Telegram Web Link
#Adliya_xabari

📊 Adliya vazirligi tomonidan mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish bo‘yicha tizimli ravishda choralar ko‘rib kelinmoqda.

Keyingi yillarda mazkur sohadagi huquqbuzarlik holatlari soni oshib bormoqda. Statistikaga e’tibor beradigan bo‘lsak, vazirlik tomonidan 2024-yilda 160 dan ortiq huquqiy ta'sir choralari qo‘llanilgan bo‘lsa, 2025-yilning o‘tgan 5 oyi davomida 120 ga yaqin huquqiy ta'sir choralari qo‘llanilgan.

Ta’kidlash lozimki, ushbu huquqbuzarlik holatlarining aksariyati asarlardan muallif va boshqa huquq egasi bilan tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan noqonuniy foydalanish holati bilan bog‘liqdir.

Buning asosiy sabablaridan biri jamiyatimizda san’atkorlar, shoirlar, nashriyotlar va boshqa sohaga doir shaxslar orasida shartnomaviy-huquqiy munosabatlarning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi hamda intellektual mulkdan foydalanish madaniyatining shakllanmaganligidir.

Ma’lumki, qonunchilikka muvofiq foydalanuvchilar asarlardan faqat yozma shartnoma tuzish orqali foydalanishlari mumkin. Ijodkorlarda esa o‘z asarlarini foydalanishga berishda shartnoma tuzish bilan bog‘liq qiyinchiliklarga duch kelishi mumkin.

🤝Shu sababli sohadagi ijtimoiy munosabatlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish maqsadida asarlardan foydalanishda vazirlik tomonidan quyidagi namunaviy shartnoma shaklidan foydalanishingiz tavsiya etiladi.

⚠️ Hurmatli ijod vakillari! Mualliflik huquqingiz buzilganda Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingiz yoki [email protected] elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz!

⚖️ Zero, har bir mulk, jumladan intellektual mulk ham qonun himoyasidadir!

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qulaylik

❗️📢 Yangi qulaylik! Xorijga chiqish biometrik pasporti endi pochta orqali o‘zi yetib keladi! 🆕


🔺Buning uchun fuqaro so‘rovnoma to‘ldirganda xorijga chiqish biometrik pasportini pochta orqali olishni belgilab ketishi kerak. Pasport tayyor bo‘lganida maxsus ma’lumotlarni yig‘ish punkti xodimlari tomonidan pochta xizmatiga topshiriladi.

✔️ Bu xizmat uchun to‘lov xarajatlari fuqaroning o‘zi tomonidan qoplanadi va to‘lov miqdorini pochta xizmati belgilaydi.

📩 Pochta xizmati xodimi pasport kelganidan so‘ng foydalanuvchi bilan bog‘lanib, uning manziliga yetkazib beradi. Bunda, Toshkent shahri va viloyatlar markazida bir ish kunida, boshqa hududlarda esa ikki ish kunida yetkazib berish amalga oshiriladi.

❗️ Agar kelishilgan vaqtda manzilda bo‘lmasangiz, xorijga chiqish biometrik pasportini o‘n ish kuni davomida shu hududdagi pochta bo‘limidan olishingiz mumkin bo‘ladi.

Asos: 2024-yil 4-noyabrdagi 380-son Prezident qarori

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

O'rmon xo'jaligini raqamlashtirish markazi tashkil etiladi


Batafsil infografikada👆

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#2025_yil_1_iyuldan

🗓 Qonunchilikka ko'ra, fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

✔️ Bunda fuqarolarga I yoki II guruh nogironligi belgilanganda pensiyalar alohida murojaat talab etmasdan proaktiv shaklda tayinlanadi.

⛔️ Shuningdek, fuqaroga proaktiv shaklda tayinlangan pensiyalarni rad qilish huquqi beriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Soliq qarzdorligi to'lanmagan taqdirda huquqlar e'tirof etilmaydi


Batafsil videorolikda👆

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Soliq ma'muriyatchiligi yanada takomillashtiriladi


Qonun (O'RQ–1071-son, 26.06.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritildi

🔰 Qonun hujjatlariga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, soliq munosabatlarida foydalaniladigan elektron hujjatlarni shaxsning roziligini ifodalaydigan va uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan elektron tasdiqlash usullari orqali tasdiqlash elektron raqamli imzoga tenglashtirildi.

✔️ Shuningdek, qishloq xo'jaligida, shu jumladan baliqchilik xo'jaliklarida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotlari "Suv hisobi" axborot tizimi va ushbu sohadagi vakolatli organlarning ma'lumotlari asosida avtomatik tarzda shakllantiriladi.

💰 Kiritilgan o'zgartirishlarga ko'ra, ortiqcha undirilgan soliq summasini soliq to'lovchining boshqa soliqlar bo'yicha kelgusi to'lovlari hisobidan hisobga olish tartibi yanada soddalashtirildi.

Unga ko'ra, boshqa soliqlar bo'yicha kelgusi to'lovlar uchun hisobga olish soliq to'lovchining yozma yoki elektron arizasiga ko'ra soliq organlari tomonidan 3 kun ichida amalga oshirilishi belgilandi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Hurmatli jurnalistlar!

Sizni 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan tabriklaymiz!

Siz o‘z qalamingiz bilan yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, o‘zaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.

Barchangizni qutlug‘ kasb bayramingiz bilan samimiy tabriklab, xayrli tashabbuslaringizda kuch-quvvat, mustahkam sog‘liq, oilangizga totuvlik, ezgu ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Xonadoningizdan fayzu baraka arimasin. Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, Xorazm viloyati adliya boshqarmasi jamoasi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
#Yangi_tartib

📢 FHDY organlari tomonidan ko'rsatiladigan xizmatlarda yana bir nechta qulay yangiliklar joriy etildi!

🖥 Endi agar tug‘ilganlik, nikoh yoki ajrim yozuvi arxivda topilmasa, 16 yoshdan katta fuqaro yozuvni tiklash, tuzatish yoki o‘zgartirish uchun my.gov.uz orqali ariza topshirishi mumkin.
Bunda, shaxsni tasdiqlash Face-ID yoki MyID orqali avtomatik aniqlanadi.


📌 Arizaga 1 ish kuni ichida javob beriladi.

👮‍♂️ FHDY yozuvlarini o‘zgartirish bo‘yicha berilgan arizalar Ichki ishlar organi tomonidan 20 kun ichida ko‘rib chiqiladi. Soxta hujjatlar, tergov holati yoki ochilmagan jinoyat aniqlansa — ariza rad etiladi.

📬 Takroriy guvohnomalarni endi pochta orqali ham olishingiz mumkin!
• Ariza — YIDXP orqali beriladi;
• Guvohnoma — 1–3 ish kunida tayyor bo'ladi;
• Yetkazib berish — siz istagan manzilga (xarajat arizachidan).

📄 Asos: VMning 2025-yil 12-iyundagi 362-son qarori

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ “Mahalla servis” kompaniyalariga soliq imtiyozlari beriladi


🔰 Qonun bilan kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, “Mahalla servis” kompaniyalari tomonidan mahallalarni obod qilish bilan bog'liq ishlarni bajarish va aholiga qonunchilikda belgilangan ayrim ijtimoiy pulli xizmatlar ko'rsatishdan olingan mablag'lar soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlarga kiritildi.

📝 Shuningdek, mazkur xizmatlarni ko'rsatishga mo'ljallangan binolar joylashgan yer uchastkalari yer solig'i solish obyekti hisoblanmasligi belgilandi.

💸 Quyidagi daromad turlariga soliq solinmasligi ko'zda tutildi:

🔹 CHernobil AESdagi halokat oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan fuqarolarning, shuningdek ular xotini (eri)ning daromadlari;

🔹 “Mahalla servis” kompaniyalari xodimlarining faoliyati natijasida olingan, ularning soliq solinishi lozim bo'lgan ish haqi tarzidagi daromadlari.

✔️ Bundan tashqari, Jizzax viloyatining SHarof Rashidov va Toshkent viloyatining Ohangaron tumanlarida tashkil etilgan charm-poyabzal sanoat zonalarini boshqarish direksiyalari mol-mulk, yer solig'i va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to'lashdan 2025-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvargacha ozod etilishi ko'rsatildi.

📍 Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
# E'TIROF

📣2025-yil 27-iyun kuni holatiga 76 nafar fuqarolarning uy-joy va yerga egalik huquqi rasman e’tirof etilgan. Xorazm viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 216 ta ijobiy xulosalar berilgan.

🔰 Jumladan, viloyatdagi 76 nafar fuqaro o`zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ular ustida qurilgan uy-joylariga nisbatan mulk huquqlariga ega bo`ldi.

Ⓜ️ Ma'lumot uchun: "Xorazm viloyatida bugungacha 90 dan ziyod mahallada 37 ming ortiq ko`chmas mulk obyekti xatlov yo`li bilan texnik inventarizatsiyadan o`tkazilib, elektron xaritalari yaratildi. 26 ming ortiq obyekt UZKАD axborot tizimida elektron yig`majild shakllantirish uchun migratsiya qilindi va 22 ming ziyodi faollashtirildi. 10 ming 750 dan ortiq obekt haqidagi ma`lumotlar “E’TIROF” axborot tizimiga kiritilib, vakolatli tashkilotlar muhokamasiga yuborilgan.

📌 Ularning 1500 dan ortig`i e’londa, 8300 dan ziyodi muhokama jarayonida, 700 dan ortig`i adliya organlarida, 226 tasi tahrirlashda turibdi. 4 ta obyekt bo`yicha ma’lumotlar rad etilgan, 106 tasining to`lovi kutilmoqda. 26 tasi xalq deputatlari viloyat kengashi qarori qabul qilinish jarayonida, 76 tasiga ko`chmas mulklariga nisbatan huquqlar e’tirof etildi"
2025/07/13 21:06:16
Back to Top
HTML Embed Code: