrazi ko'proq g'amgin o'rta maktab o'qituvchisiga o'xshab ketardi.
Va bularning barchasini XX asrda amerika Gollivudi ushbu an'analarni, ya'ni skandinav, golland va ingliz katolik cherkovlari g'oyalarini o'zaro qo'shib, aralashtiradi. Tabiiyki, ateistik SSSRda Rojdestvo bo'lmagan, natijada kommunistlar bayram sifatida bu an'analarni Yangi yilga ko'chirishadi.
Xo'sh, bugun butun dunyoga eksport qilingan va hamma yaxshi biladigan Santa Klausning so'nggi versiyasi yaqin 1980-yillarda dunyoga mashhur bitta kompaniya buyurtmasi bilan kichik reklama agentligi tomonidan yaratiladi.
Ushbu kompaniyaning nomi — Coca-Cola.

👍20🔥9🤣3🎄3💯1🍓1
Kitoblar olamida 2024-yil yakunlari
2024-yil adabiy voqealar, yangiliklar va tendensiyalarga boy bo‘ldi. Kitob oʻqishda Non-fikshn ommalashuvining o‘sishi kuzatildi. Shaxsiy rivojlanish, ekologiya, psixologiya va avtobiografiya mavzulari yana yetakchi o‘rinlarni egalladi. Odamlar zamonaviy dunyo muammolarini yengish uchun amaliy adabiyotlarni tobora ko‘proq tanlashmoqda.
Fantastika va fentezi janriga talab oshdi. "Dyuna" yoki Sanderson asarlari asosidagi serial va filmlarning muvaffaqiyati o‘quvchilarni ushbu janrlardagi klassik va yangi asarlarga murojaat qilishga ilhomlantirdi. Oʻzimizda ilk bor “Taxtlar oʻyini” oʻzbek tilida chop etildi.
Komikslar va grafik romanlar oʻzining syujet talqini va yorqin vizual uslubi bilan yoshlar va kattalarni jalb etib, auditoriyasini kengaytirishda davom etmoqda.
Bu yil ekologiya, sun’iy intellekt, insoniyat kelajagi va falsafa ko‘plab kitoblarning asosiy g‘oyalariga aylandi. Oʻzimizda jadid adabiyotiga alohida e’tibor qaratildi.
Dunyoda Storytel va Audible, oʻzimizda Mutolaa kabi platformalar tufayli audiokitoblar yanada ommalashdi. Sun’iy intellekt texnologiyalari ovoz sifatini yaxshilashga imkon berishi ortidan audiokitoblarga qiziqish yanada ortyapti.
Audio formatning ommalashganiga qaramay, elektron kitoblar, ayniqsa yoshlar uchun, hamon zarur vosita bo‘lib qolmoqda. Ko‘plab nashriyotlar o‘qishni yanada qulayroq qilish maqsadida chegirmalar va obunalar taklif etishyapti.
Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti bu yil ijtimoiy adolat va odatda e’tibordan chetda qoladigan ovozlarga urg‘u berdi.
Menda hozircha shular.

👍11🔥10❤🔥1
#iqtibos
— Janob Andersen, sizdan bitta narsa so'rasam maylimi? - savol berdi Charli.
— Ha, albatta!
— Nega yaxshi qizlar doim yomon yigitlarni yaxshi ko'rib qolishadi?
— Sen aynan kimnidir nazarda tutyapsanmi? - so'radi professor Andersen.
Charli jimib qoldi.
— Biz odatda o'zimiz loyiq deb bilgan odamlarni sevib qolamiz - javob berdi professor Andersen.
— Lekin uga aslida bundanda yaxshirog'iga munosib ekanligini bildirish mumkinmi?
— Ha, urinib ko'rsa bo'ladi...
Stiven Chboski "The Perks of Being a Wallflower"

❤🔥29🔥7⚡3❤1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oʻgʻlim kitoblarni javonga joylashni yaxshi koʻradi. Umuman olganda, dadasiga oʻxshab tartibli:)
@panda_books
@panda_books
❤28👍7🤣6🥰4❤🔥3🔥1💋1