Telegram Web Link
Bosolmasdan oʻmganin,
Koʻkka chiqdi har sulton.
Pastga tushgin de unga,
Ketsa ketsin bitta jon.
Mashrab osilgan dorning,
Ogʻochi butun hamon.

Egilmagan har boshga,
Dorlar humordir joʻra.

Bir Vatan koʻrdim bunda,
Koʻzi toʻla jiqqa yosh.
Bir tuygʻu tuydim unda,
Yoʻqligimni qildi fosh.
Ildizi uzuk kelsa,
Dorga ham arzimas bosh.
Bugunimiz yor emas,
Qurgan agʻyordir joʻra……..
👍51
Isroilga qarshi turish bu faqatgina bir davlatga qarshi turish emas, uni bu maydonga olib chiqqan kuchlarga qarshi turish demakdir.

👤Hoqon Fidan (Turkiya tashqi ishlar vaziri)

-Uni bu maydonga olib chiqqan kuch, ikkinchi jahon urushidan soʻngra dunyo tartibotini oʻrnatgan kuchlardir va hamon bu kuch tartiboti dunyoda amalda. Yaqin Sharq inson sivilizatsiyalashgandan buyon doimiy urush oʻchogʻi va bu yangi bir urushga hozirlanmoqda. Bugun Binyamin Netanyahuni faqatgina birgina kuch bezovta qilmoqda Turkiyada Erdogʻan hokimyati. Erdogʻangacha boʻlgan hokimyat, Isroil davlati tuzilgandan (1947.y) beri, tashqi siyosatda Aqsh va Natoning strukturaviy boʻgʻini boʻlgan. Erdogʻan hokimyatga kelgandan soʻng, ayniqsa 2016-yildan keyin, tashqi siyosatda koʻp tomonlama yurish qildi. Turkiya diplomatiyasi dunyoda katta figurantga aylandi va Yaqin Sharq gegemoniyasida gʻolib chiqdi, Aqshga qaramlikdan uzildi. Isroil CHP( Cumhuriyat halq partisi) yordamida (jumladan Ekrem Imomoglu) ichki tomonlama Erdogʻan siyosatiga zarba bermoqchi boʻldi. Afsuski bu reja oʻxshamadi. Endi navbat tashqi hujumga, yaqin davr ichida Turkiya va Isroil qurolli jangga kirishiga shubhalanmayman.

@zarvaraqq
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏11👍7🫡5😢1
Mashhur qoʻrboshi Davlatmandbekning qabri. Tojikiston. Baljuvon.

Davlatmandbekning yonida bir vaqtlar Anvar Posho ham koʻmilgan edi. Suratlardan birida tosh qoʻyilmagan ikki qabrdan birinchisi Poshoniki deb taʼkidlangan edi.

90-yillarda POSHOning qabrini turklar Istanbulga koʻchirib olib ketishdi. Davlatmandbek qabri esa ancha vaqt qarovsiz qoldi. Suratlar ijtimoiy tarmoqdan olindi. Unda Davlatmandbekning ham qabri biroz tartibga solinganini koʻrib turibmiz.

Undan pastroqdagi qabr Anvar POSHO qabrining eski joyi boʻlishi kerak.

Davlatmandbek oʻzbek qoʻrboshisi boʻlib, oxirigacha Anvar POSHO bilan yelkama yelka istiqlol uchun kurashgan va 1922-yili ikkovlon qizillar tomonidan oʻldirilgan.

Manba

p.s Xudo nasib etsa, huddi Madaminbek qabriga qilgan ekspiditsiyamiz singari, Davlatmandbek qabriga ham boramiz bir kun…..

@zarvaraqq
👍26
🏫Unversity of Ludwig Maximilians, Faculty of History
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7👌4💔2
КИМ БИЛАНСАН

Юртни хароб айлади,
амалдорлик иллати,
Амалдорда миллат йўқ,
амалдордир миллати.

Амалдорга тарих йўқ,
тарихингга тупурар,
Керак бўлса тилингни,
шу дунёдан супурар.

У душман деб атайди,
юртга умри фидони,
У мансабни танийди,
танимайди Худони.

Амалдор амалдордир,
наҳот буни билмассан,
Эй эсли, хушли инсон
айтгин сен ким билансан.

© Рауф Парфи

p.s Bugun Turkistonning ulugʻ shoiri , Rauf Parfi tugʻilgan kun. Alloh rahmat aylasin!

@zarvaraqq
🔥8🕊54
“Tarix girdobi aylanib, Stalin va Gitler 1937-yil Samarqandda uchrashib qolibdi. Samarqanda bir ayolga tajovuz qilishdi. Toʻqqiz oy oʻtib, 1938-yil Samarqanda shu ikki qondan bir bola tugʻiladi…”

“Yurtmenboshining yon daftari”
-Nabijon Boqiy

Kuni kecha Tirilish nashiryotidan chiqqan ushbu asar, miyya qobiqlarimda haqiqiy perfomans yasadi.Qay jihatdan deysizmi? Keling buni sizning zehningizga qoldiramiz, yuqoridagi jumlalarni oʻqib, hulosa qiling!
Bilmadim uzoq sotuvda boʻladimi bu asar yoki yoʻq, ammo biz oʻn yil ichida shu qadar oʻzgardikmi degan savolni bermoqdaman oʻzimga. Ayni holat oʻn yil avval yozilganda bilmam, yozuvchi Nabijon Boqiy haqida mudom hozirgacha hech kim eshitmas edi chogʻi. Haligacha taajubdamanki shunday asar nashrdan chiqqaniga)

@zarvaraqq
👍7😐3💔2
#falsafa
Biz oʻylayotgan fikrlarimiz mahsulimiz!

Fikr eng birlamchi manba va inson sifatida mavjudligini belgilovchi ichki kuchdir. Dekart “Men oʻylayman, demak mavjudman” degan soʻzida ham, fikrning mavjudlilik oʻzagi, belgisiga aylantirgan. Ideologik ta’limotga koʻra, haqiqat va borliq - ongda mavjud boʻlgan gʻoyalarning in’ikosidir (aksi). Ya’ni inson tashqi olamni qanday idrok etsa, olam shunday shaklda ya’ni oʻzi idrok qila biladigan darajada haqiqatga aylanadi.
Sharq falsafasida esa, yuqoridagi jumlalar paradoksial ravishda boʻlgan. Jumladan Rumiy insonni oʻz qarashlarini shakllantiruvchisi deb aytadi. Ya’ni fikrlar insonni shakllantiradi deb emas.
Bu qarashga eng yaqin oqim ekzistensializm boʻlsa kerak deb oʻylayman. U oqim yuqoridagi fikrni quydagicha ta’riflaydi, “inson avval mavjud boʻladi, soʻng oʻzini yaratadi”.
Meni qarashim ham shunday asosga ega, fikr insonning ichki kosmosi, u ongda avval ichki dunyo quradi, soʻng shu ichki dunyo asosida tashqi dunyoni idrok etadi.

@zarvaraq
👍2👌1
1-surat NKVD delo sida tikilgan, Abdulhamid Sulaymon Choʻlponning haqiqiy rasmi
2-suratni esa Andijon viloyat davlat muzeyi manbasi tarqatmoqda ijtimoiy tarmoqlarda Choʻlpon deya. Bu shaxsning kim boʻlgani no’malum ammo Choʻlpon emas. Bu rasm Andijonga Bokudan keltirilgan adashmasam, 1920-yil 1-8 sentyabr kunlari Choʻlponning ham Bokuda boʻlgani, “Sharq xalqlari qurultoyi”da boʻlganini hisobga olib shunday axborot olingan, aniq asosga ega emas.
Umuman solishtirilganda ham farq bor asli.
👍65
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍3🤩2😍2🕊1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤩2👌2😍2🕊1
Vatanparvarlikda tengi yoʻq odamlardan biri Mustaqillik uchun kurashgan intilgan, Birlik xalq harakati rahnamolaridan, Ming tayziqlar ortidan ham, birinchi ma’muriyat davrida ikki bora qamoqqa olingan boʻlsalarda chetga chiqib ketmay, shu yerda faoliyat olib borgan jurnalist Nosir Zokir bugun vafot etibdilar.
Alloh rahmatiga olsin
😢10🕊1
📚🗽
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
2025/10/20 03:51:12
Back to Top
HTML Embed Code: