Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️‼️‼️

«Sen iste’dodlisan”
— bu oddiy tanlov emas, bu imkoniyatlar maydoni.

Bu o‘quvchilarni o‘ziga bo‘lgan ishonchi, ulkan maqsadlari va ulkan muvaffaqiyat sari yo‘ldir.

Xabaringiz bor, ilk bor Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Sen iste’dodlisan” ko‘rik-tanloviga ro‘yxatdan o‘tish jarayoniga start berilgan edi. 


🔰 Endi har bir tuman, har bir maktabning — yosh iste’dodlarini aniqlash vaqti keldi, — bugundan boshlab ushbu tanlovning birinchi - tuman (shahar) bosqichiga start berildi!

📍 Aziz ishtirokchilar, tanlovning tuman (shahar) bosqichi o‘tkaziladigan manzil, muddat va mas’ullar haqidagi ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olishingiz mumkin.

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Namangan viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Farg‘ona viloyati
📍Xorazm viloyati
📍 Toshkent shahri

Aziz ishtirokchilar, barchangizga Omad tilaymiz!

Iqtidor qalbda, imkoniyat esa biz bilan!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maktabgacha_taʼlim

📖 Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning kasb-hunarga oid ko‘nikmalari shakllantirilmoqda

😄Surxondaryo viloyati Termiz shahridagi 30-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarni erta yoshdan mehnatsevarlik, ijodkorlik ruhida tarbiyalash va kasb-hunarga qiziqtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

🟢Hunarmandchilik to‘garaklari orqali bolalar:
kashtachilik,
gilam to‘qish,
kulolchilik,
yog‘och va loy o‘ymakorligi,
milliy bezak san’ati kabi mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishmoqda.


🫥Hunarmandchilik to‘garaklarida tajribali ustalar, ota-onalar va mahalla faollari ishtiroki bolalar uchun chinakam hayotiy saboqqa aylanmoqda. Mashg‘ulotlar bolalarning mayda qo‘l harakatlari bilan birgalikda aqlini rivojlantirishga ham xizmat qiladi.

🔰 Jarayonlardan VIDEOLAVHA

Surxondaryo viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tarbiyachilar — kelajak bunyodkorlari

Har bir bolajonning ilk qadami, ilk so‘zi va ilk orzusi ortida tarbiyachining mehnati turadi. Ular bolalarga nafaqat bilim, balki hayotga muhabbat va ishonch beradi.

Har kuni sabr, mehr va mas’uliyat bilan ularning qalbiga ezgulik urug‘ini qadaydi. Ularning qo‘lida kelajakning nurli yo‘li chiziladi.

Tarbiyachilarning bu fidokor mehnati eng katta ehtiromga loyiq.

Toshkent shahar, Yunusobod tumani 74-sonli DMTT tarbiyachisi — Adolat Abdullayeva

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yashil iqtisodiyot” va raqamli transformatsiya: Yevropa bilan yangi strategiya

Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim nafaqat iqtisodiy munosabatlarni yangiladi, balki O‘zbekistonning “yashil iqtisodiyot”, raqamli transformatsiya va inson kapitali sohalaridagi rivojlanishini Yevropa bilan chambarchas bog‘ladi.

Hujjat Parij bitimi doirasidagi majburiyatlarni amalga oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va Orolbo‘yi ekotizimini tiklash bo‘yicha qo‘shma loyihalarni nazarda tutadi. Yevropa Ittifoqi fondlari orqali moliyalashtirish imkoniyatlari kengayishi mamlakatning ekologik barqarorligi va energetik xavfsizligini ta’minlaydi.

Raqamli yo‘nalishda Bitim innovatsion iqtisodiyot, sun’iy intellekt va startap ekotizimlarini rivojlantirishni qamrab oladi. O‘zbekiston “Horizon Europe” va “Erasmus+” dasturlariga to‘liq qo‘shilish orqali ta’lim, ilm-fan va texnologiya sohalarida Yevropa tajribasini integratsiya qilmoqda.

Mehnat mobilligi va viza talablarini yengillashtirish masalalari inson kapitali rivojiga xizmat qiladi. Talabalar, tadbirkorlar va mutaxassislar uchun Yevropa bilan erkin aloqa imkoniyatlari bilimlar oqimini faollashtiradi.

Bitim — bu nafaqat savdo yoki siyosiy hujjat, balki O‘zbekistonning kelajak iqtisodiyoti uchun “yashil”, raqamli va innovasion yo‘nalishdagi strategik yo‘l xaritasidir. U mamlakatning xalqaro maydondagi rolini kuchaytiradi va Yevropa bilan sheriklikni yangi bosqichga olib chiqadi.

Bizni kuzating

Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#malaka_sinovi

📣 Hurmatli pedagoglar!

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-apreldagi tegishli qaroriga asosan:

ayni kunlarda oʻtkazilayotgan malaka toifa (test) sinovlari natijalari “Yil oʻqituvchisi” tanlovining birinchi bosqichi — saralash sinovi sifatida ham hisoblanadi.

Bunda agar pedagogning maʼlumotlari tanlovda ishtirok etish talablariga mos kelgan taqdirda:

qatnashuvchi pedagog (qayd etilgan sinov natijalariga koʻra) umumtaʼlim sohasi xodimlari oʻrtasida oʻtkaziladigan “Yil oʻqituvchisi” tanloviga nomzod sifatida inobatga olinadi.

👉 Malaka sinovlarida beriladigan 50 ta test topshirigʻi quyidagi tartibda baholanadi:

➡️ mutaxassislik fani (35 ta) — har bir toʻgʻri javob uchun 3,1 ball;
➡️ pedagogik mahorat (10 ta) — har bir toʻgʻri javob uchun 2,1 ball;
➡️ kasb standarti (5 ta) — har bir toʻgʻri javob uchun 1,1 ball.

Test sinovi hamda “Yil oʻqituvchisi” tanloviga nomzod sifatida inobatga olingan natijalaringiz tegishli tartibda shakllantirilib pedagog.uzedu.uz portalidagi shaxsiy kabinetingizga yuboriladi.

👉 Bundan tashqari, pedagoglar sinovni yakunlagan zahoti oʻz natijalari bilan bevosita test tizimi ekranida tanishish imkoniga ega.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

#Digital_Generation_Girls

🔴 "Raqamli avlod qizlari" tanlovining kuzgi mavsumi uchun ro'yxatdan o‘tish jarayonlari davom etmoqda


Tanlov quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etiladi:


Yashil iqtisodiyot;
Sun‘iy intellekt;
Iqlim o‘zgarishi;
Ta‘lim.

Jarayonlar 3 bosqichda tashkil etiladi, nomzodlar 1-noyabrga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.


👉 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
qizlar.raqamliavlod.uz

#Raqamli_avlod_qizlari
#Yangi_mavsum

Digital Generation Uzbekistan
Telegram | Instagram | Youtube | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍🌍🌍🌍🌍

🔴 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Britaniya Kengashi va Norvich Til Ta‘limi Instituti hamkorligida Markaziy Osiyoda ingliz tilini o‘rganishni jadallashtirishga qaratilgan trening bo'lib o'tmoqda.


Unda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston va Tojikiston Respublikasining ingliz tili pedagogik kadrlarini tayyorlashga ixtisoslashgan 27 ta oliy taʼlim muassasalaridan 38 nafar mutaxassislar ishtirok etmoqda.

🔰 Treningda ishtirokchilar milliy taʼlim dasturlarini tahlil qilib, xalqaro ilg‘or metodlarni o‘rganadilar hamda ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash bo‘yicha mutaxassislarning mahalliy hamkorligini kuchaytirib, o‘zaro tajriba almashadilar.

Mazkur jarayonlar haqida O'zbekiston Milliy Axborot agentligi videolavhasida.


BATAFSIL

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

#Psixologik_trening

Navoiyda “MUVOZANAT” treningi: pedagoglar uchun psixologik qo‘llab-quvvatlash dasturi boshlandi

Navoiy shahrida maktabgacha ta’lim tizimi xodimlari uchun “Muvozanat” nomli ikki kunlik psixologik trening o‘z ishini boshladi.

Tadbir Ma’naviyat va ma’rifat markazida tashkil etilib, u pedagoglarning emotsional salomatligini mustahkamlash hamda professional charchashning oldini olishga qaratilgan.

Treninglar davomida:


emotsional holatni tiklash va stressni boshqarish;
professional va hissiy charchashning oldini olish usullari;
jamoada sog‘lom va do‘stona muhit yaratish;
o‘z-o‘zini boshqarish hamda emotsional qo‘llab-quvvatlash texnikalari;
emotsional intellekt va professional motivatsiyani rivojlantirish;
ta’lim muhitida emotsional va jismoniy zo‘ravonlikning oldini olish kabi mavzularda so'z bormoqda.

Navoiy viloyati MMTB Axborot xizmati

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰📰📰📰

🔴 Farg‘onalik ustozlarning Yaponiyadagi malaka oshirish dasturlari davom etmoqda

Uchrashuvlar doirasida ustozlar Tokiyodagi Koendzi Gakuen maktabida bo‘lishdi va o‘zaro tajriba almashishdi. Shuningdek, ta‘lim muassasasida tashkil etilgan darslar hamda jarayonlar bilan yaqindan tanishishdi.

🔰Mashg‘ulotlar davomida noanʼanaviy metodlar, ilg‘or tajribalar, jumladan:


🔹o‘quvchilarning faol ishtirokini rag‘batlantirish;
🔹muammoli vaziyatlar orqali ta’lim berish;
🔹differensial yondashuvlar asosida mashg‘ulotlarni tashkil etish kabi mavzularda so‘z bordi.

Farg‘ona viloyati MMTB Axborot xizmati

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating

Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/24 07:38:49
Back to Top
HTML Embed Code: