Telegram Web Link
Hozir qaysi asar(lar) mutolaasi bilan bandsiz?

@panda_books
🔥86👍2
XXI asr savoli

Men erkinman, a?…

@panda_books
💔27👍2🔥2
Bugungi tadbirda bookblogerlar bilan. Abdurahmon aka, Temur aka, Muhiddin va Ivan Karamazov:)

Kun asosiy qahramoni Mirzohid bilan rasmga tushish esdan chiqibdi, lekin kitoblarga dastxat tushirib oldim:)

@panda_books
👍28🔥5🍓532😈2🤷1
#haqida

Bilim - bu paradoks. Inson qanchalik koʻp narsa bilar ekan, shunchalik johilligini chuqur anglab boraveradi.

@panda_books
💯44👍9🔥743🤷‍♂1
#sarhisob #noyabr

Oy Sarhisobi.


Noyabr ham o'tdi. Kitoblar, ozroq serial va yana kitoblar bilan. Kuzdan lazzat olishga ulgurmadik ham.

O'qilgan kitoblar:
♻️ Renee Knight — "Disclaimer"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Uolter Ayzekson – “Elon Mask”
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Karel Chapek — "Salamandralar bilan jang"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Umberto Eko — "Dushmaningni yarat"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Furqat Alimardon — "Qorakuya"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

♻️ Simon Clair — "K Culture: K-pop, Cuisine, On Screen, And More"
Taqriz 👉 ko'k yozuvni bosing

Oyning eng qiziqarli postlari:
👉 O'zga sayyoralikka qaysi kitobni tavsiya qilgan bo'lardingiz?
👉 Originalida nimani o'qish kerak?
👉 Tarix qiziq
👉 Kulgu
👉
Talabalar kuni
👉
Ustoz qadri
👉
Kulgu 2.0

Siz-chi, bu oy qaysi kitoblarni mutolaa qildingiz?

@panda_books

Instagram | Youtube | Tiktok
👍12💯21
#newbook #yangikitob

Huzur nashriyotidan “Bu ham oʻtar, yo Hu!” va "Katta shahzoda" kitoblarini jo'natishdi.

Ayniqsa, Mikeil Adiguzelning kitobi nomi juda qiziqarli ekan, men hatto boshida bu "Kichkina shahzoda"mikan deb o'ylabman:) Ko'ramiz, qanday ekan!

@panda_books
👍15🔥3
Forwarded from Bored Panda
#news

"Brain Rot" Oksford lug‘ati tomonidan "Yil so‘zi" deb topildi

Manbada aytilishicha, Brain Rot so'zi, o'zbekchada aytganda "Miya chirishi" bu "ahamiyatsiz va yuzaki kontentni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilishning oqibatida insonning aqliy yoki intellektual qobiliyatining pasayishi" degan ma'noda qo'llaniladi.

Juda vaqtida topilgan so'z.

@boredpandablog
🔥268👍3🤪3💯2
#haqida

Bu yilgi audiokitoblarim sarhisobi

Odatda audiokitoblarni Telegramga yuklab eshitardim. Bu yildan asosan Yandeks Music orqali tinglashni boshladim. (oz muddat Mutolaa)

Xullas, kecha Yandex mening bu yilgi 11 oylik sarhisobimni keltiribdi. Demak, yil boshidan to hozirga qadar 13 142 daqiqa audiokitoblar tinglabman. Bu Yandexdagi eng ko'p kitob o'qiydigan va eshitadiganlarning TOP 5%i orasiga kirarkan! Chakkimas)

Agar bu daqiqalarni soatga o'girsak, 219 soat-u, 2 daqiqa bo'larkan. Agar uni sutkaga o'girsak, naq 9 kun-u, 3 soat yemay-ichmay, uxlamay kitob o'qib chiqqan bo'larkanman:) va bu hali faqat audiokitoblarga sarflaydigan vaqtim ekan.

Xullas, shu yoqimli statistikani sizlar bilan ham bo'lishgim keldi. Nima demoqchiman, kitob o'qishdan va uni sevishdan aslo charchamang!

@panda_books
👍17
Forwarded from Panda Books
​​Green Book

Ko'pchilik 2018-yilda ekranlarga chiqqan, bosh rollarni mahoratli aktyorlar - Viggo Mortensen va Mahershala Ali ijro etgan, shuningdek taniqli Piter Farelli rejissorligidagi "Yashil kitob" ("Green Book") filmini ko'rgan bo'lsa kerak. U o'sha yili ulkan mashhurlikka erishadi va "Oskar", BAFTA, "Oltin Globus" kabi nihoyatda nufuzli mukofotlarni qo'lga kiritadi. Lekin hech o'ylab ko'rganmisiz, nega filmning nomi "Yashil kitob" deb ataladi va umuman u qanaqa kitob bo'ldi?

Film Amerika tarixining eng qiyin va inson huquqlari kamsitilish odatiy holga aylangan davrlar haqida hikoya qiladi. Chunki AQShda amerikalik qoratanlilarga nisbatan qattiq diskriminatsiya va ular ustidan o'rnatilgan nazorat Fuqarolar urushi va 1865-yilgi qullikni bekor qilinishidan keyin ham uzoq yillar davomida saqlanib qolgandi.

Shunday o'taketgan diskriminatsion normalar namoyishlaridan biri - "kunbotar shaharlar" (Sundown towns) qoidasi edi. Shunday nom olgan shaharlarda qoratanlilar (ba'zan meksikalik va yahudiylar) kun botganidan so'ng ko'chaga chiqish huquqidan mahrum qilingandi. Bilasiz, Amerika — avtomobillar mamlakati, bitta qo'shiqda aytilganidek, "66 Trassadan kayf ol". Odamlar mashinalarda bepoyon kengliklar bo'ylab sayohat qilishardi. Ammo hammayam bunday ko'ngilochar mashg'ulot bemalol emasdi. 1930-yilda 66 Shosse o'tgan 89 ta okrugdan 44 tasida "kunbotar shaharlar" joylashgandi. Deylik, sizni tanovul qilgingiz yoki hojatga chiqqingiz kelib qoldi, ammo shahardagi bu xizmatlarning barchasi oq tanlilar uchun bo'lsa, nima qilardingiz? Hattoki, Coca-cola sotadigan avtomatlarda ham "Faqat oq tanlilar" uchun degan yozuv bor edi.

Vaziyat shunchalik yomon ediki, Garlem shahrining pochtalyoni, afroamerikalik Viktor Grin "Negro haydovchi uchun Yashil kitob" (Negro Motorist Green Book) — qora tanli haydovchilar uchun kun botgandan so'ng qayerda ovqatlanish va hojatxonaga borish batafsil berilgan yo'l tushuntirgich chop etishni lozim deb biladi. Bu qo'llanmaning oxirgi soni 1966-yilda chop etiladi. Bizning qahramonlarimiz ko'rsatib bergan voqealar esa 1962-yilda sodir bo'ladi. Shu tariqda "Yashil kitob" o'z sayohatini uzoq vaqt davom ettiradi.

Xulosa o'rnida, menga manzur bo'lgan filmdagi bitta iborani keltirsam:
"Birgina talant kamlik qiladi. Odamlarni o'zgartirish uchun jasorat ham kerak"...

@panda_books
👍9🔥3
#reading

Salmon Rushdi oʻzining “Pichoq” kitobida oʻzining sahnada pichoqlanishi holatini oʻta batafsil va ta’sirli tasvirlaydi. Uning aytishicha, u oʻz dushmaniga hech qanday qarshilik koʻrsatmagan. Buni sababini keyinchalik oʻylab shunday deydi:

“Qo‘rquv, vahima va falajlik oqilona fikrlash qobiliyatini yengadi.

Mana mening harakatlarimni eng aniq tushuntiradigan izoh: zo‘ravonlik qurbonlari haqiqatni anglash inqirozini boshdan kechiradilar. Maktabga ketayotgan bolalar, cherkovda ibodat qilayotganlar, do‘konga xarid qilgani kelganlar, sahnada turgan odam - barchamizda, aytaylik, dunyoning barqaror tasviri bor. Maktab - ta’lim olinadigan joy. Cherkovga ibodat qilgani borishadi. Do‘konga - xarid qilgani. Sahna - chiqish qilinadigan joy. Ular o‘zlarini ana shu chegaralar ichida ko‘radilar.

Zo‘ravonlik bu tasvirni chilparchin qiladi. To‘satdan odamlar nima deyish, o‘zini qanday tutish, qanday tanlov qilishni unutadilar. Ular endi odatiy narsalarni tushunmay qoladilar. Voqelik parchalanib, o‘rnini tushunarsiz narsa egallaydi. Qo‘rquv, vahima va falajlik oqilona fikrlash qobiliyatini yengadi. Zo‘ravonlikka duch kelgan odamlar "oqilona fikrlash" nima ekanligini bilmay qolganlari sababli, endi "oqilona fikrlash" imkonsiz bo‘lib qoladi.”

@panda_books
👍10🔥4💔2
#news

Oxford Universiteti talabasi o'z dissertatsiyasining rasmini ijtimoiy tarmoqqa joyladi va kutilmaganda tanlagan mavzusi tufayli tanqidga uchradi.

U hidlarning odamlar idrokiga qanday ta’sir qilishini o‘rgangan edi, izohlar esa "soliq to‘lovchilarning pullarini behuda sarflamaslik kerak" degan talabgacha borib yetdi. Oqibatda, post 100 milliondan ortiq ko‘rishga erishdi.

Natijada talaba qizning ilmiy ish so‘nggi 100 (!) yil ichida tilshunoslikda eng ko‘p yuklab olingan asarga aylandi va iqtiboslar soni bo‘yicha hatto Eynshteynni ham ortda qoldirdi.

Albatta, hate yomon, ammo qiz bahonada ham mashhur bo'ldi, ham dissertatsiyasini komissiya va yaqinlaridan boshqalar ham o'qidi:)

@panda_books
🔥24👍13
Hayot - piksellarda! 📸

Hayotingizdagi kichik lahzalarni katta hikoyalarga aylantirishni xohlaysizmi? 🌟 Ushbu kanal hayotning eng sodda, ammo chuqur haqiqatlarini, yon daftaringizdagi sirli qaydlarni va o'tmishdagi yorqin xotiralarni piksel ko'rinishida birlashtiradi. Har bir post — yangi nigoh, har bir hikoya — yangi ilhom. 🎨

Siz ham "PixLAB" ga qo‘shiling va hayotga yangi rakursdan nazar tashlang!

Ulanish uchun👉 @pixlabuz 😊

#reklama
👍5
​​#review #taqriz

📗Mikoil Adiguzel – “Katta shahzoda”

"Ba'zan eng yaxshi niyatlardan chuqur jarohatlar qoladi"

Eksyuperining bir paytlar bola boʻlgan doʻstiga bagʻishlagan kitobi haqida eshitmagan inson boʻlmasa kerak. Dunyoda eng koʻp tilga tarjima qilingan asarlardan biri boʻlgan - “Kichik shahzoda”ga taqlidlar ham tabiiyki, bisyordir. Masalan, oʻtgan yil “Bola, ot, koʻrsichqon va tulki” multfilmi ham shu janrga juda yaqin edi.

Qoʻlimizdagi kitobchaning ham nomlashi va uslubi jihatdan bizga tanish asarni esga soladi. Yozilish uslubi jihatdan ham o'xshashlik bor. Syujetga ko'ra, endi yoshi katta Shahzoda o'zligini qidirish va bolalik sofligini qaytarish maqsadida yo'lga otlanadi. Yo'lda u Sayyoh, Bola va Odam kabi qahramonlarni uchratadi.

Ochig'i, bir o'tirishda o'qib chiqqan esamda, syujetga uncha tushunmadim. Hikoyalar yaxshi boshlanganu, lekin oxirigacha yetkazilmagan. Sayyoh va Katta Shahzodaning personajlarini adashtirib yuborgandek bo'ldim hatto. Tarjimada ham biroz kamchiliklar bor, turkchadan bizga o'girishda so'z qurilishlari bilinib qolgan.

Umuman olganda, kitob uncha yomon emas, ha to'g'ri, unda boy syujet va o'tkir burilishlar yo'q. Ammo yaqinda do'stimiz Mirzohid ham ta'kidlaganidek, bizning xalqimiz "aforizmlarga o'ch". Bizni turli iqtiboslar (xuddi men epigrafga tanlaganim kabi) va kichik dialoglar bilan rom qilsa bo'ladi. Bu sir emas. Shu ma'noda bu kitobdan bir talay postbop iqtiboslar topa olasiz.

@panda_books
👍7🔥4👏3😱1
#tavsiya

Bill Geyts o‘zining an’anasiga sodiq qolib, o‘zgaruvchan dunyoga tezroq moslashish uchun kitoblar tavsiya qildi. Microsoft asoschisi barcha dolzarb mavzular, ayniqsa, sun’iy intellekt va unga moslashish haqida batafsil to‘xtalib o‘tgan. Quyidagilar:

"An Unfinished Love Story" Doris Kerns Gudvin
"The Anxious Generation"Jonatan Haydt
"Engineering in Plain Sight" Gredi Xillxaus
"The Coming Wave"Mustafo Sulaymon
"Federer"Doris Xenkel

@panda_books
👍12👎2😱1
#news

Muhammad
ismi 2023-yilda Angliya va Uelsda o‘g‘il bolalarga qo'yilgan eng mashhur ism bo‘libdi.

@panda_books
👍51🔥14😢5🏆2😱1
Fransuz yozuvchisi Anri de Monterlanning "Lе bonheur écrit à l’encre blanche sur des pages blanches" degan mashhur iborasi bor. Ya'ni:

"Baxt oq varaqlarga oq siyoh bilan yoziladi".

@panda_books
👍18🔥71👎1😱1
​​#review #taqriz

📗Salmon Rushdi — "Pichoq"

"Bu haqida yozish - yuz bergan voqeani qabul qilishning, buning uchun mas’uliyatni o‘z zimmamga olishning, uni o‘zimniki qilishning va bundan buyon qurbon rolini o‘ynashdan voz kechish uchun mening uslubimdir. Men zo‘ravonlikka san’at bilan javob berishim lozim"


Tan olishim kerak, shu paytgacha Rushdi haqida kam bilardim. Faqatgina uni ommaviy heyt nishoni bo'lgan yozuvchiligini eshitgandim, xolos. Deyarli ikki yil oldin, 2022-yil 22-avgust kuni, Salman Rushdi Nyu-York shtatidagi Chatokua Universitetida zamonaviy yozuvchilarni xavf-xatardan qanday himoya qilish kerakligi haqida ma’ruza o‘qish uchun sahnaga chiqqan paytida noma'lum shaxs tomonidan pichoqlanadi. U mo'jizaviy tarzda omon qoladi, bu voqea haqida o'sha paytda kanalimda ham yozgan ekanman.

Muallifning o'zi ta'kidlaganidek, "Seni nafrat obyektiga aylantirishsa, seni yomon ko‘radiganlar albatta topiladi". Rushdi hayotiga ham xavf doimo mavjud bo'lgan. Qizig'a, Rushdini yozuvchilarni asrash kerak degan ma'ruzasi paytida pichoqlashadi. Yana bu qaysidur musulmon davlatida emas, aksincha erkin va ozod AQSHda sodir bo'ladi. Rushdi zarba natijasida bir o'limdan qoladi, bir ko'zidan ayriladi va uzoq vaqt davolanadi. Va barcha iqtidorli yozuvchilar kabi o'z boshidan kechirganlari haqida yozishga qaror qiladi.

Agar Rushdini otishganida, menimcha u bu haqida kitob yozib o'tirmasdi. Biroq uni pichoqlashdi. Bilasiz, qotil qurol turlari ham psixologik omilga ega. Misol, zahar asosan ayollar quroli, uzoqdan otib o'ldirish yollanma qotillarga. Pichoq esa intimroq qurol. U qotildan o'z qurboniga maksimum yaqinlashishni talab qiladi va qurbon og'riqli o'lim topadi. Rushdi o'z memuar kitobida aynan shu voqeani va undan keyingi hayotini juda batafsil va chiroyli ta'riflagan.

"Seni nafrat obyektiga aylantirishsa, seni yomon ko‘radiganlar albatta topiladi". "Shaytоniy she'rlar" (1988) romanidan so'ng, islomni haqoratladi degan sabab bilan musulmon jamiyatlarida katta nafratga uchraydi. Hatto vaziyat qon to'kilishigacha borib yetadi. Bu orada Eron rahbari oyatulloh Xumayniy yozuvchini ommaviy tarzda la’natlaydi va o‘limga hukm qiladi. Natijada yozuvchi Nyu-Yorkka ketishga majbur bo'ladi. Rushdi misolidan bizga ma'lum bo'ladiki, unga hujum qilgan qotili hatto uning birorta kitobini o'qib ko'rmagan va uni yaxshi tanimagan ham. Shunchaki Youtube'da bir necha roliklar va uni o'ldirishga chaqiriqlarni o'zi qo'liga pichoq olib odam o'ldirishiga kifoya qilgan. Mana sizga heytning kuchi.

Aslida tilimiz ham juda kuchli qurol. Ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlar davrida yashayotgan bizda shundoq kirib birovni heyt qilishdan oson ish yo'q. Hatto biz u odamni yaxshi bilmasak ham, uni lan'atlashyotgan bo'lsa, qo'shilib tosh o'tib qo'yishdan tortinmaymiz. Masalan, Rushdini yomon ko'radiganlar shu yerda ham topiladi, lekin heyterlarining katta qismi umrida hech qachon uning kitoblarini o'qib ko'rmagan bo'lib chiqishi mumkin. Albatta, bu sizning huquqingiz, ammo kimnidur joniga qasd qilishni shu bilan oqlab bo'lmaydi deb hisoblayman.

Men Rushdini oqlamayman, uning diniy qarashlarining ham menga qizig'i yo'q. Men shunchaki ushbu mashhur nafrat tarixiga - (pichoq aynan nafrat metaforasi) razm solishga qaror qildim va shunga amin bo'ldimki, oxir-oqibat insoniyatni nafrat emas, balki muhabbat qutqaradi.

@panda_books
👍121👎1🔥1😱1
Safar payti yoʻl boʻyi oʻqishga qanday kitob tanlaysizlar?

@panda_books
😱6🏆2
2025/07/09 12:13:35
Back to Top
HTML Embed Code: