Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🖥 "Buxoro" MTRK — Dolzarb agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 🇷🇺 Tashrif doirasida O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi rahbari “Torgoviy sentr Xelokskiy” MCHJ direktori bilan uchrashdi.

✍️ Ma'lum bo'lishicha, Novosibirsk shahrida joylashgan Xelok bozori 30 yil oldin barpo etilgan bo‘lib, aynan shu yerga Markaziy Osiyoda yetishtirilgan asosiy turdagi meva-sabzavotlar yetkazilgan.

📍 Asfalt bilan qoplangan katta maydonda mahsulotlar furalarda olib kelinadi va ulgurji shaklida sotiladi. Bozor hududiga kichik omborlar bo‘lib, mahsulotlarni saqlash uchun sharoit mavjud. Furalar perimetr bo‘ylab joylashtiriladi va savdo “g‘ildiraklarda” amalga oshiriladi. Meva-sabzavot, quritilgan mevalar, dukkakli mahsulotlar va bir necha turdagi yong‘oqlar yirik savdo tarmoqlari va kichik savdo do‘konlari tomonidan ulgurji xarid qilinadi.

🚛 Bozor hududiga asosan O‘zbekistan, Turkmaniston, Tojikiston, Ozarbayjon, Turkiya, Eronda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari olib kelinadi.

Uchrashuv doirasida hamyurtlarimizning qulayligi uchun infratuzilmani yaxshilash masalasi muhokama etildi. Bu borada tomonlar hamkorlikda ikki mamlakatning manfaati uchun xizmat qiladigan loyihani amalga oshirishga kelishib olishdi, bozor ma’muriyati yuk mashinalarni qabul qilish uchun qo‘shimcha maydon ochilishi, zamonaviy omborxona va muzlatgichlar qurilishi rejalashtirilganligini ma’lum qildi.

#Rossiya #tashrif #xalqaro_hamkorlik #export #1_kun

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 🇷🇺 Shu kunning o‘zida O‘zbekistondan mahsulot olib keladigan yuk haydovchilari bilan ham uchrashuv o‘tkazildi.

Muloqotning maqsadi – eksport/import jarayonlarida haydovchilar duch kelayotgan muammolarning yechimiga ko‘maklashishdan iborat. Rossiya Federatsiyasiga tonnalab mahsulot olib keladigan fura haydovchilari mamlakatlararo chegara maskanlarida transport birligining belgilangan muddatdan ortiq ushlanib qolishi, meva-sabzavotlarning yuklanishida yuzaga kelayotgan kamchiliklar, elektron platforma orqali e-navbat tizimining ishga tushirilishi afzalliklari muhokama etildi.

🇺🇿 Davlatimiz rahbari tomonidan eksport\import jarayonlarini raqamlashtirish, ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish, tizimni isloh qilishga qaratilgan chora-tadbirlar joriy etilishiga qaramasdan qishloq xo‘jaligi mahsuloti eksporti hajmida sezilarli o‘zgarishlar qayd etilmagani aytib o‘tildi.

📝 Bundan asosiy muammolardan biri yuklangan mahsulotning barchasi hujjatda aks etmaydi, natijada haqiqiy eksport ko‘rsatgichlari yashirin bo‘lib qolmoqda. Shu sababli mahsulotni yuklashda e’tiborli bo‘lib, qonunbuzilish holatlariga yo'l qo‘ymaslik asosiy talablardan ekanligi eslatib o‘tildi.

🔰 Bunda karantin inspektori ham jalb etilib, yuklanish jarayonlarida qonunbuzilish holatlari yuz bermasligiga ko‘maklashadi.

💬 Shuningdek, haydovchilarga yuk ortayotganda fitosanitar xavfsizlik choralariga rioya etish ahamiyati tushuntirib berildi. Xususan, yuqori fitosanitar xavf guruhiga kiruvchi mahsulotlarni (ko‘chat, piyozbosh, turli xonaki va manzalari gullar, urug‘ va hokazolar) zaruriy hujjatlarsiz yuklash noqonuniy bo‘lib, ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkinligi ta’kidlandi.

#Rossiya #tashrif #xalqaro_hamkorlik #export #1_kun

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nima sababdan Italiyadan Samarqandga keltirilgan gul ko‘chatlari yo‘q qilindi?

🔴 “Samarqand shahrida oilaviy korxona tadbirkorligi bilan faoliyat yurituvchi tashkilotga Italiya davlatidan 100 dona karantin ostidagi mahsulot atirgul ko‘chatlari hamda 100 dona Gardania grandiflora gullari olib kelingan.

🔬 Ushbu mahsulotlardan Samarqand viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi O'KCHM davlat inspektorlari tomonidan namunalar olinib, Markaziy fitosanitariya laboratoriyasiga ekspertiza xulosasi uchun yuborilgan. Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu ko‘chatlar "Erwinia amylovora" bakterial kassalik qo‘zg‘atuvchi hamda "Prunus necrotic ringspot virusi" (danak mevali daraxtlarning nekrotik dog‘lanish kasalligi) va 100 dona Gardania grandiflora sitrus oq qanoti zararkunandasi borligi aniqlangan.

✍️ 100 dona Gardania grandiflora gullarida namli zararsizlantirish ishlari olib borilgan. Karantin osti mahsulotlari hisoblangan 100 dona atirgul ko‘chatlarini eksportyor davlatga qaytarib yuborishning imkoni yo‘qligi sababli, viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining mas’ul xodimlari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda yoqib yo'li bilan yo'q qilindi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G'o'za maydonlarida uchrovchi Tunlam kapalaklarini tutishda samaradorligi yuqori bo'lgan "SADISH"  tayyorlash jarayoni.

#karantin_tavsiya #sadish_suyuqligi

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/21 04:39:00
Back to Top
HTML Embed Code: