🔰 Qaysi turdagi mahsulotlarga fitosanitariya talablari yengillashtiriladi?

Kecha xabar berganimizdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida “Fitosanitariya talablari yengillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi Qonunining 29-moddasiga o‘zgartirish kiritish haqida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi ko‘rib chiqildi.

🖥 Qonun loyihasi jamoatchilik orasida noto‘g‘ri talqin qilinayotgani yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

📝 Mazkur qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-292-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l xaritasining 39-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqildi.

✍️ Amaldagi tartibga asosan xorijiy mamlakatlardan barcha karantin ostidagi mahsulotlarni olib kirishda karantin ruxsatnomasi, eksport qiluvchi mamlakatning fitosanitariya xizmati tomonidan beriladigan fitosanitariya sertifikati asl nusxasi mavjud bo‘lgan taqdirda yo‘l qo‘yiladi.

📄Biroq ayrim holatlarda fitosanitar xavfi past bo‘lgan mahsulotlar uchun eksport qiluvchi mamlakatning fitosanitar sertifikati berilmaslik amaliyoti mavjud.

🛂 O‘zbekistonning qonunchilik normalariga ko‘ra, fitosanitariya sertifikatining asl nusxasi bo‘lmagan bunday mahsulotlar belgilangan tartibda fitosanitariya sertifikati taqdim etilgunga qadar davlat chegarasida vaqtinchalik saqlanadi. Bu esa mahsulotlar turib qolishiga, tadbirkor esa ortiqcha sarf-xarajat qilishiga sabab bo‘lmoqda.

🔄 Shu sababli O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklar karantini to‘g‘risida” Qonunining 29-moddasiga o‘zgartirish kiritish orqali faqat xorijiy mamlakatlarda fitosanitariya sertifikati talab etilmaydigan, hamda fitosanitar xavfi past bo‘lgan karantin ostidagi mahsulotlarga respublika hududiga olib kirishga fitosanitariya sertifikatini talab etish amaliyotini bekor qilish tizimini joriy qilish taklifi ilgari surildi.

◽️ Ma’lumot uchun, 230 turdagi mahsulot fitosanitar xavfi past bo‘lgan karantin mahsuloti hisoblanadi. Quritilgan sabzavotlar, qovurilgan yoki qovurilmagan, kofein bilan yoki kofeinsiz qahva, choy, maydalangan yoki yanchilgan vanil, badyan, arpabodiyon, koriandr, zanjabil, za’faron, turmerik (kurkuma), tog‘ jambil yoki chabres, dafna yaprog‘i, karri va boshqa ziravorlar shular jumlasidan.

💬 Qayd etish lozimki, fitosanitariya talablari yengillashtirilishi bo‘yicha qonun loyihasi 2023-yil 24-oktabrda jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan bo‘lib (ID-87771), foydalanuvchilar tomonidan e’tirozlar bo‘lmagan.

🖊 Qonun loyihasini qabul qilinishi:
faqatgina fitosanitar xavfi past bo‘lgan karantin ostidagi mahsulotlarni fitosanitariya sertifikatisiz import qilish imkonini beradi;
mahsulotlarni respublika hududiga olib kirishda tadbirkorlik subyektlarining vaqti tejaladi va yuzaga kelishi mumkin ortiqcha sarf-xarajatlarning oldi olinadi;
ichki bozorlarda asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navo barqarorligini ta’minlash, aholi iste’mol talabi yuqori bo‘lgan import hisobidan qoplanadigan mahsulotlarni olib kirishda fitosanitariya sohasida tadbirkorlik subyektlari oldida turgan muammolar bartaraf etiladi;
amaldagi o‘simliklar karantini qoidalari hamda fitosanitariya talablari yengillashtiriladi, tadbirkorlik sohasida qulayliklar yaratiladi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢📢 Ayni vaqtda OAV vakillari uchun Adiblar xiyobonida tashkil etilgan press-tur davom etmoqda.

🟢 Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan 2020-yilda yangidan barpo etilgan mazkur 20 gektarli bog‘da 3560 ta manzarali daraxt bor. Ushbu bog' poytaxtimiz mehmonlari va aholisining sevimli dam olish maskanlaridan biri hisoblanadi.

🛡 O‘simliklarni zararli organizmlardan himoya qilish tadbirlari Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi inspektorlari tomonidan doimiy olib borilib, qarshi kurash choralarini amlaga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berib kelinadi.

😄 Press-tur davomida jurnalistlar jarayonlarni yoritish bilan bir qatorda o‘zlari ham qarshi kurash tadbirlarida ishtirok etishdi. Ular eng samarali entomofaglardan biri hisoblangan oltinko‘z hammaxo‘r hasharot tuxumlarini tarqatib, Adiblar xiyobonida zararli organizmlarning tarqalishini oldini olishda hissa qo‘shdilar.

#live #press_tur #adiblar_hiyoboni #jarayon

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🦗 Qashqadaryo viloyatida zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlarini tezkor olib borish maqsadida shtab tashkil etildi!

📞Murojaat uchun raqamlar:
🔹 1288
🔹+91 634 00 76
🔹+97 222 57 01
🔹+71 202 28 88

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🦗Qashqadaryo viloyatida chigirtkaga qarshi kurash tadbirlarini samarali olib borish maqsadida shtab tashkil etildi!

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Chigirtka va tut parvaonasiga qarshi kurash bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xudoyqulov, Qashqadaryo viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi boshlig‘i G‘ayrat Jo‘rayev, Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari X.Qosimxo‘jayev hamda inspektorlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilib, viloyatda zararli chigirtkalarga qarshi qarshi kurash tadbirlarini o‘z muddatida va samarali tashkil etish hamda favqulodda vaziyatlarni yuzaga kelishini oldini olish chora-tadbirlari muhokama qilindi. Shtab yig‘ilishida zararli chigirtkaga qarshi “Dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi.

📍 Qashqadaryo viloyati hududida aniqlanayotgan o‘choqlarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida aholi bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va murojaatlarni o‘z vaqtida hal etishga kelishildi.

🛡 Texnikaning shayligi, olib borilayotgan tadbirlarning samarasi viloyatning chigirtka tarqalishi xavfi bo‘lgan hududda tekshirildi va mahalliy aholi bilan suhbat olib borildi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

📢 Bir hikoya izidan: nima sababdan chigirtka mavzusi “olov” olib ketyapti?

🗺 Shu kunlarda Qashqadaryo viloyatida zararli chigirtka bilan bogʻliq mavzular qayta-qayta muhokamalarga sabab boʻlmoqda. Yana bir murojaat “Qashqadaryo dalalariga chigirtkalar hujum qilmoqda” sarlavhasi ostida ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirildi. Xabarda keltirilishicha, holat Qamashi tumani Oqdahana qishlogʻida yuz bergan.

‼️ Vaziyatni joyida oʻrganish maqsadida Qashqadaryo viloyati Oʻsimliklar karantini va himoyasi boshqarmasi mutasaddilari Oqdahana qishlogʻiga yoʻl olishdi. Maʼlum boʻlishicha, holat 26-aprel kuni tasvirga olingan boʻlib, oradan 6 kun oʻtgach ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.

✔️ Ayni vaqtda hududning fitosanitar holati xavf ostida emas, kimyoviy kurash choralari oʻz vaqtida olib borilib, zararli chigirtka bosqini xavfi oldi olindi.

Bundan oldin xabar berganimizdek, Qashqadaryo viloyati iqlim nuqtai nazaridan zararli chigirtkalar tarqalishi uchun qulay hudud hisoblanib, shu sababdan ham vaziyat Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmatining doimiy nazorati ostida.

🚜 Bugungi kunda Qashqadaryo viloyatida zararli chigirtka tarqalishini oldini olish maqsadida 25 traktor purkagichlari, 112 ta motorli osma qoʻl purkagichlari, 13 ta avtomashinaga oʻrnatilgan maxsus purkagichlar jalb qilingan. Texnika yetib borishi mushkul boʻlgan hududlarga osma qoʻl purkagichlar yordamida mutaxassilar tomonidan ishlov berilmoqda.

☎️ Viloyatdagi chigirtkaga qarshi kurash ishlarini samarali olib borish maqsadida maxsus shtab tashkil etilib, maʼlumotlar umumlashtirilmoqda va vaziyat nazorat qilinmoqda.

👉 Bugungi kunga qadar chigirtka bosqini bilan bogʻliq holat favqulotda vaziyat darajasiga chiqmadi. Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar esa aslida odatiy oʻchoqlar boʻlib, zudlik bilan bartaraf etilmoqda.

🗺 Chigirtka tarqalishi mumkin boʻlgan hududlar bahorgi va kuzgi kuzatuvlar natijasida aniq. Qarshi kurash choralari GPS-xarita yordamida butun respublika boʻylab bosqichma-bosqich olib borilyapti. Shu sabab nooʻrin vahimaga oʻrin yoʻq.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#voqea_joyidan

#chigirtkaga_qarshi_kurash

🌙Yarimtun. Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati mutaxassislari cho’l, qir adirda. Ular har bir murojaatni joyida shu tariqa o’rganishadi.

🦗 Qarshi kurash tadbirlari olib boriladigan to’da hosil qiluvchi zararli chigirtka katta masofalarni bosib o’tishi va yaylovlar, aholi tomoqralariga jiddiy putur yetkazishi mumkin.

📱Shu sababdan kuzda va bahorda kuzatuv tadbirlari olib boriladi. Mazkur monitoring natijasida chigirtka tuxum qo’ygan hududlar belgilanib, havo harorati hasharot tuxumidan chiqishi uchun ma’qul darajaga yetganda kimyoviy kurash tadbirlari boshlanadi.

🔥Mutaxassislar uchun bunday ogohlik mavsumi avgust oyigacha davom etadi. Hozircha esa hududlardagi haqiqiy kurash tadbirlari bilan bir qatorda feyk-xabarlarni o’rganish jarayonlari qizg’in olib borilmoqda.

🔔 Ma’lumot uchun, zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlarini olib borish bepul. Aholi murojaatlari 1288 va 71 202 28 88 raqamlariga qabul qilinadi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 “Nurafshon TV”  — O'simliklarni zararkunandalardan asrash tadbirlari👆

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlandi.

Forumning yalpi sessiyasida BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Tatyana Molchan, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi Raisi Aqilbek Japarov, Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, Saudiya Arabistoni energetika vaziri Abdulaziz bin Salmon Ol Saud, Singapur Parlamenti Spikeri Sia Kian Peng, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso, OPЕK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi prezidenti Abdulhamid Al-Xalifa ham qatnashmoqda.

Sessiyaga CNN telekanali jurnalisti Richard Kvest moderatorlik qilmoqda.

Ayni daqiqalarda yalpi sessiyada Prezidentimiz nutq so‘zlamoqda.
#infographic #export

Fitosanitariya talablariga rioya qilgan holda sabzi mahsulotini yuqoridagi davlatlarga eksport qilishingiz mumkin ! 👆

📲 Biolaboratoriyalar, qadoqlash korxonalari va boshqa maʼlumotlar uchun 📱“App Store” va 📱“Play Market”

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tezkor
#chigirtkaga_qarshi_kurash

📢 Xabar berib borayotganimizdek, respublika boy'lab zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlari olib borilmoqda.

🗺 Samarqand viloyatida ham mavsum boshlandi.
Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati tomonidan Samarqand viloyatining
Nurobod tumanidagi bir nechta mahallalar hududida kimyoviy zararsizlantirish tadbirlari olib borilib, murojaatlar o'rganilmoqda.

✏️ Ma'lumot uchun, 2024-yilda respublikada zararli chigirtkalarning 574,8 gektar maydonda kimyoviy ishlov oʻtkazilishi bashorat qilingan. Kuzgi va bahorgi kuzatuvlar natijasida hasharot tuxum qo'ygan areallar ham ko'zdan kechirilib, favqulotda vaziyat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida kurash choralari olib borilmoqda.

🖋 Har bir hudud kesimida amalga oshirilgan ishlar monitoringi yuritilib, xavfli o'choqlar bartaraf etilishi nazorat ostiga olingan.

Eslatib o'tamiz, zararli chigirtkaga qarshi kurash tadbirlarini olib borish bepul. Aholi murojaatlari 1288 va 71 202 28 88 raqamlariga qabul qilinadi.

🔰 karantin.uz 📱Facebook 📱Instagram📺Youtube ✖️Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/05/03 01:10:16
Back to Top
HTML Embed Code: