Telegram Web Link
#Adliya_va_yoshlar

📣 O‘quvchi yoshlarning yozgi ta’tili maroqli o‘tmoqda


🔰 “Iyun - yoshlar oyligi” doirasida voyaga yetmagan yoshlarning yozgi dam olishlarini maroqli o‘tkazish, ular o‘rtasida sog‘lom muhitni to‘g‘ri shakllantirish maqsadida Qo‘shko‘pir tumanidagi “Humo” oromgohida dam olayotgan yoshlаr uchun targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti professor o‘qituvchilari, Xorazm viloyat adliya boshqarmasi va tuman adliya bolimi xodimlari hamda o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.

💠 Mazkur tadbirda yoshlarning huquqiy madaniyatlarini mustahkamlash, huquq vа burchlаrini tushuntirish, qonunga itoatkorlik mаvzulаridа huquqiy viktorinalar, huquqiy mavzularda “Ha, Yo‘q” savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarga huquqning ilk tushunchalari, Konstitutsiya, korrupsiyaga qarshi kurashish, Street law mavzularida ma’lumotlar berilib, mavzuga oid bo‘lgan videorolik namoyish etildi.

🟣 Shuningdek, barcha tuman (shahar)lardagi maktablarda tashkil etilgan “Huquq sinflari”da bo‘lib, “Huquqiy maktab” va boshqa huquqiy loyihalarni targ‘ib qiluvchi bannerlar o‘rnatildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhim

Huquqlaringiz e'tirof etilishi uchun bir martalik to'lovni o'z vaqtida amalga oshiring


Batafsil videorolikda👆

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2025_yil_1_iyuldan

🪙 Qonunchilikka ko'ra, 2030-yil 1-yanvargacha yuridik shaxslar, shuningdek, Bolalar kontentini rivojlantirish markazining bolalar uchun kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etganda ularga quyidagi imtiyozlar beriladi.

🔹 foyda solig'i to'lashdan ozod qilinadi;

🔹 ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida to'laydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Qamoqqa olingan shaxslarga nisbatan qiynoqqa solish hollarining oldi olinadi


Qonun (O'RQ–1072-son, 26.06.2025 y.) bilan “Jinoyat ishini yuritish chog'ida qamoqda saqlash to'g'risida”gi Qonunga qo'shimcha kiritildi.

🔰 Kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga joylashtirilishidan oldin ular hibsxonaning o'zida majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.

Majburiy tibbiy ko'rik qamoqqa olinganlar tergov hibsxonasiga olib kelingan paytdan e'tiboran 2 soat ichida o'tkaziladi.

📙 Bunda qamoqqa olinganning roziligi bilan uning advokati ham ishtirok etishi mumkin.

📝 Majburiy tibbiy ko'rikdan o'tkazish natijalari bo'yicha belgilangan namunadagi tibbiy ma'lumotnoma rasmiylashtiriladi.

🔗 Tibbiy ko'rik chog'ida qamoqqa olinganning tanasida jarohat, shikastlanish va yaralar aniqlanganda, ular belgilangan tartibda qayd etilib, bu haqda qamoqqa olinganga ma'lum qilinadi va zudlik bilan prokurorga xabar beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 13:33:27
Back to Top
HTML Embed Code: