Telegram Web Link
#Ommaviy_sayyor_qabul

📣 Xiva tumanida sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.

🔰 Sayyor qabulda, fuqarolar kundalik hayotida uchrayotgan turli ijtimoiy, huquqiy masalalari - subsidiya, uy-joy, yer ajratish, ko‘chmas mulk, ta’lim, soliq hisoblanishidagi imtiyozlar, davolanish uchun imtiyozli yo‘llanma olish, elektr energiyasi va ichimlik suvidagi uzilishlar, bandlik, moddiy yordam masalalari yuzasidan murojaat qilishdi. Asosiy e’tibor murojaatlarni joyida hal etishga qaratildi, oʻrganishni talab qiladigan murojaatlar ish yurituvga qabul qilindi.

Shuningdek, “Huquqiy avtobus” loyihasi doirasida tezkor, qulay va shaffof sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
👍4👏1
#Bilasizmi

🔖Konstitusiyaga ko'ra, har kim dam olish huquqiga ega.

✔️Yollanib ishlovchilarga dam olish huquqi ish vaqtining davomiyligini, dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarini, haq to'lanadigan har yilgi mehnat ta'tilini belgilash orqali ta'minlanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Kuryerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi


“Elektron tijoratda kurerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi to'g'risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro'yxatidan o'tkazildi (ro'yxat raqami: 3631-son, 18.06.2025-y.).

🔰 Nizom elektron tijoratda kuryerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi.

📙 Nizomga ko'ra, kuryer tadbirkor hamda yetkazib berish xizmati operatorlari bilan mehnat shartnomasi va (yoki) fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida tovarlarni yetkazib beruvchi jismoniy shaxs, shu jumladan o'zini o'zi band qilgan shaxs hisoblanadi.

💵 Yetkazib berish xizmati operatorlari va kuryerlar, shartnomada nazarda tutilgan bo'lsa, xaridorlardan tovar va (yoki) yetkazib berish xizmatlari uchun to'lovlarni qabul qilishga haqli.

📋 Bunda, nazorat-kassa texnikasini majburiy qo'llash yoki elektron yoxud qog'oz shaklida chek (kvitansiya) taqdim etilishi lozim.

📝 Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda transport vositalari va termokonteynerlarni toza hamda soz holatda bo'lishi, muntazam yuvilishi va dezinfeksiya qilinishiga amal qilish lozim.

🚫 Kuryerga quyidagilarni amalga oshirishga yo'l qo'yilmaydi, jumladan:

🔹 tovarning qadog'ini o'zboshimchalik bilan ochish;

🔹 xaridorlarning shaxsiy ma'lumotlari va yetkazib berilayotgan tovar haqidagi ma'lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilish.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from S-IKBOL
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌞 Tabiiy resurslardan foydalanib, quyosh panellarini o'rnatish bo'yicha Adliya sohasida ham "Yashil adliya" loyihalari yo'lga qo'yilgan.

💥 Dasturlarimizning to'liq shaklini mediabay orqali online tomosha qilishingiz mumkin.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring ⤵️

💻Instagram | 📝Telegram | 🎞You tube
👍2
#Bilasizmi

⚠️ Qonunchilikka ko'ra, konsert-tomosha tadbirlarida fonogrammadan foydalanilganda ushbu tadbir reklamasida fonogrammadan foydalanish darajasi to'g'risidagi axborot keltirilishi kerak.

✔️ Shuningdek, tadbiri tashkilotchilari tomosha boshlanishidan oldin fonogrammadan foydalanilish darajasi to'g'risidagi axborotni o'z ichiga olgan audioxabar tarqatilishini ta'minlaydi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sovrinli_viktorina

❗️ Viktorinaning 1-kuni boshlandi


🔰 Viktorinada ushbu havola orqali qatnashishingiz mumkin:

https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdlIEAX5GibDcnICIAid6SOw8WJeMVGy41zoVpkfWSJ84ab5Q/viewform?usp=dialog

🖥 Ishtirokchilar belgilangan manbalar asosida tuzilgan 5 ta test savoliga javob berishlari lozim.

Test savollariga 15:30 gacha javoblarni yuborish lozim!

⛔️ 15:30 dan so'ng javoblarni qabul qilish to'xtatiladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Davlat umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ayrim toifadagi o'quvchilar qo'shimcha ta'limga jalb qilinadi


Manba: VMQ-365-son, 14.06.2025-yil.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Fuqarolarning huquqlarini sud orqali himoya qilish kafolatlari kuchaytiriladi


Batafsil infografikada👆

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#2025_yil_1_iyuldan

✔️ Qonunchilikka ko'ra, “Ekofaol fuqaro” platformasiga o'zi ekkan daraxti to'g'risida ma'lumotlar kiritgan kambag'al oilalar a'zolariga o'rmon fondi yerlarida ekilgan har 100 ta daraxt uchun BHMning 1 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

💰 Bunda subsidiya yil davomida 2 ga bo'lib (ko'chatlar ekilgan vaqtda hamda ularni parvarishlash davridan keyin) teng ulushlarda to'lanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
#Davlat_xizmatlari

📌 Davlat xizmatlari markazlarining asosiy vazifalaridan biri – arizangizni to‘g‘ri va o‘z vaqtida yo'naltirib berishdir.


🧾 DXM siz nomingizdan ariza yoki so‘rovnomani to‘ldiradi, hujjatlarni tegishli davlat organlariga yuboradi va belgilangan muddatda qaror qabul qilinishi hamda rasmiylashtirilishini ta’minlaydi.

❗️E’tibor bering:
DXM – vakolatli organ emas va qaror chiqarmaydi (franshizing shartnomalarini hamda yuridik va jismoniy shaxslarni ro'yxatdan o'tkazish bundan mustasno).
U siz va davlat idoralari o‘rtasida ishonchli ko‘prik bo‘lib xizmat qiladi:
xizmat ko'rsatish tartibini tushuntiradi,
hujjatlaringizni tekshiradi,
to‘g‘ri rasmiylashtiradi,
tegishli vakolatli organga yuboradi.

🔔 Bugungi kunda ko‘plab xizmatlar – shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirishdan tortib, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazishgacha – aynan DXM orqali markazlashgan holda ko‘rsatilmoqda.
Bu fuqarolar uchun katta qulaylik – bir joyga kelib, ko‘plab xizmatlardan foydalanish mumkin.

🎯 Maqsad – fuqarolarga qulay, tezkor va shaffof xizmat ko‘rsatish.

📌 Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mulkdor bo'lmagan, lekin ko'chmas mol-mulkka qancha muddat davomida davomida o'ziniki kabi halol, oshkora va uzluksiz egalik qilgan shaxs bu mol-mulkka mulk huquqini oladi?
Anonymous Quiz
29%
5 yil
13%
10 yil
53%
15 yil
5%
20 yil
#Xodimlarning_mehnat_huquqlari_kafolati
#huquqiy_aksiya

📣 “Xodimlarning mehnat huquqlari kafolati” huquqiy aksiyasi doirasida adliya organlari tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mehnat jamoalarida seminar-treninglar o‘tkazish bo‘yicha reja-grafikka asosan tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarida “Mehnat qonunchiligi: muammo va yechimlar” mavzusida seminar-treninglar tashkil etildi.

🔰 Seminar-treninglarda amaliyotda yo‘l qo‘yilayotgan asosiy kamchiliklar, huquqni qo‘llash amaliyotidagi muammoli holatlar, xodimlarga qonunchilikda belgilangan kafolatlar va imtiyozlar haqida tushuntirishlar berildi.

✔️ Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javoblar olishdi.

Ma’lumot uchun, mazkur huquqiy aksiya joriy yilning 31-iyul sanasiga qadar davom etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#2025_yil_1_iyuldan

🚫 Qonunchilikka ko'ra, 2028-yil 1-yanvargacha kichik va o'rta biznes subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy e'lon qilinadi.

✔️ Shuningdek, tadbirkorlarga yangi tartibga solish vositalarini belgilovchi yoki amaldagilarini kuchaytiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan “yagona sanadan yangi qoidalar” tamoyili qo'llanadi va ushbu normalarning kuchga kirish sanasi 1-yanvar yoki 1-iyul etib belgilanadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/xorazmadliya
1
2025/07/13 10:25:01
Back to Top
HTML Embed Code: