Telegram Web Link
Renessans taʼlim universitetida "Finlandiya taʼlim laboratoriyasi" tashkil etildi

Finlyandiya ta’lim eksperti, Yuvaskula universitetining Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti professori Ilkhom Khalimizoda hamda Renessans ta’lim universiteti Pedagogika fakulteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tgan onlayn muloqotda “Finlyandiya ta’lim tizimi laboratoriyasi”ni tashkil etish masalasi muhokama qilindi.

“Prime Education Finland” kompaniyasi va Renessans ta’lim universiteti hamkorligida tashkil etilishi rejalashtirilgan “Finlyandiya ta’lim tizimi laboratoriyasi” xalqaro ilg‘or tajribalarni, xususan, Finlandiya ta’lim modeli konseptual yondashuvlarini o‘rganish hamda ularni O‘zbekiston ta’lim tizimi, ijtimoiy-madaniy va pedagogik sharoitlariga integratsiyalashga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.


Muhokama davomida laboratoriyani aniq yo‘l xaritasi va konsepsiya asosida tashkil qilish, ilmiy-metodik va axborot bazasini mustahkamlash, eksponatlar, ko‘rgazmalarga qo‘yiladigan talablarni belgilash va boshqa yo‘nalishlarda takliflar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Finlyandiya tajribasini mahalliy ta’lim tizimiga bosqichma-bosqich integratsiya qilish yo‘llari tahlil qilindi.

Ushbu yangi laboratoriya xalqaro tajriba va zamonaviy ta’lim tamoyillarini uyg‘unlashtiruvchi markazga aylanadi.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍4🔥2👏2
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#eslatma
#videorolik

⚡️ Media makondagi hushyorlik — real hayotdagi xavfsizlikning kafolatidir!


📌 Yoshlar, o‘quvchi-talabalar, ota-onalar va mas’ullarga muhim eslatma!

 
📺 HD formatda ko’rish uchun

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10👍8
#Respublika_konferensiyasi

Renessans ta’lim universitetida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tadi

2025-yil 24-sentabr kuni “Pedagogik taʼlimning ilmiy-metodik muammolari: innovatsion yondashuvlar va tadqiqotlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasiga barcha OTM olimlari, tadqiqotchilari va talaba-yoshlarni taklif etamiz.

📌Konferensiya quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tashkil etiladi:

Innovatsion taʼlim strategiyalari va raqamli transformatsiya;
Kognitiv rivojlanish va shaxsga yo‘naltirilgan pedagogika;
Pedagogik psixologiya va inklyuziv taʼlim innovatsiyalari;
Taʼlimning globallashuvi va akademik integratsiya.


📆 Konferensiya materiallari 2025-yil 20-sentabrga qadar qabul qilinadi.

📤Maqola va tezislarni quyidagi manzilga yuboriladi: [email protected]

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Websayt
13👍4🔥2🤩2💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xurshid Choriyev – xalqaro toifadagi sport ustasi, ko‘plab musobaqalar g‘olibi

Xurshid Choriyev sportning kurash turi bilan 13 yildan buyon muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Shu vaqt mobaynida u o‘zining fidoyiligi, intiluvchanligi va yuksak maqsadlari bilan sport sohasida katta yutuqlarga erishdi.

U milliy kurash bo‘yicha Osiyo chempionatida 1-o‘rin sohibi, O‘zbekiston chempioni hamda ko‘plab xalqaro turnirlar g‘olibi hisoblanadi. Shuningdek, universal jang turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan. Dzyudo yo‘nalishida esa o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.


Sportdagi yutuqlari bilan birga, Xurshid Choriyev o‘qishga ham jiddiy e’tibor qaratadi. U o‘zining kelajagini puxta rejalashtirgan holda ko‘plab oliy ta’lim muassasalari orasidan Renessans ta’lim universitetini tanladi.

Renessans ta’lim universitetida ta’lim
olish uchun barcha sharoitlar yaratilganini ko‘rib, aynan shu dargohni tanladim. Ayniqsa, sportchilar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar va imtiyozlar menga katta turtki bo‘ldi.
Universitet menga 100 foizlik grant taqdim etdi.
Bu ishonchni oqlash uchun yanada ko‘proq harakat qilaman. Kelgusida yurtimiz bayrog‘ini xalqaro musobaqalarda yanada baland ko‘tarishga intilaman,” – deydi
Xurshid Choriyev.


Renessans ta’lim universiteti jamoasi Xurshid Choriyevga ta’lim va sport yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Biz bu kabi iqtidorli yoshlar bilan faxrlanamiz!

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
22👏4🏆2👍1🔥1
🎓 Renessans ta’lim universitetida 10%lik chegirma imkoniyati

Renessans ta’lim universitetida abituriyentlar uchun maxsus chegirma joriy etildi.

Agar siz sinfdoshingizni yoki qarindoshingizni o‘qishga taklif qilsangiz, kontrakt toʼlovidan har biringiz uchun 10 foizlik chegirma qo‘llaniladi.

📌 Ushbu chegirma orqali siz yaqinlaringiz bilan birgalikda ta’lim olish bilan birga xarajatlaringizni ham kamaytirishingiz mumkin.

🗓 Chegirma 2025-yil 1-oktabr kunigacha amal qiladi.

📞 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun universitet qabul boʼlimiga murojaat qilishingiz so‘raladi.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
19🔥6👏2💯1
#Zakovat

📣 Renessans ta’lim universiteti talabalari o‘rtasida “Zakovat ligasi”ning 2025/2026-o‘quv yili uchun yangi mavsumiga start berilmoqda.

📌Eslatib o'tamiz:
🔹 Har bir jamoa 6 nafar asosiy ishtirokchi va 1 nafar zahira o‘yinchidan iborat bo‘lishi lozim.

Tanlovda jamoaviy g'oliblar aniqlanadi hamda "Eng bilimdon jamoa sardori", "Eng bilimdon talaba yigit", "Eng bilimdon talaba qiz" nominatsiyalari bo'yicha g'oliblar aniqlanadi.


⌛️ Qatnashish istagida bo‘lganlar quyidagi mas’ullarga murojaat qilishlari mumkin:

📌 T.Saidov – Universitet yoshlar yetakchisi (@temsai13)
📌 A.Ashurov – Universitet Yoshlar ittifoqining intellektual loyihalar koordinatori (@analien18)

📍 Manzil: Renessans ta’lim universiteti, "A" bino, 7-qavat, Faollar zali

📚Bilimdonlar maydonida faqat eng kuchlilar g‘alaba qozonadi.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
8👍3🔥1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Renessans ta’lim universiteti talabalari uchun sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Renessans ta’lim universitetida bir qator sport to‘garaklari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Talabalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sport mashg‘ulotlarida ishtirok etishlari mumkin:
🔹Dzyudo
🔹Kurash
🔹Belbog‘li kurash
🔹Erkin kurash
🔹Voleybol
🔹Futbol
🔹Taekvondo
🔹Boks
🔹Stol tennisi


Sport mashg‘ulotlari tajribali murabbiylar rahbarligida, belgilangan jadval asosida tashkil etiladi.

Ishtirok etish istagini bildirgan talabalar quyidagi havola orqali maxsus guruhga a’zo bo‘lishlari so‘raladi:
📎 @rtu_sport

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun universitet sport klubi raisi o‘rinbosari H.Tursunov (99 872 69 68)ga, maʼnaviy-marifiy va ijtimoiy muhit bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga va fakultet tyutorlariga murojaat qilishingiz mumkin.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
12👍6👏4
Renessans taʼlim universitetida sport turlari bo‘yicha to‘garaklar jadvali
👍32😱127🔥6🤩4💯3
Yangi g‘oyalar, aniq yechimlar: Renessans ta’lim universiteti professori ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdi

Joriy yilning 18-sentabr kuni Farg‘ona davlat texnika universitetida “Zamonaviy texnologiyalar, barqaror rivojlanish muammolari va ularning yechimlari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda Renessans ta’lim universitetining “Matematika va tabiiy fanlar” kafedrasi professori Shovqiddin Narziyev “Mehnat jarayonida xavflarni aniqlash usullari” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. U o‘z chiqishida mehnat xavfsizligini ta’minlash, ishlab chiqarishdagi xavf-xatarlarni aniqlash hamda ularni minimallashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan yondashuv va amaliy takliflarni ilgari surdi.


Sh.Narziyevning ishlab chiqarish, qurilish, energetika kabi sohalarning rivojlanishi uchun bildirgan asosli fikrlari ishtirokchilar tomonidan katta qiziqish va e’tirofga sazovor bo‘ldi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Renessans ta’lim universiteti professor-o‘qituvchilari muntazam ravishda xalqaro va respublika darajasidagi nufuzli ilmiy anjumanlarda ishtirok etib, o‘zining ilmiy yondashuvlari va tajribalari bilan ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqda.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍116👏6🔥1
E’LON

Hurmatli Renessans ta’lim universitetining professor-o‘qituvchilari va xodimlari!

Sizlarni 2025-yil 20-sentyabr kuni soat 12:00da Pedagogika fakulteti pedagogik jamoasi tomonidan tashkil etilayotgan “Renessans ta’lim universitetida samarali jamoani shakllantirish” mavzusidagi seminar-trening mashg‘ulotlarida ishtirok etishga taklif etamiz.

Tadbirning asosiy mazmuni:
✔️Trening hamkorlik pedagogikasi tamoyillari asosida tashkil etiladi.
✔️Turli shartlar asosida qiziqarli jamoaviy bellashuvlar o‘tkaziladi,
✔️Ishtirokchilar o‘zlarining tashabbuskorligi va yetakchilik qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazadi.
✔️Mashg‘ulotlar davomida ijodiy, interaktiv va musobaqa shaklidagi topshiriqlar amalga oshiriladi.


Tadbirning bosh maqsadi – pedagogik jamoaning samarali faoliyatini ta’minlash, unda hamjihatlik, o‘zaro ishonch va birgalikda qaror qabul qilish madaniyatini rivojlantirishdir.

Bu tadbir sizga qanday imkoniyatlarni beradi?
🔹Sizga jamoada o‘z o‘rningizni anglash va hamkorlik muhitida samarali faoliyat yuritishni o‘rgatadi.
🔹Sizda tezkor qaror qabul qilish, ijodiy fikrlash va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
🔹Sizga yangi g‘oyalar yaratish, fikr va tajriba almashish, do‘stona aloqalar o‘rnatish imkonini beradi.


Shuningdek, seminar-trening yakunida eng faol va hamjihat jamoalar e’tirof etiladi va rag‘batlantiriladi.

Tadbir o‘tkaziladigan joy: Renessans ta’lim universiteti, “Huvaydo” kampusi, 8-qavat.
Vaqt: 2025-yil 20-sentyabr, soat 12:00.

Sizlarni mazmunli, qiziqarli va hamkorlikka yo‘naltirilgan mashg‘ulotlarda kutib qolamiz!

Seminar-treningda universitetning barcha boshqarma va bо‘lim boshliqlari, xodimlar, professor-o‘qituvchilar ishtirok etishi lozim.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12👍4👏2😱2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Diqqat! Ogohlik davr talabi

🖊 Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan ekstremizm va terrorizm gʼoyalari bilan yoʼgʼrilgan deb topilgan, respublika hududiga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish TАQIQLАNGАN MАTERIАLLАR roʼyxati e’lon qilindi.

📆 2025-yil 2-sentyabr holatiga koʼra Roʼyxat👈

Manba: Din ishlari boʻyicha qoʻmita Axborot xizmati

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
10👏3👍1🎉1
Samarali jamoani shakllantirish bo‘yicha seminar-trening

Hozirgina “Renessans ta’lim universitetida samarali jamoani shakllantirish” mavzusida seminar-trening boshlandi.

Pedagogik jamoaning samarali faoliyatini ta’minlash, o‘zaro hamjihatlik, ishonch va birgalikda qaror qabul qilish madaniyatini rivojlantirish tadbirning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Seminar davomida ishtirokchilar jamoaviy ishlash uslublari, samarali muloqot va liderlik ko‘nikmalarini chuqur o‘rganishlari, o‘zaro fikr almashish orqali tajriba orttirishlari ko‘zda tutilgan.

☎️Murojaat uchun:
+998555067007 | Yozish💬

📌Toshkent shahri, Samarqand darvoza ko’chasi, Charxnovza 17

⚡️(Litsenziya №715272, 18.11.2022y.)

📝Telegram|💻Instagram|📝Facebook|🟥Youtube| 🏛 Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
14👍3👏3💯1
2025/10/23 17:28:49
Back to Top
HTML Embed Code: