Telegram Web Link
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📌 Hujjatli qimmatli qog‘ozlarni yo‘q qilish tartibi belgilandi

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Hujjatli qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish boʻyicha yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 3603, 2025-yil 17-iyun) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.

🔹Yoʻriqnomada hujjatli qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish boʻyicha komissiyani shakllantirish va qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish tartibiga oid qoidalar belgilanmoqda.

🔹Hujjatli qimmatli qogʻozlar yoʻq qilish koʻzda tutilgan sanadan bir oy oldin emitent qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organini xabardor qiladi.

🔹Hujjatli qimmatli qogʻozlar yoqib yuborish yoki ularni jismoniy maydalash yoʻli bilan yoʻq qilinadi.

🔹Hujjatli qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish emitent tomonidan tashkil etiladigan kamida besh kishidan iborat komissiya tomonidan amalga oshiriladi.

🔹Hujjatli qimmatli qogʻozlarni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi dalolatnoma qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi, Markaziy depozitariy hamda emitentda saqlash uchun uch nusxada tuziladi.

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Amal_qiling

⚠️ Qonunchilikka ko'ra, odam savdosi, ya'ni odamni olish-sotish yoxud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish:

3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash;

3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Madaniyat va san'at sohasidagi iqtidorli yoshlar rag'batlantiriladi


Manba: VMQ-329-son, 27.05.2025-yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ TDYU huzuridagi akademik litseylar bitiruvchilarini suhbat asosida o'qishga qabul qilish tartibi belgilandi


Hukumat qarori (374-son, 18.06.2025-y.) bilan “Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik liseylarning iqtidorli bitiruvchilarini “yurisprudensiya” yo'nalishi mavjud oliy ta'lim tashkilotlariga suhbat asosida test sinovlarisiz o'qishga qabul qilish tartibi to'g'risida”gi vaqtinchalik nizom qabul qilindi.

🔰 Nizom 2023/2024 va 2024/2025-o'quv yillarida TDYU huzuridagi akademik liseylarga qabul qilingan o'quvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.

📝 Bitiruvchilar 20-iyunga qadar oliy ta'lim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz o'qishga kirish uchun tavsiya qilishni so'rab maxsus komissiyaga ariza beradi.

📙 Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

🔹 bitiruvchining xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat;

🔹 bitiruvchining shaxsiy yutuqlari, akademik liseyning ijtimoiy hayotidagi faol ishtirokini tasdiqlovchi hujjatlar.

Tavsiya qilingan bitiruvchilarga oliy ta'lim tashkilotlari bakalavriatiga suhbat asosida test sinovlarisiz o'qishga kirish huquqi dastlabki 2 yil uchun amal qiladi.

🖼 Har yili 1-iyulgacha suhbat komissiyasi tashkil etiladi.

❗️ Yakka tartibdagi suhbat natijalari 100 balli tizimda ballar qo'yish yo'li bilan baholanadi.

⛔️ Abiturient quyidagi hollarda o'qishga qabul qilinmaydi:

🔸 yakka tartibdagi suhbat o'tkazish jadvaliga muvofiq suhbatga kelmaganda;

🔸 yakka tartibdagi suhbatda belgilangan maksimal ballning 56 foizidan kam ball to'planganda.

📜 Har yili 10-avgustgacha oliy ta'lim tashkilotlari rektorlarining abiturientlarni bakalavriatga o'qish uchun tavsiya etish to'g'risidagi buyruqlari qabul qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Adliya_xabari

Tadbirkorlik
sohasidagi majburiy talablar Yagona elektron reyestri shakllantirilishi davom etmoqda.

🧯 Yong'in xavfsizligi - 8771 ta.
🚘 Transport - 3040 ta.
🏣 Uy-joy va komunal xo'jaligi sohasi - 1489 ta.
☢️ Sanoat xavfsizligi sohasi - 4006 ta
.

📄 Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-noyabrdagi PF–244-son Farmoniga muvofiq Tadbirkorlikka oid barcha majburiy talablarning Yagona elektron reyestri ishga tushirilishi belgilangan.


🏛 Аdliya vazirligi tomonidan sohaga masʼul tashkilotlar bilan birgalikda bugungi kunga qadar 700 dan ortiq hujjatlar xatlovdan oʼtkazilib, ularda 40 mingga yaqin majburiy talablar mavjudligi aniqlandi.

📢 Shundan, 36 mingga yaqin majburiy talablar Yagona elektron reyestrda eʼlon qilinishi taʼminlandi.

👉 Majburiy talablar yagona elektron reyestriga oʼting.

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi


Manba: O'RQ-1067-son, 09.06.2025-yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XorazmMTRK

📽 Oila va xotin-qizlar maskani faoliyati haqida

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
👍1
#Sovrinli_viktorina

❗️ “Sovrinli viktorina” o'tkaziladi


🔰 Viktorina doirasida 23-iyun sanasidan boshlab, 4 kun davomida har kuni 5 tadan, jami 20 ta test savollari taqdim etiladi.

Test savollari "Google forms" shaklida har kuni soat 15:00 da beriladi hamda ishtirokchilardan 15:30 ga qadar javoblarini yuborish so'raladi.

✔️ Ishtirokchilar test savollariga javob berish uchun elektron pochtaga ega bo'lishlari zarur.

📝 Test savollari quyidagi manbalarda may oyidan boshlab e'lon qilingan materiallar asosida shakllantiriladi:

▪️ "Huquqiy axborot"
telegram kanali;

▪️ "Huquqshunos oshxonasi" ko'rsatuvi;

▪️ "Hudud24.uz" veb sayti va telegram kanali.

Belgilangan muddatda test savollariga eng ko'p to'g'ri javoblarni taqdim etgan ishtirokchilar g'olib deb topiladi. Agar ishtirokchilarning natijalari teng kelsa, ularning javoblarni yuborish tezligi inobatga olinadi.

🎁 G'olib ishtirokchilar sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Test savollariga tez va to'g'ri javob bering va g'olib bo'lish imkoniyatini qo'lga kiriting!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Mehnat_huquqlari

Nogironligi bo'lgan shaxslarning mehnat huquqlari


Batafsil infografikada 👆

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XorazmMTRK

📽 Xorazm viloyat adliya boshqarmasining tabiiy resurslardan foydalanishdagi ijobiy tajribasi haqida videolavha

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
👍6🔥2👏1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Avtotransport vositalarini nogironligi bo'lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlari qoplab beriladi


Hukumat qarori (377-son, 18.06.2025-y.) bilan “Avtotransport vositalarini nogironligi bo'lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarini qoplash bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatish”ning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

💰 Reglamentga ko'ra, avtotransport vositalarini nogironligi bo'lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 30 baravarigacha bo'lgan qismi qoplab beriladi.

📝 Bunda xarajatlar 2024-yil 1-oktabrgacha shahar, shahar atrofi, shaharlararo avtobusda yo'lovchi tashish yo'nalishlarini biriktirish bo'yicha tenderda g'olib bo'lib, ushbu yo'nalishlarda xizmat ko'rsatgan tadbirkorlarning har bir avtobusi uchun qoplanadi.

📜 Shuningdek, 2024-yil 1-noyabrdan I guruh nogironligi bo'lgan shaxslarning o'z nomiga rasmiylashtirilgan va shaxsiy foydalanuvida bo'lgan 1 ta avtotransport vositasi uchun amalga oshiriladi.

🏛 Avtotransport vositalarini quyidagilar bilan jihozlash uni nogironligi bo'lgan shaxslar ehtiyojlariga moslashtirish deb e'tirof etiladi:

🔹 tadbirkorlarning avtobuslari uchun:

▪️ yig'ma pandus (1 dona);
▪️ audio va vizual axborot beruvchi monitor (1 dona);
▪️ axborot beruvchi kolonka (ko'pi bilan 3 ta);
▪️ ma'lumotlarni uzatuvchi mikrofon (1 dona);
▪️ aloqa tugmasi;
▪️ bekatlar haqida axborot olish imkonini beruvchi ma'lumotlar taxtasi bilan jihozlash (1 dona);

🔹 I guruh nogironligi bo'lgan shaxslarning shaxsiy avtotransport vositalari uchun:

▪️ gaz va tormoz pedalini qo'l boshqaruviga o'tkazish;
▪️ mexanik uzatish qutisini avtomat uzatish qutisi qilib qayta jihozlash xarajatlari.

✍️ Ariza beruvchilar avtotransport vositasi talablarga moslashtirilgan vaqtdan e'tiboran 90 kun ichida "Inson" markazlariga yoki "Yagona" milliy ijtimoiy himoya" axborot tizimi yoxud YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilishi lozim.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Bilasizmi

🔖 Qonunchilikka ko'ra, "El-yurt umidi" jamg'armasi orqali xorijiy mamlakatlarda ta'lim olib qaytgan stipendiatlar milliy kadrlar zaxirasiga to'g'ridan-to'g'ri kiritiladi hamda ular davlat organlari, tashkilotlari va muassasalariga tanlovsiz ishga olinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Suv xo'jaligi sohasidagi huquqbuzarliklar to'g'risidagi videomateriallarni yuborgan shaxslar rag'batlantiriladi


Manba: VMQ-352-son, 07.06.2025-yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🎒 2025–2026-o‘quv yili uchun 1-sinfga qabul boshlandi!


📅 Muddati: 20-iyundan 31-iyulgacha
🔹 my.gov.uz va my.maktab.uz platformalari orqali

🧒 2018-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar 1-sinfga qabul qilinadi.

🏫 Mikrohududga asoslangan qabul:
🔹 Farzandingiz doimiy ro‘yxatga olingan manzilga yaqin maktabga (mikrohudud bo‘yicha) joylashtiriladi.
🔹 Vaqtincha ro‘yxatda bo‘lganlar esa 1-avgustdan keyin, mikrohududda bo‘sh o‘rin qolgan taqdirda qabul qilinadi.

📝 Qanday ariza topshiriladi?
Ariza elektron tarzda mustaqil to‘ldiriladi.
Hujjatlar avtomatik tarzda hududiy xalq taʼlimi bo‘limiga yuboriladi va so‘rovnoma 3 ish kunida ko‘rib chiqiladi.
Maktab esa 1 ish kunida qabul yoki rad etish haqida qaror chiqaradi.
Natija portallar orqali sizga elekron shaklda taqdim etiladi.
Ijobiy javob olinganda, onlayn navbat bo‘yicha farzandingiz bilan maktabga borib, tibbiy ma’lumotnomani topshirishingiz kerak.

💸 Davlat xizmati bepul taqdim etiladi.

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Oylik, pensiya, stipendiya va nafaqalar oshiriladi


Manba: PF-91-son, 02.06.2025-yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Bilasizmi

🔖 Tovarda kafolat muddatida topilgan nuqsonlarni sotuvchi iste'molchi talab qo'ygan paytdan 20 kunda, ishlab chiqaruvchi esa 10 kunda bepul bartaraf etishi lozim.

✔️ Iste'molchi tovarning kafolat muddati tugaganidan keyin ham nuqsonlarni bepul bartaraf etish to'g'risida ishlab chiqaruvchiga talab qo'yishga haqli.

➡️ Bunday talablar tovarda ishlab chiqaruvchining aybi bilan yo'l qo'yilgan jiddiy nuqsonlar aniqlansa, xizmat muddati mobaynida, xizmat muddati belgilanmagan bo'lsa, 10 yil mobaynida qo'yilishi mumkin.

☑️ Tovarni ta'mirlashga ketadigan vaqtda foydalanib turish uchun iste'molchiga 3 kunda boshqa tovar berib turiladi (sotuvchining hisobidan yetkazib beriladi).

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Davlat fuqarolik xizmati yangi yondashuvlar asosida tashkil etiladi


“Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo'naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.

🔰Farmonga ko'ra, 2025-2026-yillarda davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etishning asosiy yo'nalishlari belgilandi.

🏢 Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda “El-yurt umidi” jamg'armasining doimiy hamkorligi asosida davlat xizmatida kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimi joriy etiladi.

🗓2026-yil 1-yanvardan:

🔹davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan davlat xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi va keyinchalik faoliyatining ijobiy natijalariga ko'ra mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga uzaytiriladi;

🔹KPI natijalari Xodimlarning kasbiy kompetensiyalari rivojlanishini uzluksiz onlayn monitoring qilish tizimida yig'iladi va tahlil qilinadi;

📜 2025-yil 1-avgustdan respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi tashkilotlardagi lavozimlarning boshqaruv va yordamchi guruhlari uchun tanlovlar faqatgina Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona portali orqali o'tkaziladi.

📝 Iqtidorli boshqaruvchilar va liderlarni, yangi avlod rahbarlarini aniqlash va tanlash bo'yicha “TOP-100” dasturi joriy etiladi.

📁 Salohiyatli va istiqbolli rahbarlarning barqaror zaxirasini ta'minlash maqsadida Milliy kadrlar zaxirasi hamda Salohiyatli kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.

🖥 2025-yil 1-oktabrdan davlat xizmatchilarining xorijiy va ichki xizmat safarlarini tashkil etish, hisobini yuritish va tahlilini olib borish “hrm.argos.uz” elektron tizimi tarkibidagi “Xizmat safari” yagona moduli orqali amalga oshiriladi.

📚 2026-yil 1-yanvardan Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi.

🔍 2025-yil 1-sentabrdan davlat xizmatchilarining o'z ko'nikmalarini doimiy rivojlantirib borishi hamda ular o'rtasida o'zaro muloqotni kuchaytirish bo'yicha “Davlat xizmatchisi” mobil ilovasi ishga tushiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#XorazmMTRK

📽Korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha Ishchi guruh o`rganishlari

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
2025/07/13 16:47:56
Back to Top
HTML Embed Code: